Musulmonlar
Azroil degan farishta Qur’onda ham Sunnatda ham yo’q

Azroil degan farishta Qur’onda ham Sunnatda ham yo’q

Azroil degan farishta Qur’onda bormi? Nega hamma u farishtadan qo‘rqadi? Qur’on bu narsaga buyurganmi?

Qur’oni Karimda Azroil nomli farishta bor ekani bildirilmagan ham aytilmagan ham. Jon oluvchi farishta deb tanitilgan farishta, Islomdan avvalgi Yahudiy asarlaridan Islom dinining manbalariga kirib qolgani ehtimoli bor. Na Qur’onda ham va Sahih hadislarning birortasida ham bu farishta haqida aytilmagan. Azroil degan ism Yahudiy manbalaridan Islom adabiyotlariga kirib qolishiga sabab, avval yahudiy bo‘lib, keyinchalik Islomni qabul qilgan Ka’bul-Axbor va Vahb b. Munabbah kabi shaxslarning ta’siri ostida ekanini ko’proq taxmin qilinadi.

Alloh taolo jon oluvchi farishta haqida shu oyatlarni nozil qilgan:

قُلْ يَتَوَفَّاكُمْ مَلَكُ الْمَوْتِ الَّذِي وُكِّلَ بِكُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ تُرْجَعُونَ

“Aytgin: “Sizlar uchun tayinlangan o‘lim farishtasi vafot ettiradi va keyinchalik tirilib Rabbingizni huzuriga chiqarilasizlar.” (Sajda 32/11)

وَهُوَ الْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِ ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰ إِذَا جَاءَ أَحَدَكُمُ الْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا  وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ

“U, qullarining ustidan mutlaqo hokimdir, sizlarga qo‘riqchi farishtalar yuboradi. Sizlarni birortangizga o’lim kelganda, elchilarimiz uni vafot ettiradilar. U elchilar aslo xato qilmaydilar.” (An’om 6/61)

Azroil nomli farishtadan qo‘rqish degan narsa bir tarafda tursin, hattoki uning nomi ham keltirilmagan Qur’onda. Qur’on Musulmonlarga faqatgina Allohdan qo‘rqish, oqibatini o‘ylab yomonliklardan saqlanib yaxshi ish qilishga intilishga buyurgan.

Ikkinchi oyatga ko‘ra, har bir insonni qo‘riqlovchi farishtasi bo‘ladi va ajali kelganida uni jonini oluvchi farishta jonini oladi. Jon oluvchi farishta bir dona emasligi ham o‘sha oyatda ochiqcha bayon qilingan. Har bir insonni qo‘riqchi farishtasi bo‘lganidek, jonini oluvchi alohida farishtasi bo‘lishi ham mumkin.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: