Musulmonlar

Azon aytilganda nima qilish kerak?

Savol: Azon aytganidan keyin qanday amal qilish kerak?

Javob: Azon – chaqiruv, da’vat degani. Sizni kim nima maqsadda qayerga va nimaga chaqirayotgan bo’lsa, unga javob qaytarib borishingiz kerak bo’lganidek, Islom dinining asosiy ramzlaridan bo’lgan azonni eshitganingizda ham unga munosib va to’g’ri ravishda javob qaytarishingiz, ya’ni Juma namoziga chaqirilganda Juma namoziga, besh vaqt namoz uchun chaqirilganda besh vaqt namozga borishingiz kerak bo’ladi. Sizni hurmat qilib bir joyga da’vat qilib taklif qilgan kishini chaqirig’ini inobatga olmasligingiz, uni pisand qilmagan va mensimaganingizga ishorat qilganidek, Allohni zikriga qilingan chaqiruvga ham ijobat qilmasligingiz ham Allohni va unga chaqirilgan azonni mensimasligingiz bo’ladi.

Azon turli maqsadlarda turli o’rinlarda farqli sabablarga ko’ra aytiladi. Demak, aytilgan azon nima uchun aytilgan bo’lsa, azonni eshitgan musulmon azonga munosib ravishda ish qilishi kerak bo’ladi. Azonga aloqador bo’lgan holatlar quyidagicha:

  • Juma namozi uchun aytilgan azon;

Agar Juma kuni Juma namozi uchun aytilgan azonni nazarda tutib savol bergan bo’lsangiz, javobimiz quyidagicha:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَىٰ ذِكْرِ اللَّـهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

“Ey Mo’minlar! Juma kungi namoz uchun chaqirilganida (azon aytilganida) Allohni zikriga (namozga) shoshilinglar va savdo-sotiqni to’xtatinglar! Shunday qilishingiz o’zingizga yaxshi, buni bilsangiz albatta.” (juma 62/9) oyatiga ko’ra, Juma kuni Juma namoziga azon aytilganidan keyin, azonni eshitgan har bir musulmon qilayotgan ishini tashlab namozga harakat namozga shoshilishi kerak. Chunki, boshqa namozlardan farqli o’laroq bu Juma namozi o’ziga xos xutbasi bilan ajralib turadi. Oyatda “namozga chaqirilganida” ifodasidan keyin “Allohni zikriga shoshilinglar”, ifodasi Juma kuni ham zikr eshitish va hamda namoz o’qish farz ekaniga dalil bo’ladi. Juma azonini eshitgan musulmon albatta namozdan avval – namozga to’plangan jamoat tushunadigan tilda qilinadigan – xutba va zikrni eshitish uchun shoshilishi kerak bo’ladi.

Imom Abu Dovuddan qilingan rivoyatga ko’ra, Payg’ambar alayhissalom shunday degan ekanlar:

 “Kimki Juma kungi nido (azon)ni eshitib turib namozga kelmasa – ijobat qilmasa, keyingi marta ham azonni eshitib yana kelmasa – ijobat qilmasa, keyin uchinchi marta ham eshitib yana kelmasa – ijobat qilmasa, Alloh taolo uni qalbiga tamg’a urib qo’yadi, natijada uni qalbi munofiqni qalbiga aylanib qoladi.” Sunani Abu Dovud 2/288.

  • Besh vaqt farz namoz uchun aytiladigan azon;

Besh vaqt farz namoz uchun sizni birov namozga chaqirsa yoki ommatan hammani namozga chaqirib muazzin azon aytganida nima qilish va qilmaslik haqida quyidagi oyat bayon qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الَّذِينَ اتَّخَذُوا دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَالْكُفَّارَ أَوْلِيَاءَ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ﴿٥٧﴾ وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ اتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ ﴿٥٨﴾

Ey Mo’minlar! Sizlardan avval ularga kitob berilganlar orasida diningizni hazil-toifa qilib olganlarni va o’zini haqdan to’sganlarni o’zingizga yaqin sirdosh-do’st qilib olmanglar. Allohdan qo’rqinglar, mo’min bo’lsangizlar albatta. Bir-biringizni namozga chaqirganingizda, ular uni hazil-toifaga burib oladilar (unga jiddiy munosabat bildirmaydilar). Bunday bo’lishi –ular aqlini ishlatmaydigan bir qavm ekani sabablidir.” (Moida 5/57-58)

Bu oyatga ko’ra, besh vaqt namoz uchun azon aytilsa yoki shaxsan o’zingizni bir birodaringiz namozga chaqirsa uni jiddiyga olmasdan, hazil toifaga burib unga salbiy munosabat bildirishingiz va namoz uchun bo’lgan chaqiruviga to’g’ri va kerakli shaklda javob bermasligingiz, oyatda keltirilgan ahli kitoblar orasidagi o’zini haqdan to’sib olgan aqlsiz kishilar qatoriga kirib qolishingiz mumkin ekanini bildiradi.

Oyatda qoralangan kishilardan bo’lib qolmaslik uchun, azonni eshitgan har bir musulmon kishi darhol namozga shoshilishi va azonga kerakli ravishda javob qaytarishi kerak bo’ladi.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: