Musulmonlar
Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi?

Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi?

Savol: Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi?

Javob: Poyezd yoki har qanday vosita orqali sayohatga chiqqan boʻlsangiz, namozlarga jiddiy eʼtibor berilishi kerak. Namozni vaqti chiqib ketmasligi uchun, musulmon kishi qoʻlidan kelgancha harakat qilishi kerak. Avtobus yoki poyezd kabi – toʻxtatishga imkoni va huquqi boʻlmagan holatlarda, namoz vaqti chiqib ketish xavfi tugʻilganda namozni oʻsha ketayotgan ot-ulovni ustida ado qiladi Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًا ۖ فَإِذَا أَمِنتُمْ فَاذْكُرُوا اللَّـهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُوا تَعْلَمُونَ

Agar qoʻrquv holatida boʻlsangiz, namozni yurib ketayotgan yoki minib ketayotgan holatingizda ado qilinglar. Xotirjam boʻlganingizda esa, bilmagan narsalaringizni sizlarga Alloh oʻrgatganidek Allohni zikr qilinglar. (Baqara 2/239)

Agar yoʻlchilik shartlariga koʻra boʻlsangiz, shom namozidan tashqari barcha 4 rakatlik farz namozlarni 2 rakat qilib oʻqiladi. Har qanday ehtiyoj paytida, yoki hech qanday ehtiyoj boʻlmagan holatda ham, peshin bilan asr namozini va shom bilan xufton namozini birlashtirib oʻqish ham mumkin. Namozni boshlayotganingizda qibla tarafga aniq yoki taxminan buriladi, keyin poyezd yoki avtobus qaysi tarafga burilsa ham burilmasdan namozni qanday boshlagan boʻlsa ana oʻshanday davom etaveradi.

Agar sajda qilishga imkon va iloji boʻlmasa, ruku’ uchun boshni sal quyi egiladi, sajda uchun esa koʻproq eggan holatda namozni davom etaveradi. Chunki Alloh taolo shunday buyurgan:

 لَا يُكَلِّفُ اللَّـهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا

“Alloh, hech kimni kuchi yetmagan narsaga taklif qilmaydi.” (Baqara 2/286)

Yahyo Shenoʻl, Anas Olimoʻgʻli, Insoniyat tarixidagi oʻsha namoz. Sulaymoniya Foʻndi Nashrlari, Istanbul 2016, 157-158-s.

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: