Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi?
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar Tarix: 11 Iyun 2019 Email This Post Email This Post

Savol: “Miskin” deb kimga aytiladi? Bu atama Qur’onda qanday ta’riflangan?

Javob: Miskin kalimasi Arab tilidagi “Sokin bo’lish, harakati nihoyasiga yetish, harakati to’xtab qolish”, degan ma’nolarni bildiruvchi “s-k-n” o’zagidan turlangan kalimadir. Harakatlanishni ziddiga sokin va sukunat deyiladi.[1] Muhtojlik kishining harakatini va g’ayratini nihoyasiga yetkazib qo’ygani va uni harakatsiz holga tushirib qo’ygani uchun[2] yoki insonlarga nisbatan davomli bir jimlikka va harakatsizlikka sabab bo’lgani uchun[3] yo’qsillarga “miskin” deyilgan.

Miskin atamasi Qur’ondagi Makkada[4] nozil bo’lgan suralarning 9 ta oyatida va Madinada[5] nozil bo’lgan suralarning 14 ta oyatida kelgan bo’lib, umumiy hisobda 23 ta oyatda o’rin olgan. Miskin atamasi keltirilgan oyatlarga ko’ra, miskinlarni quyidagi xususiyatlarni oldinga chiqadi:

  1. Miskin atamasi Qur’on nozil bo’lishidan boshlab to so’ngi oyatlar nozil bo’lguncha davom etgan har bir bosqichda yer olgan bir atamadir.
  2. Miskin atamasi keltirilgan oyatlarda ular yedirib-ichirilishi kerak bo’lgan muhtoj kishilar ekaniga urg’u berib o’tilgan. Bundan tashqari, ularni yedirib-ichirmaydigan mushriklar ham malomat qilingani ko’rilgan.
  3. Miskinlar insonlarni yaqin qarindoshlari va safardagilar bilan bir qatorda insonlarni mol-mulklarida ularni haqqi bo’lgan kishilar hisoblanadi.
  4. Miskinlar fidya va kafforatlarda yedirib-ichirilishi kerak bo’lgan kishilar aynan miskinlardir.
  5. Miskinlar g’animat (Jangda dushman tarafidan qo’lga kiritilgan o’lja)ni beshdan biri va fay’ tarqatiladigan kishilar orasidan joy olgan kishilardir.

 

Bizni xulosamizga ko’ra, oyatlarda keltirilgan Miskin – har kim uni muhtoj ekanini bilgan/ko’rgan, har jamiyatda va har zamon uchrashi mumkin bo’lgan mutlaq ma’nodagi yo’qsil kishidir. Shu ma’noda miskinni quyidagicha ta’riflash mumkin:

Miskin – ehtiyojini xoh aytsin yoki aytmasin, ishlasin yoki ishlamasin, uzrli bo’lsin yoki uzrsiz bo’lsin, xalq orasida muhtojmand inson ekani bilingan, asosiy ehtiyojlari sababli aksariyat holatlarda ularga eng kerakli ehtiyoj moddalari yoki oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan yordam berib turiladigan va muhtoj deyilganda insonlarni aqliga ilk keladigan, Musulmon yoki g’ayridin bo’lgan kishilardir.  

 

MANBA: Baytulloh Aqtash, Qur’onga Ko’ra Zakot Sarflanadigan O’rinlar, Istanbul Universiteti SBE, Ist. 2013, 69-76-s.

 

[1] Ibn Manzur, Lisanul Arab, “s-k-n” Murid:. 3-j, 2052-s.

[2] Muhammad Ali at-Tahonaviy, Kashshafu Istilohotil Fununi val-Ulum, Bayrut 1996, 1-j, 1538-s.

[3] Jorulloh Abu Qosim Mahmud b. Umar az-Zamaxshariy, al-Kashshaf an Haqoiqi G’avomidit-Tanzil va Uyuni-Aqovili fi Vujuhit-Ta’vil, Riyad 1988, 1-j, 366-s.  

[4] Isro 17/62; Kahf 18/74; Rum 30/38; Qolam 38/24; Haqqo 69/34; Muddassir 74/44; Fajr 89/18; Balad 90/16; Mauvn 107/3. Bu suralarni Makkada nozil bo’lganiga doir qarang: Zarkashiy al-Burhon, 1-j, 193-s; Suyutiy, al-Itqon, 1-j, 49-s.

[5] Baqara 2/83,177, 184, 215; Niso 4/8, 36; Moida 5/89, 95; Anfol 8/41; Tavba 9/60; Nur 24/22; Mujodla 58/4; Hashr 59/; Inson  76/8. Madinada nozil bo’lgan ikki oyatda  Yahudiylarga maskanat tamg’asi urilgani bildirilgan. Qarang: Anfol 8/41; Hashr 59/7. Bu suralar Madinada nozil bo’lganiga doir qarang: Zarkashiy, al-Burhon; 1-j, 194-s; Suyutiy, al-Itqon. 1-j, 49-s.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
98 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Soxta va yolg’on hadislar haqida ma’lumot beruvchi kitoblar 11.08.2019 47
2 Chillali kishilar kechasi tashqariga chiqmasinmi? 02.08.2019 110
3 Bilmasdan fatvo beraversa nima qilgan bo’ladi? 18.07.2019 66
4 Tavba qaysi holatlarda va qachon qabul qilinadi? 08.07.2019 173
5 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 77
6 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 89
7 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 85
8 Faqir kim? 11.06.2019 130
9 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 98
10 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 216
11 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 153
12 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 125
13 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 433
14 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 512
15 Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi? 03.05.2019 4 590
16 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 286
17 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 255
18 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 192
19 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 668
20 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 214
21 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 302
22 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 504
23 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 4 449
24 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 264
25 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 288
26 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 290
27 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 241
28 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 432
29 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 268
30 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 203
31 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 432
32 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 818
33 Assalomu alaykum… 03.02.2019 286
34       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 189
35 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 202
36 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 235
37 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 219
38 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 194
39 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 478
40 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 270
41 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 2 206
42 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 287
43 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 121
44 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 156
45 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 884
46 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 292