Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi?
Musulmonlar > Ayollar > Nikoh > Savol-javoblar > Tahorat Tarix: 12 May 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Odati tugagan ayol g’usl qilishidan oldin eri bilan birga bo’lishi mumkinmi? Birga bo’lganidan keyin g’usl qilib olsa bo’ladimi? Yoki avval g’usl qilib poklanib olishi kerakmi?

Javob: Baqara surasining 222- oyatida Alloh taolo shunday buyurmoqda:

وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّـهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

“Ey Muhammad! Sendan ayollardagi qon kelishi haqida so’rashmoqda. Aytginki: “U bir aziyatdir, qon kelgan kunlarda ularni tinch qo’yinglar. To poklanguncha ularga yaqinlashmanglar. Pokiza bo’lib olganlarida ularga – Alloh sizlarga buyurgan yerdan – kelinglar. Alloh tavbakorlarni yaxshi ko’radi, pokiza bo’lib yuruvchilarni ham yaxshi ko’radi.” (Baqara 2/222)

Yuqoridagi oyatga ko’ra odat paytida taqiqlangan jinsiy aloqani yana qaytadan halol bo’lishi uchun quyidagi ikkita shart ko’rsatilgan:

  1. Ayolni odat qoni tugashi.
  2. Ayol pokiza bo’lib olishi, ya’ni g’usl qilib olishi/yaxshilab cho‘milib olishi.

Shofeiy, Molikiy, Hanbaliy mazhablaridan tortib yana boshqa Islom huquqshunoslarini aksariyati odati tugagan ayol bilan g’usl qilishidan oldin jinsiy aloqa qilish halol emas degan qarashda ittifoq qilganlar. Yolg’iz Hanafiylar odat qonini belgilangan ma’lum muddati tugab oradan bir namoz vaqti o’tgach g’usl qilmasa ham jinsiy aloqa qilish ruxsat deb aytishgan. (Yunus Vahbi Yavuz, “Hayz” Diyonat Islom Ensiklopediyasi, 17- j, 53- s.)

Hanafiylarga ko’ra hayz qonini eng ko’p muddati deb belgilangan o’n kun o’tib bo’lganidan keyin g’usl qilmasdan avval ham jinsiy aloqa qilish mumkin. Odat vaqti o’n kundan oz bo’lgan ayollar qoni tugab darhol jinsiy aloqaga kira olishi halol bo’lmaydi. Bunday holatlarda jinsiy aloqa halol bo’lishi uchun ayol yo g’usl qilgan  bo’lishi yoki oradan bir namoz vaqti o’tgan bo’lishi, yoxud biron-bir uzr sababli tayammum qilgan bo’lib, o’sha tayammumi bilan nafl bo’lsa ham namoz o’qigan bo’lishi kerak. (Mehmet Shener, “Hayz”, Ibrohim Kofiy Do’nmez, Islomda Ishonch, Ibodat va Kunlik Yashash Ensiklopediyasi)

Hanafiylarni bu fikrda bo’lishlarining dalili quyidagicha:

“Alloh taoloni “To poklanguncha ularga yaqinlashmanglar” xitobi ayollarga yaqinlashishni taqiqlagan bu taqiq ularni odat qoni tugaganidan keyin olib tashlanishini ifoda qilmoqda. Ayollarni odat qoni to’xtashi bu taqiqni olib tashlanishiga sabab bo’lishiga qaralganda, odatlari tugaganida endi hech qanday taqiq bo’lishi mumkin emas.”

Tafsiri Roziyda al-Qozini (ehtimol Qozi Abduljabbor) Abu Hanifani bu qarashiga shu shaklda javob bergani quyidagicha yozib qoldirilgan:

“Agar Alloh taolo oyatda faqatgina “To poklanguncha” ifodasini deb buyurganida edi, siz aytgan gap to’g’ri bo’lib chiqar edi. Ammo, Alloh taolo bu buyruqqa “Yaxshilab pokiza bo’lib olganlarida…” qaydini ham ilova qilib qo’shib qo’yishi bilan bu ikkala ifodani har ikkalasi hosil bo’lsagina taqiq olib tashlanishini bildirib qo’ymoqda. Bu, bir kishi “Uyga kirmay turib falon kishi bilan gaplashma. Kirganidan keyin agar ko’ngli ochiq bo’lsa keyin u bilan gaplash” deganidek bo’ladi. endi u kishi gaplashish taqiqlangan kishi bilan gaplasha olishi uchun har ikkala shart ham bir vaqtda hosil bo’lishi kerak bo’ladi. Shunday ekan, odati tugagan ayol eri bilan jinsiy aloqaga kirmay turib albatta g’usl qilib yaxshilab pokiza bo’lib olishi shart bo’ladi. (Faxruddin ar-Roziy, at-Tafsirul Kabir, 6- j, 419- s, Baqara surasi 222- oyat tafsiri)

Dalillarga qaralganda aksariyat kishining ittifoqi isbotli ekani, ya’ni odat qoni to’xtagan ayol g’usl qilib yuvinib olishidan avval eri bilan jinsiy aloqaga kira olmasligi ma’lum bo’lmoqda.

 

 

 

 

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
151 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 151
2 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 221
3 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 368
4 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 276
5 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 534
6 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 497
7 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 473
8 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 392
9 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 553
10 Junublik va g’usl 08.06.2018 297