Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Tavhid Tarix: 22 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

MO’JIZA

Elchilarni mo’jizalari bor. Mo’jiza – bir shaxs Allohni nabiysi va elchisi ekani isbotiy dalilidir. Muhammad alayhissalomning mo’jizasi Qur’oni Karimdir. Qur’onni bilgan har kim bu kitobni olib kelgan shaxs albatta Allohni elchisi ekanini tan oladi. Chunki, Qur’on inson o’z aqli va bilimiga asoslanib yoza olishi mumkin bo’lgan bir kitob emas. Bu xuddi Iso alayhissalom Allohni izni bilan o’liklarni tiriltirgani, qush haykali yasab Allohni izni bilan unga uflaganda tirik holga kelishi; Solih alayhissalom Allohni izni bilan bir qoyadan tuya chiqargani kabi hech bir inson bajara olmaydigan ishlar qatoriga kiradi. Lekin, o’sha qush uchib ketsa, tirilgan o’lik qayta yana o’lsa va tuya ham so’yilib yoki o’z ajali bilan o’lib ketsa, demak ularda o’zidan keyin keladiganlarga dalil bo’ladigan mo’jivaviy xususiyati qolmagan bo’ladi. Qur’onni mo’jizaligi esa davomlidir. Uni dunyoni qaysi davlatida kim qachon o’qishidan qat’iy nazar, agar uni tushinib o’qisa, u albatta borliqlarning egasi bo’lmish yagona Allohni kitobi ekanini va uni olib kelgan kishi esa Allohni elchisi ekanini tushunib yetadi va tan oladi. Alloh taolo Qur’onni qiyomatgacha muhofaza qilib qolishni O’z zimmasiga olganligi sababli, uni mo’jizaligi ham to qiyomatgacha davom etadi. Qur’on bor muddatcha Muhammad alayhissalomni nabiy ekani ham davom etadi. Demak, endi insoniyatga Muhammad alayhissalomdan keyin hech qanday nabiy ham vahiy ham kelmaydi. Barcha yer yuzi insonlari esa, Qur’on Allohni kitobi, Muhammad alayhissalom Allohni elchisi ekaniga ishonishlari kerak.

Muhammad alayhissalomga merosxo’r bo’lmoqchi bo’lgan olimlarni qiladigan ishlari, insonlarga Allohni kitobini va undagi hikmatni tushuntirib berishlaridir. Agar Qur’ondan boshqa narsalarni dindan deb o’rgatishga urinsalar, albatta yo’ldan chiqqan bo’lishadi.

Muhammad alayhissalomga Qur’ondan boshqa mo’jiza berilmasligini sababi shu oyatda ochiqlab berilgan:

وَمَا مَنَعَنَا أَن نُّرْسِلَ بِالْآيَاتِ إِلَّا أَن كَذَّبَ بِهَا الْأَوَّلُونَ ۚ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا

“Seni mo’jizalar bilan yuborishimizdan Bizni man qilgan narsa – faqatgina avvalgilar ularni yolg’onga chiqarganlari bo’ldi. Samudga (mo’jiza o’laroq) haqiqatni ko’rsatib beruvchi tuyani berdik, ammo xatoga qo’l urdilar ­- zulm qildilar. Biz mo’jizalarni faqatgina qo’rqitish uchun yuboramiz.” (Isro 17/59)

 

KAROMAT

 

Murid: Sen hali karomatni ham inkor qilyapsanmi?

Bayindir: Karomatni emas, ba’zi bir uydirma narsalarni va to’qib chiqarilgan yolg’on hikoyalarni karomat nomi ostida mo’jiza kabi foydalanishingizga qarshiman. Sizlar ularni Allohni do’sti ekaningiz haqidagi dalillaringiz deb qabul qilyapsizlar, natijada yoninggizdagilar bilan birgalikda botib boryapsizlar.

Karomat – hurmatli bo’lish degani.[1] Alloh taolo barcha insonlarni qolgan borliqlarga nisbatan hurmatli (karomatli) qilib yaratganini va bir-qancha narsani insonni amriga topshirib qo’yganini shunday bildirmoqda:

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلً

“Odam bolalarini juda ham hurmatli (karomatli) qilib qo’ydik, quruqlikda va dengizda ularni tashitdik, go’zal-toza ne’matlar berdik, yaratgan narsalarimizni bir-qanchasidan ustun qilib qo’ydik.” (An’om 17/70)

Inson uchun eng katta karomat va ikrom shirkdan uzoq bo’lingan imondir:

الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُم بِظُلْمٍ أُولَـٰئِكَ لَهُمُ الْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ

“Ishonib-suyangan va imon-ishonchiga shirk aralashtirmagan kishilarga kelsak, emin-erkinlik ana shularni haqidir, to’g’ri yo’lga keltirilganlar ham o’sha kishilardir.” (An’om 6/82)

Alloh taolo eng karomatli kishi kim ekani mana shu oyatda bayon qilib bergan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُم مِّن ذَكَرٍ وَأُنثَىٰ وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا ۚ إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِندَ اللَّـهِ أَتْقَاكُمْ ۚ إِنَّ اللَّـهَ عَلِيمٌ خَبِيرٌ

“Ey insonlar! Sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Bir-biringizni taniysizlar deb, sizlarni xalqlarga va qabilalarga ayirdik. Alloh nazdida eng karomatli bo’lganingiz – orangizda (xatolardan) eng yaxshi shaklda saqlanadigan (mas’uliyatli) kishilardir. Alloh biluvchi, xabardor zotdir.” (Hujurot 49/13)

Karomat deganda mo’jiza kabi narsalar, ya’ni g’ayritabiiy ishlar nazarda tutiladi.

Allohdan vahiy olgan elchilarga o’zidagi vahiyni insonlarga yetkazishga berish vazifasi yuklatilgan. Demak, ularni qo’lida faqatgina Alloh tarafidan berilishi mumkin bo’lgan, inson yoza olmaydigan yoki bajara olmaydigan bir mo’jizasi bo’ladi. Agar bunday mo’jiza bo’lmasa, har qanday inson ham o’zini Allohdan vahiy olgan bir nabiy deb iddao qilishi mumkin. Shu sababli ham nabiylik va vahiy uchun mo’jiza juda muhim narsadir.

Allohni qullariga yuklagan valiylik yoki avliyolik degan hech qanday vazifasi yo’q. Har bir mo’min Allohni valisidir. Imon va ishonch insonni qalbida bo’lganligi sababli, kim valiy ya’ni kim chin mo’min kim mo’min emasligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Bu mavzu avval tushuntirib o’tildi.

Alloh taolo har bir mo’minga yordam so’zi bergan. Undan avval mo’minni qattiq imtihondan o’tkazadi, keyin imtihondan o’tsagina yordam beradi. U shunday marhamat qiladi:

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَاءُوهُم بِالْبَيِّنَاتِ فَانتَقَمْنَا مِنَ الَّذِينَ أَجْرَمُوا ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ الْمُؤْمِنِينَ

“… Mo’minlarga yordam berish zimmamizdagi vazifamizdir.” (Rum 30/47)

فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا ذَوَيْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا الشَّهَادَةَ لِلَّـهِ ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِاللَّـهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۚ وَمَن يَتَّقِ اللَّـهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا ﴿٢﴾ وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّـهِ فَهُوَ حَسْبُهُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ بَالِغُ أَمْرِهِ ۚ قَدْ جَعَلَ اللَّـهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا

“… Kim Allohdan taqvo qilsa, unga chiqish yo’lini ko’rsatib beradi va kutmagan yerdan rizq beradi. Kim Allohga suyansa, U (Alloh) unga yetadi. Alloh O’z ishini to’liq bajaradi. Alloh har narsaga bir o’lchov qo’ygan.” (Taoq 65/2-3)

Allohni yordami kelganidan keyin o’zidan ketib ko’ngli tusagan ishni qilmasdan, berilgan imkoniyat va ne’matlardan o’z o’rnida foydalanish, har kim o’z vazifasini mas’uliyat bilan bajarish va shukr qilish kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَعَدَ اللَّـهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا ۚ وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَـٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“Alloh oralaringizdan ishonib-suyangan va yaxshi ishlarni amalga oshirgan kishilarga so’z bergan; avvalgilarga bergani kabi, o’sha yerni albatta ularga beradi; O’zi rozi bo’lgan dinni ular uchun mustahkamlab beradi va qo’rquvlari ortidan ularni emin-erkinlikka ulashtiradi. Ana shundan keyin ham o’zini haqdan to’sganlar bo’lsa, ana shular fosiq-yo’ldan chiqqan kishilardir.” (Nur 24/55)

Afsona va yolg’onlar majmuasiga aylanib qolgan bu soxta karomatlardan voz kechib, yolg’iz Allohga qullik qilishga kirishing.

وَاعْبُدْ رَبَّكَ حَتَّىٰ يَأْتِيَكَ الْيَقِينُ

“O’sha ochiq haqiqat (o’lim) kelgunicha Robbingga qul bo’lishda (buyruqlarini so’zsiz bajarishda) davom et!” (Hijr 15/99)

 

[1]  Qomus Trjimasi, 4 jl, 464 sf. (Osim Tarjimasi)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
123 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 60
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 44
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 77
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 123
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 104
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 102
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 210