Musulmonlar

Ayollarni sochini qisqartirishi

Savol: Homilador ayollarni sochini qisqartirishi to’g’ri emas deb eshitdim. Agar homiladorlik vaqtida sochini qisqartirsa, tug’iladigan farzandining umri ham kalta bo’ladi deyiladi. Bu gap qanchalik to’g’ri?

Javob: Dinimiz Islomda na erkalarni va na ayollarni sochlarini qisqartirishlarini man qilgan birorta ham dalil yo’qdir. Siz eshitgan narsa, xalq orasida quloqdan quloqqa eshitilib tarqab yurgan bir xurofotdir. Ayollarni sochlarini qisqartirishlari emas, balki, nomahramlar oldida ochib-ko’rsatib yurishlari man etilgan va bu narsa diniy jihatdan harom qilingan. Bu narsaga diqqat-e’tibor berilganidan keyin, biron bir ayol kishi xoh homiladorlik vaqtida xoh boshqa vaqtda bo’lsin, nomahram erkak kishilarga sochini ko’rsatmagan holda ayol kishilarga aytib qisqartirishlari mumkin. Buni diniy tomondan hech qanday muammosi yo’q.

Shuni ham unutmasligimiz kerakki, Payg’ambarimiz alayhissalomdan “O’zlarini erkak kishilarga o’xshatib yuradigan ayollarga la’nat bo’lsin” degan ma’nodagi hadislari bor. Agar sochini qisqartirishdagi niyati bunday bo’lmasa, aksincha o’ziga yana-da oro berish va boshqa sabablar bo’lsa, demak bu ishda biron bir gunoh yo’q.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: