Musulmonlar
Homilador ayollarni iddasi

Homilador ayollarni iddasi

Savol: Homilador ayolning iddasi qachon tugaydi?

Javob: Taloq surasining 4- oyatiga ko’ra, homilador ayollarning iddasi qornidagi farzandini dunyoga keltirganida tugaydi. Ana o’sha vaqtgacha u ayol erining uyidan chiqmaydi. Agar ayol o’z ixtiyori bilan erining uyidan chiqib ketgan bo’lsa, ayol Allohga osiy bo’ladi, agar eri ayolini majburlab uyidan chiqarib yuborsa, eri Allohga osiy bo’lgan hisoblanadi. Iddasi tugamaguncha ayol erini uyidan chiqmasligi va chiqarilmasligi taloq masalasidagi Allohni chizgan chizig’i va belgilab bergan qonun-qoidasi hisoblanadi.

Farzand tug’ilmay turib agar er bilan ayol yana birga hayotini davom ettirib ketishni xohlasalar, ularni o’rtasidagi taloq/ajrashish jarayoni oxiriga yetmagan bo’ladi va nikoh qilmasdan avvalgidek hayotini davom ettirib ketishlari mumkin bo’ladi.

Agar idda ichida haqiqatda har ikkala taraf ajrashishga qaror bergan bo’lsa, chiroyli bir shaklda, ayolga berilgan mahr  va boshqa narsalarni qaytib olmasdan, hech kimga zulm va adolatsizlik qilmasdan ajrashishlari kerak bo’ladi. Agar idda tugaganidan keyin yana oilani davom ettirishga qaror berishgan bo’lsa, qaytadan nikoh o’qiladi va ularni o’rtasida birinchi taloq sodir bo’lgan bo’ladi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: