Musulmonlar
Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar

Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar

  Vasila va vosita qilish e’tiqodi

Hristianlardagi vasiylachilik e’tiqodi yetarlicha ochiqlandi. Aynan unga o’xshash yana bir e’tiqod, ba’zi tariqatlarda ham bor ekanini ko’rsatishga harakat qilamiz. Aslida, o’rganib chiqqan tariqatlarning barchasida vasiyla va vositachilik e’tiqodi to’laligicha o’rin olganini ko’rdik. Tariqatlarni hammasini ham o’rganib chiqolmaganimiz bois, shu uslubdan foydalanishni munosib ko’rdik. Tariqatlardagi vositachilar – Hristianlarda va Taoizmlardagi ishonch va e’tiqod tuzilmasi bilan bir hil bo’lib chiqdi. Bu tuzilmani shu shaklda qiyoslashimiz mumkin:

Bu ko’rinish – o’rganib chiqqan tariqatlarimizdagi vasilachilik e’tiqodi

Allohni tanitishda muammo yo’q. Muammo, Alloh bilan bo’ladigan munosabatlarda o’rtaga chiqadi. Alloh taolo shunday mahramat qiladi:

وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

“Insonni biz yaratganmiz. Unga shox tomiridan (nerv hujayralarining uchlaridan) ham yaqinmiz. Ichi unga nimani visirlaganini ham bilamiz.” (Qof 50/16)

وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ

”Qullarim meni so’rasalar – men ularga yaqinman. Menga duo qilganni duosiga javob beraman. Ular ham menga javob bersinlar; menga ishonsinlar. Balki yetuklasharlar.” (Baqara 2/186)

Biz o’rganib chiqqan tariqatlar (firqalar), Alloh taolo odamlarning shoh tomirlariga yaqin ekaniga va ichiimizdagi narsalarni ham bilishiga ishonishadi. Hristianlarga ko’ra ham Alloh insonlarga yaqindir[1] va har narsani biladi,[2] yuraklarning tub-tubigacha kira oladi.[3] Taoistlar ham, Aloh hamma narsani ko’rib turishini va barcha ishlarda insonlar bilan birga ekanini biladilar.[4] Bunday bo’lishiga qaramay, ularning hammasi oraga vositachilar qo’yishadi va u orqali Allohga yetishmoqchi bo’lishadi. Biz ko’rgan tariqatlarda vositachi qilib olinganlar shulardir:

 1 – Haqiyqati Muhammadiyya

Tariqatlarga ko’ra, Haqiqati Muhammadiyya butun borliqni yaratilish sababchisi va boshlanishidir. U bilan Alloh ayni haqiqatning oldi va orqa taraflaridir. Allohdan boshqa hech narsa yo’qligida haqiqati Muhammadiyya bor edi, har bir boqliq u uchun va undan yaratilgandir. U – nabiylarning va avliyolarning laduniy va botiniy ilmlarini olgan bulog’idir.[5]
Haqiqati Muhammadiyya – Katoliklardagi Iso ishonchi va Taoizmlardagi Te ishonchining aralashtirmasi kabidir. Ba’zi Hristianlar “Iso Allohdir” deyishadi. Haqiqati Muhammadiyya ishonchida ham “Muhammad Alohdir” ma’nosini anglatuvchi so’zlar ishlatiladi.

   2 – Insoni Komil

Insoni Komil Haqiqati Muhammadiyyaning boshqa bir nomidir. Tariqatlarga ko’ra u Muhammad alayhissalomdir, ammo uning tarixiy shaxsiyati emas, Odam hanuz qurigan loy holatida ekan nabiy bo’lgan Muhammaddir. U borliqning va yaratilishning g’oyasidir. Zero, ilohiy iroda uning vositachiigi orqali amalga osiriladi. Agar Insoni Komil bo’lmasa, Alloh tanilmas edi. Insoni Komil – moddiy ma’naviy barcha yetuklik maqomlarini qamrab oladi. Uning qalbi Arshga, o’zligi Kursiga, maqomi Sidrai muntahoga, aqli Kalomi A’loga, nafsi Lavhul mahfuzga, tabiati anosiri arba’aga bog’liqdir.[6]
Aytishlariga qaraganda: “Insoni Komil olamda doimo bordir, bittadan boshqa bo’lmaydi. Insoni Komil uchun mulkda, malakutda va jabarutda hech narsa sirli emasdir. U narsalarni va narsalarning hikmatini to’laligicha biladi…” “Bu haqiqat, har davrda farqli nom va farqli suratlarda nabiy yoki valiy bo’lib o’rtaga chiqadi.”[7]
“Mulkda tasarruf” – Allohga tegishli vakolatlardan foydalanishdir. Malakut ham yol’g’iz Allohga xos mulk deganidir.[8] Jabarut esa – ma’no olamidagi va ko’klardagi hokimiyatga ega degan ma’noni bildiradi.[9] Har tariqat o’z shayhini insoni komil deb biladi.

         Fathulloh Gulen shunday deydi: “Allohning ishlarini, ismlarini, sifatlarini, hatto Allohning zotiga tegishli bo’lgan sihlarning porloq oynasi demakdir. Aqlingizga “Inson emasmizmi?” degan savol kelishi mimkin; faqat potansial inson bo’lish boshqa narsadir, kishining butun iste’dod va qobiliyatlari bilan Alohga yaqinlashib insoni komil bo’lish bom-boshqadir.[10] Insoni Komil – butun borliqlar va undagi voqealar bilan aloqasi borligi va ularga aralashishi tufayli yeryuzida Allohning to’liq bir xalifasidir. U Haqning ko’rgan ko’zi, eshitgan qulog’i, ushlagan qo’li bo’lish sharafiga muyassar bo’lgan. Rahm-shafqatga, himoyaga muhtoj bo’lgan hamma insonlarni ona kabi o’z bag’riga bosguvchi marhamatli insonidir. …  Butun insoniyatga rahbar, yo’l ko’rsatuvchi, hodiy (to’g’ri yo’lga soluvchi), mahdiy, ogohlantiruvchi va xushhabar beruvchirid. … Uni ko’rgan Haqni ko’rgan bo’ladi, unga ergashgan Haqqa qullik qilgan bo’ladi. … Insoni komil odatda butun borliqning aqli, qalbi va ruhi kabidir, usiz hech narsa to’g’ri anglashilmaydi, hech bir ilm ma’rifatga aylanmaydi va hech narsaning hayotiy sirlari to’liq his etilmaydi.”[11]

Bularga ko’ra insoni komil hosho –  Allohning suvakka et qoplangan shaklidir. “Said Nursiga” munosib ko’rilgan bunday g’oyri insoniy xususiyatlar va ilohiy sifatlari haqidagi mavzuga takroran qaytamiz.

Tariqatlar insonlarni sinflarga ajratishadi. Sirlarini bilganlarga havassul havos, ozroq ma’lumotga ega bo’lganlarga havos, boshqalariga esa avom deyishadi. Bilamiz deb da’vo qilayotgan sirru sinoatlari – mutlaqo to’qib chiqarilgan afsonaviy safsatadan iboratdir xolos. O’zlarini dindor deb ko’rsatib va Alloh bilan doimiy aloqada ekanini da’vo qilib, insonlarni o’zlariga qul va mute’ qilib olmoqchi bo’ladilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّنِ ٱفۡتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوۡ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمۡ يُوحَ إِلَيۡهِ شَىۡءٌ۬ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثۡلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ‌ۗ وَلَوۡ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّـٰلِمُونَ فِى غَمَرَٲتِ ٱلۡمَوۡتِ وَٱلۡمَلَـٰٓٮِٕكَةُ بَاسِطُوٓاْ أَيۡدِيهِمۡ أَخۡرِجُوٓاْ أَنفُسَڪُمُ‌ۖ ٱلۡيَوۡمَ تُجۡزَوۡنَ عَذَابَ ٱلۡهُونِ بِمَا كُنتُمۡ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيۡرَ ٱلۡحَقِّ وَكُنتُمۡ عَنۡ ءَايَـٰتِهِۦ تَسۡتَكۡبِرُونَ   وَلَقَدۡ جِئۡتُمُونَا فُرَٲدَىٰ كَمَا خَلَقۡنَـٰكُمۡ أَوَّلَ مَرَّةٍ۬ وَتَرَكۡتُم مَّا خَوَّلۡنَـٰكُمۡ وَرَآءَ ظُهُورِڪُمۡ‌ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمۡ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمۡتُمۡ أَنَّہُمۡ فِيكُمۡ شُرَكَـٰٓؤُاْ‌ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيۡنَكُمۡ وَضَلَّ عَنڪُم مَّا كُنتُمۡ تَزۡعُمُونَ    

“Uydurgan yolg’onini Allohga to’ngagan yoki unga hech narsa vahiy qilinmagan bo’lsada “menga vahiy qilindi” degan yoki: “Alloh nozil qilganidek men ham nozil qilaman” degan gapni gapirgandan ko’ra kattaroq haqsizlikni (xato-gunoh-jinoyat) kim ham qila oladi? O’limning barcha oqibatlari oshkor bo’lganda, u yovuzlarni holini bir kor’sasng edi; farishtalar ularga qo’llarini uzatib shunday deydi: “Ruhlaringizni chiqaring – bugun xo’rlangan holda jazolanasizlar. Bu jazo – Allohga qarshi noto’g’ri gap gapirganingiz uchun va o’zingizni katta tutib uning oyatlaridan uzoqlashganingiz uchundir.”

“Alloh tarafidan ularga shunday deyiladi: “Sizga bergan narsalarimizni ortta qoldirib, ilk bor yaratganimizdek bittama – bitta oldimizga keldingiz.      Sizga aloqador bo’lgan ishlarda sizlarga sherik bo’ladi deb bilgan shafoatchilarizni ham yoningizda ko’rmayapmiz. Oralaringiz ochiq, endi xayol qilgan narsalaringiz sizdan uzoq bo’lib yo’q bo’ldilar” ( An’om 6/93-94)

  3- Qutbul irshod

Imomi Rabboniyga ko’ra, Qutbul irshod juda ham oz topiladi. Uzun zamonlar va asrlar so’ngra o’rtaga chiqadi, hidoyat va zuhurining nuri bilan qorong’u  jahonni oydinlashtiradi. Arshdan to yer yuzigacha bo’lgan hammaga rushd, hidoyat, iymon va ma’rifat kelgan bo’lsa, demakki u orqali kelgandir va undan olingandir. Uning vositasi bo’lmay bu davlat hech kimga nasib bo’lmaydi. Uning nuri bamisoli buyuk bir okean kabi butun jahonni qamragandir, ammo bu okeanda biron bir harakat maydonga kelmagan go’yoki muzlatilgandek turibdi. Unga yuzlangan va unga samimiyat bilan ishongan, yoki u yo’nalgan tolibning –yo’nalish asnosida – go’yo qalbidan bir tuynuk ochiladi va bu yo’ldan – yo’nalishi va samimiyatiga yarasha – nasiba oladi va to’yadi. Inkor etgani uchun emas, balki uni tanimagani – bilmagani uchun, (to’g’ridan to’g’ri) Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lgan va qalbini Allohga burgan kishi ham huddi u qutbga yo’nalganlardek undan istifoda oladilar, ammo avvalgi holatdagi istifoda ziyodaroqdir. “Qutbni inkor qilgan yoki undan bezovta bo’lganlarga kelsak, ular Alohni zikri bilan mashg’ul bo’lsalar ham haqiqiy hidoyat va rushtdan mahrum bo’ladilar. Uni inkor qilish va bezovta qilish kishining fayz yo’llarini to’sib qo’yadi. Qutb uni foydalanmasligini, unga zarar berishni xohlamasada, u haqiqiy hidoyatdan uzoq qoladi. Unda bo’lgan narsa faqatgina rusht va hidoyatning ko’rinishidir (suratidir). Ma’nodan uzoq va ichi bo’sh suratning foydasi ham ozdir. U qutbni sevgan va unga samimiy ishongan kishilar, unga qalblari bilan yo’nalmasalar, Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lmasalarda, faqatgina unga bo’lgan muhabbatlari sababli rusht va hidoyatning nuridan bahramand bo’ladilar.”[12]
Demak, Qutbi irshod deyilgan shaxsni inkor etgan kishi, Allohni zikri bilan mashg’ul bo’lgan taqdirda ham, haqiqiy rusht va hidoyatdan mahrum bo’lar ekan. Uni sevgan va unga qalbdan ishongan kishi esa, Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lmasa ham rusht va hidoyatning nuriga muyassar bo’lar emish. Bular, ochiqdan ochiq Allohga bo’hton va iftirodir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللّهِ كَذِبًا  أُوْلَئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَى رَبِّهِمْ وَيَقُولُ الأَشْهَادُ هَؤُلاء الَّذِينَ كَذَبُواْ عَلَى رَبِّهِمْ  أَلاَ لَعْنَةُ اللّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ
الَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا  وَهُم بِالآخِرَةِ هُمْ كَافِرُون  أُولَئِكَ لَمْ يَكُونُواْ مُعْجِزِينَ فِي الأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ اللّهِ مِنْ أَوْلِيَاء  يُضَاعَفُ لَهُمُ الْعَذَابُ مَا كَانُواْ يَسْتَطِيعُونَ السَّمْعَ وَمَا كَانُواْ يُبْصِرُونَ  أُوْلَئِكَ الَّذِينَ خَسِرُواْ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ لاَ جَرَمَ أَنَّهُمْ فِي الآخِرَةِ هُمُ الأَخْسَرُونَ  إِنَّ الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ وَأَخْبَتُواْ إِلَى رَبِّهِمْ أُوْلَئِكَ أَصْحَابُ الجَنَّةِ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ   مَثَلُ الْفَرِيقَيْنِ كَالأَعْمَى وَالأَصَمِّ وَالْبَصِيرِ وَالسَّمِيعِ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلاً أَفَلاَ تَذَكَّرُونَ

“Allohga qarshi yolg’on to’qigandan ham zolimroq kim bor? Ular Robbisining huzuriga chiqariladilar va guvohlar shunday deydi: “Manashular Robbisiga yolg’on uydurganlardir.” Bilinki, Allohning la’nati o’sha zolimlar uzradir.
Ular, Allohning yo’lidan to’sgan va unda bir ergilik qidirganlardir.
Ular, yer yuzida hech kimni chorasiz holga qoldira olmaydilar. Alloh bilan o’zlarini o’rtasiga tushadigan do’stlari ham bo’lmaydi. O’sha azob ular uchun ikki barobar qilib oshiriladi. Ular seni tinglashga ham kuchi yetmaydi, haqiqatni ham ko’rolmaydi.
Ular o’zlarini qadr – qiymatini bilmaganlardir. Uydurgan narsalari ham yo’q bo’lib ketadi.
Albatta, oxiratda ham o’zlarini halok qiladiganlar, ana o’shalardir.
Albatta, iymon keltirganlar, yaxshi amallar qilganlar va Robbisiga ich-ichidan bo’yin egkanlar bor-u, aynan o’shalar jannat xalqidir. Ular u erda abadiy qoladilar.
Bu ikki qismning holati, ko’r – kar bilan ko’radigan va eshitadigan kabidir. Bular teng bo’la oladilarmi? (Yetar endi) Bilimlaringizni ko’zdan kechirmaysizlarmi?” (Hud 11/18-24)


4- Rijalul G’oyb

Bular, shaxsiyatlarini yashirilganiga ishonilgan va qutb, g’ovs, avtod, ravosiy, nuqabo va nujabo nomi berilgan shaxslardir. Bu atamalar shu ma’nolarda ishlatilgan:

   5- Qutb

Qutb – eng katta avliyo degan ma’noda ishlatiladi. Tariqatchilarga ko’ra: eranlarning boshi va Allohning izni bilan koinotni tasarruf etuvchi kimsalardir. Ya’ni, olamni boshqarish vakolatiga egadir.

  6- G’ovs

G’ovslar – tariqatchilar muammoga tushib qolganda yolvoradigan va yordam so’rab iltijo qiladigan qutblardir. Muammoga tushib qolgan So’filar: “Himmat yo G’avs”, “Madad yo Ga’vs” deb G’ovsga sig’inadilar. G’ovs deb tanilganlar, asmo va sifoti ilohiyga mazhar bo’lganlar deb ta’riflanadilar. Ya’ni, Allohning ism va sifatlarini ular orqali o’rtaga chiqargani ishonadilar. Abdulqodir Giyloniy “Govsi A’zam – eng katta g’ovs” laqabi bilan mashxurdir.

    7- Revosiy

Revasiy – tog’lar, avtod – ustunlar ma’nosini anglatadi. Ularga ko’ra falokat vaqtida qullar avtodlarga, avtodlar revosiylarga yo’naladilar. Ravosiyni esa qutb boshqaradi.
Qutbdan keyingi maqomda turuvchi ikki kishiga “imomon” deyishadi. Bulardan biriga “imomi yamin”, boshqa biriga “imomi yasir” nomi beriladi. Imomi yamin (o’ng tomondagi imom) qutbning hukmlariga ega deb, imomi yasir (cap tarafdagi imom) esa qutbning haqiqatiga mazhar deb bilishadi. Ya’ni, bittasi qutbning qarorlarini, boshqasi esa haqiqiy yo’nalishini biladi deyishadi. Qutb vafot qilishi bilanoq o’rniga imomi yasar o’tiradi. Qutb bilan birgalikda ikki imom uchligi hosil bo’ladi.
Bulardan boshqa, 8 yoki 40 ta bo’lgan “nujabo” bilan birgalikda 10 yoki 300 ta bo’lgan “nuqabo” bor ekani va ular insonlarning ichki dunyosidan xabardor ekaniga ishonishadilar.[13]
Bunday ishonch- e’tiqod – Qur’oni Karim kufr va shirk deb bildirib, undan man’ qilib qaytargan narsalardir. Musulmonlar namozlarining har rakatida:

إِيَّاكَ نَعْبُدُ وإِيَّاكَ نَسْتَعِينُ

“Yolg’iz Senga qullik qilamiz va yolg’iz Sendan yordam so’raymiz” (Fotiha 1/5)
…deb zehnlarini jonli saqlab qoladilar-ki, bunday ahvolga tushib qolmasinlar.

    8- Tariqat shayxi

Tariqatb shayxi har narsadir. U – ham insoni komildir va ham haqiqati Muhammadiyga vakilik qiladi, ham qutbdir va ham g’ovsdir. Murid- Alloh bilan o’rtasidagi ishlarni shayxining vositasi orqaligina hal bo’ladi deb o’ylaydi.[14] Tariqatlarda muridlarni nafsini o’ldirish atamasi ostida pastga urilib xoru zor qilinadi. Aytadilarki: “Murid shayxining oldida, g’assol oldidagi o’lik kabidir.”[15]

Alloh – mushaxxas ya’ni ko’zda ko’riladigan va qo’lda ushlanadigan narsa emasdir. Tariqatga ko’ra Allohni ongli ravishda qamrab olish uchun inson zehniy va ma’naviy zichlashmasini ta’minlab turuvchi mushahhas bir narsaga muhtoj bo’ladi. Tasavvufda bu obyekt – Alloh taoloning mukammal tajallilarining mazhari hisoblangan “insoni komil” tushunchasidagi shayxdir. Ya’ni, murid – Allohga qanday qullik qilishi kerak bo’lsa,- huddi shunday holda avval shayxiga qul bo’lishi va uning bu qullik imtihonidan o’tishi kerak. Buni amalda oshirib davomli saqlab qolish uchun robita degan sistem zarur deb bilingan. “…Solik (murid) avvalo insoni komil bo’lgan shayxga, orqasidan Rosulga, undan so’ng Allohga qalbini bog’lashi kerak va bu holatda huzuri qalbga erib fano fillahga erishishi kerak” deyishadi. Chunki robitani Alloh bilan yolg’iz qolish maqsadida bajaradilar.”[16]

Ularga ko’ra: “muroqoba va tavajjuhda davom etgan kishiga vazorat ya’ni vazirlik berilar emish. Bunga ega chiqqan kishi, mulk va malakutda qulaylik bilan boshqarishni boshlaydi (hosho Allohning vakolatiga ega chiqadi), qalblardan o’tgan narsalardan xabardor bo’ladi. Qalblarni hidoyat nuri bilan oydinlatish ham uning qo’lidan keladi.”[17]

Tariqatchlarga ko’ra: “Shayxning nazari qalb kasalliklariga shifodir. Yuzini ko’rsatishi esa, ma’naviy kasalliklarni ketkazadi. U – aytib o’tilgan yetukliklarning sohibi, zamonning imomi, zamonning xalifasidir. Qutblar va badallar uning soyasida yetishib yashaydilar. Avtod va nujabo – uning kamolot dengizidan oqib kelgan bir qatradir. Uning irshodi quyosh kabidir. O’zi istamagan holatda har narsaga fayzini yog’diradi…”[18]

 

Robita qilgan murid, shayxidan boshqa barcha narsadan aloqasini uzib, qalbida faqatgina unga joy ajratishi lozim.[19] U, shayxini suratini peshonasini oldida hayolan tasavvur qiladi, so’ngra uni qalbining ichiga kirgizadi,  o’zini yo’q deb shayxini esa bor deb tasavvuriy his etadi.[20] Biri sharqda va biri g’arbda bo’lsa ham, shayxining ruhoniyati, robita orqali tarbiya qiladi va Allohga yetishtiradi.[21]
Tariqatchilarga ko’ra haqiqiy shayx, murid bilan Alloh o’rtasida vositachidir. Undan yuz o’girmoq Allohdan yuz o’girmoqdir.[22] Murid ishonadiki, shayxini qayerda hayoliga keltirsa shayxining ruhoniyati o’sha yerda hoziru nozir bo’ladi. Yana shunga ham ishonadiki, shayxining ruhoniy tasarruflari Allohning tasarruflaridir.[23]
Organib chiqqan tariqatlarimizga ko’ra shayx, to’laligicha Allohning o’rniga qo’yilgan ekan. Cherkovda ham papaz shunday maqomda. Bunday ochiq va maxfiy bo’lgan shirkdan Alohga sig’inish kerak.

Bu tariqatlarga ko’ra, “murid shayxi buyurgan barcha ishlarini zudlik bilan so’ssiz bajarish kerak. Aslo biron bir ta’vilga yoki kechiktirishga yo’l qo’yilamsligi kerak. Zero, ta’vil va ta’xir – yo’lga to’g’onoq bo’luvchilarning eng kattasidir.”[24]
“Solik murshidining yonida bo’lsin hoh uzoqda bo’lsin, uning rizosini topadigan yo’lda davom etishi kerak. Murshidi nimalardan ko’ngli shod bo’lishini bilishi va unga ko’ra harakat qilishi kerak.”[25]

Islomga uzoq-yaqindan aloqasi bo’lmagan bunday  da’volarini shunday davom etadilar: “Murshidlar  -Alloh taoloning mavjud bo’lgan maqomida bo’ladilar, xulosa shuki: Alloh taoloni zikrdan hosil bo’ladigan foydadan, bu zotlarni ko’rish bilan bir hil foyda ko’radi. Allohning Elchisiga mutlaqo ergashishni, bu komil shyxning sevgisi bilan bir hil deb bilish kerak.”[26]
Bu narsalar – bironta ham dalilga asoslanmasdan ba’zi kishilarga qul bo’lishdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ اللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِ عِلْمٌ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِن نَّصِيرٍ

“Allohdan avval, u haqida ochiq bir hujjatga ega bo’lmagan va o’zlarida ham bironta ma’lumot bo’lmagan narsalarga qullik qiladilar. Zolimlarganing yordamchisi bo’lmaydi.”  (Haj 22/71)

Xulosa qilib aytamizki: Qur’oni Karimda “min duvnillah” – “Allohning duvnidan” jumlasi keltirilgan joylarning katta qismi, vositachi deb bilingan tangrilarga loyiq ko’rilgan joydir. Yuqoridagi  da’volar, u vositachilarni qanday hayoliy vakolatlar bilan sifatlangani va ilohiy sifatlarni munosib ko’rilganini ochiqlab bermoqda.

[1]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 206.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 208.

[3]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 2766.

[4]     Tümer, Kuchuk, a.g.e. s. 63.

[5]     Mehmet DEMİRCHİ, “Haqiqati Muhammadiyya”, DIA, c. XV, s. 179-180.

[6]     Hasan Komil YILMAZ, Insonı Komil, Altınoluk Macmuası, Iyul 1996, son, 125; s. 31.

[7]     Hasan Komil YILMAZ, a.g.e, s. 31.

[8]     Rag’ıb al-Isfahoni, Mufradot, ( ملك ) moddasi.

[9]

[10]     http://www.herkul.org/herkul-nagme/278-nagme-her-sey-senden-sen-ganisin/

[11]     Fathulloh Gulen, a.g.e. c. II, s. 296-310.

[12]     Imom Rabboni, al-Maktubot, Arapcha nusxa, tarix va yer yo’q, c. I, s.254, 260.

[13]     Hasan Komil YILMAZ, Altınoluk Majmuası, Dekabr 1995.

[14]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, (Tarjimon: Abdulqodir OQCHİCHEK), Istanbul, 1396/1976. s.

[15]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 173.

[16]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 173.

[17]     Muhammed b. Abdulloh Hani, Adâb, s. 268.

[18]      Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 238.

[19]     Sadık Dona, Altınoluk Suhbatlari I, s. 39-40.

[20]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 239-242.

[21]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 239-242.

[22]     Muhammed b. Abdulloh Honi, Adab, s. 244.

[23]     Muhammed b. Abdulloh Honi, Adab, s. 239-242.

[24]     Muhammed b. Abdulloh Honi, Adab, s. 172, 173.

[25]     Sodıq Dona, Altınoluk Suhbatlari I, s. 41-42. Matn soddalashtirilgan.

[26]     Muhammad b. Abdulloh Honi, Adab, s. 235.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: