Musulmonlar
Bosh kiyimsiz namoz o’qish gunohmi?

Bosh kiyimsiz namoz o’qish gunohmi?

Savol: Namozda bosh kıyım kiyish, salla o’rash majburmi? Bundan tashqari, paypoqsiz namoz o’qisa bo’ladimi? Bu shaklda namoz o’qilishi namozni savobidan kamayib qolishiga sabab bo’ladimi? Davomli holatda mana shu shaklda namoz o’qish katta gunohlar qatoriga kiradimi?

Javob: Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam namoz o’qish uchun boshiga alohida kiyim kiymas edi. Yashab turgan yurtining iqlimi issiq bo’lganligi sababli, odatda boshini issiqdan saqlab yurish uchun doimo boshini o’rab yurgan va namoz o’qiganda ham odatiy-tashqi  kiyimlari bilan bir qatorda, boshida qanday bosh kiyimi bo’lsa o’sha bosh kiyimi bilan namoz o’qiganlar. Kunimizda ko’plab yuz berayotgani kabi, namoz uchun yonida o’zi bilan alohida bosh kiyim (salla, do’ppi, latta do’ppi) ko’tarib yurmagan.

Erkaklar namozlarini bosh kiyimsiz va paypoqsiz ado etishlarida hech qanday namozni buzishi yoki gunoh bo’lishini keltirib chiqaradigan biron muammo yo’q, gunoh ham emas. Chunki, erkak kishilarning boshi va oyoqlarini to’piq ostlari namozda to’sib berkitilishi shart bo’lgan a’zolari qatoriga kirmaydi.

Fiqhus-Sunna nomli kitobda Sayyid Sobiq bu haqda quyidagilarni bildirib o’tadi:

Ibn Asokirni Ibn Abbosdan qilgan rivoyatiga ko’ra, Rasululloh alayhissalom ko’p marta boshidagi bosh kiyimini yechib oldiga sutra qilib qo’yib namoz o’qir edi.

“Hanafiylarga ko’ra erkak kishilarni boshlari ochiq holda namoz o’qishlarida hech qanday muammo va gunoh yo’q. Agar hushu uchun yana ham munosibroq deb bilinsa, boshi ochiq holda namoz o’qish bosh kiyim bilan o’qigandan ko’ra mustahabroq bo’ladi. Namozda bosh kiyim bilan namoz o’qishning fazilatlari haqida hech qanday ma’lumot va dalil yo’q.” Sayyid Sobiq, Fiqhus-Sunna, Dorul-Fath, 12 n. Qohira, 1996, 1 jl, 98-s.

Manba: Yahyo Sheno’l,  Anas Olimo’g’li, Insoniyat Tarixi Bo’yicha O’sha Namoz kitobi, 2016, 149-15- s.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: