Musulmonlar
Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi?

Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi?

Har bir Musulmon modomiki imoniga shirk qo’shmas ekan, uning qilgan yaxshi ishlari behuda bo’lmaydi. Qilingan savobli ishlar faqat shirk amali tufayligina yo’q bo’lib ketadi. Bu haqda shaxsan Muhammad alayhissalom ham va undan oldingi Nabiylar ham ogohlantirilgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلَقَدْ أُوحِيَ إِلَيْكَ وَإِلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكَ لَئِنْ أَشْرَكْتَ لَيَحْبَطَنَّ عَمَلُكَ وَلَتَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ

“(Ey Muhammad) Senga ham sendan oldingi Nabiylarga ham shu narsa aniq bildirildiki: “Agar shirk amalini qilsang, qilgan ishing behuda bo’lib ketadi (havoga uchib ketadi) va bor butini yo’qotganlardan bo‘lib qolasan!” (Zumar 39/65)

ذَٰلِكَ هُدَى اللَّـهِ يَهْدِي بِهِ مَن يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ

“Bu Allohning hidoyati bo‘lib, u bilan bandalaridan munosib bilgan kishilarni hidoyat qiladi. Agar ular (avvalgi oyatlarda ismi aytilgan 18 ta nabiy va boshqa nabiylar) shirk amal qilganlarida edi, qilgan amallari yo’q bo’lib ketar edi.” (An’om 6/88)

مَن كَانَ يُرِيدُ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَالَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لَا يُبْخَسُونَ   أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ لَيْسَ لَهُمْ فِي الْآخِرَةِ إِلَّا النَّارُ ۖ وَحَبِطَ مَا صَنَعُوا فِيهَا وَبَاطِلٌ مَّا كَانُوا يَعْمَلُونَ 

“Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-u ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarini (natijasini) shu dunyoda to’liq qilib beramiz va ular bu dunyoda ziyon ko‘rmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘q. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari yo’q bo’lib ketadi va qilib o‘tgan amallari foydasizdir.” (Hud 11/15-16)

Alloh taolo savob ishlarni qilishlikka, yomon ishlardan tiyilishga buyurgan. Shirkdan boshqa amallar qilingan savobli ishlarni butunlay yo’qqa chiqarib yubormaydi. Savob ish qilganga savobi, gunoh ish qilganga esa gunohi bor. Hatto Muhammad alayhissalom ham bu haqda qattiq ogohlantirilganidan keyin, biz u shirkdan qanchalik uzoq bo’lib ehtiyot bo’lishimiz kerakligi oydek ravshan bo’lmoqda. Benamozlikning mushriklik emas. Benamozlik – Allohni bilib turib, Unga ishonib turib uni aytganlarini bajarmaslik, nonko’rlik, Allohni amrini pisand qilmaslik bo’ladi.  O’zini dunyoviy ishlarini birinchi o’ringa qo’yib, Namozga vaqt ajratmayotgan kishi – o’zini istaklarini Allohni istagidan ustun qo’ygan  va birinchi o’ringa qo’ygan bo’ladi. Namoz hech qanday sababga ko’ra ham tark qilinishi aslo mumkin bo’lmagan insoniy vazifadir.  

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: