Musulmonlar
Chaqaloqni ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi?

Chaqaloqni ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi?

Savol: Kunimizda ko‘plab onalar bolalarini bir yil va hatto undan ham kam muddat emizib, keyin sutdan chiqarib yuborishmoqda. Aksariyat onalar bolalar uchun tayyorlangan maxsus sun’iy ozuqalar, yoki hayvon sutidan foydalanib kelmoqda. Bu narsaga fan olimlari ham salbiy qaraydi, chunki, ona sutini o‘rnini bosa oladigan hech narsa yo‘q dunyoda bola uchun. Bu narsaga Islom dini qanday qaraydi?

Javob: Albatta, Alloh yaratgan asl tabiiy ne’matni o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ham va uning onasini ham Alloh yaratgani sababli, bolani salomatligi va sog‘lom va to‘g‘ri rivojlanishi uchun ona suti bilan ozuqalanishdagi eng munosib va to‘g‘ri muddat qancha ekanini ham Alloh juda yaxshi biladi. Shunga ko‘ra Alloh onalar bolalarini ikki yil to‘liq emizadilar deb marhamat qilgan. Aloqador oyat quyidagicha:

 وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَادَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ 

“Onalar bolalarini ikki yil to‘liq emizadilar. Bu – to‘liq emizishni xohlaganlar uchundir.” (Baqara 2/233)

Oyatga ko‘ra, onalar bolalarini ikki yil o‘z sutlari bilan to‘liq emizishlari kerak. Ona va bolani ta’minotini esa shariati Ilohiy otaga yuklagan. Agar bola emizikli chog‘ida er-xotin ajrashib ketgan bo‘lsa ham, bolani va onani barcha ta’minotini ota ado qilishi kerak.

Bolani sog‘ligiga ona suti orqali qandaydir zarar yetishi xavfi bo‘lmagan holatda, aslo bolani sutdan chiqarib bo‘lmaydi.

Sog‘ligi va kuch-quvvati zaifligi sababli ona bolaga sut yetkazib bera olmayotgan bo‘lsa, bu narsalarni oldini olish va onani sog‘ligini tiklash uchun bolani otasidan majburiy ravishda ta’minot talab qilinadi. Chunki, Alloh taolo bolani yemoq-ichmoq va kiyim-kechak bilan ta’minlashni ota zimmasiga yuklagan.

Ma’lum sabablarga ko‘ra bolani o‘z ona suti bilan emizishni ilojisi bo‘lmagan taqdirda, boshqa ayolni suti bilan bo‘lsa ham ikki yil to‘liq emizish kerak. Bu vazifa ham (boshqa emizikli bolasi bor ona topish va moddiy tomondan ta’minlash) otaga yuklatiladi.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: