Musulmonlar

Ayollarni ro’zasi

Savol: Eshitishimga qaraganda, odat ko‘rgan ayollar ham ro‘za tutishi kerak ekan, shu to‘g‘rimi?

Javob: Ha, xuddi shunday. Ro‘zani buzadigan ishlar qatoriga yemoq, ichmoq va er-xotinlik muomalalari kiradi. Bulardan hisoblanmagan hech qanday ish ro‘zani buzmaydi. Ayollarni odat ko‘rishiga kelsak, u narsa ro‘zani na buzilishiga va na tutilishiga qarshi bo‘ladigan sabab emas. Chunki ayollarni bu holati yemoq, ichmoq va jinsiy aloqa turlariga kirmaydi.

Ro‘zani qazo qilish masalasiga kelsak, Ramazon ro‘zasini kechiktirib boshqa oylarda tutib berish ruxsati faqatgina musofir va bemorlarga berilgan (Baqara 2/185). Ayollar ham agar o‘zlarini odat ko‘rgan vaqtida og‘ir/kasal deb his qilsalar va bemor bo‘lib qolsalar, faqat o‘sha o‘zini og‘ir his qilgan kunlarda to‘xtatib turishlari mumkin, o‘zini yaxshi his qilib olganidan keyin odat qoniga qaramay Ramazon ro‘zasini tutishda davom etadilar. Chunki ayollarni odat ko‘rishi kasallik hisoblanmaydi, balki u vaqtinchalik bir aziyatdir (Baqara 2/222).

Bu haqda to‘liq ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi maqolalarni o‘qishni tavsiya qilamiz:

http://www.musulmonlar.com/hayzli-ayollarni-rozasi/

http://www.musulmonlar.com/allohni-chegaralarini-buzilishi/

Add comment

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: