Musulmonlar

Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim)

HAR MUSULMON AVLIYODIR

Avliyo – valiy, ya’ni yaqin do’st degan ma’noni bildiruvchi so’zning ko’plik shaklidir. Turkiy tilli xalqlar avliyo deganda bitta shaxsni tushunishadi. Aslida, Allohni do’sti bo’lmagan kishi mo’min bo’lmaydi. Aks holda, nega Unga ishonib-suyansin!

Pir: Biz avliyolar haqida gapiryapmiz, oddiy musulmonlar haqida emas. Hamma ham Allohni valiysi, Allohni haqiqiy do’sti bo’la olmaydi.

Bayindir: Soxta do’stga do’st deyilmaydi. Har bir mo’min Allohning haqiqiy do’stidir, valiy bo’lgan qulidir.

Sizga ko’ra Allohni do’sti kim?

Pir: Mana hozir senga tushuntirib beraman, yaxshilab tingla! Avliyo bo’lishning dastlabki pog’onasi – qul bilan Alloh o’rtasiga kirgan tushunchalarni va qulni Allohga nisbatan bo’lgan begonalik hissini o’rtadan olib tashlashdir.

Alloh taoloning fazl-u ikromi bilan, Undan boshqa har narsa solikiyn-muridlar[1] ko’z o’ngidan o’chirib tashlanadi. Oxir oqibat murut Allohdan boshqasini ko’rmaydigan holga kelsa, ana o’shanda u fanofilloh, ya’ni Allohda erib yo’q bo’lib ketish deya tarif etiladigan ma’naviy davlatga ega bo’ladi va undagi tariqat hol-u maqomi kamolotga yetadi. Mana shunda sayri ilalloh, ya’ni Alloh tomonga qarab yurish tamomlangan bo’ladi.

Undan keyin sayri ilalloh (Alloh tomon yurish) nomli isbot maqomiga kirgan bo’ladi va qalbiga faqatgina Alloh joylashadi. Mana shu narsalarga erishgan kishini valiy, ya’ni Allohni haqiqiy do’sti deyilsa to’g’ri bo’ladi.

Bayindir: Fano filloh, sayri ilalloh va sayri ilalloh  kabi turli Islomda bo’lmagan atamalar bilan Allohni do’stlarini sizlar o’zingizcha belgilab olyapsizlar. Ammo, Alloh taolo kimlar Unga do’st ekanini boshqacha tushuntirmoqda:

أَلَا إِنَّ أَوْلِيَاءَ اللَّـهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ ﴿٦٢﴾ الَّذِينَ آمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ ﴿٦٣﴾

“Ogoh bo’lingki, Allohni valiylarida qo’rquv bo’lmaydi, ular qayg’uga ham botmaydilar. Ular, Allohga ishonib suyangan va taqvo qilgan  kimsalardir.” (Yunus 10/62-63)

Taqvo – unga xavf tug’diradigan narsalarning barchasidan saqlanishdir.[2] Mas’uliyatli bo’lish degan ma’noda ham qo’llaniladi. Quyidagi oyatlar taqvo haqidagi oyatlardir:

الم ﴿١﴾ ذَٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ۛ فِيهِ ۛ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ ﴿٢﴾ الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ ﴿٣﴾ وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِالْآخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ ﴿٤﴾ أُولَـٰئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ۖ وَأُولَـٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ ﴿٥﴾

“Alif, Lam, Mim. Kitob mana shudir; unda shubhaga o’rin yo’qdir. Taqvo shakari uchun rahbardir. Kitobni rahbar deb bilganlar; Allohga ich-ichidan ishonishadi, namozni to’liq ado etishadi va ularga rizq qilib bergan ne’matlarimizni o’z o’rniga sarflaydilar. Senga yuborilganga va sendan ilgari yuborilganga ham ishonadilar; oxiratga bo’lgan ishonchlari esa to’liqdir. Rabbining to’g’ri yo’lida bo’lganlar mana shulardir. Murodlariga yetadiganlar ham ana o’shalardir.” (Baqara 2/1-5)

Katta gunohlardan uzoq turib undan saqlanganlar to’g’ri jannatga kiradilar, ular hatto jahannamning hayqirig’ini ham eshitishmaydi. Aloqador oyat quyidagicha:

إِنَّ الَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا الْحُسْنَىٰ أُولَـٰئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ ﴿١٠١﴾لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَهُمْ فِي مَا اشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَالِدُونَ ﴿١٠٢﴾ لَا يَحْزُنُهُمُ الْفَزَعُ الْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ هَـٰذَا يَوْمُكُمُ الَّذِي كُنتُمْ تُوعَدُونَ ﴿١٠٣﴾

“Qilgan ishlariga qarshilik eng yaxshi mukofot olinishi haqida Bizdan so’z olgan kishilar jahannamdan uzoq tutiladi, ular jahannamni hayqirig’ini ham eshitmaydi. Joni istagan ne’matlar ichra o’limsiz holda qoladilar. Eng katta qo’rquv ham ularni g’amginlashtira olmaydi va farishtalar ularni kutib olib: “sizlarga so’z berilgan kun mana shu kundir” – deyishadi. (Anbiyo 21/101-103)

Bu maqomga erishadigan mo’minlar shulardir:

الَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَائِرَ الْإِثْمِ وَالْفَوَاحِشَ إِلَّا اللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَاسِعُ الْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ الْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌ فِي بُطُونِ أُمَّهَاتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوا أَنفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اتَّقَىٰ ﴿٣٢﴾

(Qilgan ishlariga qarshilik eng yaxshi mukofot olinishi haqida Bizdan so’z olganlar), boshqa gunohlar xorij katta gunohlardan va har qanday fahsh ishlardan uzoq turib saqlangan kishilardir. Rostdan ham rabbingni mag’firati kengdir. …” (Najm 53/32)

Katta gunohlardan uzoq turib saqlangan mo’minlarning qolgan gunohlari afv etiladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِن تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًا كَرِيمًا ﴿٣١﴾

“Agar sizlarga taqiqlangan gunohlarning kattalaridan uzoq turib saqlansangizlar, sizlarni kamchiliklaringizni to’sib-berkitib qo’yamiz va sizlarni sharafli bir yerga joylashtiramiz.” (Niso 4/31)

Mushriklar esa to’g’ri jahannamga kiradi. Aloqador oyat quyidagicha:

قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِالْأَخْسَرِينَ أَعْمَالًا ﴿١٠٣﴾ الَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا ﴿١٠٤﴾ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِ رَبِّهِمْ وَلِقَائِهِ فَحَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَزْنًا ﴿١٠٥﴾ ذَٰلِكَ جَزَاؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُوا وَاتَّخَذُوا آيَاتِي وَرُسُلِي هُزُوًا ﴿١٠٦﴾

  Ey Muhammad! Aytginki: “Qilgan ishlarida eng ko’p zarar ko’ruvchilar kimlar ekani haqida sizlarga xabar beraymi? Ular, bu hayotda yaxshi-chiroyli ishlarni amalga oshirdik deb o’ylashlari holda xatoga qo’l urgan kishilardir. Ular Rabbining oyatlariga va Unga ro’baro bo’lishga e’tibor bermay kofir bo’lishgan va qilgan ishlari yo’qqa chiqqan kishilardir. Qiyomat kuni ularga tarixi qo’yilmaydi. Mana shunday, ularning jazolari jahannamdir. Bu jazo – ular kofir bo’lganliklari, oyatlarimga va elchilarimga jiddiy e’tibor bermaganliklari tufaylidir.” (Kahf 18/103-106)

Qiyomatdagi tarozi katta gunohlarga qo’l urib tavba qilmay o’lgan musulmonlar uchun qo’yiladi. Gunohi ko’p bo’lganlar undan keyin jahannamga kirgiziladi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَالْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ الْحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتْ مَوَازِينُهُ فَأُولَـٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ ﴿٨﴾ وَمَنْ خَفَّتْ مَوَازِينُهُ فَأُولَـٰئِكَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُم بِمَا كَانُوا بِآيَاتِنَا يَظْلِمُونَ ﴿٩﴾

“U kundagi tarozi bir haqiqatdir. Yaxshiliklari og’ir kelganlar murodiga erishadilar. Yaxshiliklari yengil kelganlari esa, oyatlarimizga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lganliklari tufayli o’zlarini zararga tiqqan bo’lishadi.” (A’rof 7/8-9)

Undan keyin gunohi og’ir kelgan barcha gunohkorlar jahannamga yetaklab olib boriladi:

وَنَسُوقُ الْمُجْرِمِينَ إِلَىٰ جَهَنَّمَ وِرْدًا ﴿٨٦﴾ لَّا يَمْلِكُونَ الشَّفَاعَةَ إِلَّا مَنِ اتَّخَذَ عِندَ الرَّحْمَـٰنِ عَهْدًا ﴿٨٧﴾

“Gunohkorlarni suvga haydab borayotgandek jahannamga olib boramiz. Rahmondan so’z olganlardan tashqari hech kim shafoatga ega bo’la olmaydi.” (Maryam 19/86-87)

Oyatda “Rahmondan so’z olganlar” deya keltirilgan kishilar – dunyo hayotida shirkdan uzoq turganlardir. Aloqador oyat quyidagicha:

إِنَّ اللَّـهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَاءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّـهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا ﴿١١٦﴾

Alloh O’ziga sherik qo’shilishini kechirmaydi. Undan tashqari qolgan gunohlarni esa, mag’firatga munosib ish qilganlardan kechirib yuboradi. Allohga sherik qo’shgan kishi juda ham qattiq adashgan bo’ladi.” (Niso 4/116)

Tavba qilgan insonni gunohlari afv etiladi. Yuqoridagi oyatda aytib o’tilganlar shirk gunohi xorij katta gunohlarga qo’l urib undan tavba qilib qaytmay vafot qilgan kishilardir. Ular haqidagi yana bir oyat quyidagicha:

فَوَرَبِّكَ لَنَحْشُرَنَّهُمْ وَالشَّيَاطِينَ ثُمَّ لَنُحْضِرَنَّهُمْ حَوْلَ جَهَنَّمَ جِثِيًّا ﴿٦٨﴾ ثُمَّ لَنَنزِعَنَّ مِن كُلِّ شِيعَةٍ أَيُّهُمْ أَشَدُّ عَلَى الرَّحْمَـٰنِ عِتِيًّا ﴿٦٩﴾ ثُمَّ لَنَحْنُ أَعْلَمُ بِالَّذِينَ هُمْ أَوْلَىٰ بِهَا صِلِيًّا ﴿٧٠﴾ وَإِن مِّنكُمْ إِلَّا وَارِدُهَا ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ حَتْمًا مَّقْضِيًّا ﴿٧١﴾ ثُمَّ نُنَجِّي الَّذِينَ اتَّقَوا وَّنَذَرُ الظَّالِمِينَ فِيهَا جِثِيًّا ﴿٧٢﴾

Rabbingga qasamki, ularni (katta gunohga qo’l urganlarni) shaytonlari bilan birgalikda to’playmiz, keyin hammasini alangali otash atrofida tiz cho’ktirib qo’yamiz. Keyinroq esa, har jamoadan Allohga osiylik qilishda qaysarroq bo’lganini oralaridan sug’urib olamiz. Zotan, jahannamda yonib-kuyishga kimlar haqliroq ekanini juda yaxshi bilamiz. Sizlardan (katta gunohga qo’l urganlardan) u yerga vorid[3] bo’lmaydiganingiz yo’qdir. Bu – Rabbingning qat’iy qaroridir. Undan keyin taqvo qilganlarni qutqarib qolamiz. Zolimlarni esa u yerda tiz cho’kkan hollarida tashlab qo’yamiz.” (Maryam 19/68-72)

So’ngi oyatda aytilgan taqvo egalari, o’zlarini shirkdan saqlagan kishilardir. Bir qancha muddat jazosini tortganidan keyin, ular u yerdan qaytib chiqishadi, lekin, ulardan boshqalari chiqmaydi. Chunki, odam o’ldirish va foizchilik kabi katta gunohlar bir qancha muddat jahannamda qolishga sabab bo’ladi, agar tavba qilib o’zini tuzatmay o’lgan bo’lsa. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّـهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا ﴿٩٣﴾

Kim bir mo’minni atayin o’ldirsa, unda o’limsiz holda qoladigan jahannam uning jazosi bo’ladi va Alloh unga g’azab qilgan, uni la’natlagan va unga buyuk azob tayyorlab qo’ygan bo’ladi.” (Niso 4/93)

الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا إِنَّمَا الْبَيْعُ مِثْلُ الرِّبَا ۗ وَأَحَلَّ اللَّـهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا ۚ فَمَن جَاءَهُ مَوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّهِ فَانتَهَىٰ فَلَهُ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُ إِلَى اللَّـهِ ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُولَـٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ ﴿٢٧٥﴾

Foiz yeydiganlar – shayton aqlini chalib qo’ygan kishini xatti-harakatidan boshqacha holatda turmaydilar.[4] Bu narsa – ular: “Savdo-sotiq ham xuddi foizli bitim bilan bir xildir”, – deganliklari sabablidir. Alloh savdo-sotiqni halol, foizli bitimni harom qildi. Kimga Rabbidan bir ogohlantiruv kelsa va foizga chek qo’ysa, o’tmishdagi narsa o’ziga havola. Uni ishi Allohga oid. Kim yana davom etaversa, ana o’shalar o’sha otashning do’stlaridirlar, ular u yerda o’limsiz holda qoladilar.” (Baqara 2/275)

Foiz va odam o’ldirish gunohlari shirk gunohidan keyingi o’rinda turgani uchun, shirk amalini qilmagan, lekin shirkdan boshqa gunohlarga qo’l urib tavba qilmaganlar jahannamda mangu qolmaydilar, bir kun kelib kechiriladilar. Jahannamdan chiqqanidan keyin jannatdagi yaqin kishilarini yoniga joylashtirib qo’yiladi. Mana shu narsa ular uchun shafoat hisoblanadi. Chunki, shafoat degani so’zliklarda ikki narsani bir oraga kelishiga aytiladi.[5]

Katta gunohlarga qo’l urgan, ammo shirkka aslo yaqin kelmagan kishilar ham bir navi taqvo egalari hisoblanadilar. Shu sababli ham u mo’minlar Allohning valiy qullaridir. Bundan boshqacha bir uslubda valiy atamasi  kashf qilgan kishi o’zini Allohni o’rniga qo’ygandek gunohga qo’l urgan hisoblanadi.

Do’stlik ikki taraflama paydo bo’ladigan ishdir. Mo’minlar Allohni valiysi bo’lsa, demak Alloh ham mo’minlarni valiysidir:

اللَّـهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ ۗ أُولَـٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ ﴿٢٥٧﴾

“Alloh mo’minlarni valiysidir. Ularni qorong’iliklardan yorug’likka olib chiqadi. O’zini haqdan to’sganlarning valiylari zo’ravonlardir. Ularni yorug’liklardan qorong’iliklarga chiqaradi. Ana o’shalar jahannam ahlidir. Ular unda mangu qoladilar.” (Baqara 2/257)

تَاللَّـهِ لَقَدْ أَرْسَلْنَا إِلَىٰ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ الْيَوْمَ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ ﴿٦٣﴾

“Allohga qasamki, sendan avvalgi ummatlarga ham elchi yuborganmiz. Shayton ularga ishlarini chiroyli ko’rsatdi. U bugun ularning do’stidir. Ular uchun jon og’rituvchi azobu qiynoq bor.” (Nahl 16/63)

Mo’minlar ham bir-birining do’sti va valiysidir:

لَّا يَتَّخِذِ الْمُؤْمِنُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ اللَّـهِ فِي شَيْءٍ إِلَّا أَن تَتَّقُوا مِنْهُمْ تُقَاةً ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ اللَّـهُ نَفْسَهُ ۗ وَإِلَى اللَّـهِ الْمَصِيرُ ﴿٢٨﴾

“Mo’minlar mo’minlardan uzoqlashib kofirlarni yaqin do’st qilib olmasinlar. Bu ishga qo’l urgan kishini Alloh bilan aloqasi uziladi. Ulardan saqlanib qolishingiz maqsadida bo’lsa bu boshqa. Alloh sizlarni O’ziga nisbatan diqqat-e’tiborli bo’lishingiz haqida ogohlantirmoqda. Qaytib boradigan joyingiz Allohni huzuridir.” (Oli Imron 3/28)

وَمَن يَتَّقِ اللَّـهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا ﴿٢﴾ وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّـهِ فَهُوَ حَسْبُهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ بَالِغُ أَمْرِهِ ۚ قَدْ جَعَلَ اللَّـهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا

“Kim Allohga taqvo qilsa, Alloh unga bir chiqish yo’lini ko’rsatib qo’yadi va kutmagan joyidan uni rizqlantirib qo’yadi. Kim Allohga suyansa, Alloh unga yetadi. Alloh O’z ishini maromiga yetkazib bajaradi. Alloh har narsaga bir o’lchov/qonun qo’ygan.” (Tolaq 65/2,3)

Allohni o’zlariga valiy deb bilganlar, har doim Allohni o’zlari bilan birga deb biladilar va Uni izni bilan har qanday kuch va mashaqqatning ustidan g’olib kelishlariga ishonadilar, Allohga suyangan holda yo’llarida davom etaveradilar.

[1] Solik – tariqatga kirgan kishi degani. O’zbeklarda ko’pincha devona deyiladi.

[2] Ruhul-Furqon, 2-j, 63- sahifa.

[3] [1] Vorid kalimasi jahannam kalimasi bilan bir joyda birgalikda keltirilsa, suvga navbat bilan qator bo’lib borayotgandek jahannamga ham o’sha ko’rinishda borishni ifoda qiladi. Mahshardagi hisobi tugaganlar  u yerdan ko’chirilayotganida suv ichish orzusida jahannamga shoshib qolishadi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “(Firavn) qiyomat kuni xalqini oldiga tushib oladi va suvga yetaklab ketayotgandek ularni jahannamga olib boradi. Olib borilayotgan suv qanday ham yomon suvdir” (Hud 11/98)

[4] Bu oyatdagi jumlalarga ma’no berishda Lisonul-Arab, Tojul-Arus nomli arab tili so’zliklaridan foydalanilgan.

[5] Kitabul-Ayn.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: