Musulmonlar
Said Nursini ”Olamlarga rahmatman” degan soxta iddaosi (Diniy jamoa tashkil qilish)

Said Nursini ”Olamlarga rahmatman” degan soxta iddaosi (Diniy jamoa tashkil qilish)

Said nursini badiuzzamon va olamlarga rahmat ekani iddaosi  

Badiuzzamonni ikkita ma’nosi bor. Birinchisi: O’rnak va o’xshashi yo’q narsani yaratishdir. Bu xususiyat faqat Alloghga xosdir.

“U, osmonlar va yerning badi’idir.” (Baqara 2/117)

Ya’ni osmonlaru yerni bironta ham o’xshashi va o’rnagi yo’qligida yaratgan.

Badi’ning ikkinchi ma’nosi: “O’xshashi va o’rnagi bo’lmagan borliqdir.” Bunga ko’r a badiuzzamon degani, o’sha davrning o’xshashi va o’rnagi bo’lmagan yagona bir shaxs degan ma’noni bildiradi. Bunday maqom faqatgina insoni komil va haqiqati Muhammadiyya maqomidagilarga mos keladi. Said Nursining “ juda porloq bir qasida” deb nomlagan she’rida, Hasan Fayziy uni shunday tushuntiradi:

    “Asli avvalisan bolning shakarning,
Daryosisan jumla ilmu hunarning.
Kelmadi olamga o’xsash asaring,
Ey mir’ot-i rahmat-i olam Risolat an-Nur!” 

She’rdagi “Risolat an-Nur” nur ehlisi degani. Risolat elshilik degani. Masdarga foil ma’nosini berish mumkinligi sabab “elchi” deb tarjima qilsa ham bo’ladi. Kitobning aksariyat yerlarida, Risolai Nur so’zidan murod Said Nursi nazarda tutilgani uchun, “Risolat an-Nur” ga “Nur Elchisi” deb ma’no berilgani o’rtaga chiqmoqda.

Da’volarga ko’ra Badiuzzamon laqabi unga to yoshlik davrlarida, undagi g’oyri insoniy xususiyatlarni va okeanlar kabi buyuk ilmni ko’rgan ahli ilmlar tomonidan berilgan emish.

Olamlarga rahmat ekani iddaosi

Alloh taolo, Elchisi Muhammadga shunday dedi:

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَالَمِينَ

“Seni elchi qilib yuborishimiz, butun olamllarga bo’lgan marhamatimiz tufaylidir.” (Anbiyo 21/107)

Hasan Fayzi, bu oyat Said Nursiga ishorat etkanligi haqida bir she’r yozgan. Said Nursi esa she’rga javoban shunday degan:

“…Risolai Nur umumiy rahmatining bir ko’rinishi va bir o’rnagi bo’lganligi cuhun, Haqiqati Muhammadiyyaning bir qancha sifatlari majoziy ma’noda juz’iy bir merosho’riga berilishi mumkin deb, bu porloq qasidaga munosabat bildirmadim. Faqatgina Haqiqati Ahmadıyya (s.a.v.) bilan oynasi orasidagi farqlilikka ishorat qilish uchun so’zlar qo’shildi.”

    “Tinchlik topar bugun sen bilan olam,
Ey davrining olamlarga rahmati – Nur Elchisi.
(…) Bu hasratli yuraklar, hanuz parishon,
Bo’lsa agar senda Luqmondan nishon.
Davo ayla, kel ey sevimli zu- sha’n,
Ey olamlarga rahmat namoyondasi Risolai Nur!”

Oxirgi ikki misra shunday soddalashtirilishi mumkin:

   “Bır shi ber, kel ey Allohning sevgilisi
    Ey olamlarga rahmat bo’lgan (Muhammad alayhissalomning) ko’rinishi, Nur Elchisi.
    “Faxri olam Muhammad Arshdan bu yerga keldi,
    Avliyolar podshohi Ali Duldulga mindi.
    Qilichi Zulfiqorga bugun nur tegdi,
    Ey bu davrda olamlarga rahmat Nur Elchisi!”
    (…) Yo’limiz bu Nurning bu nurli yo’li,
    Bo’ldik barchamiz birga bu Nurning quli.
    Nur yo’lida yurganlar qanchalar baxtli,
    Ey olamdagi rahmatning o’rnagi Risolai Nur.”
    (…) Bu olamda moda emas aslsan,
    Har zarradan nazar qilgan bir ko’zsan.
    Koinotni lol qilgan to’liq bir yuzsan,
    Ey olamlarga rahmat, Muhammadning o’rnagi, Nur Elchisi!”

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: