Musulmonlar
Yillar so’ngra yolg’onlari fosh bo’lgan soxta mahdi

Yillar so’ngra yolg’onlari fosh bo’lgan soxta mahdi

Said Nursini murshid va mujaddidlarning eng kattasi, mahdi va kutilgan masih ekani haqidagi soxta iddaosi

Nurchilar Said Nursiga shunday tarif beradilar:
“Badiuzzamon Said Nursi, hijriy 14- va milodiy 20- asr minorasining tepasida turib, zamondoshlari bo’lgan Musulmonlarga va insonlarga xitob qilmoqda va bu asrning orqasidan keladigan navbat – navbati bilan saf tutguvchi kelajak avlodlar bilan eng katta mujaddid va eng katta murshidlik holatida suhbat qurmoqda.”[1]

   Mahdi ekani haqidagi iddaosi

Said Nursining maxsus shogirdlari, Said Nursi haqida davomli shunday deyishadi:
“Oxir zamonda Payg’ambar alayhissalomning avlodidan kelishi kutilgan eng buyuk murshid sensan deb bilamiz. Ammo sen bizni fikrimizni qt’iy qabul qilmayapsan, tortinyapsan. Bu bir ziddiyatdir. Bu ziddiyatni hal qilishingizni so’raymiz dedilar.
Said Nursi ularga javoban shunday deydi:
“Oxir zamonda, Rosul alayhissalomning oilasidan dunyoga mahdi bo’lib kelib, vakillik qiladigan muqaddas jamoatning ma’naviy kishiligini uchta vazifasi bor. Bular: Imonni qutqarib qolish, Payg’ambarning xalifasi degan unvon bilan Islomning shiorlarini jonlantirmoq, zamonlar o’tishi bilan, Qur’on hukmlari va shariat qonunlari qisman o’zgartirilishga uchragani uchun, bu katta vazifani qabul qilib tuzatishi kerak.
Nur shogirdlari bu uchta vazifadan birinchisini Risolai Nurda to’liq ko’rganliklari uvhun, ikkinchio va uchunchi vazifalar bunga nisbatan ikkinchi va uchinchi darajada ekani tufayli Risolai Nurning ma’naviy kishiligini (ya’ni, men Said Nursini) haqli ravishda bir mahdi deb qaradilar… Hatto avliyolarning ba’zisi, g’oybga aloqador karomatlarida Risolai Nurning (Nur Elchisi Said Nursini) to’laligicha oxir zamon ummatini hidoyat etguvchi tadqiqot va tekshiruvlar natijsida bilib olishi mumkin demoqda.
Ikki masalada ziddiyat bo’lganligi uchun yechimga ehtiyoj tuyiladi:
Birinchisi: Payg’ambar alayhissalomning xalifasi bo’lish va Islom birligi, xalqqa va siyosatchilarga va xususan bu davrdagi mafkuraviy tushunchalarga ko’ra birinchi vazifadan ko’ra ming kara keng doirada deb bilinmoqda. Garchi har davrda farqli farqli hidoyatchi, mahdi kelgan bo’lsada, ammo ularning har biri yuqoridagi uch vazifaning faqatgina birinchisinigina bajara olganligi tufayli oxirgi zamonning buyuk mahdisi degan unvonga ega bo’lmagan.
Ikkinchisi: Oxirgi zamonning buyuk mahdisi Payg’ambar alayhissalomning oilasidan bo’lishidir. Aslida men hazrati Ali r.a. ning ma’naviy farzandi hukmidaman. Undan haqiqat daersini oldim. Muhammad alayhissalomning oilasio bir ma’noda haqiqiy Nur shgirdlarini ham o’z ichiga olganligi tufayli, men ham u oila a’zosiman deyishim mumkin.[2]
“Qirq kun ichida faqat bir kun bitta non yeb, qolgan kunlarda och bo’lgan mashxur Usmin Xolidiy bilan Ispartaning taniqli olimlaridan To’pal Shukriy, bir haqiqatni ochiqcha ko’rgan va u haqda xabar bergan. U haqiqat shudir:
“Bu ummat, oxir zamonda kelishi kutilgan kishi uchta vazifadan eng muhimi va eng asosiysi bo’lgan haqiqiy imonni yoyish va ahli imonni zalolatdan qutqarib qolish bo’lgani uchun, u vazifani to’laligicha Risolai Nurda ko’rgan ekanlar. Shu sababli hazrati Ali, Abdulqodir Geyloniy va Usmon Xolidiy kabi zotlar, kelishi kutilgan zotning maqomini Risolai Nurning ma’naviy kishiligida (Said Nursida) o’z ko’zlari bilan ko’rgandek unga ishorat qilgan edilar… Bu haqiqatlar shuni bildiradiki, keladigan u muborak zot, Risolai Nurni o’z dasturi sifatida uyg’unlashtirib hayotga tabbiq qiladi.”[3]

Mana ko’rinib turibdiki, yuqorida Said Nursiga mansub bo’lgan kitobdan olingan barcha iddaolar yolg’on ekani oshkor bo’ldi. Said hech qanday mahdi ham bo’lmagani, hech qanday qutqaruvchi ham bo’lmagani o’rtaga chiqdi. Aksincha, barcha iddaolari yolg’on-yelpi ekani, hech qanday mahdi ham avliyo ham emasligi aniq bo’ldi. Hayoti davomida hech qachon hech kimni hech kimdan qutqarib qolmagan inson, qanday qilib yer yuzidagi musulmonlarni qutqaruvchisi bo’lishi mumkin?!

[1]     Tarihcha-i Hayot, Barla Hayotı, s.2144.

[2]     Shualar, 14-shua, a.g.e, c. II, s.1064.

[3]      Siqqai Tasdiqi G’oybi, a.g.e, c. II, s. 2061.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: