Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Ramazon > Savol-javoblar Tarix: 03 May 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Ramazon oyida ham boshqa oylar kabi er-xotinlik munosabatlarini davom ettirih mumkinmi?

Javob: Ramazon oyining kechalarida, ya’ni ro’zani ochgan vaqtdan boshlab to saharlik vaqti tugagan vaqt o’rtasida o’z ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkin. Bu masalada hech bir mazhabda ixtilof yo’q. Chunki, bu haqda Alloh taolo Qur’oni Karimni Baqara surasining 187- oyatida quyidagicha ochiq holatda bayon qilib ruxsat berib qo’ygan:

أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ الصِّيَامِ الرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَائِكُمْ ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ۗ عَلِمَ اللَّـهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ۖ فَالْآنَ بَاشِرُوهُنَّ وَابْتَغُوا مَا كَتَبَ اللَّـهُ لَكُمْ ۚ وَكُلُوا وَاشْرَبُوا حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الْأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الْأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ ۖ ثُمَّ أَتِمُّوا الصِّيَامَ إِلَى اللَّيْلِ ۚ وَلَا تُبَاشِرُوٌهُنَّ وَأَنتُمْ عَاكِفُونَ فِي الْمَسَاجِدِ ۗ تِلْكَ حُدُودُ اللَّـهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ اللَّـهُ آيَاتِهِ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ 

Ramazon kechalarida ayollaringizga jinsiy munosabatda bo’lishingiz sizlarga halol qilindi. Ular sizlarga bir libos, sizlar ham ularga bir libossizlar. Alloh sizlarni nasflaringizni yenga olmayaotganingizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni kechirdi. Ana endi ular bilan birga bo’lib Allohni sizlarga taqdir qiladigan narsasini talab qilaveringlar. Fajr tarafida (paydo bo’ladigan) oq chiziq qora chiziqdan ayrilgani sizlarga aniq bo’lib bilingunigacha yeb-ichib, so’ng ro’zani kechgacha tamomlanglar. Masjidlarda e’tikof holida ekaningizda ayollaringiz bilan birga bo’lmanglar. Bular, Alloh qo’ygan chegaralaridir, ularga yaqinlashmanglar. Insonlar o’zlarini himoya qilsinlar deb, Alloh oyatlarini mana shunday ochiqlab ko’rsatib beradi. (Baqara 2/187)

Oyatdan ma’lum bo’lishicha, Ramazon oyida faqatgina kunduzi, ya’ni saharlik vaqti tugab bamdod namozining vaqti kirganidan to ro’zasini ochguncha ayoli bilan jinsiy aloqa qilib bo’lmaydi.

Agar bir kishi e’tikof o’tirish uchun masjidda qolgan bo’lsa,  u kishi ham e’tokoflik holatidan chiqmaguncha ayoli bilan jinsiy aloqa qila olmaydi.

Ramazon oyining kechalarida er-xotinlik muomalasi avvalgi ummatlarga taqqilangan edi. Alloh taoloni marhamati ila biz Ummati Muhammadga yengillik qilingan holda bunga ruxsat berilgan.

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
4 681 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Bilgan-eshitgan narsamni boshqalarga xato qilib aytib bersam nima bo’ladi? 14.09.2019 26
2 Soxta va yolg’on hadislar haqida ma’lumot beruvchi kitoblar 11.08.2019 92
3 Chillali kishilar kechasi tashqariga chiqmasinmi? 02.08.2019 197
4 Bilmasdan fatvo beraversa nima qilgan bo’ladi? 18.07.2019 98
5 Tavba qaysi holatlarda va qachon qabul qilinadi? 08.07.2019 241
6 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 104
7 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 111
8 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 116
9 Faqir kim? 11.06.2019 158
10 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 131
11 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 264
12 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 178
13 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 146
14 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 514
15 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 601
16 Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi? 03.05.2019 4 681
17 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 319
18 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 304
19 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 214
20 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 809
21 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 239
22 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 337
23 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 609
24 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 6 184
25 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 308
26 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 327
27 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 328
28 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 273
29 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 503
30 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 297
31 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 231
32 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 492
33 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 989
34 Assalomu alaykum… 03.02.2019 312
35       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 206
36 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 227
37 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 255
38 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 245
39 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 219
40 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 535
41 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 299
42 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 2 469
43 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 320
44 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 132
45 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 171
46 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 024
47 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 315