Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim)
Musulmonlar > Maqolalar > Shafoat > Shirk > Tavhid Tarix: 16 May 2019 Email This Post Email This Post

Shafoat – so’zlikda ikki narsani birga bo’lishi, birni ikkiga aylantirish, toq sonni juft qilish, juft sanoq, birovdan sherik bo’lishini talab qilish yoki birovga sherik bo’lish degan ma’nolarni bildiradi.[1] Birovni ishini bajarib berib unga homiylik qilish ham shafoat deyiladi.[2] Hayotda insonlar mana shu shaklda bir-birga shafoat qiladilar. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

مَّن يَشْفَعْ شَفَاعَةً حَسَنَةً يَكُن لَّهُ نَصِيبٌ مِّنْهَا ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَاعَةً سَيِّئَةً يَكُن لَّهُ كِفْلٌ مِّنْهَا ۗ وَكَانَ اللَّـهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ مُّقِيتًا

“Kimki bir yaxshilikka shafoat qilsa, undan unga nasiba bor. Kimki bir yomonlikka shafoat qilsa, uni undan javobgarligi bor. Alloh har narsani himoya qilib turadi.” (Niso 4/85)

Murid: Bu dunyoda shayx hazratimizga bo’lgan munosabatimiz yaxshi, balki bu zotni bizga oxiratda ham foydasi tegib qolar.

Bayindir: Sizlarga piringiz shafoat qiladi deb o’ylaysizmi?

Pir: Nega shafoat qilmasin? Buyuk pir Mustafo Ismat G’aribulloh  Risolai Qudsiyyasida shunday deydi:

“Abu Bakr roziyallohu anhugacha bo’lgan barcha silsilalardan yordam so’rashni odat qil. Rasululloh alayhissalomga munojot qilib u kishidan ham yordam so’ra. Piringni o’zingga shafoatchi, vositachi deb bilki, seni sevinchga to’ldirsin.”[3]

Bayindir: ilohlaringiz qanchalar ko’p ekan! Shayxingiz shafoatga egalik vakolatini kimdan olar ekan? Alloh kimga bunday vakolat va hokimiyat berib qo’yibdi?

Abu Bakr roziyallohu anhugacha bo’lgan silsiladagi kishilardan yordam so’rab, qiyomatgacha sizlarga javob qaytara olmaydigan kishilarni roziligini o’rniga, yagona iloh bo’lmish Allohni roziligini olishga urinsangiz bo’lmaydimi?

Murid: Biz hamma narsani Allohni roziligi uchun qilamiz. Chunki, “…hammasidan eng muhimi Allohni roziligidir…” (Tavba 9/72)

Bayindir: Allohni roziligiga Alloh shirk deb aytgan narsalar bilan erishiladimi? Sizlar Qur’onga ham quloq solmas ekansiz, aqlingizni ham ishlatmas ekansiz! Alloh taolo shunday buyuradi:

وَمَا كَانَ لِنَفْسٍ أَن تُؤْمِنَ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّـهِ ۚ وَيَجْعَلُ الرِّجْسَ عَلَى الَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

“Alloh, aqlini ishlatmaganlar uzra Allohga ishonmaslik kirligini paydo qilib qo’yadi.” (Yunus 10/100)

 

Quyidagi oyatlar aynan sizlarga xitob qilmoqda:

قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ اللَّـهِ ۖ  لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍ وَمَا لَهُ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍ وَلَا تَنفَعُ الشَّفَاعَةُ عِندَهُ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُ ۚ حَتَّىٰ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُوا مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ۖ  قَالُوا الْحَقَّ ۖ  وَهُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ

“Ey Muhammad! Aytginki: “Allohga yaqin deb bilganingiz – osmonlar va yerda zarracha ham hokimiyati bo’lmaganlarni yordamga chaqirsangiz chaqiraveringlar. Ularni bu ikki joyda birorta ham sherigi yo’q, Allohni ularni ichidan biron bir dastakchilari ham yo’q. Uning huzurida ruxsat bergan kishilardan boshqasiga shafoatni hech qanday foydasi bo‘lmaydi…” (Saba’ 34/22, 23)

وَأَنذِرْ بِهِ الَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوا إِلَىٰ رَبِّهِمْ ۙ  لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِ وَلِيٌّ وَلَا شَفِيعٌ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

“Robbi huzuriga chiqarilishidan qo’rqqanlarni Qur’on bilan ogohlantir. Ularni u yerda biron bir do’sti ham bo’lmaydi, shafoatchilari ham bo’lmaydi. Balki o’zlarini himoya qilib qolishar.” (An’om 6/51)

Murid: Bizni shayx hazratlariga qarashimiz – uni bizga yordamchi bo’lishi jihatidan. Masalan; mahkamada advokat olish majburiyati yo’q. Lekin, advokat olgan shaxslar aksariyat holatlarda da’volarini yutib chiqadilar. Shayx hazratimiz ham bizni advokatimizdir.

Bayindir: Yashirin va oshkor har narsani biladigan Allohni mahkamadagi hukm chiqaruvchi sudga taqqoslashga urinmoqdasizlar, shundaymi?

Alloh taolo shunday buyuradi:

 وَنَضَعُ الْمَوَازِينَ الْقِسْطَ لِيَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئًا ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَاسِبِينَ

“Qiyomat kuni to’g’rilik tarozilarini quramiz, hech kimga hech qanday haqsizlik qilinmaydi. Xantal urug’i og’irligicha bo’lsa ham uni taroziga qo’yamiz. Hisob-kitob qilishda O’zimiz kifoya qilamiz.” (Anbiyo 21/47)

وَالَّذِينَ كَسَبُوا السَّيِّئَاتِ جَزَاءُ سَيِّئَةٍ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ  مَّا لَهُم مِّنَ اللَّـهِ مِنْ عَاصِمٍ ۖ  كَأَنَّمَا أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًا مِّنَ اللَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ  أُولَـٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

“Yomonliklar bilan mashg’ul bo’lganlarga esa qilgan yomonligining bir barobar ortig’i bo’ladi. Xorlik har taraflarini o’raydi. Allohdan qo’riqlaydigan hech kimi bo’lmaydi. Yuzlari xuddi tun zulmatining bir parchasi bilan qoplangan kabi bo’ladi. Ana oshalar jahannam egalaridir. Ular unda o’limsiz holda qoladilar.” (Yunus 10/27)

Ahvol shunday ekan, shayx hazrat kimni kimdan qutqarib qoladi? Alloh – hosho, aslo bunday bo’lmaydi – haqsizlik qilib qo’ymasin deb, shayx o’rtaga tushib muridlarini Allohdan – Allohni hukmiga qarshi chiqib saqlab qoladimi? Allohni hukmidan himoya qilib qoladimi?! Bu qanday ham bir qattiq zalolat! Qanday ham yomon e’tiqod!

Ansorlardan bo’lmish Ummul A’lo aytadiki:

Muhojirlarga qur’a tashlanganda bizga Usmon b. Maz’un tushdi. Uni uylarimizga joylashtirdik. Keyinchalik, o’limiga sabab bo’lgan kasallikka duchor bo’ldi. Vafot etganida yuvilib o’z liboslariga kafanlandi. Muhammad alayhissalom ichkariga kirdi. O’sha vaqt men shunday dedim: “Abus Sa’id! (Usmon b. Maz’un roziyallohu anhuning laqabi) Alloh seni rahmat qilsin. Haqiqatda Alloh senga ikrom aylaganiga guvohman.” Buni eshitgan Muhammad alayhissalom shunday dedi: “Alloh unga ikrom aylaganini qayerdan bilyapsan?” Aytdimki: “Otam sizga qurbon ey Allohning Elchisi! Alloh yana kimga ikrom qilsin?” Muhammad alayhissalom aytdiki: “Ha to’g’ri, unga qochib bo’lmas bir haqiqat keldi. Vallohi, men u uchun faqat yaxshiliklar kutaman. Ammo, men Allohning Elchisi bo’lganim bilan, menga qanday muomala qilinishini vallohi bilmayman.”

Ummul A’lo aytdiki: Vallohi bundan keyin hech kimni oqlamayman.”[4]

Bu haqda bir oyat shunday keltirilgan:

قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنَ الرُّسُلِ وَمَا أَدْرِي مَا يُفْعَلُ بِي وَلَا بِكُمْ ۖ  إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ وَمَا أَنَا إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ

“Aytginki: “Ilk elchi men emasman. Men o’zimga ham sizlarga ham nima bo’lishini bilmayman. Men faqatgina menga vahiy qilingan narsaga (Qur’onga) ergashaman. Men faqatgina to’g’rilarni ochiqlab beruvchi bir elchiman, xolos.” (Ahqof 46/9)

Ammo, sizlar shayxingizni jannatga aniq kirishiga aslo shubha qilmaganizdek,  Allohning huzurida sizni oqlab qolishiga da’vo qilishga ham jasorat qilibsizlar. Bunday jasoratni qayerdan va kimdan oldingiz? Siz bizni shafoatchimiz deb o’ylayotgan kishingiz quyidagi oyatda aytib o’tiladigan shayton bo’lib chiqmasin:

فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلَالَةُ ۗ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ اللَّـهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Alloh bir qism insonlarni hidoyatga muvofiq qildi, bir qismi esa zalolatga munosib bo’ldi. Adashganlar Alloh bilan o’zlarini orasidagi avliyolarga osilib oladilar, ammo o’zlarini to’g’ri yo’lda deb biladilar.” (A’rof 7/30)

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَـٰنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ ﴿٣٦﴾ وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ ﴿٣٧

“Kimki Rahmonning zikriga (Qur’onga) xira qarasa, boshiga bir shaytonni o’rab qo’yamiz; u uning yaqin do’sti bo’ladi. Ular bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar, ammo ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylashadi.” (Zuxruf 43/36-37)

Rahmonni zikri Qur’ondir. Siz modomiki Qur’onga zid harakatlarni amalga oshirishda davom etar ekansiz, demak siz Qur’on hukmini ko’rmagan-bilmaganga olayotgan va unga nisbatan beparvo bo’layotgan va go’yo Qur’ondan ko’r bo’lib olgan bo’lasiz. Bu ham yetmagandek, o’zingiz-cha avliyo deb nomlab olgan kishilarga ergashib olibsiz. Oyatda ko’rsatilganidek o’zingizni eng to’g’ri yo’lda deb bilyapsiz. Sizga bu yo’lni to’g’ri deb ko’rsatganlar faqatgina shaytonlar bo’lishi mumkin.

Murid: Diniy idoraga bir muftiy bilan ko’rishgani kirsang sen bilan muftini o’rtasiga tushib seni muftini oldiga olib kiradigan bir kishiga ehtiyojing tushadi. Oraga bir vakil yoki tanishing kirmasa, kerakli mutasaddi yoki bir hokim bilan o’zingdan o’zing to’g’ri u bilan gaplashib ketavermaysan-ku! Xuddi shu kabi, bizni shayximiz ham Alloh bilan bizni o’rtamizdagi vakilimiz va shafoatchimizdirki, bizga vositachi bo’lib yordam bermoqda.

Bayindir: Sizlarga shoh tomiringizdan ham yaqin bo’lgan Alloh haqida qanday qilib bu gaplarni ayta olasiz? Bu narsa mushriklarni e’tiqodidir. Shirk – Alloh bilan inson orasiga vositachi qo’yib, Allohni ikkinchi o’ringa qo’yishdir. Zumar surasidagi oyatlar aynan mana shu narsaga urg’u bermoqda:

أَلَا لِلَّـهِ الدِّينُ الْخَالِصُ ۚ  وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّـهِ زُلْفَىٰ إِنَّ اللَّـهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ  إِنَّ اللَّـهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ

“Bilingki, Allohni dini xolis dindir. Allohdan avval (o’zlariga) avliyolar tutganlar: “Bularni aytganlarini so’zsiz bajarishimiz – bular bizni Allohga yana ham ko’proq yaqinlashtirishi uchundir, xolos”, deyishadi. Ular o’zaro ixtilof qilib turgan narsalarida Allohni O’zi hukm qiladi. Rostdan ham, Alloh o’zini haqdan to’sib oluvchi bir yolg’onchini hidoyatga muvaffaq qilmaydi.” (Zumar 39/3)

Menga ayting-chi, sizni yaratgan, sizga shakl berib inson qiyofasiga keltirgan, sizga hayot bergan, sizga o’zingizdan ham yaqin bo’lgan Alloh sizni yaxshi taniydimi yoki sizni shayxingiz  sizni yaxshi taniydimi?

Murid: Albatta Alloh yaxshi taniydi.

Bayindir: Unday bo’lsa, sizni shayxingiz sizni nimangizni Allohga tanitadi?

Murid: !?

[1] Kitabul Ayn

[2] Maqoyisul Lug’a; Mufradot.

[3] Ruhul Furqon, 2- j, 86- s.

[4] (Buxoriy, Janoiz, 3.)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
71 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 87
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 71
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 104
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 151
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 129
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 133
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 238