Musulmonlar

Gunohi Kabira

Savol: Katta gunoh (gunohi kabira) nima? Katta gunoh qilganlar kofir bo‘ladimi?

Javob: katta gunohlarga “kaboir” deyiladi. Ularning asosiylari shulardir:

Allohga sherik qo‘shish, odam o‘ldirish, zinoda tuhmat qilish, zino qilish, jangdan qochish, sehrgarlik qilish, yetimni molini yeyish, ota-onaga qarshi chiqish, birovni haqini yeyish, Makkadagi Haramda gunoh ish qilish, foiz yeyish, sarxush qiluvchi narsalarni iste’mol qilish, qimor o‘ynash. 

Bir musulmon yuqorida aytib o‘tilgan gunohlar orasida shirk gunohi xorij boshqa gunohlarni – Alloh taqiqlaganini bilmasdan, Alloh taqiqlaganini bilib turib atayin qilmasdan qilgan  bo‘lsa u kishi kofir bo‘lmaydi.

Katta gunohlar kattasi Allohni-Allohni so‘zlarini ikkinchi o‘ringa qo‘yish, Allohga xos bo‘lgan xususiyatlarni Allohdan boshqasiga ham nisbat berishdir. Bu gunohga shirk deyiladi. Bu esa – katta gunohlarning eng kattasidir.

“Alloh O‘ziga sherik qo‘shilishini aslo kechirmaydi. Bundan boshqa gunohlarni esa, munosib bo‘lgan kishidan kechirib yuboradi. Kimda-kim Allohga sherik qo‘shgan bo‘lsa, aniq katta gunoh to‘qib chiqargan bo‘ladi.” (Niso 4/48)

Gunohlarni katta va kichik deb ayrilishi oyat va hadislarda sobitdir. Bunga aloqador oyatlar quyidagicha:

“Agar sizlarga taqiqlangan gunohlarni kattalaridan saqlansangiz, kichik gunohlaringizni to‘sib qo‘yamiz va sizlarni sharafli bir yerga joylashtiramiz.” (Niso 4/31)

“Ular (mo‘minlar) katta gunohlardan va hayosizliklardan qochadilar; g‘azablari kelganida kechirib yuboradilar.” (Shuaro 42/37)

“Kichik gunohlardan tashqari barcha katta gunohlardan va hayosizliklardan saqlanganlarga kelsak, bilingki, Robbingizni mag‘firati kengdir. …” (Najm53/32)

“Ey Muhammad! Aytginki: “Kelinglar, sizlarga Rabbingiz harom qilgan narsalarni o‘qib beray: Allohga hech narsani sherik qilmanglar, ota-onangizga yaxshilik qilinglar, qashshoqlikdan qo‘rqib bolalaringizni o‘ldirmanglar, Sizlarni rizqingizni berayotgan ham, ularga rizq beradigan ham Allohdir. Fahsh-qabih ishlarni oshkorasiga ham yashiriniga ham yaqinlasha ko‘rmanglar. Alloh o‘ldirishni harom qilib qo‘ygan jonni haqsiz o‘ldirmanglar. Alloh sizlarga mana shularni topshirdi, aqlingizni ishlatarsizlar!

Aqliy yetuklik yoshiga kirguncha yetimni mol-mulkiga yaqinlashmanglar, yetimni foydasi uchun bo‘lgan yo‘l orqali bo‘lsa bu boshqa. Uzunlik o‘lchovini va og‘irlik tarozisini to‘g‘ri bir shaklda ado etinglar. Biz kuchi yetmaydigan ishga hech kimni taklif qilmaymiz. Gapirganingizda to‘g‘ri gapiring, garchi u haqida gapiradigan kishingiz sizni qarindoshingiz bo‘lsa ham. Allohga bergan so‘zingizda turinglar. Mana shularni Alloh sizlarga topshirdi, esingizdan chiqarmaysizlar!

Mana bu rostdan ham Mening to‘g‘ri yo‘limdir, shunga ergashinglar. Boshqa yo‘llarga ergashib ketmanglar. Aks holda, o‘sha boshqa yo‘llar sizlarni Allohni yo‘lidan ayirib tashlaydi. Alloh sizlarga ana shularni topshirdi, shoyad taqvo qilarsizlar.” (An’om 6/151-153)

Payg‘ambar alayhissalom shunday degan ekanlar:

“Falokatga olib boruvchi yetti narsadan saqlaninglar.

-Ey Allohni Elchisi, ular nimalar?

-Allohga sherik qo‘shish, sehr, Alloh daxlsiz qilib qo‘ygan bir insonni joniga haqsiz qasd qilish, foiz yeyish, yetimni molini yeyish, dushmanga qarshi birlashib hujum qilinganida jangdan qochish va yomon yo‘lga aloqasi bo‘lmagan nomusli mo‘mina ayollarga zinoda tuhmat qilish.”
(Buxoriy, Vasiyatlar 23; Muslim, Imon 145 (89))

Yahyo Sheno‘l

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: