Musulmonlar
Soxta dindorlik

Soxta dindorlik

 Said Nursi shafoatchi bo’lishi haqidagi soxta iddaosi

Nurchilar Said Nursi shafoat qilishiga ishonishadi. Bu haqdagi  ularni da’volari shunday:
“Osha nurning muborak tarjimoni va muborak shaxsi ma’naviysining (Said Nursi) qilgan shu duosi: “Bizlarni, ota-onalarimizni, Risolai Nur talabalarini va ularning ota-onalarini ham otashdan qutqar” kabi duolarining ijobati, shafoati va hurmatidan,… uning shogirdlari, xizmatchilari va risolalarini saqlab kelgan magazinlar qanday ozod bo’lib qutilgan bo’lsalar, sizlar ham o’sha muborak shogirdlar kabi u muborak va muqaddas doira ichiga kirgan zamoningiz, dunyo va oxiratning dahshatli otashidan qutilasizlar va oila va farzandlaringizga bir ma’noda cho’ponlik qilganingiz uchun, o’sha sevimli kishilaringizni ham qutqarib qolasizlar. Har biringiz moddiy va ma’naviy rohat-farog’at va baxtga erishasizlar.”[1]
Ey Nurchilar! …Nurning shafoati, Nurning duosi, Nurning himmati sizlarni qutqarib qoladi.”[1]

Yuqorida keltirilgan iddaolarning barchasi Allohning Kitobi bo’lmish Qur’oni Karimga mutlaqo ziddir. Bunday iddaolar, Iso alayhissalomdan keyin Xristian diniga Pavlos orqali kirgizilgan soxta ma’naviylikdan Islom diniga ham kirgizilishiga urinilgan bir harakatdir. Aniq bilamizki, dunyoda ham oxiratda ham hamma o’zi uchun javob beradi. Har kim neki qilsa o’zi uchundir.  Qiyomatda Alloh taolo amallarni tortish uchun o’rtaga qo’ygan amal tarozisida hammaning o’z amali tortiladi. Said Nursi hali o’zi jannatilikmi yoki jahannamlikmi noma’lum bo’lsayu, qanday qilib u boshqa insonlarni avlod-ajdodiga qo’shib jannatga olib kirib ketishi mumkin?! Din Allohnikidir. Din nomidan gapirib, insonlarni Allohni Kitobiga, Rasulullohni yo’liga chaqirmasdan, o’z shaxsiga va o’z yo’nalishiga burish asli soxtakorlik va yangicha diniy tashkilot qurish hisoblanadi.

1)    Emirdağ Lâhikası (1 Mektup No: 81), a.g.e, c. II, , s. 1733.

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: