Musulmonlar
Soxta Iso-Masihlik

Soxta Iso-Masihlik

Said Nursi kutilgan Masih ekani haqidagi soxta iddaosi

Risolai Nurlarga ko’ra, kelishi kutilgan Iso, Said Nursi deb keltirilgan. Chunki Isoni kutganlar, u Dajjolni o’ldirishiga ishonadi.[1] Said Nursi juda ham porloq deb atagan ushbu she’rda bu mavzuga oid quyidagi gaplar keltirilgan:

    Har otashni sening nuring o’chirar,
Har yerni sening nuring chashmi guliston qilar.
Dajjolni ham albatta bir kun kelib o’ldirar,
Ey olamlarga rahmat Nur Elchisi Nur!”[2]

O’zini Iso Payg’ambar deb ta’firlanishiga indamay qarab turgan bu Said Nursini Islom qonun-qoidalariga ko’ra kim deb atash mumkin?! Soxta Payg’ambar degan ta’rifdan boshqacha ta’rif berilishi mumkinmi?! Said Nursi vafot etganiga qaraganda, yuqoridagi iddaolarning barchasi yolg’on ekani hammaga ma’lum bo’ldi.

Said Nursini qutqaruvchi ekani iddaosi

Nurchilar Said Nursi ularni bu dunyoda qutqarib qolishiga ishonadilar. Said Nursining juda ham porloq deb tariflagan she’rida, bu mavzuga aloqador shu ifodalar yer olgan:

    “Shifo topsin endi bir oz yaramiz,
rivoj topsin o’ymay qolgan pulimiz.
Soch nuringni, porloq bo’lsin qoramiz,
Ey olamlarga rahmat ziyosi Nur Elchisi!
(…(Oshiqlarning Arshga yetgan faryodi,
Yig’latmoqda u pok ruhli ajdodi.
Alloh uchun ayla bizga imdodni,
Ey muhtojlarga rahmati olam Risolai Nur.
Osmondan tushdi balo, yer bedri balo,
Tutdi atrofni bir og’riq yo vaylato
Rahmat ayla olamga, ey Nuri Mavlo!
   Ey olamlarga rahmat namoyondasi, Risolai Nur!”
Bir taraf sel, bir tarafda qon oqar,
Bu balo otashi olamni yoqar.
Yig’lagan bashariyat faqat senga boqar,
Ey olamlarga rahmat namoyondasi, Risolai Nur!”
O’raldi o’t bilan bu katta dunyo,
Bir jahannam misoli qaynadi daryo.
Yetish yordamga endi, ey Shohi Avliyo!
Ey bu zamonda olamlarga rahmat, Nur Elchisi!”[3]

“Yetish imdodga ey shohi avliyo”degani; “Ey avliyolarning podshohi yordamga kel” deganidir.

Bir e’tibor beraylikchi, Said Nursi kimni kimdan qutqarish uchun yordamga chaqirilmoqda? Dunyoni otashga burkagan, dengizlarni bir jahannam kabi qaynatgan Allohmi? Agar bunday bo’lsa, Allohni haqsizlikda, zolimlikda ayblagan bo’lib qolmaydimi?! Allohga qarshi yordamga chaqirilgan bu Said Nursi Allohdan ham kuchli, undanda marhamatli va shafqatli bo’lishi va insonlarni Allohdan ham yaxshi tanib biladigan maqomda bo’lishi kerak emasmi?! Bunday bo’lishi mumkinmi?! Aslo bunday bo’lishi mumkin emas.Bularning barchasi yolg’on va Allohning diniga ziddir. Besh vaqt namozida: “Yolg’iz senga qullik qilamiz va yolg’iz sendan yordam so’raymiz” degan bir Musulmon, bunday katta bir gunoh va bo’htonga qanday qilib qo’l urishi mimkin?

O’zini olamlarga rahmat deb tanitishi esa, o’zini Muhammad alayhissalom deb ta’riflashini bildiradi. Chunki olamlarga rahmat bo’lib kelgan zot Muhammad alayhissalomdir. Bunday maqomni unga Allohni O’zi bergan. O’zini payg’ambardek ko’rsatishdan ham ko’ra kattaroq yolg’on bo’lmasa kerak.

[1]     Kastamonu Lohiqası, 27- Mak, a.g.e, c. II, s. 1601.

[2]     Siqqai Tasdiqi G’oybi, a.g.e, c. II, s. 2102.

[3]    Siqqai Tasdiqi G’oybi , a.g.e, c. II, s.2102.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: