Musulmonlar

Hayzdan keyin g’usl qilib qo’shiladimi?

Savol: Odati tugagan ayol g‘usl qilishidan oldin eri bilan birga bo‘lishi mumkinmi? Birga bo‘lganidan keyin g‘usl qilib olsa bo‘ladimi? Yoki avval g‘usl qilib poklanib olib, keyin birga bo‘lish kerakmi?

Javob: Baqara surasining 222- oyatida Alloh taolo shunday buyurmoqda:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّـهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

“Ey Muhammad! Sendan ayollardagi qon kelishi haqida so‘rashmoqda. Aytginki: “U bir aziyatdir, qon kelgan kunlarda ularni tinch qo‘yinglar. To poklanguncha ularga yaqinlashmanglar. Pokiza bo‘lib olganlarida ularga – Alloh sizlarga buyurgan yerdan – kelinglar. Alloh tavbakorlarni yaxshi ko‘radi, pokiza bo‘lib yuruvchilarni ham yaxshi ko‘radi.” (Baqara 2/222)

Yuqoridagi oyatga ko‘ra hayz paytida taqiqlangan jinsiy aloqani yana qaytadan halol bo‘lishi uchun quyidagi ikkita shart ko‘rsatilgan:

  1. Ayolni hayz qoni tugashi.
  2. Ayol pokiza bo‘lib olishi, ya’ni g‘usl qilib olishi/yaxshilab cho‘milib olishi.

Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy mazhablaridan tortib yana boshqa Islom huquqshunoslarini aksariyati hayzi tugagan ayol bilan g‘usl qilishidan oldin jinsiy aloqa qilish halol emas degan qarashda ittifoq qilganlar. Yolg‘iz Hanafiylar hayz qonini belgilangan ma’lum muddati tugab oradan bir namoz vaqti o‘tgach g‘usl qilmasa ham jinsiy aloqa qilish ruxsat deb aytishgan. (Yunus Vahbi Yavuz, «Hayz» Diyonat Islom Ensiklopediyasi, 17- j, 53- s.)

Hanafiylarga ko‘ra hayz qonini eng ko‘p muddati deb belgilangan o‘n kun o‘tib bo‘lganidan keyin g‘usl qilmasdan avval ham jinsiy aloqa qilish mumkin. Hayz ko’rish vaqti o‘n kundan oz bo‘lgan ayollar qoni tugab darhol jinsiy aloqaga kira olishi halol bo‘lmaydi. Bunday holatlarda jinsiy aloqa halol bo‘lishi uchun ayol yo g‘usl qilgan bo‘lishi yoki oradan bir namoz vaqti o‘tgan bo‘lishi, yoxud biron-bir uzr sababli tayammum qilgan bo‘lib, o‘sha tayammumi bilan nafl bo‘lsa ham namoz o‘qigan bo‘lishi kerak. (Mehmet Shener, «Hayz», Ibrohim Kofiy Do‘nmez, Islomda Ishonch, Ibodat va Kunlik Yashash Ensiklopediyasi)

Hanafiylarni bu fikrda bo‘lishlarining dalili quyidagicha:

“Alloh taoloni “To poklanguncha ularga yaqinlashmanglar” xitobi ayollarga yaqinlashishni taqiqlagan bu taqiq ularni hayz qoni tugaganidan keyin olib tashlanishini ifoda qilmoqda. Ayollarni hayz qoni to‘xtashi bu taqiqni olib tashlanishiga sabab bo‘lishiga qaralganda, odatlari tugaganida endi hech qanday taqiq bo‘lishi mumkin emas.”

Tafsiri Roziyda al-Qozini (ehtimol Qozi Abduljabbor) Abu Hanifani bu qarashiga shu shaklda javob bergani quyidagicha yozib qoldirilgan:

“Agar Alloh taolo oyatda faqatgina “To poklanguncha” ifodasini deb buyurganida edi, siz aytgan gap to‘g‘ri bo‘lib chiqar edi. Ammo, Alloh taolo bu buyruqqa “Yaxshilab pokiza bo‘lib olganlarida…” qaydini ham ilova qilib qo‘shib qo‘yishi bilan bu ikkala ifodani har ikkalasi hosil bo‘lsagina taqiq olib tashlanishini bildirib qo‘ymoqda. Bu, bir kishi «Uyga kirmay turib falon kishi bilan gaplashma. Kirganidan keyin agar ko‘ngli ochiq bo‘lsa keyin u bilan gaplash» deganidek bo‘ladi. endi u kishi gaplashish taqiqlangan kishi bilan gaplasha olishi uchun har ikkala shart ham bir vaqtda hosil bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shunday ekan, hayzi tugagan ayol eri bilan jinsiy aloqaga kirmay turib albatta g‘usl qilib yaxshilab pokiza bo‘lib olishi shart bo‘ladi. (Faxruddin ar-Roziy, at-Tafsirul Kabir, 6- j, 419- s, Baqara surasi 222- oyat tafsiri)

Dalillarga qaralganda aksariyat kishining ittifoqi isbotli ekani, ya’ni hayz qoni to‘xtagan ayol g‘usl qilib yuvinib olishidan avval eri bilan jinsiy aloqaga kira olmasligi ma’lum bo‘lmoqda.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: