Musulmonlar

Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi

Savol: Homiladorlik vaqtida er-xotinlik aloqasini amalga oshirish mumkinmi? Buni taqiqlagan biron narsa bormi?

Javob: Homiladorlikda bu ishni taqiqlagan hech qanday hukm yo’q. Er-xotinlik aloqasini mutlaqo taqiqlangan holatlar ayollarni odatli vaqtlari, Ramazon oyida ro’zali bo’lgan vaqtlar, Ramazon oyida masjidlarda e’tikof o’tirgan vaqtlar va Haj va Umra uchun ehromli bo’lgan vaqtlardir.

Homiladorlik vaqtlarida mutaxassis-vrachlarni aytgan gaplariga ahamiyat berilishi kerak. Hozirgacha tibbiyotni hech bir yo’nalishida jinsiy aloqani homilador ayolga yoki qornidagi bolaga ziyoni yetishi haqida ma’lumot bermagan. Demak,  bu holatda hech qanday muammo yo’q. Agar homiladorlikni so’ngi kunlarida – mutaxassis-vrachlarni ko’rsatmasiga ko’ra – ona yoki bola uchun ziyon yetishi mumkin bo’lib qolgan holatlar yuz berib qolsa, jinsiy aloqadan saqlanib turish kerak bo’ladi. Chunki, dinimizda “zarar berish ham zararlanish ham yo’q.” (Ibn Moja, Ahkom 17; Muvatto, Aqdiya 31; Ahmad b. Hanbal 5/327)

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: