Musulmonlar
Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi?

Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi?

Savol: Taloq asnosida ikkita guvoh bo’lmasa ham ularni ajrashgani hisobga o’tadimi, yoki ularni hali ham bir oila deb qabul qilinadimi?

Javob: Quyida keltiriladigan Taloq surasidagi oyatlarning hukmiga ko’ra bunday holatda taloq voqe bo’lmaydi. Bu bizning qanoatimiz. Oyatlarni e’tiborga olmasdan boshqacha fikr bildirganlar ham bor. Aloqador oyat:

فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِنْكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّهِ ذَلِكُمْ يُوعَظُ بِهِ مَنْ كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآَخِرِ وَمَنْ يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَلْ لَهُ مَخْرَجًا. وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا.

 “Ayollarni muddati tugaganida, ularni yo ma’ruf bilan ushlab qolinglar yoki ma’ruf bilan ajrashinglar. Ichingizdan ishonchli ikki kishini guvoh qilinglar, guvohlikni Alloh uchun o’rniga keltiringlar. Mana shu narsa – oralaringizda Alloh va oxirat kuniga ishonganlarga qilingan nasihatdir. Kim Allohdan taqvo qilsa, U unga bir chiqish yo’lini ochib qo’yadi. Kutmagan joyidan unga rizq beradi. Kim Allohga ishonib suyansa, U unga yetadi. Alloh, ishini O’z o’rniga keltiruvchidir. Alloh har bir narsaga bir o’lchi qo’yib qo’ygan.” (Taloq 65/1-3)

Bu oyatlarga qaralganda, taloq asnosida ikkita guvoh olib kelish majburiy shartlardan biri ekani ma’lum bo’lmoqda. Chunki, taloq asnosida ayoli odatli vaqtda emasligi, agar unday bo’lmasa o’sha poklik vaqtida eri u bilan jinsiy aloqaga kirgan yoki kirmaganligini ayoli e’tirof etish yoki etmasligi hamda kutish muddati tugagan yoki tugamaganligini aniqlash kerak bo’ladi. Bu narsalarga aniqlik kiritish uchun esa, albatta guvohlar bo’lishi kerak. Shuning uchun ham, guvohsiz sodir etilgan taloq shar’an hisobga o’tmasligiga qanoat qilamiz.

Bu haqda qo’shimcha ma’lumotga quyidagi link orqali ega bo’lishingiz mumkin:

http://www.musulmonlar.com/?p=2672

 

Sulaymoniya Vaqfi Fatvo Bo’limi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: