Musulmonlar
Дин

Дин

Din xususida insonni eng ko’p aldagan narsa – Allohni bor va bir deb qabul qilishning o’zi yetarli deb bilishdir. Zotan Allohning borligi va birligini bilmagan kishi yo’q. Yer yuzidagi bironta mushrik yoki, butparastdan so’rasangiz ham «Alloh bor» deydi, lekin unga sherik qo’shadilar yoki Uning ko’rsatgan yo’lidan yurmaydilar.  Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِن بَنِي آدَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَى أَنفُسِهِمْ أَلَسْتَ بِرَبِّكُمْ قَالُواْ بَلَى شَهِدْنَا أَن تَقُولُواْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَذَا غَافِلِينَ

أَوْ تَقُولُواْ إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّن بَعْدِهِمْ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ الْمُبْطِلُونَ وَكَذَلِكَ نُفَصِّلُ الآيَاتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

“Robbingiz Odam o’g’illarining bellaridan nasllarini olgan vaqtda, ularni o’zini o’ziga: “Men sizlarning Egangiz ( Robbingiz) emasmanmi?” deb guvoh qildi. Ular esa:  “Ha, huddi shunday. Sen bizning Egamissan. Biz bunga guvohmiz.” Dedilar. Endi qiyomat kuni: “Biz bundan bexabar edik” deyolmaysizlar. Mana bunday ham deyolmaysizlar: “Avvaldan shirq qilganlar otalarimiz edi. Biz esa, ulardan kegin kelgan nasl edik. Buzg’unchilikka mashg’ul bo’lganlar tufayli bizlarni halok qilasanmi?” Biz oyatlarni shunday op­-ochiq qilib tushuntiramiz. Balki qaytarlar.” (A’rof 7/172-174)
Xalq orasida ma’lum va mashxur bo’lgan “Alastu birobbikum” yoki “Miysoq kuni” deb bilingan hodisa-inson Allohni borligi va birligini ochiq-oydin bilib qabul qilgan hodisadir. Oyat bu hodisani, Odam o’g’illarining bellaridan nasllarini olgan vaqtda amalga oshirilishini bayon qilmoqda. Naslni beldan olinishi- naslni davom ettiruvchi tuhumni olinishidir. Inson bu holatga tushgan vaqtdan boshlab balog’at ya’ni, javobgarlik yoshiga yetghan hisoblanadi.
Inson butun hayoti davomida Allohning oyatlari bilan yuzma-yuz kelib, ularni o’qib boradi. Chunki, Allohning oyatlari faqatgina Qur’ondagi oyatlar emas. Insonlar, osmon, yer, jonzotlar, o’simliklar xullas, butun borliqlar Allohning yaratgan oyatlaridir.[1]
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِي الْآفَاقِ وَفِي أَنفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ الْحَقُّ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

Ularga oyatlarimizni, ham atroflarida va ham o’z ichlarida ko’rsatib qo’yamiz, toki u (Qur’on) haqiqat ekani ular uchun o’rtaga chiqadi. (Fussilat 41/53)
Insonning yon atrofidagi va o’zining ichki dunyosidagi oyatlarni o’qib-o’rganib borishi, uni bir yaratuvchisi borligi haqida ma’lumot beradi. Shu bois inson, hali yosh-go’daklik chog’idayoq Alloh haqida qiziqishni boshlaydi. Bu xususta atrofini savol yomg’iriga to’ldiradi. Natijada, Allohning borligi va birligi haqida qat’iy qanoatga ega bo’ladi. Yuzma-yuz kelgan bunday oyatlar bilan, go’yoki Alloh unga: “Men sening Robbing emasmanmi?” deb so’raydi. U esa, to’liq bir qaror bilan “Ha-Huddi shunday”, Robbimsan, men buni tan olaman” deydi. Inson bu oyatlarni umr bo’yi o’qigani uchun, uning Allohga bo’lgan qiziqishi doimiy jonlanib qolabi. Shunga o’xshash savollar bilan o’zining ichki dunyosida deyarli har kuni yuzlashadi.
Mushrik-o’rtoq-sherik qo’shgan kishidir. Sheriklik uchun eng oz ikki kiski bo’lishi kerak. Bularning birinchisi doimo Allohdir. Allohning borligi va birligini son-sanoqsiz dalili bo’lgani holda, Allohga sherik qilib olingan borliqlar haqida birorta ham dalil-hujjat yo’q. Shu sababli hech bir mushrik, o’zini oqlay oladigan darajada dalil keltira olmaydi va shu so’zni ham aytolmaydi:

أَوْ تَقُولُواْ إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّن بَعْدِهِمْ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ الْمُبْطِلُونَ

“Shuni ham aytolmaysizlar: “Avvaldan shirk qo’shganlar otalarimiz edi. Bizlar esa ulardan so’ngra kelgan nasllar edik. O’sha botil ishlarni qilganlar tufayli bizlarni halok qilasanmi?” (A’rof 7/173)
Jinsiy yetuklik vaqti juda muhimdir. Javobgarlik aynan shu vaqtdan boshlanadi. Otalari aksini so’zlasalarda, balog’at yoshiga yetgan farzandlar, Allohning borligi va birligi, U borliqlarning egasi ekani haqida kesin bir qanoatga ega bo’ladilar.Kimlardur buni berkitmay oshkor aytadi, kimlardur muhim bir voqea yuz bergandagina ayta oladi.
O’zlarini Xudosiz deb nomlagan ateistlar, Allohni o’z ishlariga aloqador qilishni xohlamaganlardir. Ular o’zlarini tangrilashtiradilar va o’zlariga faqatgina o’zlari xo’jayin bo’lishni istaydilar. Boshqa mushriklar esa Alloh bilan birga, o’zlariga boshqa bir xo’jayin topib oladilar, ularni Allohga xos bo’lgan xususiyatlarda barobar deb bilib, hayoti davomida yuz beradigan ishlarida Alloh bilan o’zlarining o’rtasida vositachi va yordamchi qilib oladilar.
Qur’onda juda ham ko’p yerda zikr o’zagidan turagan so’zlar takrorlanadi. Zikr- bir ma’lumotni foydalanishga tayyor holda zehnda saqlab turish, uni qalbga joriy qilish va tilda ifodalash va esga olish degan manolarni o’z ichiga oladi.[2]
Zehndagi ma’lumotni harakatga keltirishni tazakkur deyiladi. Inson tug’ilishidan to o’lgunigacha Allohning oyatlari bilan yuzma-yuz yashaydi.  Allohning oyatlari, Uning nozil qilgan oyatlari bilangina chegaralanib qolmaydi. Insonning ham atrofida va ham o’zining ichki dunyosida mavjud bo’lgan oyatlar bordir. Inson aksariyat ma’lumotlarga, atrof muhiti va ichki dunyosidagi oyatlarni o’qib o’ranishi natijasida ega bo’ladi. Shu bois ular, tabiiy huquq va ahloqning umumiy qoidalariga rioya qilib boradilar. Qur’on, Tavrot, Injil va boshqa Ilohiy kitoblarning umumiy nomi ham “Zikr”dir.[3] Chunki, atrof muhit va ichki dunyodagi oyatlar bilan Qur’on oyatlari orasida to’liq bir uyg’unlik bordir. Alloh taolo shunday marhamat qladi:

سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِي الْآفَاقِ وَفِي أَنفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ أَنَّهُ الْحَقُّ أَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ أَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

“Ularga ichlaridagi va atroflaridagi oyatlarimizni ko’rsatamiiz, natijada uni (Qur’onni) haqiqat ekani ular uchun yaxshigina o’rtaga chiqadi.” ( Fussilat 41/53) Bu sababli butun elchilar insonlarni tazakkur etishga, ya’ni, zehnlarida saqlanib kelayotgan bilimlardan foydalanishga chaqirgan edilar. Ibrohim alayhissalom mushriklarga: “… tazakkur[4] qilmaysizlarmi?”  ya’ni yoshligizdan beri shu vaqtgacha yon atrofdan ko’rib o’rganib kelgan narslalaringiz bilan men aytgan narsani qiyoslab, qilgan xato ishlaringizni farqiga bormaysizlarmi, ko’rmaysizlarmi?” deyishi ham shundandir.
Bilinganidek, Ibrohim alayhissalomning xalqi, osmonlaru yerni yaratguvchisi Alloh ekanini bilishgan ammo, ularni “malakutini” ya’ni, yetakchilik qilish va uni boshqarishni quyosh, oy va yulduzlarga topshirganini da’vo qilardi. Ularni mahalliy yo’natuvchi deb bilardi. Ularning har birida bir ruhoniyat bor deb bilardilar. Shu bois, orzu va istaklarini oy, quyosh va yulduzlardan so’rashardi. O’zlari bilan Alloh o’rtasidagi aloqalarni ularning vositaligi asosida yurgizishga urinardilar. Ularning haykallari oldida hurmat bilan egilar, ularga qurbonliklar qilib ularni e’tiborlarini jalb qilishga urinishardi.  Bu ishlari, Ularni Allohga sherik qo’shishlari edi. Ijtimoiy tuzumni ham bunga ko’ra barpo qilgandilar. Ibrohim alayhissalom olib borgan kuzatishlari natijasida, oy-yulduzlar koinotni boshqarishiga aloqadorligi yo’qligini tushunib yetkandi,  b narsa haqida o’z qavmiga ham tushuntirishi oqibatida, u xavfli bir inson deb tanila boshlangandi.  Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَكَذَلِكَ نُرِي إِبْرَاهِيمَ مَلَكُوتَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ الْمُوقِنِينَ  فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ اللَّيْلُ رَأَى كَوْكَبًا  قَالَ هَذَا رَبِّي فَلَمَّا أَفَلَ قَالَ لا أُحِبُّ الآفِلِينَفَلَمَّا رَأَى الْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَذَا رَبِّي فَلَمَّا أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِي رَبِّي لأكُونَنَّ مِنَ الْقَوْمِ الضَّالِّينَ  فَلَمَّا رَأَى الشَّمْسَ بَازِغَةً قَالَ هَذَا رَبِّي هَذَآ أَكْبَرُ فَلَمَّا أَفَلَتْ قَالَ يَا قَوْمِ إِنِّي بَرِيءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ  إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ حَنِيفًا وَمَا أَنَاْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Ibrohimga bu chalg’ish-adashsihni ko’rsatkanimizdek osmonlaru yerdagi boshqaruvni ham ko’rsattik-ki, kesin bir ishonchga ega bo’lsin.
Kechaning qorong’uligi toyishi bilanoq bir yulduzni ko’rdi-da: “Bu mening Robbim.” ( Egamdir) dedi. Nuri so’nganda esa, “Men nuri so’nadiganlarni sevmayman.” Dedi.
Oyni porlab turgan vaqtida ko’rdi:
“Mening Robbim (Egam-Sohibim) manashu.”  Dedi. Oydinligi yo’qolganda, “Buyuk Egam! Menga to’g’ri yo’lni ko’rsatmasa, men bu adashgan qavmdan biri bo’lib qolaman” dedi.
Nur sochib ko’kka ko’tarilgan quyoshni ko’rganda: “mana shu mening Robbimdir; bu eng buyukdir” dedi. Uning nuri ham so’nganida shunday dedi: “Ey xalqim! Sizlar shirk qo’shayotgan barcha narsangizdan uzoqman. Men, yuzimni to’g’ridan to’g’ri osmonlaru yerni yaratuvchisiga burdim. Men mushriklardan emasman.”  Qavmi u bilan tortishishni boshladi. Ibrohim dediki: “Sizlar men bilan, menga to’g’ri yo’lni ko’rsatgan Alloh haqida tortishyapsizlarmi? Men Allohga shirk qo’shayotgan narsalaringizdan qo’rqmayman, Buyuk Egamning buyrug’isiz hech narsa bo’lmaydi. Egam har narsani o’z ilmi bilan qamrab-egallab olgan. Tazakkur qilmaysizlarmi?”  (An’om 6/75-80)
“Tazakkur qilmaysizlarmi” degani, “Men ko’rgan narsalarni sizlarham ko’ryapsizlarmi? Ularni boshqarishga layoqatsiz ekanini sizlarham tushunib turibsiz. Bilimingizni sihlatsangiz bo’lmaydimi?” deganidir.
Ibrohim alayhissalom ularga shunday dedi:

إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالأَرْضَ حَنِيفًا وَمَا أَنَاْ مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Men yuzimni to’ppa-to’g’ri osmonlaru yerni yaratkanga burdim. Men mushriklardan emasman.” ( An’om 6/79) Ibrohim alayhissalom ularga shunday degan vaqtda, ularning birortasi ham; “Osmonlaru yerni yaratguvchisi kim ekan?” deb so’rashmadi. Chunki ular buni yaxshi bilishardi.
So’ngra so’zini shunday davom ettirdi:

وَكَيْفَ أَخَافُ مَا أَشْرَكْتُمْ وَلاَ تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِاللّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا فَأَيُّ الْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِالأَمْنِ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

“Sizlar, u xususda Allohni tushurgan biron bir dalil bo’lmagan narsalarni Unga sherik qilishdan qo’rqmaysizlar-u; men sizlar shirk qilayotgan narsangizdan qo’rqaymi? Bu qanaqasi? Agar bilsangiz aytinglar, bu ikki tomonning qaysi biri ishonch ostida bo’lishga loyiq?”   (An’om 6/81)

Shirk qilayotgan kishi eng kami ikkita tangriga sig’ingan bo’ladi. Ularning birinchisi doimo Allohdir, Ikkinchisi esa, o’rtakashlik va vositachilik qilinishiga ishonilgan narsadir. Bularning bitta-yu bitta dalillari, o’zlarining kattalaridan eshitgan narsalaridir xolos. Bular aqillarini ishlatmaydilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَى مَا أَنزَلَ اللّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ قَالُواْ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءنَا أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ شَيْئًا وَلاَ يَهْتَدُونَ

“Ularga, Allohning nozil qilgan narsasiga va Elchisiga keling deyilsa: “Ota-bobolarimizda ko’rganlarimiz bizga yetadi”  deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsadan bexabar yoki, to’g’ri yo’lni topolmagan bo’lsalarchi? “ ( Moida 5/104)

وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لاَ يَعْقِلُونَ

“ …Alloh, aqlini ishlatmaganlarni ustida, Allohga ishonmaslik kirini paydo qiladi” (Yunus 10/100)
Allohni bor va bir ekanini, o’z aqliy va ongliy kuzatishlarimiz natijasida tushunib olamiz. “Ashhadu an la ilaha illalloh” ya’ni, “Men: Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik beraman” deyishimiz shu nuqtai nazardandir.
Allohdan boshqa tangri yo’qligi va faqatgina Allohga qullik qilish kerakligi haqida guvohlik uchun biron bir elchiga ehtiyoj bo’lganda edi “Men guvohlik beraman…” so’zining o’rniga “Mana shu elchining aytganlariga ko’ra” deyish kerak bo’lar edi. Shu sababli hech bir elchi Allohning borligini isbotlash bilan aslo mashg’ul bo’lmagan, ammo qullikni faqat Allohgagina qilish kerakligi haqida jon kuyuktirganlar. Zotan aqlini ishlatgan har bir inson buni osongina ko’rib bilib oladi. Elchilarga qarshi chiqqanlar – noto’g’ri ishonh-e’tiqodga ko’ra barpo qilgan tuzumlarini buzilishidan qo’rqqan kishilar va o’sha tuzumning ta’siri ostidagi kishilar bo’lgan.
Nabiyga va u keltirgan kitobga ishonganlardan ba’zilari ham, vaqti vaqti bilan kitobni o’zlariga moslashtirishni, bir qancha oyatni ko’rmaganga olishni, ba’zi oyatlarning hukmini yashirishni va bunga ko’ra o’zlari uchun bir diniy hayot tarzi qurishni boshladilar.

[1]     Yaratilgan kavniy oyatlar haqida ma’lumot olmoqchi bo’lganlar uchun: Baqara 2/164, Oli Imron 3/190, An’om 6/97-99, A’rof 7/26-58, Yunus 10/5, 6, 67, 79, 92, 101, Yusuf 12/7, 35, Ra’d 13/2, 3, 4,  Nahl 16/13, 65, 66, 67, 68,6 9, 79, Isro 17/12; Kahf 18/9, Maryam 19/10, Toha 20/ 128, Ankabut 29/24, 33, 34,3 5, Rum 30/21, 22, 23, 24, 28, Luqmon 31/31, 32, Sajda 32/26, Saba’ 34/15, Zumar 39/42, 52, Mo’min 40/13, Josiya 45/3, 4, 5, 6, Zariyat 51/22, 23, 35, 36, 37. Qomar 54/12, 13, 14, 15.

[2]     Rog’ib al-Isfahoniy, Mufradot, ( Tahqiq: Safvon Adnon Dovudiy), Damashq va Bayrut,1412/1992,( Zikr ) moddasi.

[3]     Oli Imron 3/58, A’rof 7/63, Hijr 15/6,9, Nahl 16/44, Anbiyo 21/2,50,105, Furqon 25/18, Yasin 36/11, Sod 38/8, Qomar 54/25.

[4]     An’om 6/80.