Musulmonlar

Allohni chegaralarini buzilishi va buni ro’zadagi misoli

ALLOH BELGILAB QO‘YGAN CHEGARALARNI BUZILISHI VA BUNI RO‘ZADAGI MISOLI  

Qur’on oyatlarini asosiy va katta qismi o‘zidan avvalgi ilohiy kitoblardagi hukmlarning aynan bir xili yoki undan ham yaxshiroq bir hukm bilan nasx qilinishi – Qur’on Allohning so‘ngi kitobi ekanining asosiy sharti hisoblanadi.

Ushbu maqolamizda Qur’oni Karimning asosiy mavzularidan bo‘lgan tasdiq, nasx va tahrif mavzularida chegaralarni qanday buzilgani haqida to‘xtalib o‘tamiz, bunga misol tariqasida esa ro‘zaga aloqador bo‘lgan masalalarda haddan, ya’ni Alloh belgilab qo‘ygan chegaralari ba’zi kimsalar tarafidan buzilgani tushuntirib o‘tamiz. Mavzu quyidagi ikki oyatda aytib o‘tilgan hikmat uslubi asnosida ko‘rib chiqiladi:

الر ۚ كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ ﴿١﴾ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا اللَّـهَ ۚ إِنَّنِي لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ ﴿٢﴾

“Alif Lam Ro! Bu – to‘g‘ri hukmlar beruvchi va har narsani ich tarafini ham biluvchi Alloh tarafidan oyatlari ham muhkam qilingan hamda[1] tafsilotli holatda ochiqlab berilgan bir kitobdir. Bu – Allohdan boshqasiga qul bo‘lmasligingiz uchundir. (Aytginki:) Men esa sizlarni u bilan (u kitob bilan) ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchiman.” (Hud 11/1-2)

Chegara – Arab tilida had = الحد kalimasi bilan ifoda etiladi. Had – ikkita narsani orasidan o‘rin olgan va birini boshqasiga qo‘shilib ketishini oldini olib turgan narsadir.[2] Alloh taolo ro‘zani ichidagi hukmlarini, vaqtini, kimlarga vaqtidan keyin tutib berishga ruxsat berilganini va Ramazon kechalarida bu ummatga nimalar halol qilinib berilganini birin-ketin to‘rtta oyatda ochiqlab bergan va oyatlarni so‘ngida shunday buyurgan:

تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

“Bular – Alloh belgilab qo‘ygan chegaralardir, bularga aslo yaqinlashmanglar. Alloh oyatlarini insonlarga mana shu shaklda ochiqlab beradiki, o‘zlarini noto‘g‘ri narsalardan himoya qilib saqlanib qolsinlar.” (Baqara 2/187)

Alloh taolo belgilab qo‘ygan chegalarga yaqinlashmanglar degani bilan, musulmonlarni din xususida oshmagan chegarasi qolmagan. Bu maqolada ayna o‘sha Allohni chegaralaridan oshilgan mavzulardan bir qanchasi haqida qalam yurgizamiz.

A- Tasdiq, Nasx va Tahrif Masalasida Chegaralarni Buzilishi

Tasdiq, nasx va tahrif atamalari Qur’onni tushunish, tushuntirish va avvalgi ummatlar bilan to‘g‘ri munosabat qura olish jihatidan juda ham katta ahamiyatga ega. Lekin, bu masalalarda haddan oshilishi Qur’onni to‘g‘ri tushuna olish yo‘llarini to‘sib qo‘yganligi bilan bir qatorda boshqa ummatlar bilan to‘g‘ri munosabat qura olishga ham katta to‘sqinlik qilib kelgan.

1. Tasdiq

Tasdiq – sidq/صدق o‘zagidan turlangan bo‘lib, birovni gapini tasdiqlash, birovni aytgan so‘zini to‘g‘ri ekaniga qaror berish degani.[3] Alloh taolo har bir Payg‘ambarga kitob va hikmat bergan va ulardan shunday so‘z olgan:

وَإِذْ أَخَذَ اللَّـهُ مِيثَاقَ النَّبِيِّينَ لَمَا آتَيْتُكُم مِّن كِتَابٍ وَحِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مُّصَدِّقٌ لِّمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ وَلَتَنصُرُنَّهُ ۚ قَالَ أَأَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَىٰ ذَٰلِكُمْ إِصْرِي ۖ قَالُوا أَقْرَرْنَا ۚ قَالَ فَاشْهَدُوا وَأَنَا مَعَكُم مِّنَ الشَّاهِدِينَ

“Alloh payg‘ambarlarning har biridan qat’iy so‘z olganda shunday degan: “Sizlarga kitob va hikmat beraman-da, keyin qo‘lingizdagini tasdiqlovchi bir elchi/bir kitob[4] kelsa, unga albatta ishonasizlar va unga yordam berasizlar. Buni qabul qildingizmi? Bu og‘ir yukni (isrni[5]) oldingizmi?”[6] Ular: “Qabul qildik!” deyishgan. Alloh: “Sizlar bunga guvoh bo‘linglar, sizlar bilan birga Men ham guvohman”, dedi.” (Oli Imron 3/81)

Hikmat – bir oyatni boshqa oyat bilan qanday ochiqlangani, qanday tafsir qilinganini va ko‘rsatib beruvchi va barcha tafsilotlari Allohni kitoblaridan o‘rib olgan usul va uslub ilmidir. Buni bizga bildirgan oyat shunday:

وَلَقَدْ جِئْنَاهُم بِكِتَابٍ فَصَّلْنَاهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

“Ularga bir ilmga ko‘ra, uni O‘zimiz tafsilotli qilib ochiqlab bergan bir kitob berdik. U – ishonib-suyangan bir xalq uchun rahbar va ezgulikdir.” (A’rof 7/52)

Hikmat – Allohni kitobidan to‘g‘ri yechim  chiqara olishning yagona yo‘lidir. Alloh ko‘plab oyatlarda payg‘ambarlarning barchasiga kitob ham hikmat ham berganini bildirgan va har bir yangi ilohiy kitob avvalgi kitoblardagi hukmlarni tasdiq qilishini o‘sha kitobga ishonishning sharti qilib qo‘ygan. Alloh tarafidan nozil bo‘lgan so‘ngi ilohiy kitob bo‘lmish Qur’onning xususiyatini va maqsadini shunday ochiqlab bergan:

وَهَـٰذَا كِتَابٌ أَنزَلْنَاهُ مُبَارَكٌ مُّصَدِّقُ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ الْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا ۚ وَالَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِ ۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ

 “Biz nozil qilgan bu kitob barakatlidir, oldidagi narsani tasdiq qiladi. Buni nozil qilishimizni sababi – barcha joylashadigan joylarning markazini (Makkani) va uni atrofidagi barchani ogohlantirishingdir.” (An’om 6/92)

Oyatdagi “oldidagi narsani tasdiq qiladi”, ifodasi – “oldidagi ilohiy kitoblar” degan ma’noni bildiradi. Bular – Qur’ondan avval nozil bo‘lgan va insonlarni qo‘lidagi ilohiy kitoblardir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ

 “O‘tmishda ogohlantiruvchisi bo‘lmagan hech qanday jamiyat o‘tmagan.” (Fatir 35/24)

Dunyoda ilohiy kitob deb bilingan kitoblar Tavrot va Injildangina iborat emas. Qur’on Zardushtlarni ham Sobiinlarni ham ularga kitob berilganlar hisoblagan. Bu haqda bir oyat shunday:

إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَالَّذِينَ هَادُوا وَالصَّابِئِينَ وَالنَّصَارَىٰ وَالْمَجُوسَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُوا إِنَّ اللَّـهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ إِنَّ اللَّـهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

 “Bu mo‘minlar, Yahudiy, Sobiiy, Xristian va Majusiy bo‘lib olganlar hamda mushrik bo‘lib olganlar bor-u; Alloh (qabrdan) qayta turish kuni ularni orasini ayiradi. Alloh har narsaga guvohdir.” (Haj 22/17)

Mana shu oyat sababli Sobiinlarni ilohiy kitobi Ginza bilan Majusiylarni ilohiy kitobi Gathalar ham tasdiq nuqtai nazaridan tadqiq qilinishi kerak. Hindularning “muqaddas” kitoblari Vedalar bilan Budparastlarni “muqaddas” matnlari va biz bilmagan ummatlarning qo‘llaridagi muqaddas matnlari ham tasdiq nuqtai nazaridan tadqiq va taftish qilinishi kerak. Agar mana shu ishga qo‘l uradigan bo‘lsak, Qur’oni Karimni barcha xalq va jamiyatlarga yetkazishga to‘sqinlik qilayotgan barcha to‘siq olib tashlanadi. Chunki Alloh taolo ularga kitob berilgan barcha xalqdan mana shu shaklda so‘z olgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ آمِنُوا بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰ أَدْبَارِهَا أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّا أَصْحَابَ السَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ اللَّـهِ مَفْعُولًا

 “Ey o‘zlariga kitob berilganlar! Yoningizdagina tasdiq qiladigan qilib nozil qilganimizga (bu kitobga) ishoninglar, aks holda e’tiboringizni yo‘q qilib, sizlarni yuzingizga qaralmaydigan ahvolga solib qo‘yaman yoki shanba kungi taqiqni suiiste’mol qilgan aholini[7] la’natlaganimiz kabi sizlarni ham la’natlab qo‘yamiz. Allohni amri doimo o‘z o‘rnini topadi.” (Niso 4/47)

Alloh taolo Makkada nozil qilgan An’om surasini 83-oyatidan boshlab Nuh alayhissalomdan Is alayhissalomgacha bo‘lgan Payg‘ambarlarni nomini aytib o‘tib, oxirida shunday degan:

وَمِنْ آبَائِهِمْ وَذُرِّيَّاتِهِمْ وَإِخْوَانِهِمْ ۖ وَاجْتَبَيْنَاهُمْ وَهَدَيْنَاهُمْ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

 “Ularni ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va aka-ukalaridan ham (payg‘ambarlar) tanlab oldik va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdik.” (An’om 6/87)

Odam alayhissalom bularning barchasini otasi, Muhammad alayhissalom esa ularni naslidan kelgan eng so‘ngi payg‘ambar. Bu oyatda ishora qilib o‘tilmagan hech bir payg‘ambar qolmagan va orqasidan shunday buyurgan:

 

“Biz ularga kitob, hikmat va payg‘ambarlik bergan kishilardir… …Alloh ularga rahbar (kitob) bergan kishilar ana shulardir; sen ham ularni rahbariga ergash!” (An’om 89-90)

Bu buyruq Payg‘ambar alayhissalomga Makkada berilgan. O‘sha vaqtda u kishi huzurida Tavrot bilan Injildan boshqa ilohiy kitob bo‘lmagan. Hali hanuz u haqda oyat nozil bo‘lmagan mavzu va masalalarda ana o‘sha kitobdagi hukmlarga ergashib amal qilgan va shu sababli namozlarini Quddusdagi Baytul Maqdisga qarab o‘qigan. Qibla mavzusi nasx mavzusida ochiqlab o‘tiladi.

Ko‘rib turganingizdek, Alloh barcha payg‘ambarlarga kitob ham hikmat ham bergan.[8] Bizni payg‘ambarimiz ham boshqa payg‘ambarlar kabi ummatiga kitob va hikmatni o‘rgatib ketgan.[9] Ming afsuski, musulmonlar ko‘p o‘tmay hikmatni unutib qo‘yishgan, ilohiy kitoblar sonini ham qisqartirib to‘rttaga ozaytirishgan. Hatto Qur’ondagi asosiy xususiyatlardan biri bo‘lgan tahrif tushunchasini o‘zini ham o‘zgartirib uni o‘zini tahrif qilingan holda, musulmonlarni Qur’ondan tashqari boshqa mashhur uchta ilohiy kitoblarni ham tahrif qilib yuborilganiga ishontirib yuborilgan va natijada kitob berilgan xalqlarni Qur’onga ishonish yo‘llarini berkitib yuborishgan.

2. Nasx

Nasx = نسخ – bir matndagi narsani harfini harfiga mos qilib yozib yangi bir mat tashkil qilishdir. Ulardan birinchisi asl nusxa, boshqasiga esa undan ko‘chirilgan va uni o‘rniga o‘tadigan nusxa, deyiladi.[10] Agar ikkinchi nusxani yozgan kishi aynan birinchi nusxani yozgan kishining o‘zi bo‘lsa, avvalgi nusxadagi narsalarni aksariyatini aynan bir xil qilib yozadi. Bunga ba’zi ilovalar qo‘shgan holda, avvalgi nusxaga e’tibor bermaslik haqida izoh berib o‘tadi. Alloh taolo Qur’oni Karimda ham mana shu uslubni qo‘llagan va shunday degan:

مَا نَنسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِّنْهَا أَوْ مِثْلِهَا ۗ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ اللَّـهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

 “Bir oyatni nasx qilib yoki uni unuttirsak, uni o‘rniga yo undan ham yaxshisini yoki aynan u bilan bir xilini keltiramiz. Alloh rostdan ham har narsaga o‘lchi qo‘yganini bilmaganmiding?” (Baqara 2/106)

Alloh taolo O‘zining avvalgi kitoblarini o‘rniga eng so‘ngi kitobi o‘laroq Qur’oni Karimni nozil qilganini mana shu shaklda bayon qiladi:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَاحْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللَّـهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ ۚ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَـٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ ۖ فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ ۚ إِلَى اللَّـهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

 “Ey Muhammad! Biz senga o‘zidan ilgarigi kitoblarni tasdiqlovchi va ularni nazorat qilib turuvchi-guvoh sifatida bir haq kitobni yubordik. Shu sababli, ular orasida Alloh nozil qilgan kitob bilan hukm qil, senga kelgan bu haqiqatdan yuz burib ularni xohishlariga ergashmagin. …” (Moida 5/48)

Qur’onni o‘zidan avvalgi kitoblar bilan bir xil hukmlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib kelishi, ham ularni tasdiq qilishini va hada ularni muhofaza qilib qolishini bildiradi. Avvalgi kitoblardagi hukmlardan ham yaxshiroq bir hukm bilan nasx qilinishi – faqatgina Qur’onda bor va boshqalarda yo‘q bo‘lgan yengillashtirib beruvchi hukmlar sirasiga kiradi. Shu sababli, Qur’onda avvalgi kitoblarni nasx qilmagan hech qanday mavzu va masala yo‘q. Qur’ondagi har bir oyat avvalgi kitoblardagi hukmlarga aloqadordir. Avvalgilardan ko‘ra yaxshirog‘i bilan nasx qilinishini sababi quyidagicha:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَاحْكُم بَيْنَهُم بِمَا أَنزَلَ اللَّـهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ ۚ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَـٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ ۖ فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ ۚ إِلَى اللَّـهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

“…Siz (payg‘ambarlar)dan har biringiz uchun bir shariat (kitob) va bir yo‘nalish (hikmat) berdik. Agar Alloh xohlasa, sizlarni bitta nabiyning ummati qilib qo‘yardi. Lekin, sizlarga bergan narsasida sizlarni qattiq imtihondan o‘tkazish uchun bunday qilmadi. Shunday ekan, yaxshi ishlarda ildamlik ko‘rsatinglar.  Hammangiz bir bo‘lib Allohni huzuriga qaytasiz, shunda Alloh sizlar ixtilof qilayotgan narsani mohiyatini aytib beradi.” (Moida 5/48)

Buni bir misoli, qibla avval Baytul Maqdisga so‘ngra yana takroran Makkaga yo‘naltirilishidir. Bu narsa Yahudiy va Xristianlar uchun qattiq imtihon bo‘lgan edi. Alloh taolo shunday buyuradi:

وَمَا جَعَلْنَا الْقِبْلَةَ الَّتِي كُنْتَ عَلَيْهَا إِلَّا لِنَعْلَمَ مَنْ يَتَّبِعُ الرَّسُولَ مِمَّنْ يَنْقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ ۚ وَإِنْ كَانَتْ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ ۗ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَانَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ بِالنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ

“Sen yuzlanib turgan tarafni qibla qilib belgilashimizni sababi – Allohni elchisiga ergashadiganlar bilan undan ayrilib yuz o‘girib ketadiganlarni belgilab olishimiz uchundir.[11] Qiblani o‘zgartirilishi Alloh hidoyat qilganlardan boshqalarga juda og‘ir keladi. Alloh imoningizni yo‘qqa chiqarib behuda qilmaydi. Chunki Alloh insonlarga shafqatli va marhamatlidir.” (Baqara 2/143)

Oyatni ilk jumlasi Quddusdagi Baytul Maqdis faqatgina ahli kitoblarni sinash uchun qisqa bir muddatga qibla qilib belgilanganini ko‘rsatadi. Bu ishni bunday bo‘lishini Yahudiy va Xristianlar juda yaxshi bilishardi. Buni quyidagi oyatlardan bilib olamiz:

“قَدْ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاءِ ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا ۚ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ ۚ وَحَيْثُ مَا كُنْتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ ۗ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ ۗ وَمَا اللَّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ

وَلَئِنْ أَتَيْتَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ بِكُلِّ آيَةٍ مَا تَبِعُوا قِبْلَتَكَ ۚ وَمَا أَنْتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ۚ وَمَا بَعْضُهُمْ بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ ۙ إِنَّكَ إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ

“Yuzingni qayta-qayta samoga burishingni ko‘rib turibmiz. Seni – sen juda ham mamnun bo‘ladigan qiblaga yuzlantiramiz. Bundan keyin yuzingni Masjidi Harom tarafiga bur! Ey mo‘minlar! Sizlar ham qayerda bo‘lsangiz, yuzlaringizni namozda o‘sha tarafga buringlar. Kitob berilganlar yaxshi bilishadiki, qiblani o‘zgartirilishi Robbi tarafidan kelgan to‘g‘ri hukmdir. Alloh, ularning qilmishlaridan bexabar emasdir. Kitob berilganlarga barcha oyat-dalillarni bersang ham, ular seni qiblangga yuzlanmaydilar. Sen ham ularni qiblasiga yuzlanuvchi emassan. Holbuki, ularni ba’zilari boshqalarini qiblasiga ham yuzlanmaydi.[12] Agar sen o‘zingga kelgan bu ilmdan keyin ham ularni orzulariga ergashadigan bo‘lsang, unda haqsiz-zolimlardan bo‘lib qolishing aniq.” (Baqara 2/144-145)

Qur’onni katta qismi yoki avvalgi kitoblardagi hukmlarni xuddi bir xili yoki undan ham yaxshisi bilan nasx qilishi, u Allohning so‘ngi kitobi ekanining asosiy sartidir. Lekin, boshqa Qur’oniy atama va tushunchalar kabi Qur’ondagi nasx tushunchasi ham (bilmagan holatda musulmonlar tarafidan, atayin din dushmanlari tarafidan) tahrif qilingan holda buzib-o‘zgartirib yuborilgan va insonlar Qur’ondan juda ham uzoqlashtirib yuborilgan.

3. Tahrif

Tahrif (التحريف) harf (حرف) o‘zagidan turlangan bo‘lib, Arab tilida harf, chekka, qirg‘oq va chegara degan ma’nolarni bildiradi. Bir so‘zni tahrif qilish – ikkita tarafga burish mumkin bo‘lgan ma’nolarni bir tarafga burib qo‘yish[13] va kinoyali gaplashishdir. Bu narsa agar jumlani oqishiga to‘g‘ri kelsa, bunga tahrif deyilmaydi. Alloh taolo tahrifni quyidagicha ochiqlab bergan:

مِّنَ الَّذِينَ هَادُوا يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَاعِنَا لَيًّا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِي الدِّينِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاسْمَعْ وَانظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَـٰكِن لَّعَنَهُمُ اللَّـهُ بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا

 “Yahudiy bo‘lganlar orasida kalimalarni tahrif qilib: ““ /سَمِعْناَ وَعَصَيْناَ/sami’naa va asoyna” = eshitdik va mahkam ushladik/eshitdik va isyon qildik, وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ – isma’ g‘oyro musmain”  = Senga “eshit!” deyish bizni hadimiz emas, lekin iltimos eshit!/Eshitmaysan-a eshitmaysan, eshit! Hamda “رَاعِنَا/Roina” = bizni kuzatib tur/bir-birimizni kuzatib turaylik/bizni kut!” deyishadi. Buni – dinga tajovuz qilish uchun tillarini burib shunday qiladilar. Agar buni o‘rniga “اسْمَعْ/isma’ = bizni tingla!”, سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا/sami’na va ato‘na = eshitdik va boyin egdik”, hamda “انظُرْنَا/unzurnaa = bizni kuzatib tur”, desalar edi, albatta, o‘zlari uchun yaxshi va to‘g‘ri bo‘lardi. Ammo oyatlarni ko‘rmaslikka-bilmaslikka olishda oyoq tirab olganliklari sababli Alloh ularni la’natladi. Endi ularni ozgina ishonib-suyanadilar.” (Niso 4/46)

Birinchi jumla: “سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا = sami’na va asoyna”dir. Bu jumlani bitta ma’nosi “eshitdik va mahkam suhladik”, yana biri esa “eshitdik va isyon qildik” shaklidadir. Chunki aso = عصي – bir-biriga zid ikki xil ma’noda – isyon va topshirilgan so‘z va buyurilgan buyruqni mahkam ushlash, degan ma’nolarni bildiradi.[14]

Quyidagi oyatda esa عصي  = aso kalimasi hassaga va tayoqqa mahkam osilib olish, degan ma’noga o‘xshash ma’noda keltirilgan.

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاسْمَعُوا ۖ قَالُوا سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُمْ بِهِ إِيمَانُكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ

“O‘z vaqtida, Tur tog‘ini tepangizga ko‘tarib turib,[15] sizlardan: “Sizlarga bergan kitobni mahkam ushlanglar va unga quloq solinglar!” deb qat’iy so‘z olgan edik. Sizlar esa: “سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا = sami’na va asoyna/Eshitdik va mahkam ushladik” degan edilaring. Holbuki, (kitobni) ko‘rmaslikda tiranib olishingiz sababli ko‘ngillaringiz buzoqqa bog‘lanib qolgan edi.[16] Ey Muhammad, ularga shunday deb ayt: “Agar sizlar shunday imon keltirgan bo‘lsangiz, sizni imoningiz qanday ham yomon narsaga buyurar ekan-a!” (Baqara 2/93)

Bu oyatda Alloh taolo “سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا = sami’na va asoyna” so‘zini “Sizlarga bergan narsamizni mahkam ushlanglar va unga quloq solinglar!”, so‘ziga to‘g‘ri javob deb qabul qilgani sababli, asoyna kalimasiga “mahkam ushladik” degan ma’nodan boshqa ma’no berilganida edi, oyatdagi mana shu ifodani aslo bir ma’no-mohiyati qolmagan bo‘lardi: “O‘zingizni mo‘min deb hisoblasangiz,  imoningiz sizlardan qanday ham yomon narsa talab qilar ekan-a!” Ham imon keltirdik va kitobni mahkam ushladik deyapsizlar hamda buzoqqa bo‘lgan aloqangizdan voz kecholmayapsilar.

Bu mavzu Tavrotda shunday keltirilgan: “(Muso) Ahdlashma kitobini olib xalqga o‘qidi. Xalq: “Shama’nu va Aasinu = Rabbning har aytganiga quloq solamiz va Uning har aytganini bajo keltiramiz” dedi.” (Tavrot, Chiqish 24/3-7)

Ikkinchi jumla “vasma’ g‘oyro musma’in = وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ” jumlasidir. Bu jumlani ham ikki xil ma’nosi bo‘lib, birinchi ma’nosi; “iltimos eshit, sizga gap gapirish bizni hadimiz emas-u lekin…” ma’nosini bildirsa, ikkinchi ma’nosi; “eshit, gapga quloq solmaydigan odam” ma’nolarni bildiradi. Agar, faqatgina “eshit’ ma’nosida kelgan “isma” kalimasi qo‘llanilganda edi, boshqa ma’noga burishni imkoni bo‘lmas edi.

Oyatdagi uchinchi “roina” jumlasiga; “Bizni nazorat qilib tur” degan ma’no berish mumkin. Lekin, kalima bir ishni birdan ortiq ish bajaruvchilar tomonidan bajarilishiga dalolat qiluvchi mufoala = مفاعلة qolipida bo‘lgani sababli, “bir-birimizni nazorat qilib turaylik” degan ma’noni ham chiqarib olish mumkin. Muhammad alayhissalom elchilik sifati bilan aytgan gaplari Allohning oyatlaridir. Oyatlarni tablig‘ qilgan kishiga – oyatlarni hukmiga asosan: “bir-birimizni nazorat qilib turaylik: deyolmagani uchun, yahudiylar bu so‘zlari bilan kinoyali bir shaklda o‘zlarini Allohni elchisiga teng ko‘rsatganiga imo-ishora qilgan bo‘lishi ham mumkin.[17] Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

لَّا تَجْعَلُوا دُعَاءَ الرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَاءِ بَعْضِكُم بَعْضًا ۚ

 “Elchining chaqiruvini orangizda bir-biringizni chaqiruvingiz kabi qilib olmanglar.” (Nur 24/63)

إِنَّ الَّذِينَ يَغُضُّونَ أَصْوَاتَهُمْ عِندَ رَسُولِ اللَّـهِ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ امْتَحَنَ اللَّـهُ قُلُوبَهُمْ لِلتَّقْوَىٰ ۚ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ

 “Rasulullohni/Allohni so‘zlarini tashigan oyatlar yonida ovozlarini pasaytirgan kishilar – xatolardan saqlanishlari xususida Alloh ularni sinovdan o‘tkazgan kishilardir. Ular uchun mag‘firat va buyuk bir mukofot bor.” (Hujurot 49/3)

Mufoala qolipi bir ishni bir kishi tarafidan bajarilganiga ishorat qiluvchi ma’no ham ifodalay olgani uchun, “ رَاعِنَا = roina” kalimasiga “Bizni kut!” deb ma’no berish ham mumkin. Bu holatda “bizni hayvon boqqan kabi boq!” deb kinoyali bir holatda Allohni elchisini pastga urgan va tahqirlagan bo‘ladilar. Agar ular roina kalimasini o‘rniga “انظُرْنَا = unzurna” desalar edi, “bizni nazorat qilib tur” degan ma’nodan boshqa ma’noga burib olish mumkin bo‘lmas edi.

Oyatda keltirilgan “…Buni tillarini egib-bukib va dinga tajovuz qilish maqsadida amalga oshiradilar” jumlasi tahrif uchun yomon niyat bo‘lishi shart ekanini bildiradi.

Tahrif atamasiga Qur’ondagi to‘g‘ri ma’no berilganida, Qur’on o‘zidan avvalgi kitoblarni tahrif qilingan deb hisoblashi mumkin emasligini bildiradi. Ammo, ming afsuski ulamo deb tanilgan kishilar hech qanday dalilga asoslanmagan holda tahrifga “tabdil” deb, ya’ni avvalgi kitoblarni matni o‘zgarganini anglatuvchi ma’noni berganliklari uchun ham, Qur’on avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi bo‘lgan sifati unuttirib yuborilgan hamda Qur’on oyatlarini tarjima va tafsir qilishdagi tahriflarni, ya’ni ma’nolarini boshqa tomonga burib yuborish harakatlarini usti yopib berkitib kelingan. Qur’on oyatlaridagi tahrirlarni ko‘rmoqchi bo‘lganlar yuqorida tushuntirib o‘tilgan Baqara surasining 93 va Niso surasining 46-oyatlariga va o‘sha oyatlarga berilgan tarjima va tafsirlarga murojaat qilishlari mumkin.

B. Chegaralarni Buzilishiga Ro‘za O‘rnagi

Ro‘zani arabchasi “sovm/الصوم”dir. Sovm – yeb-ichish, gaplashish va yurib sayr qilish kabi xatti-harakatlardan uzoq turish degani. Yurolmaydigan yoki yemini yeyolmaydigan otlarga “صائم/ro‘zali” deyiladi.[18] Ro‘zaga aloqador oyatlarda ro‘za – yemoq, ichmoq va jinsiy munosabatlardan uzoq turmoq degan ma’noda keltirilgan. Alloh taolo to‘rtta oyatda ro‘zaga aloqador barcha hukmlarni va qonun-qoidalarni belgilab bergan va oxirida shunday buyurgan:

تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

 “Bular Alloh belgilab qo‘ygan chegaralardir, bularga yaqinlashmanglar. Alloh oyatlarini insonlarga mana shu shaklda ochiqlab beradiki, insonlar xatolardan o‘zlarini saqlab qolsinlar.” (Baqara 2/187)

Allohni belgilab qo‘ygan chegaralarini buzganlarga qanday jazo berilishi quyidagi oyatda bayon qilingan:

وَمَن يَعْصِ اللَّـهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا وَلَهُ عَذَابٌ مُّهِينٌ

 “Kimki belgilab qo‘yilgan chegaralarni buzgan holda Allohga va Rasuliga/Elchi olib kelgan oyatlarga bosh qoldirsa, Alloh uni o‘lmasdan qoladigan bir otashga[19] doxil qiladi. U uchun xorlovchi bir azob bordir.” (Niso 4/14)

Quyida keltiriladigan asoslardan ma’lum bo‘ladiki, ba’zi bir Islom huuqshunoslar ro‘za masalasida haddan oshishni o‘zi bilan qanoatlanibgina qolmay, ro‘za ibodatiga bir nechta qo‘shimchalar qo‘shib yuborishga ham ulgurishgan va ro‘zadan ba’zi masalalarni chiqarib ham tashlashgan.

1- Tasdiq Nuqtai Nazaridan Ro‘za

Tasdiq – yuqorida aytib o‘tilganidek, Qur’on o‘zidan avvalgi ilohiy kitoblarni to‘g‘ri qabul qilishidir. Ro‘za avvalgi ilohiy kitoblarda ham keltirilganini bildirgan oyat quyidagicha:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

 “Ey Mo‘minlar! Ro‘za – sizlardan avvalgilarga (vazifa qilinib) yozilgan shaklda – sizlarga ham (vazifa qilinib) yozildiki, o‘zingizni xatolardan himoya qilib saqlab qolasizlar.” (Baqara 2/183)

Ro‘za kunlari haqida shunday deyilgan:

أَيَّامًا مَعْدُودَاتٍ

“(Ro‘zani) ketma-ket keladigan sanoqli kunlarda (tutinglar).” (Baqara 2/184)

Ketma-ket deya tarjima qilingan kalima “معدودات = ma’dudaat معدودة = ma’dudah” kalimasining ko‘plik shakli bo‘lib, “bir-biriga qo‘shilgan, bir-birini orqasidan kelgan” degan ma’nolarni bildiradi.[20] Bu haqdagi yana bir oyat quyidagicha:[21]

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ

 “(O‘sha kunlar)[22] Ramazon oyi bo‘lib, u – Insoniyatga rahbar bo‘lgan va rahbarning ochiqlab beruvchi oyatlaridan tashkil topgan Qur’on[23], o‘sha Furqon[24] nozil qilingan oydir.” (Baqara 2/185)

Mana shu shaklda ham bizga hamda bizdan avvalgi ummatlarga ham tutilishi farz qilib yozilgan ro‘za Ramazon oyining ro‘zasi ekani ma’lum bo‘ldi. Zotan Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰ ۖ أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ اللَّـهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنِيبُ

 “Allohga Nuhga nimani buyurgan bo‘lsa, uni sizlar uchun bu dinning shariati qilib tayinladi. Senga vayih qilganimiz, Ibrohimga, Musoga va Isoga buyurgan narsamiz mana shudir: “Bu dinni oyoqda tik ushlab qolinglar, bu xususda  bo‘linib parchalanmanglar. Sen chaqirgan narsa mushriklarga og‘ir keladi. To‘g‘ri tanlovda bo‘lgan kishini Alloh O‘z tarafiga oladi, to‘g‘rilikka yo‘nalgan kishini ham O‘ziga yo‘naltiradi.” (Sho‘ro 42/13)

Oyatda kelgan “Bu dinni oyoqda tik ushlab qolinglar” ifodasini mana bu oyat ochiqlab bermoqda:

قُلْ آمَنَّا بِاللَّـهِ وَمَا أُنزِلَ عَلَيْنَا وَمَا أُنزِلَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَالنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ ﴿٨٤﴾ وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ ﴿٨٥﴾

 “Shunday deng: “Biz Allohga ishonib-suyandik, bizga yuborilgan kitobga; Ibrohimga, Ismoilga, Is’hoqqa, Yaqub va nabiralariga yuborilgan kitoblarga; Musoga, Isoga va yana boshqa nabiylarga Robbi tarafidan berilgan kitoblarga ishondik. Biz ularni hech birini boshqasidan farqli deb bilmaymiz. Biz Allohga taslim bo‘luvchi kishilarimiz.” Kim Islomdan boshqa din izlar ekan, bilib qo‘ysin – u din undan  aslo qabul qilinmaydi va u kishi oxiratda ziyonkorlardan bo‘ladi.” (Oli Imron 3/84-85)

Oyatdagi “Biz Unga taslim bo‘lgan kishilarimiz” ifodasi Allohga taslim bo‘lishimizni, U bilan kitoblari orasini ajratmasligimiz kerakligini ko‘rsatadi. Bu ma’noni esa mana bu oyatdan bilib olamiz:

إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِاللَّـهِ وَرُسُلِهِ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُوا بَيْنَ اللَّـهِ وَرُسُلِهِ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُوا بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا ﴿١٥٠﴾ أُولَـٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ حَقًّا ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا ﴿١٥١﴾

 “Allohni va U tarafidan yuborilgan kitoblarni birgalikda[25] ko‘rmaslikka olishga tirangan[26] va Alloh bilan Rasullarini/kitoblarini orasini ayirgan, biriga (Allohga) ishonib boshqasini tan olmaymiz degan va ikkalasini o‘rtasida bir yo‘l tutishni xohlaganlar… Ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir. O‘sha kofirlarga xorlovchi bir azob tayyorlab qo‘yilgan.” (Niso 4/150-151)

Yuqoridagi oyatdagi rasul kalimasiga kitob deb ma’no berilgan. Chunki Arab tilidagi rasul kalimasining asl ma’nosi keltirilgan so‘zdir.[27] “O‘sha so‘zni olib kelgan kishi” degan ma’noda ham ishlatish mumkin.[28]

Ramazon qamariy yilning 9- oyidir. Tavrotda ham bu oyda ro‘za tutilishi kerakligi haqida shunday deyilgan:

“Yahuda Qiroli Yo‘shiya o‘g‘li Yeho‘yakim qirolligini beshinchi yilining to‘qqizinchi oyida, Yerusalimda  yashagan barcha xalq va Yahuda kentlaridan Yerusalimga kelgan hamma uchun Rabning huzurida ro‘za e’lon qilindi.” (Yereme 36/9)

Bugungi kunimizda Tavrotda ham Injilda ham ro‘zaga aloqador bo‘lgan ma’lumot topishni imkoni yo‘q. Quyidagi oyatlar Ahli kitoblar Tavrot va Injildagi ba’zi bir ma’lumotlarni bizdan sir saqlab yashirib kelayotganini bildiradi:

قُلْ مَنْ أَنزَلَ الْكِتَابَ الَّذِي جَاءَ بِهِ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِّلنَّاسِ ۖ تَجْعَلُونَهُ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًا ۖ

 “Aytginki: “Insonlarni oydinlatish va ularga rahbar bo‘lishi uchun Muso olib kelgan o‘sha kitobni nozil qilgan kim? Sizlar uni bo‘lak-bo‘lak yozilgan qilib o‘rtaga chiqaryapsizlar, bir qismini esa yashiryapsizlar.” (An’om 6/91)

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ قَدْ جَاءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَعْفُو عَن كَثِيرٍ ۚ قَدْ جَاءَكُم مِّنَ اللَّـهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُّبِينٌ

 “Ey Ahli Kitob! Kitoblaringizdan yashirib yurgan  narsalarni ko‘pgina narsalaringizni bayon qilib o‘rtaga qo‘yadigan, yana boshqa ko‘pgina narsaga esa tegmay o‘tib ketadigan Elchimiz keldi. Sizlarga Allohdan bir nur va bir kitob keldi.” (Moida 5/15)

2- Ro‘za Ibodatidagi Nasx

Nasx masalasi yuqorida aytib o‘tildi. Nasxga aloqador oyatni yana bir bor takrorlaymiz:

 “Bir oyatni nasx qilsak yoki unuttirsak, uni o‘rniga undan ham yaxshisini yoxud aynan u bilan bir xilini keltiramiz. Alloh har narsaga bir o‘lchi qo‘ygani aniq ekanini bilmagan eding.” (Baqara 2/216)

Ro‘za masalasida nasxni har ikki turini ham ko‘rib turibmiz. Aynan bir xili bilan nasx qilinganiga misol quyidagicha:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

 “Ey Mo‘minlar! Ro‘za sizlardan avvalgilarga (vazifa o‘laroq) yozilgani kabi sizlarga ham (vazifali o‘laroq) yozildiki, o‘zingizni himoya qilib saqlab qolasizlar.” (Baqara 2/183)

Ro‘za masalasi haqida ikkinchi turdagi nasx, ya’ni avvalgisidan ham yaxshirog‘i bilan nasx qiluvchi oyat quyidagicha:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَكُمْ وَأَنْتُمْ لِبَاسٌ لَهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّهُ أَنَّكُمْ كُنْتُمْ تَخْتَانُونَ أَنْفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنْكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوهُنَّ وَأَنْتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

Ramazon kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo‘lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libossizlar. Alloh sizlarni nasflaringizni yenga olmayaotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo‘lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar.[29] Fajr tarafida[30] paydo bo‘ladigan oq chiziq qora chiziqdan sizlarga ravshan ayon bo‘lib bilingunigacha yeb-ichib, so‘ng ro‘zani kechgacha[31] tamomlanglar. Masjidlarda e’tikof holida ekaningizda ayollaringiz bilan birga bo‘lmanglar. Bular – Alloh qo‘ygan chegaralaridir, ularga yaqinlashmanglar! Insonlar o‘zlarini himoya qilsinlar deb, Alloh oyatlarini mana shunday ochiqlab beradi.” (Baqara 2/187)

Bu oyatda ikkita hukm avvalgisidan ham yaxshirog‘i bila nasx qilingan va avvalgi ikkita taqiq olib tashlangan.

Ulardan birinchisida Ramazon o‘yi kechalarida er-ayollik muomalasi halol qilingan. Boshlanishda Ramazon oyi kechalarida er-xotinlik muomalasi taqiqlangan edi. Ba’zi kishilar bu taqiqqa rioya qilolmay, Allohga osiy bo‘lgan holatga tushib qolishgan edi. Oyatning mana shu hukmi bilan u taqiq olib tashlandi:

Alloh sizlarni nafslaringizni yenga olmayaotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo‘lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar.

Ikkinchi turdagi nasxda esa xufton namoz vaqti chiqqanidan keyin to ikkinchi subh, ya’ni bomdod namozining vaqti kiradigan vaqtgacha yeb-ichish taqiqi olib tashlangan. Avval xufton namozidan keyin yebichish taqiqlangan edi. Oyatning bunga aloqador bo‘limi quyidagicha:

Fajr tarafida paydo bo‘ladigan oq chiziq qora chiziqdan sizlarga ravshan ayon bo‘lib bilingunigacha yeb-ichib, so‘ng ro‘zani kechgacha tamomlanglar.

Barro b. Azib shunday deydi: “Bir kishi kechki ovqatni yemay uxlab qolgan bo‘lsa, kechasi ham ertasi kuni ham to quyosh botguncha yeb-ichishi halol bo‘lmagan.”[32] Ramazon kechalarida ayollaringiz bilan qo‘shilishingiz sizlarga halol qilindi”, oyati barchasi xursand qilib yuborgan. Bu oyat ham nozil bo‘ldi: “Fajr tarafida paydo bo‘ladigan oq chiziq qora chiziqdan sizlarga ravshan ayon bo‘lib bilinguncha yeb-ichib, so‘ng ro‘zani kechgacha tamomlanglar.[33]

Bu rivoyatda “kechki ovqat” deb tarjima qilingan التَعَشِّى kalimasi xufton namozi vaqtida ovqatlanishga aytiladi.[34] Xufton vaqti esa kecha mutlaqo qorong‘ilashib bo‘lganidan, quyoshdan asorat bo‘lib ufqda qolgan qizil va oq shafaqlar yo‘qolib bo‘lganidan keyin tugaydi.[35]

3- Ro‘za Ibodatidagi Tahrif

So‘zni tahrif qilish – yuqorida aytib o‘tilganidek ikki xil ma’no chiqadigan ma’noni yomon niyatda bir tarafga burib yuborishdir. Tahrif ishi ro‘za masalasida ortig‘i bilan bajarib bo‘lingan, bitta oyatni bo‘lib-parchalab orasidan bitta parchasini ajratib olingan va undagi bitta kalimani ma’nosi buzilgan holda noto‘g‘ri talqinlarga qo‘l urilgan. Oyat shunday:

أَيَّامًا مَّعْدُودَاتٍ ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۚ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ ۖ فَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُ ۚ وَأَن تَصُومُوا خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

 “(Ro‘zani) Ketma-ket keladigan kunlarda (tutinglar). Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, tutmagan kunlari miqdorida boshqa kunlarda tutsin. Ro‘za tuta oladiganlarni bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya (fitr) berish vazifasi ham bor. Kimki o‘z ichidan chiqarib bir yaxshilik ortig‘i bilan qilsa, u o‘ziga yana-da yaxshi bo‘ladi. Agar bilsangiz – (bemor yoki safarda bo‘lsangiz ham) ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir.” (Baqara 2/184)

Ba’zi kimsalar tarafidan bu oyat mana shu shaklda uch bo‘lakka bo‘lib tashlangan:

a. (Ro‘zani) Ketma-ket keladigan kunlarda (tutinglar). Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, tutmagan kunlari miqdorida boshqa kunlarda tutsin.

b. Ro‘za tuta oladiganlarni bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya (fitr) berish vazifasi ham bor. Kimki o‘z ichidan chiqarib bir yaxshilik ortig‘i bilan qilsa, u o‘ziga yana-da yaxshi bo‘ladi.

c. Agar bilsangiz – (bemor yoki safarda bo‘lsangiz ham) ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir.”

Boshi va oxiridan ajratib olinib ma’no berilgan oyat mana shu:

Ro‘za tuta oladiganlarni bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya (fitr) berish vazifasi ham bor.

Tafsir olimi Zamaxshariy bu oyatga quyidagicha izoh bergan:

“Ro‘za tutishga kuchi yetadigan kishilar uzrsiz holda ro‘zasini ochib yuborishsa, bitta chorasiz insonni to‘ydiradigan miqdorda fidya berishi kerak.” Eng boshdan mana shunday edi. Ro‘za farz qilingan edi, lekin insonlar bunga ko‘nika olishmagani sababli, ro‘za og‘ir kelgan. Oyatni mana shu bo‘limi bilan ularga ro‘za tutishni o‘rniga fidya berib qo‘ysa ham bo‘lishi haqida ruxsat berildi.”[36]

Zamaxshariy va u kabi bir qancha tafsirchilar oyatga ”Ro‘za tutishga kuchi yetadigan kishilar uzrsiz holda ro‘zasini ochib yuborishsa” so‘zini qo‘shib qo‘yishga majbur bo‘lib qolishgan. Akas holda oyatga yuqoridagi ma’noni berishlari mumkin bo‘lmasdi. Ularni bu holatga olib kelishga quyidagi va u kabi rivoyatlardir:

“Ramazon keldi va insonlar qiynaldilar. Kuchi yetgani holda ro‘za tutishni o‘rniga bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya berib yurganlar ro‘za tutishmadi. Keyin “وَأنَ تَصُومُوا خَيْرٌ لَكُمْ = ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir” so‘zi buni nasx qildi va ro‘za tutishga buyurildilar.”[37]

Oyatni bo‘lib-parchalamasdan va qo‘shimcha kirgizmasdan o‘qigan har kim ro‘za vaqtincha ro‘za tutmaslik ruxsati faqatgina bemor va safardagi kishilarga-gina berilganini, ular ham keyinchalik uni ado etib berishi kerakligini, fidya ro‘za tuta olmaydiganlarga aloqasi yo‘qligini ko‘rib oladi. Fidya masalasi quyida alohida bayon qilib o‘tiladi.

Oyatni birinchi bo‘limidan ikkinchi bo‘limi ajratib olinib o‘rtadagi bog‘liqlikni uzib tashlagan holda ham, ro‘za tutishga kuchi yetadigan kishilar ro‘za tutishni o‘riga fidya berib qo‘ysa bo‘ladi, degan ma’no chiqarib bo‘lmaydi.

Oyat so‘ngidagi “Agar bilsangiz – (bemor yoki safarda bo‘lsangiz ham) ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir” ifodasi bilan hech qanday hukm nasx bo‘lmaydi, buni ilojisi ham yo‘q. Chunki ro‘za tutishni o‘rniga fidya berib yurish umuman olganda qulay va yengil. Nasx qoidasiga ko‘ra esa, nasx qiluvchi hukm avvalgi hukmdan ko‘ra yaxshiroq va yengillor bo‘lishi yoki avvalgi hukm bilan bir xil bo‘lishi kerak. Avvalgisidan ham qiyinroq hukm bilan nasx qilinmaydi.

Oyatga ko‘ra – “bemor yoki sarafda bo‘lib ham ro‘za tutishlik, bemor yoki sarafda bo‘lib ro‘za tutmaslikdan yaxshiroqdir” degan ma’no ifodalaydi. Bu narsa nasx hukmi va qoidasiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Yo‘l qo‘yilgan bu xato osonlikcha qabul qilinmaganligi bois, ishonib bo‘lmas yana yangi bir xatoga yo‘l qo‘yilgan holda oyatni tahrif qilishga o‘tilgan. Zmaxshariyni bu haqdagi iddaolarini mana shu shaklda keltirishimiz mumkin:

“Oyatni ikkinchi ma’nosi “biron bir muammo va qiyinchilikda bo‘lishiga qaramasdan ro‘za tutganlar” shaklidadir. Bular yoshi keksa yoshli va ojiz kishilardir. Bular ro‘za tutmaydi, balki fidya berishadi. Mana shu holatda shu hukm sobitdir, nasx ham qilinmagan.”[38]

Oyatga bu ma’noni bera olish uchun tafsirchilar “ro‘zani tutadigan kuchga ega bo‘lganlar” deb ma’no bergan “وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَه” bo‘limidagi yutiyqunahu = يُطِيقُونَ fe’lining ma’nosini “Mashaqqat chekadigan va qiynaladigan bir ish ostiga kirish[39]” qilib o‘zgartirishgan. Aynan shunday ma’no beradigan kishilar الطاقة = toqat kalimasiga “bir inson mashaqqat va qiyinchilik bilan bajara oladigan bir ish” deb tarjima qilishgan va bunga quyidagi oyatni dalil qilgan:

“Rabbimiz! Toqatimiz yetmaydigan bir ishni bizlarga yuklama!”

Agar toqat kalimasining ma’nosi “mashaqqat” ekani to‘g‘ri bo‘lsa, oyatni ma’nosi mana shu shaklda bo‘lishi kerak edi:

“Rabbimiz! Mashaqqat chekmasdan bajara oladigan ishimizni bizlarga yuklama!”

Bunday ma’no berish mumkin bo‘lmagani sababli, Isfahoniy oyatdagi nafiy lomi bo‘lgan لاَ = la harfini yo‘q deb hisoblaydi va mashaqqat kalimasidan ham foydalanmagan holda shunday deydi:

رَبَّنَا وَلاَ تُحَمِّلْنَا ما يصعب علينا مزاولته[40]

“Rabbimiz! Bajarish qiyin bo‘lgan ishni bizlarga yuklama!”

Agar Isfahoniy iddaosida haqli bo‘lganida, nafiy lomi bo‘lgan la = لاَ harfini yo‘q deb hisoblamasdan balki oyatni shunday tafsir qilgan bo‘lardi:

رَبَّنَا وَلاَ تُحَمِّلْنَا مالا يصعب علينا مزاولته

“Rabbimiz! Bajarish qiyin bo‘lmagan ishni bizlarga yuklama!”

Bularning barchasi طاقة = toqat kalimasini tahrif qilish uchun qanchalik qiynalganligini ko‘rsatib beradi.

Bu ma’no oyatdagi mana shu ifodalarga ham zid kelib qoladi: “Agar bilsangiz – (bemor yoki safarda bo‘lsangiz ham) ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir”

Bir e’tibor bering, kuchi yetmagan bir insonni ro‘za tutishi yaxshiroq bolishi mumkinmi? Bu oyatga Alloh shunday marhamat qilmoqda-ku: “Alloh hech kimga kuchi yetmaydigan narsaga taklif qilmaydi.” (Baqara 2/286)

Ro‘zaga aloqador bo‘lgan yuqoridagi oyatni to‘g‘ri tushunish uchun olim bo‘lish shart emas. Lekin, oyatni yuqorida ko‘rsatib berganimizdek tahrif qilib ma’nosini o‘zgartirish uchun ancha ilm o‘qigan bo‘lish kerak va bunga katta kuch sarflanadi.

4.    Fidya – fitr

Fidya – inson o‘zini muammodan saqlab qolishi uchun to‘laydigan badaldir.[41] Baqara 2/184 oyatda kelgan mana shu ifoda bilan Ramazon ro‘zasini tutgan har kimga fidya berish vazifasi yuklatilgan:

“Ro‘za tuta oladiganlarni bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya (fitr) berish vazifalari ham bor.”

Bu vazifa Ramazon tugashi bilan boshlanadi. Undan oldin vafot qilgan kishilar Ro‘zani tuta olmaganligi sababli ularni bunday bir vazifasi bo‘lmaydi. Ikrimani Ibn Abbosdan qilgan rivoyatiga ko‘ra, Allohni Elchisi:

“Fitr – ro‘zador kishini og‘zidan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan bekorchi va ma’nosiz so‘zlari uchun bir poklik va chorasiz qolgan kishilar (miskinlar) uchun oziq-ovqat bo‘lsin deb farz qilingan. Kim fitrni bayram kungi namozdan oldin bersa, qabul qilingan bir zakot bo‘ladi. Kimki namozdan keyin bersa sadaqalardan bir sadaqa bo‘ladi.”[42]

Abdulloh b. Umar aytdiki: “Payg‘ambar alayhissalom fitr yoki Ramazon sadaqasini erkakga, ayolga, hurga va asirga xurmodan bir so‘[43] yoki arpadan bir so‘ farz qildi. Insonlar buni yarim so‘ bug‘doyga tenglashtirdi.”[44]

Aslida fitrni farz qilgan hukm oyatdir. Chunki “Ro‘zani tuta oladiganlarni bir chorasizni to‘ydiradigan miqdorda fidya (fitr) berish vazifasi ham bor.” jumlasi – ism jumlasidir. Ism jumlasi sabot va davom ifoda qiladi. Ya’ni, Ramazon tutishi kerak bo‘lgan har kim fitr berishi kerak. Rasululloh hayotda tadbiq qilgan narsa oyatning hukmidir. Buni Rasululloh qulay va sodda qilib tushuntirib berganlar. Ammo oyatga noto‘g‘ri ma’no berishda ittifoq qilgan Islom huquqshunoslari uni fitr bilan bog‘liqligini ko‘rishmagan.

5- Ro‘zaga qilingan qo‘shimcha va kamomat

Ro‘zani har bir bo‘limi shaxsan Alloh taoloning O‘zi tarafidan ochiqlab bayon qilib berib, oxirida: “Bular – Alloh belgilab qo‘ygan chegaralardir, bularga yaqinlashmanglar” (Baqara 2/187) deb ogohlantirib ham qo‘yishiga qaramasdan, Alloh belgilab qo‘ygan chegaralarni faqatgina tahrif qilish bilangina kifoyalanib qolinmagan, balki ro‘zaga bir-qancha qo‘shimchalar yuklangan va undan bir-qancha hukmlar chiqarib tashlanglar. Ro‘zani qazosi bilan kafforati va oy ko‘rgan ayollarga oy ko‘rish mobaynida ro‘zani taqiqlab qo‘yish hukmlari mana shular jumlasidan.

a. Ro‘zani qazosi va kafforati

Alloh taolo ro‘za tutmaslik ruxsatini faqatgina bemorlar va safardagi kishilarga bergan va shunday degan:

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَىٰ وَالْفُرْقَانِ ۚ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ۖ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ۗ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ramazon oyi – insonlar uchun rahbar bo‘lgan va rahbarni ochiqlab beruvchi oyatlardan tashkil topgan Qur’on-Furqon[45] nozil qilingan oydir[46]. Sizlardan kimki bu oyda yashasa, uni ro‘zali o‘tkazsin. Kimki bemor yoki yo‘lovchi bo‘lsa, u kunlarning sanog‘i qadar boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga yengillik bo‘lishini xohlaydi, sizlarga qiyinchilikni ravo ko‘rmaydi. Bular – sizlar ro‘zani sanog‘ini tamomlashingiz va Alloh sizlarni bunga yo‘naltirgani uchun Allohni buyukligini ovoza qilishingiz[47] va shukr – o‘z vazifalaringizni ado qilishingiz uchundir.” (Baqara 2/185)

Bular – sizlar ro‘zani sanog‘ini tamomlashingiz” ifodasi faqatgina bemor va safardagi kishilardan istisno qilinishini bildiradi. Alloh taolo ro‘zaga aloqador imkon va ikromini bu ikki toifa insonlardan boshqasiga bermagan.

Abu Hurayra Allohni Elchisi shunday deganini rivoyat qiladi: “Allohni bergan ruxsatisiz Ramazondan bir kunni yeb qo‘ygan kishi bir yil ro‘za tutsa ham qarzini to‘lay olmaydi.”[48]

Kitob-u Sunnatda shunchalik ochiq-oydin oyat va hadislar bo‘la turib, huquqshunoslar hech qanday isbot-dalilga asoslanmasdan Ramazonda uzrsiz holda ro‘za tutmagan kishi uni qazo qilib berishi farz deb ittifoq qilishgan.[49] Bu bilan ham kifoyalanib qolmay, Abu Hurayradan kelgan quyidagi rivoyatga suyangan holda Ramazon kuni ayolining jinsiy a’zosiga aloqaga kirgan erkak kishiga kafforat tutib berish kerakligida ham ittifoq qilishgan.[50] Rivoyat quyidagicha:

“Bir kishi Payg‘ambar alayhissalomni yoniga keldi va: “Men ado-i tamom bo‘ldim!”, dedi. Nima bo‘ldi, deyilganida: “Ramazonda ayolim bilan er-xotinlik muomalasiga qo‘l urdim” dedi. Shunda unga: “Bitta asir topa olasanmi?” deyilganida, u: “Yo‘q!”, dedi. Ikki oy ketma-ket ro‘za tuta olasanmi”, deyilganida, u: “Yo‘q”, dedi. Chorasiz holdagi 60 ta miskinni to‘ydira olasanmi?, deb so‘ralganida, u yana: “Yo‘q” dedi. Shu orada Ansorlardan bir kishi ichida xurmosi bilan bir idish olib kirdi. Shunda u kishiga: “Mana buni olgin-da, borib sadaqa sifatida tarqatib yubor!”, dedi. U: “Mendan ham muhtojroq kishigami ey Allohning Elchisi? Seni haqiqatlar bilan yuborgan zotga qasamki, bu yerning ikki toshi orasida bizdan ham muhtojroq bi oila yo‘q”, dedi. Shunda unga: “Borib buni oilangga yedir”, dedi.”[51]

Bu rivoyatga ko‘ra Payg‘ambar alayhissalom u kishiga hech qanday vazifa ham kafforat ham yuklamagan. Aksincha, unga hadya/sovg‘a bergan.

Agar huquqshunoslar Payg‘ambar alayhissalomdan kelgan deb aytilgan rivoyatlarni oyatlar soyasida ko‘rib chiqsalar edi, bu voqea ro‘zasini buzish haqida emas, balki zihor kafforati haqida ekanini ko‘rishardi. Zihor – bir kishini o‘z ayoliga: “sen menga o‘z onam kabisan” deb, uni jinsiy tomonlama onasiga tenglashtirishi-onasini o‘rniga qo‘yishidir. Alloh taolo bu haqda shunday deydi:

الَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِنكُم مِّن نِّسَائِهِم مَّا هُنَّ أُمَّهَاتِهِمْ ۖ إِنْ أُمَّهَاتُهُمْ إِلَّا اللَّائِي وَلَدْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنكَرًا مِّنَ الْقَوْلِ وَزُورًا ۚ وَإِنَّ اللَّـهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ ﴿٢﴾ وَالَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِن نِّسَائِهِمْ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا قَالُوا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مِّن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا ۚ ذَٰلِكُمْ تُوعَظُونَ بِهِ ۚ وَاللَّـهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ ﴿٣﴾ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ مِن قَبْلِ أَن يَتَمَاسَّا ۖ فَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ فَإِطْعَامُ سِتِّينَ مِسْكِينًا ۚ ذَٰلِكَ لِتُؤْمِنُوا بِاللَّـهِ وَرَسُولِهِ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ ۗ وَلِلْكَافِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ ﴿٤﴾

“Sizlardan o‘z xotinlaridan zihor qiladiganlarning xotinlari onalari emas. Tuqqan onalaridan o‘zga hech kim ularga ona emaslar. Albatta, ular inkor qilingan va yolg‘on so‘zlarni aytishadi. Ammo, Alloh kechiruvchi va mag‘firat qiluvchidir. Xotinlaridan zihor qilganlar o‘z aytganlaridan qaytsalar, qayta qo‘shilmaslaridan avval bir bo‘yni bukukni/bitta asirni ozod qilishi kerak. Bu hukm va’zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. Asir topa olmagan kishi, qayta)qo‘shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro‘za tutishi kerak. Bunga kuchi yetmagan kishi, oltmish miskin/chorasizni to‘yg‘azsin. Bular Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Bu hukmlar Allohning chegaralaridir; bularni ko‘rmaslikka olganlarga (kofirlarga) alam-og‘riqli qiynoq bor.” (Mujodala 58/2-4)

Agar huquqshunoslar ro‘za kafforatiga dalil qilib olgan rivoyatni ushbu voqeani shaxsan boshidan o‘tqazgan kishining o‘zidan eshitsalar edi, u voqea zihor kafforatiga aloqador bo‘lganini ochiq-oydin bir shaklda ko‘rishardi. Rivoyat quyidagicha:

Sulaymon b. Yasar Salama b. Sahrni[52] ushbu so‘zini rivoyat qilgan: “Ayollar boshqalarga ta’sir o‘tkazmagan miqdorga menga qattiq ta’sir o‘tkazadilar. Ramazon keldi, ayolim bilan biron bir gunohkor bo‘lib qolishimdan qo‘rqdim va Ramazon tugaguncha unga zihor qildim. Bir kuni kechasi meni xizmatimni qilayotganida uni ba’zi a’zolari ochilib qolgan edi, o‘zimni tuta olmay unga talpindim. Tong otganida xalqimni yoniga chiqib, bo‘lib o‘tga voqeani ularga aytib berdim va “Allohni Elchisini yoniga birga boraylik” dedim. Ular: “Yo‘q, Allohga qasam”, dedilar. Shunda Payg‘ambar alayhissalomni yoniga o‘zim borin holatni tushuntirdim. Shunda u kishi: “Shuni ishni qilgan senmi ey Salama?” – dedi. Men ikki marta: “Ha, u men ey Allohning Elchisi, sen Alloh senga qanday ko‘rsatgan bo‘lsa shunday hukm ber, men sabr qilaman”, dedim.

  • Bir bo‘yni egikni (asirni) ozodlikka qovushtir.”, dedi.
  • Bo‘ynimni ustiga urib: “Seni haqiqatlar bilan yuborgan – Allohga qasamki, bundan boshqa men ega chiqa oladigan bir bo‘yin yo‘q”.
  • Ikki oy ketma-ket ro‘za tut.

Boshimga tushgan bu narsa ro‘zani tufayli tushmadimi?

  • Unda bir vasq[53] xurmoni miskin/chorasiz holga tushib qolgan kishilarga tarqat.
  • Seni haqiqatlar bilan yuborgan Allohga qasamki, och holatimizda tong ottirdik, yegani hech narsamiz yoq’, dedim.
  • Zurayq o‘g‘illarini sadaqalari/zakotlaridan mas’ul kishini yoniga bor, senga zakotini bersin, bir vasq xurmoni 60 ta miskin/chorasizga tarqat, ortganini esa sen va oilang yesin! dedi.

Qavmimga qaytib bordim va aytdimki: “Sizlarni yoningizda muammoga uchragan va masalamni hal qilolmagan edim,  lekin Payg‘ambar alayhissalomni yoniga borib juda ma’qul va chiroyli bir yechim topdim. U kishi sizlarga sadaqa berishimga buyurdi.”[54]

Bu rivoyat zihor oyatlariga ham ro‘zaga aloqador oyatlarga ham juda mos kelmoqda. Ramazon oyi kechalarida er-xotinlik munosabatlari harom bo‘lgan vaqtlarda Salama b. Sahr ayoli bilan aloqaga kirib qo‘yishdan qo‘rqqani sababli, ayolini zihor qilish orqali o‘zini bu ishdan saqlab qolaman deb harakat qilgan, ammo buni bajara olmagan. Bo‘lib o‘tgan hodisani Payg‘ambar alayhissalomga aytib berganida, Rasululloh unga qarab: “U senmisan ey Salama?” – deyishi, Salama ham: ”Ha, menman!”, deb javob berishi Baqara surasining 187-oyatdagi mana shu hukmni nozil bolishiga sabab bo‘lgan kishilardan biri Salama ekanini ko‘rsatadi:

“Ramazon kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo‘lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libossizlar. Alloh sizlarni nasflaringizni yenga olmayaotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo‘lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar.”

Zihorni erkak kishi qilgani sababli, Payg‘ambar alayhissalom tarafidan Salamaning ayoliga hech qanday javobgarlik yuklatilmagan. Agar Salamaga yuklatilgan vazifalar ro‘zani buzishga aloqador bo‘lganida edi, Salamani ayoliga ham vazifa va kafforat to‘lash ishi tayinlangan bo‘lardi. Bo‘lib o‘tgan voqeani aynan boshidan o‘tgan kishining aynan o‘zi aytib bergan bir rivoyat bilan aloqador oyatlar o‘rtasida juda ham moslik va oyatlar bilan hadis o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi bir huquqshunoslikka oid asarlarda ro‘zaning qazosi va kafforati haqida chegaralarni buzilishiga yo‘l qo‘yilishi aslo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan bir yo‘ldir. Endi sizlar bilan birgalikda ba’zi bir huquqshunoslar tarafidan ro‘zaga aloqador masalalarda haddan oshilgan holatlarni ko‘rib chiqamiz:

b. Odatli ayolga Ro‘za Tutish Taqiqi

Aloqador oyatlarga ko‘ra ro‘za – yemoq, ichmoq va jinsiy munosabatdan uzoq turishdan iborat. Odat va nifos qonlari bu ishlarga aloqasi bo‘lmagani holda, huquqshunoslar bu ikki toifa ayollarni ro‘za tutmasligi kerakligi haqida shunday deyishgan: “Ramazonda hayz va nifos bo‘lgan ayollar ro‘zalarini ochib yuborishadi va keyin uni qazosini tutib berishadi. Agar ro‘zasini ochmasdan tutsalar, ro‘zalari baribir hisobga o‘tmaydi.”[55]

Holbuki Alloh taolo ro‘za xususida hech kimga taqiq qo‘ymagan, tutmaslik ruxsatini bergan bemor va safardagi kishilar haqida esa shunday degan:

Agar bilsangiz – (bemor yoki safarda bo‘lsangiz ham) ro‘za tutishingiz o‘zingiz uchun yaxshidir.” (Baqara 2/184)

Hayz va nifosli ayollar haqidagi oyatlar quyidagicha:

 “Ular sendan oy ko‘rish-odat[56] haqida so‘rashadi. Aytgin: “Odat qoni bir aziyat-mashaqqatdir. Shuning uchun, odatli vaqtlarda ayollaringizni tinch qo‘yinglar,[57] pok bo’lmaguncha ularga yaqinlashmanglar. Yaxshilab poklanganida, ularga Alloh buyurgan yerdan[58] kelinglar. Shubhasizki, Alloh tavba qiluvchilarni yaxshi ko‘radi, yaxshilab poklanuvchilarni ham yaxshi ko‘radi. Ayollaringiz sizlar uchun bir ekinzordir. Ekinzoringizga xohlagan shaklda kelaveringlar,[59] o’zingizga oldindan tayyorgarlik ishlarini qilib olinglar.[60] Allohdan qo‘rqinglar va Alloh bilan aniq muloqot qilishingizni bilib qo‘yinglar. Ey Muhammad! Mo‘minlarga xushxabar ber.” (Baqara 2/222)

Payg‘ambar alayhissalom bu oyatlarni hukmlarini quyidagicha izohlab ochiqlab bergan: “Jinsiy aloqadan boshqa har narsa mumkin.”[61]

Huquqshunoslar oyatlarni va u oyatlarga mos va uyg‘un bo‘lgan hadislarni tark qilishib, umuman amal qilinmaydigan quyidagi rivoyatni asos qilib olishgan: “Muoza shunday degan:

Hz. Oishadan bir savol so‘radim, aytdimki: “Odatli ayol nega ro‘zani qazo qiladi-yu, namozni qazo qilmaydi?” Shunda u: “Sen Haruralimisan?”[62] – dedi. U ayol: “Yo‘q! Harurali emasman, lekin  savol so‘rayapman”, deganida, Oysha onamiz shunday dedi: “Bizni boshimizga bu unlar kelganda ro‘zani qazo qilardik, ammo namozni qazo qilmasligimiz buyurilardi.”[63]

Insonlarni chalg‘itib qo‘ygan narsa qazo = ( قضى ) kalimasidir. Bu kalima Qur’on va Sunnatda ibodatlar uchun qo‘llanilganida ado etish, ya’ni ibodatlarni vaqtida bajarish ma’nosini bildirib kelgan. Bunga misol, mana quyidagi oyatlarda qazo kalimasi (فإذا قضيتم مناسككم) “Haj ibodatini ado etganingizda” (Baqara 2/200) فإذا قضيتم الصلاة) ) “Namozni ado etganingizda” (Niso 4/103)  ado etish, bajarish, vaqtida ado etish degan ma’nolarda kelgan.[64]

Ibn Taymiya shunday qazo kalimasi haqida shunday degan:

“Qazo ( القضاء ) Alloh va Rasulini so‘zlarida ibodatlarni aynan o‘z vaqtida ado etishni ifodalaydi. Faqihlardan ba’zilari keyinchalik bu qazo kalimasiga vaqti o‘tganidan keyin ado etilgan ibodatlarga xos bir atama holiga olib kelib qo‘yishgan. Rasulullohni birorta ham so‘zida bunday ma’no aslo yo‘q.”[65]

Oysha onamizni zamonida qazo kalimasiga “ibodatni vaqtini kechiktirib ado qilish” degan ma’no berilmagani sababli, Oysha onamizni “ro‘zani qazo qilishiga buyurilardik” degan gapidan faqatgina mana shu ma’no chiqadi: “Bizni boshimizga mana shu holatlar kelganida bizga ro‘zani tutishimiz, namozni esa tutmasligimiz buyurilardi.”

Fayyumiy (vf. 770/1368-69) shunday degan: “Olimlar ibodatlarda qazo kalimasini vaqtidan o‘tqazilib ado qilingan, ado kalimasini esa o‘z vaqtida ado qilgan ibodatlar uchun ishlatishadi. Bu ma’no qazo kalimasining asl ma’nosiga aslo to‘g‘ri kelmaydi, asl va to‘g‘ri ma’nosiga mutlaqo ziddir. Shunday bo‘lsa-da, ikki vaqtini bir-birdan ayirish uchun keyinchalik paydo qilingan bir atama bo‘lib qoldi.”[66]

Alloh taolo ro‘zani buzadigan amallar yemoq, ichmoq va jinsiy aloqa qilmoq ekanini bildirib o‘rganidan keyin shunday buyurdi: “Bular Alloh belgilab qo‘yga chegaralardir, ularga yaqinlashmanglar.” (Baqara 2/187) demak, odat qoni kelib qolishi ro‘zani buzadi deb hukm qilish Allohni ro‘za haqida belgilab qo‘ygan chegarasini va qonunini buzish hisoblanadi.

Ham Sunniy hamda Shiiy mazhablariga mansub huquqshunoslarning barchasi odati kelib qolgan ayolni ro‘zasi buzilishi haqidagi masalada ittifoq qilishgan. Ular bu uchun Oysha onamizdan rivoyat qilingani aytilgan bir rivoyatni asos qilib olishgan. Holbuki ro‘za tutish uchun tahoratli bo‘lish yoki junublikdan pok bo‘lish kerak degan sharti yo‘q. Zotan o‘sha barcha huquqshunoslarning fikriga ko‘ra saharlik qilib uxlab qolgan kishi uyqusida ehtilom bo‘lib qolsa, turganidan keyin junublikdan pok bo‘lish uchun g‘usl qilib oladi va ro‘zasini buzmasdan davom etaveradi deyishadi. Shunday ekan, nega endi ayollardan kelgan hayz va nifosni ro‘zaga mone’ narsalar qatoriga qo‘shib olishgan?!

XULOSA

Tahrif kalimasiga noto‘g‘ri ta’rif berilgani bois, Musulmonlar Qur’on tahrifdan uzoqdir deb o‘ylashadi. Holbuki, Qur’onni tahrif qilish faoliyati Payg‘ambar alayhissalom tirikligidayoq boshlanib bo‘lingan. Bu ishga asosan munofiq-yahudiylar qo‘l urgan. Quyidagi oyatlar ularni qilmishlaridan xabar beradi:

أَفَتَطْمَعُونَ أَن يُؤْمِنُوا لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَامَ اللَّـهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِن بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ ﴿٧٥﴾ وَإِذَا لَقُوا الَّذِينَ آمَنُوا قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَا بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ قَالُوا أَتُحَدِّثُونَهُم بِمَا فَتَحَ اللَّـهُ عَلَيْكُمْ لِيُحَاجُّوكُم بِهِ عِندَ رَبِّكُمْ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ ﴿٧٦﴾ أَوَلَا يَعْلَمُونَ أَنَّ اللَّـهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ﴿٧٧﴾

 “Ey Mo‘minlar! U yahudiylar bizga ishonadi, deb umid qilyapsizlar, shundaymi? Ularning orasidan bir qismi borki, Ular Allohning oyatlarini tinglashadi, aqllariga ham singadi, keyin uni bilib turib boshqa tarafga burib-o‘zgartirib yuboradilar.

Ular Mo‘minlar bilan ko‘rishgan vaqtda: “Biz ham ishondik!” deyishadi. Bir-birlari bilan yolg‘iz qolishganida esa: “Alloh sizlarga bildirgan haqiqatni (Qur’onni haq ekanini) nima uchun ularga aytyapsizlar? Ular buni Rabbingizning huzurida sizlarga qarshi dalil qilib ko‘rsatsin, shundaymi? Aqllaring ishlamaydimi?”[67] deyishadi.

Axir, Alloh ularning yashirin-u oshkora qilayotgan ishlarini aniq bilib turishini bilmaydilarmi?” (Baqara 2/75-77)

Ba’zi yahudiylar tahrif masalasida ancha usta bo‘lishadi, musulmonlarni bu yo‘l bilan osongina aldab olishga urinishadi. Ularni asl dushmanchilik maqsadlari Qur’onga va Payg‘ambarimiz alayhissalomga qaratilgan. Ularning maqsadlari – nima qilib bo‘lsa ham musulmonlarni Qur’on va Sunnatdan uzoqlashtirishdir. Ularni nayranglari haqida quyidagi oyat juda ham ochiq bayon qilib bermoqda:

وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُم بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنَ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنَ الْكِتَابِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِندِ اللَّـهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِندِ اللَّـهِ وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّـهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

 “Yana ular orasida shunday toifalari ham borligi aniqki, o‘zlari to‘qib chiqargan narsalarni sizlar kitobda bor deb o‘ylashingiz uchun, tillarini egib kitobdan o‘qib berayotgandek aytib berishadi. lekin u narsa kitobdan emasligi aniq. “U Allohdan yuborilgan” deyishadi, ammo Allohdan yuborilmagani aniq. Ular bilib turib Allohga qarshi yolg‘on gapirishadi.” (Oli Imron 3/78)

Munofiq-yahudiylarni asl maqsadlari Muhammad alayhissalomni ham xuddi Iso alayhissalom kabi ilohlashtirishdir. Ularni bu haqdagi olib borayotgan noto‘g‘ri xatti-harakatlarini quyidagi oyatdan bilib olamiz:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لِمَ تَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّـهِ مَنْ آمَنَ تَبْغُونَهَا عِوَجًا وَأَنتُمْ شُهَدَاءُ ۗ وَمَا اللَّـهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

 “Ayting: “ Ey Ahli Kitob! Nima uchun mo‘minlarni Allohni yo‘lidan uzoqlashtirishga urinyapsiz? U yo‘lni to‘g‘ri ekanini ko‘rib bilib turib, nega uni noto‘g‘ri qilib ko‘rsatishga urinyapsiz?[68] Alloh qilmishingizdan xabarsiz emas.” (Oli Imron 3/99)

مَا كَانَ لِبَشَرٍ أَن يُؤْتِيَهُ اللَّـهُ الْكِتَابَ وَالْحُكْمَ وَالنُّبُوَّةَ ثُمَّ يَقُولَ لِلنَّاسِ كُونُوا عِبَادًا لِّي مِن دُونِ اللَّـهِ وَلَـٰكِن كُونُوا رَبَّانِيِّينَ بِمَا كُنتُمْ تُعَلِّمُونَ الْكِتَابَ وَبِمَا كُنتُمْ تَدْرُسُونَ

 “Alloh kitob-u hikmat va payg‘ambarlik bergan bir kishi, insonlarga: “Allohni qo‘yib menga qullik qilinglar” deyishga  haqi yo‘q. Lekin u: “Kitobni o‘qib o‘rganishingiz  orqali Robbingizga qullik qilinglar” deydi.” (Oli Imron 3/79)

Yahudiylarni Musulmonlarga qarshi tuzgan bu yashirincha va ayyorona o‘yinlari ni ko‘rsatib beruvchi oyatlar Payg‘ambar alayhissalomni mana shu so‘zlarni aytishiga sabab bo‘lgan: Mendan hech narsa yozmanglar. Kim mendan Qur’ondan boshqa narsa yozgan bo‘lsa, uni o‘chirib tashlasin. Aytgan gaplarimni og‘zaki tushuntirib berishingiz mumkin, bunda hech qanday muammo yo‘q.”[69]

Abu Bakr va Umar (Alloh u ikkalasidan rozi bo‘lishini so‘raymiz) davrlarida Payg‘ambar alayhissalomni Qur’ondan boshqa aytgan so‘zlarini yozib qo‘yish ta’qiqi davom etib kelgan. Lekin keyinchalik din dushmanlari va fasodchilarni oldi ochilib qolishiga yo‘l qo‘yib qo‘yilgan. Ana o‘sha fasodchilarni merosxo‘rlari ajdodlarini yashirin qilmishlarini hozirgi kunimizda ham davom ettirib kelmoqda. Kunimizdagi eng xatarli va xavfli bo‘lgan kishilar – dindor qiyofasida ko‘rinadigan va ilmli deb bilinadigan munofiqlardir. Bu va bu kabi munofiqlar o‘zlari to‘qib chiqargan xurofot va yolg‘onlarini xalq orasida mashhur bo‘lgan dindor kishilarga nisbat berib xalqga yoyib yuborishga juda usta bo‘lishadi. Bu ishni avvalo Payg‘ambar alayhissalom tirikligidayoq boshlab yuborishgan, avvalo Payg‘ambar alayhissalomga nisbat berilgan hadis va rivoyatlar paydo bo‘la boshlagan, keyinchalik sahobalar va tobeinlarga nisbat berila boshlagan, keyin esa mujtahid deb tanilgan olimlarga nisbat berib yolg‘on va xurofotlar musulmonlar orasida yoyib yuborilgan. Bularning asl maqsadi payg‘ambarlik ishini o‘ldirib yuborishdir. Payg‘ambarlikning asl g‘oya va maqsadi esa butun dunyoga Qur’onni va Qur’onda keltirilgan Allohning sof dinini yoyib tarqatishdir. Munofiqlar Qur’on va Qur’on hukmini oyoq osti qilish va undagi hukmlarni obro‘sizlantirish maqsadida shunday gaplarni to‘qib chiqarishgacha borishgan:

“Kitob (Qur’on) haqidagi so‘ngi so‘zni Sunnat so‘zlaydi, ammo Sunnat haqidagi so‘ngi so‘zni kitob (Qur’on) so‘zlay olmaydi.”

Yuqoridagi so‘zni tobeinlardan bo‘lgan Yahyo b. Abu Kasirga nisbat berishadi.

Mo‘minlarning eng asosiy vazifalari mana shu oyatning hukmiga qat’iy rioya qilishidir:

“Sizlarga Allohni oyatlari tilovat qilinayotgan holda qanday qilib uni ko‘rmaslikka olasiz? Holbuki, orangizda Allohni elchisi/kitobi  bor! Kim Allohni (Allohni kitobini) mahkam ushlasa, hidoyat topgan bo‘ladi.

Ey mo‘minlar! Allohdan qo‘rqib to‘g‘ri /kerakli ravishda o‘zingizni himoya qilinglar,  oxirgi nafasingizgacha musulmon bo‘lib qolinglar.” (Oli Imron 3/101-102)

 

Prof. Dr. Abdulaziz BAYINDIR.

 

[1] Oyatdagi ثم = summa kalimasiga ochiqlovchi xususiyatga ega bo‘lgan ikkinchi jumlani birinchi jumlaga bog‘lagan “hamda” ma’nosi berilgan. Chunki bu kalimasining asl ma’nosi – noziklik bilan bir oraga kelishdir. (Maqoyis)

[2] Mufradot.

[3] Lisanul Arab, SDQ moddasi.

[4] Rasul = رسول – biriga yetkazish uchun yuborilgan so‘z ma’nosida kelgani kabi, birovni so‘zini boshqasiga yetkazib berish vazifasi yuklatilgan kishiga ham aytiladi. (Mufradot) Allohni Elchisi olib kelgan so‘zlar Allohni so‘zlari hisoblanadi. Bu yerdagi rasuldan murod Allohni itobidir.

[5] Isr – kelgusi payg‘ambarga ishonish vazifasidir. So‘ngi payg‘ambar bo‘lmish Muhammad alayhissalom kelishi bilan, bu isr vazifasi yakun topgan. Chunki Muhammad alayhissalomdan keyin boshqa payg‘ambar kelmaydi. Isr haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: (A’rof 7/157)

[6] Tavrotdagi ifodalar aynan shunday: “Ularga akalari (Ismoil o‘g‘illari) orasidan sen kabi bir payg‘ambar chiqaraman. Meni sozlarimni uni og‘zidan eshitasizlar. Unga yetkazgan so‘zlarimni barchasini ularga bildiradi. Meni nomimdan gapirgan bu payg‘ambarni olib kelgan so‘zlarni eshitmagan kishini Men O‘zim jazolayman.” Tavrot, Tasniya 18: 18, 19.

[7] Qarang: A’rof 7/163-166.

[8] Oli Imron 3/48-79; Niso 4/54; Moida 5/110; An’om 6/89; Josiya 45/16.

[9] Baqara 2/129, 151, 231; Oli Imron 3/164; Niso 4/113; Juma 62/2.

[10] Tahzibul Lug‘a. 7-j, 181-182- s.

[11] Ilk qibla Ka’badir. Baytul Maqdisga hz. Dovud alayhissalom davrida almashtirilgan. (2 Samuel, 24/16-25)

[12] Yahudiylar Quddusdagi Sulaymon Ibodat xonasiga, ya’ni Baytul Maqdisga, Xristianlar esa Sharq tarafqa yuzlanadi.

[13] Tojul Arus, HRF moddasi.

[14] Lisanul Arab, عصو moddasi.

[15] Tafsiriy ma’no berilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun A’rof 7171 oyatiga qarang.

[16] Arab adabiyotida iltifot san’ati degan bir qoida bor. bu qoidaga ko‘ra, tushuntirilmoqchi bo‘lgan mavzuni jonli saqlab qolish va mavzuni qanchalik muhim ekaniga urg‘u berish uchun ba’zan birinchi shaxsdan uchinchi shaxsga, yoki ikkinchi shaxsdan birinchi shaxsga kutilmagan bir holatda o‘tib ketadi. Agar buni O‘zbek va boshqa Turkiy tilli millatlar tiliga shu holaticha tarjima qilib qo‘yilsa, tushunish va ma’no oqishini oson anglash bir oz qiyin bo‘lib qoladi.

[17] Tahzibul Lug‘a, 1-j, 363- s; Qurtubiy Tafsiri, 2-j, 57-s; Muhammad Rashid Rizo, Minor Tafsiri, 5-j, 115-s.

[18] Mufradot صوم moddasi.

[19] Otash deya tarjima qilingan kalima arab tilida nor deyiladi. Bu kalima nakra holatida keltirilgani sababli unga jahannam deya ma’ni bera olmadik. Allohni chegaralarini buzgan kishilar bu dunyoda ham o‘zlarini yoqib kuydiradilar. Bu holat jismoniy yoqish bo‘lishi ham mumkin, ma’naviy bo‘lishi ham mumkin.

[20] Mufradot, عدد moddasi.

[21] Yana boshqa oyatlar Baqara 2/80; Hud 11/8- oyatlardir.

[22] Bu oyatda هي شهر رمضان shaklida taqdiriy mubtado bor.

[23] Qur’on – oyatlar birlashmasi, oyatlar jamlanmasi degani. Amazon oyi bu nom bilan nomlanishini sababi, Qur’on oyatlarining ilk nozil bo‘lishi Ramazon oyida boshlangani sabablidir.

[24] Bu oyatdagi Furqon Furqon surasining 1- oyati sababli “val-furqonu” deya noibi ma’no berilgan.

[25] Atf harfi bo‘lgan vov = و harfiga “birgalikda” deb ma’no berishimizni sababi – ikkita narsani birlashtirish = مُطلق الجمع bo‘lganligidir.

[26] Kufr – yopish, kofir- bilib turib yopgan degan ma’nolarni bildiradi. Bu jumlani eng to‘g‘ri bir shaklda ifoda qilib bergan so‘z “ko‘rmaslikda tirangan” so‘zidir.

[27] Al-Ayn.

[28] Mufradot, رسل moddasi.

[29] Agar Alloh farzand bo‘lishni oldindan belgilab qo‘ygan bo‘lganda edi, bu yerda “talab qilaveringlar” degan bo’larmidi? Mana shu sababli va iltifot san’ati sababli “yozadigani” deya tarjima qildik.

[30] Fajr – kechani oxirida quyoshdan ufqqa taralgan yengil bir qizillikdir. (Lisan)

[31] Agar Alloh “kechgacha” demasdan quyosh botguncha deganida edi, oylab quyosh botmaydigan taraflarda namoz va ro‘za vaqtlari haqida insonlar muammoga duch kelib qolishgan bo‘lardi.

[32] Nasoiy, Siyom 29.

[33] Buxoriy, Sovm 15.

[34] Lisanul Arab, عشا moddasi.

[35] Qur’onga ko‘ra namoz vaqtlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qarang: http://www.musulmonlar.com/?p=3147

[36] Abul Qosim Mahmud b. Umar az-Zamaxshariy (vf. 538/1144)

[37] Buxoriy, Sovm 39.

[38] Az-Zamaxshariy, Kashshof 1-j, 252-s.

[39] Kashshof 1-j, 252-s.

[40] Mufradot طوق moddasi.

[41] Mufradot, فدي moddasi.

[42] Abu Dovud, Zakot 18.

[43] So‘ 3920 gr. Og‘irligidagi bir o’lchi birligidir.

[44] Buxoriy, Zakot 77.

[45]Baqara surasi 59 va Furqon surasi 1-oyatlarga ko‘ra, bu oyatdagi “furqon” kalimasiga noibi foil shaklida ma’no berilgan.

[46]Qur’on oyatlari ikki qismga bo‘linadi; muhkam va mutashobih. Muhkam oyatlar ona oyatlar deyiladi. Qur’onni nozil etilishini Ramazonga nisbat berilishini sababi shuki, Qur’on – bir nechta oyatni bir oraga keltirilishi va to‘lanishidie. Demak Qur’ondagi ilk oyatlar Ramazon oyida nozil bo‘lganini bildiradi.

[47]Bu takbirlar bayram takbirlaridir. Nabiyimiz alayhissalom Ramazon va qurbon bayramlarida ayollarini va qizlarini namoz o‘qiladigan maydonga olib chiqar edi va barcha ayollarni chiqishini buyurar edi. (Buxoriy, lydayn 15, 20, Hayz 23, Solat 2, Hajj 81; Muslim, Iydayn 10-890) Bayram namozları, shu takbirlar uchin o‘qiladi. (Qarang: Haj 22/37)

[48] Buxoriy, Sovm 29.

[49] Ibn Qudoma, al-Maqdisiy, al-Mug‘ni 3-J, 51-S.

[50] al-Mug‘ni, 3-j, 58-s.

[51] Buxoriy, Sovm 30.

[52] Roviy bu ishini Ibn al-A’lo al-Bayodiy ekanini aytadi.

[53] Vasq – 60 so‘, ya’ni 62400 dirham og‘irligidadir. (Qomus 4-j, 126.)Shar’iy dirham 2.975 gr bo‘lgani uchun bir vasq 185 kg. 640 gr. bo‘ladi. bu 60 ga bo‘linsa har bir kishiga 3 kg. 10 gr. dan to‘g‘ri keladi. Bu miqdor esa kunlik yemoq-ichmog‘i bo‘lmagan kishini bir kunli ehtiyojini qondiradi.

[54] Ahmad b. Hanbal 4/37.

[55] Al-Mug‘ni 3-j, 83-s.

[56] Oyatdagi المحيض kalimasi ham oy ko‘rish va hamda nifos qonini bildiradi. Chunki Arab tilida yangi farzand ko‘rgan ayolga ham hayzli ayol deyiladi. (Maqoyis)

[57] Odatli vaqtida ayollar bilan jinsiy munosabatda bo‘lishdan qaytargan jumla bundan keyingi jumladir. Bu oyat esa, ayollarni ma’nan taziq va ruhiy bosim o‘tkazmaslikka buyuradi.

[58] Ayollarga faqatgina old avrat yeridangina yaqinlashish mumkin. (Mr. Baqara 2/187)

[59] Ekinzor – undan hosil olinadigan joydir. Demak, farzand kutiladigan yerga aloqa qilish sharti bilan xohlagan shakda yaqinlik qilish mumkin.

[60] Dehqonlar hosildorlik yaxshi bo‘lishi uchun yaxshi va unumli yer tanlaydi, uni parvarishlab, ekin ekishga va mehnatini samarasi bo‘lgan hosilni olishga tayyorgarlik ko‘rishadi, sizlar ham farzandlaringizni onasi bo‘ladigan ayollarni oldindan tanlab, ularni yaxshilab tarbiyalab va parvarishlab olinglar. Baxtli va o‘rtalarida mehr-muhabbat bo‘lgan oilaning asosiy maqsadlaridan biri bu farzand ko‘rish bo‘lishi kerak.

[61] Muslim, Hayz 16 (302); Abu Dovud, Tahorat 258.

[62] Harura – Siffin jangida Alidan ayirilgan Xavorijlar to‘plangan yerdir. (Xorijiylar, DIA 16-j, 169-175- s.)

[63] Muslim, Hayz 67.

[64] Kitobul Ayn, Tojul Arus, Lisanul Arab, as-Sihoh, al-Misbahul Munir, قضي moddasi.

[65] Ibn Taymiya, Majmaul Fatovo Taymiya, 1-nashr, 12-j, 106-s.

[66] Ahmad b. Muhammad al-Fayyumiy, al-Misbahul Munir, Lubnon 2001, 519-s.

[67]Bular Muhammad alayhissalom Allohning Payg’ambari ekanini bilishar edi, ammo bu haqda boshqalar bilishini xohlamas edi.

[68] عوج = avaj va ivaj egilib-bukilish degan ma’nolarni bildiradi. Musulmonlarga qurilgan turli-tuman tuzoqlardan qutulish va yangidan-yangi makr-xiylalarga yengilib qolmasligimiz uchun Allohning kitobini mahkam ushlashimiz va ogoh bo‘lishimiz kerak.

[69] Muslim, Odob 32.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: