Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 26 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

MAXFIY ILMLAR

(Ilmi Ladun, Ilmi Botin)

 

Ilmi Ladun – Alloh taolo tarafidan berilgani iddao qilinadigan maxsus bilim ma’nosida ishlatiladi, Ilmi Botin ham xuddi shunday. Aksariyat holatlarda biron-bir shayxni muqaddaslashtirish va xalqni unga ergashtirish maqsadida, unga mana shunday ilm berilgani haqida gap tarqatilib kelingan.

Pir: Ma’naviy yo’lni yaxshi biladigan va soliklarni o’sha yo’lga ulashtirib qo’yadigan bir shayx izlash shariat buyruqlaridan biri hisoblanadi.

Bayindir: Agar to’g’ri yo’lni ko’rsatib beradigan va unga o’rnak bo’la oladigan bir insonga ehtiyoj sezilishi haqida gapirayotgan bo’lsangiz, bu to’g’ri. Insonni har bir sohada bir tarbiyachisi, ustozi va muallimi bo’lishi kerak va bunga insonlar doimo muhtoj bo’lishadi.

Pir: Shayxlarga berilgan ilm Botin Ilmidir. Bu ilm hammaga ham berilavermaydi. Alloh undan rozi bo’lsin, Abu Hurayra shunday degan:

“Men Rosulullohdan ikki qop to’la ilm oldim. Bulardan biri sizlarga aytib berdim. Agar boshqa birini ham sizlarga aytib berganimda edi, bo’ynimni uzib tashlar edingiz.”[1]

Bizni ilmimiz aynan o’sha maxfiy ilmdan.

Bayindir: Abu Hurayra birovga aytmagan ilmini sizlar qayerdan oldingiz? Manbasi, dalili va asosi bo’lmagan narsa qanday qilib ilm bo’lishi mumkin?

Pir: Kahf surasida Hizr bilan hamsafarlik qilgan Muso voqealarni asl maqsadi va ich tarafini bilmaganligi sababli Hizrga e’tiroz bildirgan. Hizr alayhissalom Ilmi Ladun egasi bo’lganligi sababli, u har narsani ich tarafini va voqealarni asl mohiyatini tushunib yetar edi. Oyatda: “…Unga O’z huzurimizdan ilm berib marhamat qilganmiz.” (Kahf 18/65) deb marhamat qilingan. Mana shu ilmni nomi Ilmi Ladun va Ilmi Botin deyiladi.

Bayindir: Hizrni yonida yurgan Muso bu ilmni o’rgana olmagan bo’lsa, siz u ilmni qayerdan o’rgandingiz? Bu ilm sizga o’rgatilganini dalili nima? Qo’lingizda bunga biron-bir asos bormi?

Pir: Abu Hurayrani so’zi bizga dalil!

Bayindir: Axir bu imlni Abu Hurayra ham birovga aytmagan ekan-ku!

Muso alayhissalom, yosh bir yigit va Hizr o’rtasida bo’lib o’tgan voqea Qur’onda shunday bayon qilinadi:

“O’z vaqtida Muso yosh do’stiga shunday dedi: “Ikki dengiz birlashgan joyga yetmagunimcha, yillarimni olsa ham yuraveraman.” Ikkovlon ikki dengiz birlashgan joyga yetganlarida, baliqlarini unutdilar. Baliq dengizni teshib yo’l oldi.
U yerdan o’tgandan keyin u yigitiga: “Tushligimizni olib kel. Bu musofirlik bizni ancha charchatib qo’ydi”, dedi.
Yosh yigit aytdiki: “Buni qarang! Xarsangga suyanib qolganimizda, baliqni baliqni unutib qo’yibman. Uni esimdan chiqarib qo’yishimga sabab bo’lgan va menga unuttirib qo’ygan narsa shaytondan boshqasi emas. Baliq ajoyib bir shaklda dengizga yo’l olib ketibdi”.
Muso: “Mana biz istagan narsa”, dedi va darhol kelgan yo’llaridan iziga qaytishdi. So’ngra, bandalarimizdan bir bandani topishdi. Biz unga O’z huzurimizdan ilm berib, marhamat qilgan edik. Muso aytdiki:
– Senga o’rgatilgan to’g’ri ma’lumotdan menga ham o’rgatishing uchun seni yoningda qolsam maylimi?
– Asl mohiyatini (ich tarafini) bilmagan narsangga qanday sabr chidaysan?
– Insha Alloh, bardoshli ekanimni ko’rasan va senga hech bir ishda qarshi chiqmayman.
– Agar menga ergashadigan bo’lsang, to o’zim tushuntirib aytib bermagunimcha mendan hech narsa haqida so’rama.
Keyin u yerdan ayrilib yurib ketib, bir kemaga mindilar. U kishi kemani teshdi. Muso aytdiki:
– Kemani uning ahlini cho’ktirib yuborish uchun teshdingmi?! Juda g’alati narsa sodir qilding-ku!
– Men bilan birga qolishga bardosh qila olmaysan, deb aytmaganmidim?! Muso:
– Esimdan chiqqan narsani yuzimga solma, bu ishim uchun meni qiynama.
Keyin yo’lga tushdilar. To bir o’g’lonni uchratganida, uni darhol o’ldirdi. Muso aytdiki:
– Birovni o’ldirmagan begunoh birini o’ldirding-a?! To’g’risi, juda tushunib bo’lmas bir ish sodir qilding-ku!
– Men bilan birga qolishga bardosh qila olmaysan, deb aytmaganmidim?!
Muso aytdiki:
– Bundan keyin ham agar sendan yana bir narsa so’rasam, men bilan birodarlikni tugat; ortiq sendan uzr so’rash haqim tugagan bo’ladi.
Yana yo’lga tushdilar. To bir shahar aholisiga kelishganida, uning aholisidan yemish so’rashdi. Ular bu ikkalasini mehmon qilishdan bosh tortdilar. Keyin, u ikkalasi yiqilib ketay deb turgan bir devorni ko’rib qolishdi va uni darhol turg’izib qo’yishdi. Muso aytdiki:
– Agar kelishganingda, qilgan ishingga haq olar eding.
– Mana shu narsa men bilan seni oramizdagi ajrashishdir.
Ammo, men endi senga chiday olmagan narsaning mohiyatini (ich tarafini) aytib beraman, dedi:
“Haligi kema dengizda ishlaydigan miskinlarga tegishli bo’lib, nariroqda hamma kemalarni kuch bilan olib qo’yayotgan bir qirol bor edi. Shu sababli, men kemani yaroqsiz holga keltirishni xohladim.
Bolaga kelsak, uni ota-onasi mo’min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug’yon va kufr ila ezishidan qo’rqdik. Robbi ularga uning o’rniga undan ko’ra yaxshirog’ini va marhamatlirog’ini berishni iroda qildi.
Devor esa, u shahardagi ikkita yetim bolaniki edi. Devor ostida u ikkalasining xazinasi bor edi. Ularning otalari yaxshi insonlar edi. Robbing xohladiki, u ikkovlari voyaga yetishsin va xazinalarini chiqarib olishsin! Bu Robbingning marhamatidir. Men bularni o’zimcha qilmadim! Mana, sen bardosh qila olmagan narsaning asl mohiyati (ichki tarafidir) shudir”.” (Kahf 18/60-82)

Muhammad alayhissalom o’sha bilimdon kishini Hizr, Musoni yonida yurgan yosh yigitni Yusha b. Nun ekanini aytgan[3].

Agar oyatlar haqida yaxshilab tafakkur qilsak, biz aytayotgan o’sha Hizr faqatgina bir farishta bo’lishi mumkin, xolos. Kemani teshyapti, lekin uni Musodan boshqa hech kim ko’rmayapti. Bolani o’ldiryapti, lekin uni Musodan boshqa hech kim farqiga bormayapti. Yiqilay deb turgan devorni o’sha holicha tikkalab qo’ymoqda. Agar devorni insonlar quradigan bir shaklda uni buzib qaytadan quraman deganida edi, ostidan bolalarga tegishli bo’lgan xazina chiqib qolar edi. Shu bois, devorni buzmay tuzatib qo’ydi. Shuncha ishga qo’l urishidan qat’iy nazar, uni Muso alayhissalomdan boshqa hech kim ko’rmaganiga qaralganda, u bir farishta bo’lishi mumkinligi o’rtaga chiqadi.

Payg’ambarimizni aytishicha, Muso alayhissalom Hizr bilan ko’rishganda Hizr shunday degan ekan:

“Men Alloh menga o’rgatgan shunday bir ilm bilamanki, sen uni bilmaysan. Sen ham Alloh senga o’rgatgan bir ilmni bilasanki, men uni bilmayman.”[4]

Muso alayhissalom Allohni elchisidir. Elchilar Allohni ularga yuklagan vazifasiga ko’ra, insonlarni to’g’ri yo’lga yetaklaydilar va o’sha yo’lda rahbarlik qiladilar. Payg’ambarda Hizr voqealariga o’xshash g’arib ishlar sodir bo’lmaydi. Elchilar ko’rsatgan mo’jizalar esa, o’zlarini payg’ambar ekaniga dalil bo’lishdan boshqa ma’noni ifoda qilmaydi.

Bu narsalar bizga shuni ma’lum qilmoqdaki, Allohdan kelgan har ishga rozi bo’lish va yaxshi natijalar paydo bo’lishiga ishonish kerak. Bizga yoqmagan qanchadan-qancha narsalar, oxir-oqibat bizni foydamizga ishlaydigan natijalar olib kelishi mumkin.

Payg’ambarlarda bu kabi g’arib ishlar sodir bo’lmaydi. Agar o’sha ishlarni Hizr emas Muso qilganda edi, har qanday bir yahudiy bu ishdan o’rnak qolgan holda, kelgusida ota-onasiga zahmat berib qiynashi mumkin, deb xohlagan yosh bolalarini o’ldirib yuborishlari, yoki birov molini g’asb qilib qo’yishi mumkin deb har qanday ziyon keltirib qo’yishi mumkin edi! Shunda, har kim o’zi qilib qo’ygan nojo’ya ishiga bir bahona izlab topib olar va o’zini haq ekaniga esa Muso alayhissalomni dalil qilib keltirgan bo’lar edi.

Yuqoridagi hadis mana shu so’zlar bilan yakun topgan:

Musoga Alloh marhamat qilsin; biz Musoni bardosh berishini va bizga u bilan birgalikda qiladigan ishlarni yana ham ko’prog’ini tushuntirib berishini juda ham xohlar edik.”

Demak, Hizrdan o’rganilgan narsalar faqatgina oyatda belgilab berilgan kishilar bilangina chegaralangan. Bu haqda hatto Muhammad alayhissalom ham ortiqcha narsa bilmas edi. Shunday ekan, Hizrga o’rgatilgan ilm menga ham o’rgatilgan deb kim ham iddao qila olardi?!

 

[1] Buxoriy, Ilm 42.

[2] kemasi olib qo’yilsa ishsiz va mehnatsiz qoladigan kishilar.

[3] Buxoriy, Ilm 44.

[4] Buxoriy, Ilm 44.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
94 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 37
2 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 94
3 Shahidlar jangi (Tariqatchilikka Nazar 10- bo’lim) 12.04.2019 48
4 Ramazon ro’zasini qasddan yeb-ichib buzgan kishi nima qiladi? 02.04.2019 164
5 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 111
6 Assalomu alaykum… 03.02.2019 170
7 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 138
8 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 220
9 Isro va Meroj 19.11.2018 336
10 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 277
11 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 251
12 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 220
13 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 306
14 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 195
15 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 175
16 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/kiril)​ 23.07.2018 192
17 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 161
18 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 148
19 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish kerakmi? 21.07.2018 131
20 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 360
21 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 173
22 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 133
23 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 122
24 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 153
25 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 220
26 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 194
27 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish 25.06.2018 354
28 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 189
29 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 553
30 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 448
31 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 192
32 Musulmonlar 08.06.2018 128
33 Hikmat 08.06.2018 111