Musulmonlar

Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak?

Savol: Bir kishining xato-kamchiligi bizga yetib kelsa, haqiatda u shunday ekanmi deb surishtirish olib borishimiz va bunga aniqlik kiritishimiz kerakmi?

Javob: Agar sizga bildirilgan boshqa bir insonning xato-kamchiligi ommaga ta’sir qiladigan darajadagi yomon ish bo’lib, uni zudlik bilan tuzatish talab qilinadigan bir ish bo’lsa, quyidagi oyatga ko’ra harakat qilishimiz kerak:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا أَن تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَىٰ مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ

“Ey mo’minlar! Agar bir fosiq sizlarga bir xabar olib kelsa, uni to’g’ri ekanini surishtiringlar. Aks holda, bir jamiyatga nisbatan yomonlik qilib qo’yib, so’ngra qilgan ishingizdan pushaymon bo’lib qolasizlar.” (Hujurot 49/6)

Ammo, xato va kamchiligi faqatgina o’sha shaxsning o’ziga zarar yetkazadigan bir ish bo’lib, boshqa yon-atrofdagi insonlarga ziyoni tegmaydigan bo’lsa, bunday holatda quyidagi oyatga ko’ra harakat qilishimiz kerak bo’ladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖوَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ ۚ إِنَّ اللَّـهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ 

“Ey mo’minlar! Gumonning ko’pidan juda uzoq turinglar. Chunki, gumonning bir qismi gunohdir. Bir-biringizni yashirin qilgan ishlaringizni surishtirmanglar. Biringiz boshqangizni g’iybat qilmasin. Sizlardan birortangiz o’lgan birodaringizning jasadini yeyishni yoqtiradimi? Ha, uni darhol yomon ko’rdingiz! Shunday ekan, Allohning azobidan qo’rqib, bu jirkanch ishdan o’zingizni saqlang. Alloh tavbalarni qabul qiladi, ikromi mo’l-ko’ldir.” (Hujurot 49/12)

Abu Hurayra (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) sahobadan rivoyat qilinishicha, Rasululloh alayhissalom shunday buyurdi:

“Gumondan saqlaninglar. Chunki, gumon so’zlarning eng yolg’onidir. Boshqalarni gapini poylamanglar, ayblarini qidirmanglar, bir-biringizga nisbatan katta ketib maqtanmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, gina saqlamanglar, yuz o’girmanglar. Ey Allohning qullari! Allohni buyurganidek aka-uka bo’linglar.” (Buxoriy, Nikoh 45, Faroiz 2, Odob 57, 88. Muslim, Birr 28, (25633). Abu Dovud, Odob 37, 48. Muvatto, Husnul-Xulq 15. Ahmad b. Hanbal, 2/287, 342, 465, 470, 492, 517, 539.)

Muoviya (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) shunday dedi: Men Rasululloh shunday deganini eshitdim:

“Musulmonlarni ayblarini, birovlar bilmaydigan yashirin ishlarini ta’qib qilishni boshlasang, ularni axloqlini buzasan, yoki ularni bunga majbur qilib qo’ygan bo’lasan.” (Abu Dovud, Odob 37)

Abdulloh b. Mas’udni (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) yoniga bir kuni bir odam olib kelinib: “Soqolidan sharob tomib turadigan falonchi kishi mana shu bo’ladi”, deyilganida, bunga javoban uni olib kelgan kishiga shunday javob bergani bildirilmoqda:

“Biz ayb va kamchilik izlashdan man etildik. O’zi biron bir ayb yoki biron bir xato ish sodir qilsa, shunda biz ham unga kerakli muomala qilamiz.” (Abu Dovud, Odob 37)

 

Sulaymoniya Vaqfi, Fatvo Bo’limi.  

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: