Musulmonlar
O’likdan yordam so’rash

O’likdan yordam so’rash

 O’likdan yordam so’rash

Hristianlar o’lib ketgan dindorlaridan yordam so’rashadi. Aynan shu ishni bir qancha tariqat va jamoatlar ham qilishmoqda. Ular ham, o’lib ketgan dindorlaridan yordam so’rash, ularni vositachi va shafoatchi qilish uchun qabrlarini ziyorat qilishni, ularga atab qurbonliklar so’yishni dinning bir bo’limi deb o’ylaydilar.

1 – Katoliklarni O’likdan Yordam So’rashi

Papa 2- Jean Paul, Maryam Onani vositachi qilib shunday duo qiladi:

“Inson bo’lmish so’zning (Iso alayhissalomning) Onasi va Cherkovning Onasi bo’lgan, juda ham muqaddas va Bokira Maryamga, Cherkovning yangicha Hristianlashtirish harakatida chaqirilgan shu vaqtda, barcha Cherkovlarning butun maqomlarida diniy darslar olib borishda kuchli vositachiligi bilan yordam berishi uchun duo qilyapman.”[1].

Asirlar ilgari o’lgan Maryamni yordamga chaqirgan Papa, unga kuchli vositachiligi bilan yordam berishiga ishonganiga ko’ra,  Maryam uni taniganiga va duosini eshitkaniga ham ishongan bo’lishi kerak albatta. Bunday holatda, Maryamga bir qancha ilohiy sifatlar va xususiyatlar nisbatbergan bo’ladi. Bular – hayot, ilm, sam’, basar, iroda, qudrat va shu kabi sifatlar.

Hayot – tiriklik degani. Katoliklarga ko’ra aybsiz va bokira Maryam, yer yuzidagi hayotini tamomlagandan so’ng,  gunoh va o’limni yengigan Roblarning Robbi bo’lgan O’g’liga yanada loyiq bo’lishi uchun ruhi va badani bilan samoga chiqarildi. Rob tarafidan tabiatning qirolichasi etib tayinlandi. Maryam Onani samoga chiqarilishi, O’g’lining tirilishida noyob ishtiroki va boshqa Hristianlarning tirilishini tezlashtirishdir.[2]
Maryam Onani tabiat qirolichasi deb da’vo qilingan sifati, uni dunyo turguncha tirik qolish degani bo’lib chiqadi. Qayta tirilish jarayonida uning hissasi bor deb bilish esa, uni qiyomatgach ham o’lmaydi deb bilish bo’ladi. Qiyomatdan kegin o’lim yo’qligiga ko’ra, Katoliklar uni mutlaqo o’limsiz deb hisoblashlari bilindi. O’limsizlik Allohga xosdir. Maryamni ham o’limsiz deb bilish, uni Allohga sherik qilishdir.

Ilm – bilish va qamrash degani. Insonda ilm sifati bor lekin, Vatikanda turgan bir inson, Maryamni vositachi qilib chaqirganiga ko’ra, Maryam uni tanigani va u nimani so’rayotganini Alloh bilgandek bilishiga ishonish degani bo’ladi. Chunki vositachi bo’lish uchun bu darajadagi ilm shartdir. Agar bunday bo’lsa u inson, Allohning chegarasiz ilmiga Maryamni ham sherik qilib qo’ygan bo’ladi.

Sam’ – eshitish kuchidir. Alloh taolo insonga eshitish kuchini bergan lekin, bu kuch ma’lum bir masofa va ma’lum bir titrash natijasidagi ovozlar bilan chegaralangan. Vatikandan Maryamni chaqirgan inson, uni Allohning eshitish sifatiga Maryamni ham sherik qilgan bo’ladi. Bunday eshitish kuchiga Allohdan boshqa hechkim ega bo’lolmaydi. Boshqa bir jihatdan esa, Maryam asrlar ilgari vafot etgan. O’liklarga biron narsani eshittirishga bizni kuchimiz yetmaydi. Alloh taolo Elchisi Muhammadga xitoban shunday deydi:

إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ الْمَوْتَى وَلَا تُسْمِعُ الصُّمَّ الدُّعَاء إِذَا وَلَّوْا مُدْبِرِينَ

“Sen o’liklarga eshittira olmaysan…” (Naml 27/80)

وَمَا يَسْتَوِي الْأَحْيَاء وَلَا الْأَمْوَاتُ إِنَّ اللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَاء وَمَا أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِي الْقُبُورِ

   “…Alloh tanlaganiga eshittiradi. Sen qabrdagilarga hech narsa eshittira olmaysan.” (Fatir 35/22)
Maryam vafot etganligi uchun ham, unga hech narsani eshittirib bo’lmaydi.
Badr jangIda qatl qilingan mushriklar bir quduqqa ko’milganidan kegin, Allohning Elchisi sollallohu alayhi va sallam ularning oldiga borib shunday degani rivoyat qilingan:
“Ey falon o’g’li falon! Ey falon o’g’li falon! Alloh va uning Elchisi sizga bergan so’zi rost ekanini ko’rdingizmi? Chunki men, Allohning menga bergan so’zi rost ekanini ko’rdim.
Umar dediki: “Ey Allohning Elchisi! Ruhsiz jasadlar bilan qanday qilib gaplashyapsiz? U shunday javob berdi: “Aytganlarimni eshitishingiz ularni eshitishidan yaxshiroq emas. Ammo, ular menga hech qanday javob berolmaydilar.”[3] Aynan o’sha vaqtda Alloh Nabiyyimizni ovozini ularga eshittirgan bo’lishi mumkin. Buncha oyat borligiga qaramay, maxsus bir voqeaga suyangan holda farqli hukm berib bo’lmaydi. Ular eshitgan taqdirda ham, aslo javob bera olmaydilar.
To qiyomat kunigacha hech qanaqasiga javob bera olmaydigan o’liklardan yordam so’rashlik ushbu oyatning hukmi ostiga kiradi:

وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُو مِن دُونِ اللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَى يَومِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَن دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ

“Alloh bilan o’zining o’rtasiga qo’yib, Qiyomat kunigacha javob qaytarolmaydigan kishilarni yordamga chaqirgandan ham adashkanroq kim bor? Ular, bularning chaqiruvidan (duosidan) behabardirlar. (O’liklar duoni farqiga ham bormaydilar) (Ahqof 46/5)

Basor – ko’rish qobiliyati, ko’rish kuchi degani. Olikni yordamga chaqirgan inson, o’sha o’lik uni ko’rib turganiga ishonishi ham kerak bo’ladi. Fizikaviy qarshiliklar bilan chegaralanmagan ko’rish kuchi faqatgina Allohga xos bo’lgani bois, bu kishi Maryam Onani, Allohning ko’rish sifatiga ham sherik qilgan bo’ladi.

Iroda – istak-xohish va tanlash degani. Qudrat esa, biron narsaga kuch yetkaza olish degani. Insonning irodasi ham qudrati ham chegaralangan. Inson o’lishi bilan hamma narsa tugaydi. Maryam Onani duoni va chaqiruvni eshitganinga ishonishi va kerakli yordamga kuchi yetishini tasavvur qilgan inson, unga bu ikkki sifatni ham loyiq ko’rgan bo’ladi. Bu narsa, insonga g’oyri tabiiy sifatlarni nisbat berish deganidir. Bu ma’nodagi yetarli iroda va qudrat sifatiga ega bo’lgan zot yagona Alloh taolodir. Shunday qilib Papa, Maryamga Allohning bu ikki sifatini ham loyiq ko’rgan bo’ladi.

Papa bilan birgalikda minglarcha Hristianlar ham, o’z tillari bilan Maryamni yordamga chaqirganlari uchun, har bir yordamga chaqirgan insonni taniganiga, tilini tushunganiga, orzu istaklarini tushunib yetkaniga, ularni chalkashtirmasdan ajratib olganiga ham ishonishlari kerak. Bunday yetuk va kuchli ilm va qudrat yolg’iz Allohgagina xosdir. Maryamdan yordam so’raganlar, Allohga hos bo’lgan bu sifatlarni Maryamga ham loyiq deb bilishga majbur bo’lib qoladilar.
Insonlarning orzu istaklaridan xabari bo’lmagan, faqatgina qiyomat kuni tiriladigan bir o’likni, bizga shoh tomirimizdan ham yaqinroq va bizni o’zimizdan ham yaxshi biladigan Alloh bilan o’zimizni oramizda qanday qilib vositachi qilishimiz mumkin?
Maryam insonlarga vositachi bo’la olishi uchun, yuqoridagi sifatlarga ega bo’lishi kerak. Bu sifatlar Allohning nomlaridan hosil bo’lgan sifatlaridir. Bular: Hayy, Aliym, Samiy’, Basiyr, Muriyd va Qudrat ismlaridir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلِلّهِ الأَسْمَاء الْحُسْنَى فَادْعُوهُ بِهَا وَذَرُواْ الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَآئِهِ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ

“En go’zal sifatlar Allohnikidir. Unga o’sha sifatlari bilan yolvoring. Allohning sifatlari haqida egrilik qilganlarni tark qilinglar. Ular qilmishlariga yarasha jazolanadilar.” (A’rof 7/108)
Alloh taolo,- Maryam Onada bor deb bilingan vakolatlarni – hatto Elchilariga ham bermagan. U eng so’ngi Elchisiga shunday buyurdi:

وَمَا جَعَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا وَمَا أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

“Seni ularning qo’riqchisi qilmadik. Sen ularning ustidan vakil ham emassan.” (An’om 7/107)

إِنَّمَا أَنتَ نَذِيرٌ وَاللّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ

“Sen faqatgina ogohlantiruvchisan. Har narsaga vakil bo’lgan Allohdir.” (Hud 11/120

    2 – Soxta diniy jamoatlarda o’likdan yordam so’rash

Qur’oni Karimning ko’plab oyatlari “Allohdan boshqasidan yordam so’rash”ni mushriklarning egn mashhur va faol bo’lgan ishlaridan deb hisoblaydi.[4] Insonlarning eng ko’p adashgan ishlari duo va ibodat masaalari bo’lgani uchun ham, elchilar ogohlantirishni ko’proq shu ikki masala ustida olib borishgan. Namoz, ro’za, haj, zakot, halollar va haromlarga aloqador oyatlar soni oz bo’lib, Qur’onning asosiy qismi – Alohdan boshqasiga ibodat qilishni, muammoga duch kelib qolganda Allohdan boshqasidan yordam kutishni shirk deb hisoblamoqda.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أَمَّن يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاء الْأَرْضِ أَإِلَهٌ مَّعَ اللَّهِ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

“Muztar (tor-chorasiz) holda qolgan bir kishi yordam so’raganda, duosiga javob qaytarib muammolarini hal qilgan, sizlarni yer yuzining hokimlari qilhgan kim? (O’sha yaxshi bo’lmaydimi?) Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi? Bilimingizni naqadar oz qo’llayapsizlar!”  (Naml 27/62)
Bu mavzu haqida, kimlardur tarafidan bir hadis to’qib chiqarilgan bo’lib, bunga aloqador oyat va hadislar esa, ma’nolari boshqa tarafga burib yuborilgan va Allohning qo’ygan chegarasi buzilgan.

Hadis deb to’qib ghiqarilgan gap

O’liklardan yordam so’rash haqida shu hadis to’qib chiqarilgan: “Nima ish qilishni bilmay ikkilanib qolgan vaqtingizda, qabr ahlidan yordam so’rang.”[5]
Bu – Ajlunining Kashful Hafo nomli asarida keltirilgan. Ajluniy bu so’z uchun: “Ibn Kamol Poshoning al-Arba’iyn kitobida shunday deyilgan.” Ifodasidan foydalangan. Ibn Kamol u so’zni Nabiyyimizga nisbat bergan ammo, bironta manba’ ham ko’rsatilmagan, silsila ham yozilmagan.[6] Ajluniy bu bilan kifoyalanib qolmagan, bu gapini tasdiqlash uchun falsafiy izohlashga ham urungan. Qaysidur tariqatchilar bu so’zga asoslangan holda “Biron bir avliyo vafot qilsa, qinidan chiqqan qilich kabi bo’lib qoladi.”[7] deyishadi.
Aljuni xalq orasida hadis deb bilingan so’zklarni to’plab, so’ng ularni to’g’risi bilan no’to’g’risini ajratishga urinagn. Shu boisdan u kitobda juda ko’plab uydirma – to’qib chiqarilgan hadislar bor. Kitobining boshida Nabiyyimizning shu so’zlari bor: “Kimki men gapirmagan gapni men aytti deb gapirsa, jahannamda o’tiradigan joyini tayyorlasin qo’ysin.”[8] 

 

 Prof. Dr. Abdulaziz Bayindır. Qur’on Nuri Ostida Vositachilik va Shirk Kitobi

[1]     Papa Jean Paul II’ning Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori kitabının önsözünde yer alan duası, s.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 966.

[3]     Muslim, al-Janna va sifatu na’iymiha, 17-bob, 76- hadis (2873).

[4]     Niso 4/117; An’om 6/40,41,56,64,71,108; A’rof 7/37,194,195,197; Yunus 10/38,66,106; Hud 11/101; Ra’d 13/14; Nahl 16/20,86; Isro 17/56, 57,67; Kahf 18/14; Maryam 19/48; Hajj 22/12,13,62,73; Mu’minun 23/117; Furqon 25/68; Shuaro 26/72,213; Qasos 28/64,88; Ankabut 29/42; Luqmon 31/30; Saba’ 34/22; Fatır 35/13,14,40; Soffat 37/125; Zumar 39/38; Mu’min 40/20, 66,73,74; Fussilat 41/48; Zuhruf 43/86; Ahqof 46/4,5; Jin 72/18. 26 ta surada to’plam 50 oyat.

[5]     Mahmut USTAUSMANOĞLU (Mahmut Afandi) boshchiligidafi bir hayot, Ruhul-Furqon Tafsiri, Istanbul 1992, j. II, s.82.

[6]      Ibni Kamol Posho, al-Arbain, v. 360. Sulaymoniya Kutubxonasi, Asad Afandi, 1694.

[7]      Ruhul-Furqon, j. II, s. 67.

[8]      Ismoil b. Muhammad al-Ajluni, Kashful-xafo, j. I, s. 8.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: