Musulmonlar
Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi?

Dinimiz narda o’ynashga qanday qaraydi?

Dinimizda narda o’ynashga qanday munosabat bildirilgan?
Narda o’yini haromga yaqin bir o’yindir. Agar o’rtada biron bir moddiy manfaat so’z olsa, hech shubhasiz harom hukmiga kiradi. Haromga yaqin (makruh amal) deyishimizga sabab quyidagi oyatdir:

فَإِذَا فَرَغْتَ فَانصَبْ وَإِلَىٰ رَبِّكَ فَارْغَب

“Qachonki forig’ bo’lsang (bir ishdan bo’shasang) tur (va harakat qil) va Robbinga yo’nal.” (Sharh 94/7-8) Bu oyatning aksariyat tafsirlarida keltirilgan hadis va ochiqlamalar, Nabiy alayhissalom bir dunyo ishidan bo’shaganida oxirat ishiga mashg’ul bo’lishi va qachonki oxirat ishidan bo’shaganida oila ishi bilan mashg’ul bo’lishi haqida ochiqlangan deb keltirilgan. Demakki inson dunyoviy manfaat keltiradigan ishdan bo’shaganida, oxirati uchun harakat qilishi, oxirat ishidan bo’shaganida esa dunyoligi uchun harakat qilishi va aslo bo’shvaqtlarini bekorchilik bilan o’tkazmaslikka buyuradi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: