Musulmonlar
G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos

G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos

Said Nursi qiyin ahvoldagilarga yordam bergani va Qur’onni va Allohning ismlarini tasdiqlovchi ekani iddaosi

Hasan Fayzi yozgan va Said Nursiga yoqqan she’rda bu iddaolar ham bor:

  “Gunohlarimiz bilan gulxan kabi bir o’tmiz,
Dard qo’lidan har kuni ham xor-u zormiz.
Kechir bizni modomiki biz senga yormiz,
Ey olamga rahmat, Muhammadning o’rnagi, Nur Elchisi!”
Osmondan tushdi balo, yer bedri balo,
Tutdi atrofni bir og’riq yo vaylato.
Rahmat ayla olamga, ey Nuri Mavlo!
Ey olamlarga rahmat namoyondasi, Risolai Nur!”
O’raldi o’t bilan bu katta dunyo,
Bir jahannam misoli qaynadi daryo.
Yetish yordamga endi, ey Shohi Avliyo!
Ey bu zamonda olamlarga rahmat, Nur Elchisi!”[1]

  1. e) Qur’oni Karim va Allohning ismlarini tasdiqlovchi ekani va ularni o’z ichiga olganini iddaosi

Said Nursi, Hasan Fayzini bir she’ridan ta’sirlanib shunday degan: “Said Nursini xos shogirdlaridan va eski o’qituvchilardan bo’lgan Hasan Fayzi, juda ham samimiy bir qanoat bilan, kuchli bir suyanch bilan, chuqur ilm, porloq imon va Siqqai Tasdiqning g’oyibibidan olgan olhomi bilanv Risolai Nurning mohiyatini ta’riflash va u nurning asosi va manba’si bo’lgan Nuri Muhammadiyyani (s.a.v) va Qur’onning haqiqatini va imonning sirini tariflash uchun bu qasidani yozgandir.”[2]

Yuqorida aytib o’tilgan “Nuri Muhammadiyya, Haqiqati Qur’on sirri imon”  so’zlari juda muhimdir. Said Nursi o’zini Risolai Nurning haqiqiy va ma’naviy shaxsiyati deb bilganligi uchun,  u bu sifatlarning barchasini o’ziga nisbat bermoqda, Bular haqiqati Muhammadiyya e’tiqodiga (vositachilik va shirkka asos bo’lgan e’tiqod) mos bo’lgan e’tiqotdir. Chunki Haqiqati Muhammadiyya, barcha Nabiylar va avliyolar laduniy va botiniy ilmlarining asl manba’si ekanini va Haqdan kelgan fayzni xalqqqa ulashtirish uchun vositachi ekanini da’vo qiladilar.[3] Bu boisdan Said Nursi va Risolai Nurlar, Qur’onning asli va uning haqiqati ekani va imon-ishonchning siri deb qabul qilingan. Hasan Fayzi buni yanada ochiqlab shunday deydi:

“Dardlarga darmonsan, jon sevgisisan,
Qur’on va ismlar qamrovchisisan.
Hamda Haq nuridan bizga ehsonsan,
Ey olamlarga rahmat Nur Elchisi!”[4]

[1]     Siqqai Tasdiqi G’oybi, a.g.e, c. II, s.2102

[2]     Emirdağ Lâhikası (1), Maktub No: 71, a.g.e, c. II, s. 1725.

[3]     Mehmet DEMİRCİ, “Hakikati Muhammediye”, DİA, c. XV, s. 179-180.

[4]      Siqqai Tasdiqi G’oybi, a.g.e, c. II, s.2102–2103.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: