Musulmonlar

Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan?

Savol: Hanafiylarning fiqh kitoblaridagi musofirlik muddatini belgilab beruvchi bo’limlarida, 15 kundan oz muddat suradigan yo’lchilikni musofirlik hukmiga kiradi deb keltirilgan. Nima uchun 15 kun deb belgilangan degan savolga esa, ayollarni poklik muddati ham eng oz 15 kun bo’lganligi sababli, musofirlik ham unga qiyoslanib 15 kun deb belgilangan deb javob beriladi. Ayollarni odat ko’rishi asnosida eng kam 15 kun ibodatga qaytishi kerakligini eʼtiborga olgan holda, musofirlar ham 15 kundan keyin muqimlik holatiga kirishi kerak deyiladi. Bu qanday qiyos bo’ladi, bunga oydinlik kiritib bera olasizmi?

Javob: Hanafiylar biron bir hujjat, yaʼni  u haqda oyat va hadis bo’lmagan miqdor va o’lchovli masalalarda fikr yuritish yo’li orqali hukm chiqarib bo’lmaydi deyishadi. Masalan, “Zino qilmagan bo’lsa ham uni jazolagan kishiga, zino hadiga qiyoslanib 50 darra urilishi kerak”, deyishmaydi. Shu bilan bir qatorda, Hanafiylar ost va ust chegaralari aniq bo’lgan miqdor va o’lchov turidan bo’lgan masalalarni ust va ost chegaralari orasidagi o’lchovlarda raʼy/fikr yuritish yo’li bilan hukm berish mumkin deyishadi. Bunga misol; balog’at yoshiga kirishdagi yosh o’lchovlari 10 bilan 20 yoshlarni orasida bo’lsa, bu ikki yosh oralig’idagi o’lchovlarda insonlarni yetishishiga qarab hukm berishmoqda. (Saraxsiy , Usul, 2-jild, 111-112)

Ayollarni ikki odat orasidagi poklik muddati eng oz 15 kun bo’lishi kerakligiga ko’ra harakatlanib, musofirlik muddatini ham 15 kun ekaniga hukm qilingan qiyos (Sharhi Fathul Qadiyr, 2-j, 35- s.) Hanafiylik usulidagi qiyos qoidalariga ko’ra to’g’ri bir qiyos deb hisoblanmaydi. Bunday qilib bir qiyosga asoslanib hukm chiqarish mumkin emasligini al-Hidoya kitobining sharh qilib tushuntirib bergan Kamoliddin Humom ochiqlab bermoqda. U bunday bir qiyos faqatgina rivoyat bilan sobit  bo’lgan bir hukmni quvvatlovchi bir vazifani bajarishi mumkin ekanini aytmoqda. (Qarang: Sharhu Qadiyr, 2-j, 35- s.)

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, musofirlikning muddati ayollarning poklik muddatiga qiyoslanib emas, balki bu mavzuga aloqador deb bilingan asarga (rivoyat/xabar) ko’ra belgilangan. Qiyosdan esa, buni tasdiqlovchi ikkinchi dalil o’laroq foydalanishgan.

  Dr. Fotih O’rum.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: