Musulmonlar
Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim)

Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim)

Farosat – Hodisalarga qarab natija chiqara olısh, taxmin va fikr yuritib to’g’ri xulosaga ega bo’la olısh degani.[1]

Murid: Yuqorida bir hadisi qudsiy o’tdi, nega unga to’xtalmading? Alloh taolo aytadiki:

“… Obid va zohid qulimni sevganimda, Men uni ko’radigan ko’zi, eshitadigan qulog’i, gapiradigan tili, yuradigan oyog’i bo’laman. Men bilan ko’radi, Men bilan gapiradi, Men bilan ushlaydi, Men Bilan yuradi.”

Shunday kishilar borki, hech farqiga bormaydigan narsalarni farqiga boradi; Insonni ichidan o’tkazgan narsalarini to’g’riga yaqin bir shalda bilib oladi. Bunga nima deysan? Bu nima?

Bayindir: Siz aytgan hadis shunday:

Bandamni Meni roziligimga yaqinlashtiradigan narsalar orasida Men unga farz qilgan narsalarimdan ko’ra yaxshisi yo’q. Bandam Menga ixtiyoriy ibodatlar bilan ham roziligimga yaqinlashishga davom etadi. Shu darajaga boradiki, ortiq Men uni yaxshi ko’raman. Men uni yaxshi ko’rganimdan keyin, Men uni eshitadigan qulog’i, ko’radigan ko’zi, ushlaydigan qo’li va yuradigan oyog’i bo’laman. Mendan so’raganini beraman, Mendan panoh so’rasa uni himoya qilaman.”[2]                 

Bu hadis mana bu oyatlarning xulosaviy mazmuni bo’lishi mumkin:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن تَتَّقُوا اللَّـهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَانًا وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَاللَّـهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ

         “Ey mo’minlar! Allohga taqvo qilsangiz, U sizlarga to’g’rini xatodan ajratib oladigan iqtidor kuchi beradi, gunohlaringizni berkitadi va sizlarni mag’firat qiladi. Alloh keng fazilatli zotdir.” (Anfol 8/28)

Bu oyatga aloqador o’laroq Rosulullohdan shunday hadis rivoyat qilingan: “Mo’minni farosatidan ehtiyot bo’linglar, chunki, u Allohni nuri bilan ko’radi.”[3]

Farosat mavzusiga ortiqcha chuqur kirishni keragi yo’q. Insonni boshqalardan fazilatli bo’lishi, faqatgina uni boshqalardan ko’ra to’g’ri mulohazali bo’lishigina kifoya qilmaydi. Badr jangi haqidagi quyidagi hodisalar zanjiri, bizga bu mavzuda yetarli dalil bo’ladi. Nabiyimiz Badr jangida noto’g’ri qaror bilan qarshi tarafdagilarni asirga olgan edi. Avvalo u, keyin esa uni qaroriga qarshi fikr bildirmay jim turgan musulmonlar mana shu og’ir so’zlar bilan malomatlangan:

(مَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَن يَكُونَ لَهُ أَسْرَى حَتَّى يُثْخِنَ فِي الأَرْضِ تُرِيدُونَ عَرَضَ الدُّنْيَا وَاللّهُ يُرِيدُ الآخِرَةَ وَاللّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ (67) لَّوْلاَ كِتَابٌ مِّنَ اللّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَا أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ (68

 “Jang maydonida dushmanni samarasiz holga olib kelmay turib, hech bir nabiyning asir olishga haqi yo’q. Sizlar dunyo molini xohlayapsizlar, Alloh esa keyingilikni xohlayapti. Ustun keluvchi va to’g’ri qaror beruvchi Allohdir. (Zafar sizlarniki bo’ladi, deb) Alloh tarafidan yozuvga o’tkazilib qo’yilmaganida edi, olgan asirlaringiz tufayli boshingizga katta bir talofat kelishi aniq edi.” (Anfol 8/67-68)

Bu og’ir oyatlar undan avval nozil bo’lgan mana bu oyatga amal qilinmaganligi sababli edi:[4]

“Kofirlar bilan jangda yuzma-yuz kelganingizda ularni qirib tashlanglar. Ularni samarasiz holga olib kelganingizda qattiq muhofazali nazorat ostiga olinglar. So’ngra, asirlarni yo bekorga-evazsiz yoki fidya evaziga ozod qilib yuboringlar, toki urushning og’ir asorati qolmasin.” (Muhammad 47/4)

“Alloh tarafidan yozuvga o’tkazilib qo’yilmaganida edi”, so’zining hikoyasi quyidagicha:

Musulmonlar hali hanuz Madinaga hijrat qilmay turib, Rumlilar Forslarga jangda yengilishgan edi. Nozil bo’lgan bu oyatlar Rumlilar bir necha yildan (uch bilan to’qqiz yil orasi) so’ng g’olib bo’lishini, o’sha kuni musulmonlar ham bir g’alaba bilan xursand bo’lishini quyidagicha bashorat bergan:

الم (1) غُلِبَتِ الرُّومُ (2) فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُم مِّن بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ (3) فِي بِضْعِ سِنِينَ لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ (4) بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَن يَشَاء وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ (5) وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ (6)

“Alif, Lam, Mim. Rumlilar yengildilar; juda yaqin bir yerda. Ular bu mag’lubiyat ortidan bir necha yil ichida (uch bilan to’qqiz yil orasi) Rumlilardan g’olib bo’lishadi. Bundan avval ham, bundan keyin ham barcha hokimiyat-vakolat Unikidir. O’sha kuni mo’minlar Allohni izni ila xursand bo’lishadi. U to’g’ri tanlov qilganga yordam beradi. U kuchlidir, ne’mati behisobdir. Bu Allohni bergan so’zidir. Alloh so’zidan qaytmaydi, ammo, insonlarni ko’pchiligi buni bilishmaydi.” (Rum 30/1-6)

Hamma Rumlilardan keladigan xabarni kutayotgan edi. Abu Sufyon bir karvon bilan Shimdan qaytar ekan, Rumlilar bilan Forslar bilan jang qilishi eshitildi. Musulmonlar balki Alloh kaarvonni o’zimizga qaytib olib berar degan umid bilan, Makkalilar esa karvonni musulmonlardan himoya qilish maqsadida karvonni kutib olgani yo’lga chiqishdi. Shunda Abu Sufyon karvonni himoya qilish talvavasiga tushib qoldi. Shunchaki karvon uchun chiqqan musulmonlar yo’lda Makka armiyasiga duch kelishdi. Balki so’z berilgan ana o’sha armiya edi. Buni mana shu oyatlar bayon qilmoqda:

“Alloh sizlarga bir vaqtlar so’z bergan edi; o’sha ikki jamoadan biri sizlarniki bo’ladi. Sizlar qurolsiz bo’lgan (karvon)ni xohlayapsiz. Alloh esa, bergan so’zlariga ko’ra haqiqatni o’rtaga chiqarishni va o’sha kofirlarni ildizini quritish (uchun sizlarga Makka askarini berish)ni xohlamoqda.” (Anfol 8/7)

Bu oyatda o’rtaga chiqishi aytib o’tilgan haqiqat ifodasi, Allohni bir qonuni edi. O’sha qonunini Rasululloh Makkada mushriklari tarafidan og’ir bosimlar ostida bo’lgan vaqtlarda Rasulullohga mana shu oyatlar bilan bayon qilib bergan:

“Seni bu tuproqlardan chiqarib yuborish uchun bezovta qilish arafasidalar! Agar chiqarib yuborishsa, sendan keyin o’zlari bu yerda ko’p qololmaydilar. Sendan avval yuborgan elchilarimizda qo’llangan sunnat (qonun) mana shudir. Bizni sunnatimizda (qonunimizda) hech qanday o’zgarish topa olmaysan.” (Isro 17/76, 77)

Allohni sunnati yuzaga chiqsin deya, musulmonlarga Makka askarlari mag’lub etilgan holda berildi. Ularga qattiq bir zarba berishdi. Ammo, ortga chekingan askarlarni quvib borib, ularni kuchsiz va jangga yaroqsiz holga olib kelmay turib ularni tutgan joylarida asir qilib ushlab oldilar. Sahobalara asirlar haqidagi oyatlarni Rosulullohga va bir-biriga eslatib ogohlantirmaganligi  sababli, ularni barchasi dunyosini oxiratidan afzal ko’rgan degan ayb bilan ayblandilar. Bundan avval ularga zafar keladi degan Allohni so’zi bo’lmasa edi, asir olganliklari sababli Badrda og’ir bir mag’lubiyatga duchor bo’lishar edi.

To’rt yildan keyin tuzilgan Hudaybiya ahdlashmasi bilan birgalikda Makkani fath qilish yo’llari ochilishi mana shu oyatlarda bayon qilib berildi:

(إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُّبِينًا (1) لِيَغْفِرَ لَكَ اللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا (2) )

“Fathni oldidagi to’siqlarni sen uchun to’lib olib tashladik.[5] Alloh bu ishni seni avvalgi va keyingi gunohlaringni kechirish, yaxshiliklarini tamomlab berish va seni to’g’ri bir yo’lga yo’naltirish uchun qildi.” (Fath 48/1, 2)

Nabiyimiz Badrda bir gunohga qo’l  urib qo’ygan edi. Gunohini kechirilishi uchun, Makkani albatta fath qilishi kerak edi; fathdan oldin mana shu sura nozil bo’ldi:

(وَالْعَصْرِ (1) إِنَّ الْإِنسَانَ لَفِي خُسْرٍ (2) إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ (3

“Allohni yordami kelib fath yuzaga chiqqanida, insonlarni to’p-to’p bo’lib Allohni diniga kirayotganini ko’rsang, har narsani mukammal qilgani uchun Robbinga yo’nal va kechirim so’ra. Chunki, Alloh tavbalarini qabul qiladi.” (Nasr 103/1-3)

Rosululloh avval qilgan xatosini tuzatgan, keyin Allohdan mag’firat talabida bo’lgan. Bu narsa eng muhim narsadir. Bu oyatlar musulmonlarni hayotini yaxshi tarafga o’zgartirib yuboradigan kuchga ega bo’lgan oyatlardan biridir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bilimi va fazilatidan qat’iy nazar, har qanday inson xato qilishi va mag’lub bo’lishi mumkin.

Hamma narsa shunchalik ochiq o’rtada ekan, siz juda ham haddan oshib ketmoqdasiz, hech qanday ma’lumot va hujjatga asoslanmasdan quruq iddao qilib turibsiz! Agar bu botil e’tiqod va tushunchalardan voz kechib qaytmasangiz, Allohni to’g’ri yo’liga muvaffaq bo’la olmaysiz..!

[1] Qomus Tarjimasi.

[2] Buxoriy, Riqoq.

[3] Termiziy, Hijr surasining tafsiri 6.

[4]

[5]

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: