Musulmonlar

Halolamga farqli yerdan kelsam bo’ladimi?

Savol: Aslida menga halol bo‘lgan bir ishni farqli uslublarda bajarsam, old, orqa va yana boshqa usullardan foydalansam bo‘ladimi?

Javob: Aslida halol bo‘lgan bir ishni farqli usullar va turli shakllarda amalga oshirishingizda hech qanday bir muammo yo‘q. Lekin, sizni o‘sha sizga halol bo‘lgan halolangizda qanchalik haqqingiz bo‘lsa, uni ham sizda o‘shancha haqqi bor. Siz undan olmoqchi bo‘lgan narsangizni unga ham berishingiz kerak bo‘ladi. Shu sababli, har ikki tarafga ham malol kelmaydigan bir vaqtda, sizga ham unga ham na jismoniy va na ma’naviy ziyon va aziyat yetmaydigan chiroyli va kelishilgan shaklda amalga oshirishingiz tavsiya qilinadi.

Agar siz bu savolni boshqa ma’noda bergan bo‘lsangiz, ya’ni farqli shakllarda emas, balki boshqa o‘rganlarga, degan ma’noda bergan bo‘lsangiz, sizga javobimiz shuki; Alloh taolo faqatgina bir yo‘ldan foydalanishga buyurgan, u ham bo‘lsa hosil oladigan joydir. U joydan boshqa joyga jiddiy ma’noda va asl maqsaddagi ishni bajarish uchun yaqinlashish aslo to‘g‘ri emas, bunga Alloh ruxsat bermagan. Aloqador oyatlar quyidagicha:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

“…(Odati tugab) poklanib olganlarida ularga – Alloh sizlarga buyurgan yerdan kelinglar.”

Alloh yaqinlikka buyurgan joy qaer ekanini kelgusidagi oyatdan bilib olamiz:

نِسَاؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُوا حَرْثَكُمْ أَنَّىٰ شِئْتُمْ

“Ayollaringiz sizlarni ekinzorlaringizdir. Shunday ekan, ekinzoringizga istagan shaklda kelaveringlar.” (Baqara 2/223)

Ekinzor deb undan hosil oladigan yerga aytiladi. Erkaklarni bog‘bonga, ayollarni esa ekinzorga o‘xshatilishi sababi hammaga ma’lum. Insoniyatni davom ettirish uchun o‘zlaridan zurriyot qoldiradigan (hosil olinadigan zot) ayol kishidir. Demak, Ayollarga faqatgina ulardan hosil olinadigan a’zosiga kelishga ruxsat berilgan. Bundan boshqa holatlarda esa erni ayoldan yoki ayolni erdan sovib ketishi, qandaydir holatlar sababli o‘rtadagi mehr-muhabbatga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lganligi sababli, bizni bizdan ko‘ra yaxshi biluvchi yaratgan Robbimiz Alloh bizga eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib bergan va boshqa yo‘llardan bizni man qilgan.

Ayollarni boshqa joyidan ham hosil olishga kuchim yetadi degan kishilar bo‘lsa, ulardan bundan boshqacha fatvolarni ham kutish mumkin.

Alloh ruxsat bergan yerga xoh yuz tuban, xoh old, xoh orqa yoki bundan ham farqli shakllarda yaqinlashishingiz mumkin bo‘ladi. Faqat ruxsat berilgan yerga! Bundan tashqari, asosiy xatti-harakatni har ikkala taraf ham hosil olishga sabab bo‘ladigan o‘rganlari orqali amalga oshirishlari kerak.

Bu ishga tayyorgarlik ko‘rish va yaqinlik qilish uchun ekinzorga bir-oz ishlov berib tayyorlash maqsadida qo‘lni sovchi qilib yuborishga hadislarda ruxsat berilgani bizgacha yetib kelgan.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: