Musulmonlar

Tavhidning muhim 3 jihatlari

Savol: Insonni faqatgina Allohga qullik qilishi nimani ifodalaydi? 

Javob: Islomda insonning Allohga qullik qilishi quyidagi uch narsani ifodalaydi: Inson o’z nafsiga, o’zidan boshqa bir insonga va molu dunoga qul va mute’ bo’lib qolmasligini ifodalayi va o’sha narsalardan qaytaradi.   

1. Inson o’z nafsiga qul bo’lib qolmasligini ifodalaydi. Islom – insonning ichidagi yovuz hissiy shaxsiyatchilikiga va o’z nafsiga asir bo’lib qolishiga qarshidir. Chunki bu narsa insonni aqli, irodasi va vijdonini qul qilib oladi. Qur’oni Karim bunday holatni “O’z orzu-istaklarini o’zlariga iloh qilib olganlar” deb tushuntiradi. Oyati Karima shunday:

أَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَـٰهَهُ هَوَاهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا

“O’z orzu-istaklarini o’ziga iloh qilib olganni ko’rdizmi? Siz unga vakil-qo‘riqchi bo’lasizmi?!” (Yo‘q, sizning vazifangiz havoi nafsiga qullik qiladigan kimsalarni bu qilmishlaridan saqlash – qo‘riqlash emas, balki faqat Biz sizga yuborgan vahiyni bandalarimizga yetkazmoqdir). (Furqon  25/43) Allohga qul bo’lishlik nafsiy orzu-istaklarga asir bo’lib qul bo’lishga qarshi chiqadi.

2. Insonni insonga qul bo’lmasligini ifodalaydi. Islom dini, insonni insonga qul bo’lishini mutlaqo man qildi. Insonni xoh ixtiyoriy xoh majburiy qul qilib olganlar, qiyomatta Alloh huzurida javobgarlikka tortiladilar. Aloqador oyatlardan biri shunday:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَىٰ كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلَّا نَعْبُدَ إِلَّا اللَّـهَ وَلَا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلَا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِّن دُونِ اللَّـهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا فَقُولُوا اشْهَدُوا بِأَنَّا مُسْلِمُونَ

“Ayting ey Muhammad: “Ey ahli kitob, bizga ham sizga ham bab-barobar bo‘lgan bir so‘zga kelinglar – yolg‘iz Allohgagina ibodat-qullik qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik. Agar ular yuz o‘girsalar, unda sizlar: “Guvoh bo‘linglar, biz musulmonlar – yagona Allohga taslim bo’lguvchilarmiz (ya’ni, so’ssiz va shartsiz aytganini) qilguvchilarmiz” deb aytinglar!  ” (Oli Imron 3/64)

3. Insonni dunyoparast bo’lib qolmasligini ifodalaydi. Islom- insonni dunyoga, mol-mulkka, pul-mablag’, maqom (huquq) va bunga o’xshagan har qanday narsaga qul bo’lib qolishini cheklaydi. Inson, faqatgina dunyoligini o’ylab, dunyoni oxiratdan ustun qo’yishi natijasida, ochiq va aniq kufrga kirib qolishi mumkin va orqasidan asta sekin Allohning diniga qarshi harakatlari ham boshlanib boraveradi. Bu haqdagi oyatlardan biri shunday:

للَّـهِ الَّذِي لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَوَيْلٌ لِّلْكَافِرِينَ مِنْ عَذَابٍ شَدِيدٍ  الَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى الْآخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُولَـٰئِكَ فِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ

“Alloh – osmonlar va yerdagi bor narsa O’ziniki bo‘lgan zotdir. Kofirlar uchun qattiq azob-halokat bo‘ladi. Ular hayoti dunyoni oxiratdan afzal biladilar va (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sadigan va uni (egishni-buzishni istaydigan) kimsalardir. Ular (haq yo‘ldan) yiroq bo‘lgan gumrohlikdadirlar.”  (Ibrohim 14/2-3)
Demak Allohgagina qullik qilish mana shu uch narsani oldini oladi, ya’ni inson o’z nafsiga qul bo’lib qolishini, o’zi kabi boshqa bir insonga qul bo’lib qolaishini va mol-dunyoga qul bo’lib qolishini oldini oladi. Agar buning aksi bo’lsa-chi, inson aynan o’zi kabi yoki o’zidan ham past tabaqadagi mavjudotlarga qul va mute’ bo’lib qolgan hisoblanadi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: