Musulmonlar

Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi

Aqlini ishlatgan hech kim shirkni qabul qilmaydi. Bu bois Qur’on karimning ko’plab oyatoyatlari insonni aqlini ishlatishga chaqiradi. Aqlini ishlatmaganlarni boshi balodan chiqmasligini ham bildirib o’tgan. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لاَ يَعْقِلُونَ

“Alloh aqlini ishlatmaganlar uzra, (Allohga ishonmaslik) kirligini paydo qilib qo’yadi.” (Yunus 10/100)

Qur’on ota-bobolardan qolgan udumlarni aql tarozisidan o’tkazishga chaqiradi. Bu haqidagi oyat shunday:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَى مَا أَنزَلَ اللّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ قَالُواْ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ آبَاءنَا أَوَلَوْ كَانَ آبَاؤُهُمْ لاَ يَعْلَمُونَ شَيْئًا وَلاَ يَهْتَدُون

“Ularga; “Alloh nozil qilgan narsaga va Elchisiga kelinglar” – deyilsa, ular: “Ota-bobolarimizda ko’rgan narsalarimiz bizga yetadi” deyishadi. Agar ota-bobolari to’g’ri ma’lumotga ega bo’lmagan va to’g’ri yo’lni topa olmagan bo’lsalar-chi?” (Moida 5/104)

Mushriklik – ichi bo’mbo’sh xayoliy bir tashkilotdir. Alloh taolo marhamat qiladi:

أَلا إِنَّ لِلّهِ مَن فِي السَّمَاوَات وَمَن فِي الأَرْضِ وَمَا يَتَّبِعُ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ شُرَكَاء إِن يَتَّبِعُونَ إِلاَّ الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلاَّ يَخْرُصُونَ

“Qaranglar! Osmonlar-u yerda kim bo’lsa barchasi Allohnikidir. Allohning yaqinidan sheriklar chaqirganlar nimaga ergashyapdilar? Ular faqatgina hayolotga (gumonga) ergashadilar. Ularning qilmishlari shunchaki safsatadir.” (Yunus 10/66)

Shirk xususida Muhammad alayhissalom ham ogohlantirilgandir. Alloh taolo marhamat qiladi:

وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ آيَاتِ اللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ وَادْعُ إِلَى رَبِّكَ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْمُشْرِكِينَ  وَلَا تَدْعُ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

“(Ey Muhammad!) Senga nozil qilingandan so’ng, seni Allohning oyatlaridan to’sib qo’ymasinlar. Sen Robbingga chaqir, aslo mushriklardan bo’lma. Alloh bilan birga boshqa bir ilohni yordamga chaqirma. Allohdan boshqa iloh yo’q. Allohdan tashqari har narsa halok bo’ladi. Qaror berish hokimiyati/vakolati Allohga xos. Hammangiz Unga qaytarilasiz.” (Qasos 28/87-88)

 

 

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: