Payg’ambarga merosxo’r bo’lish (Tariqatchilikka Nazar 15- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Imon > Nabiy va Rosul > Tavhid Tarix: 21 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

Murid: Allohni valiy qullari payg’ambarlarni merosxo’rlaridir.

Pir: Allohni valiy qullari payg’ambarlarni vorislaridir. Payg’ambarlarda sodir bo’lgan narsalar avliyolarda ham sodir bo’ladi.

Bayindir: Menimcha, sizlar hali hanuz payg’ambarga merosxo’r bo’lish degani nima ekanini to’liq tushunmabsizlar! Nabiy – Alloh tarafidan maqomi va qadri yuksatilgan kishi degan ma’noni ifodalaydi.[1] Payg’ambar bo’lish insonni o’z ixtiyorida bo’lmaydi. Vahiy olganlardan boshqa hech bunday maqomga ega bo’lmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 كَانَ النَّاسُ أُمَّةً وَاحِدَةً فَبَعَثَ اللَّـهُ النَّبِيِّينَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ فِيمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ ۚ وَمَا اخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا الَّذِينَ أُوتُوهُ مِن بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۖ فَهَدَى اللَّـهُ الَّذِينَ آمَنُوا لِمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِهِ ۗ وَاللَّـهُ يَهْدِي مَن يَشَاءُ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

“Insonlar bir millat edi. Alloh ularga xushxabar beradigan va ogohlantiradigan nabiylar yubordi. Ular bilan birgalikda haqiqatlarni oz ichiga olgan kitoblar ham nozil qildiki, ixtilofga tushgan mavzularda insonlar orasida osha kitob hukm bersin. Ozlariga kitob berilganlardan boshqalar ixtilofga tushmadi. Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin, bir-birlari ustidan hokimiyat qurishni istaganlari uchun shunday boldi. Songra kelisha olmagan xususlarda, Alloh mominlarni oz tanlovi bilan togrilikka ulashtirdi. Alloh togrilikni tanlaganlarni togri yolga yonaltiradi.” (Baqara 2/213)

Alloh taolo mana shu buyuk maqomga yuksaltirgan payg’ambarlardan boshqa hech kimni nabiy demagan. Nabiylik Muhammad alayhissalom bilan birga yakun topgan. Chunki, Muhammad alayhissalom so’ngi nabiydir:

 مَّا كَانَ مُحَمَّدٌ أَبَا أَحَدٍ مِّن رِّجَالِكُمْ وَلَـٰكِن رَّسُولَ اللَّـهِ وَخَاتَمَ النَّبِيِّينَ ۗ وَكَانَ اللَّـهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا

“Muhammad erkaklaringizdan birini otasi emas, ammo, Allohning elchisi va so’ngi nabiydir. Alloh har narsani biladi.” (Ahzob 33/40)

Rosul – o’zidan hech narsa qo’shmasdan birovning gapini boshqa biriga yetkazib berish vazifasini olgan kishi[1] bo’lgani uchun Allohning so’zlarini yetkazgan kishi Allohning rasuli bo’ladi, boshqasini so’zlarini yetkazgan kishi esa ana o’sha kishining elchisi bo’ladi. Masalan, Misrning podshohi Yusuf alayhissalomga bir elchi jo’natgan edi. Bunga aloqador oyatlar shulardan iborat:

قَالَ الْمَلِكُ ائْتُونِي بِهِ فَلَمَّا جَاءهُ الرَّسُولُ قَالَ ارْجِعْ إِلَى رَبِّكَ فَاسْأَلْهُ مَا بَالُ النِّسْوَةِ اللاَّتِي قَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ إِنَّ رَبِّي بِكَيْدِهِنَّ عَلِيمٌ

“Qirol: “Uni menga olib kelinglar”, dedi. Podshohning elchisi kelganda, Yusuf shunday dedi: “Xo’jayininga qaytub borib so’ra-chi, qo’llarini kesgan xotinlarning dardi nima emish? …” (Yunus 12/50)

Demak, har elchi nabiy bo’lolmaydi, lekin , har bir nabiy rasul bo’lishi mumkin. Nabiylikning asosiy vazifasi, o’ziga kelgan kitobni boshqalarga yetkazib berishdir.

Elchini vazifasi, faqatgina unga topshirilgan so’zni yetkazib berishdan iboratdir:

فَهَلْ عَلَى الرُّسُلِ إِلَّا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ

“Elchilarga ochiq-oydin yetkazib berishdan boshqa nima ham yuklatiladi?” (Nahl 16/35)

Shu sababli, shaxsan o’zi vahiy olmagan bo’lsa-da, vahiy olgan nabiylardan eshitgan va bilgan oyatlarini boshqalarga yetkazib berish vazifasi olgan kishilarga ham rasul, ya’ni elchi deyiladi. Shu oyatlar ulardan xabar beradi:

كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ الْمُرْسَلِينَ

“Nuhni xalqi rasullarni (elchilarni) yolg’onchiga chiqarishdi.” (Shuaro 26/105)

كَذَّبَتْ عَادٌ الْمُرْسَلِينَ

“Od xalqi ham rasullarni (elchilarni) yolg’onchiga chiqarishdi.” (Shuaro 26/123)

كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ الْمُرْسَلِينَ

“Lutni xalqi ham rasullarni (elchilarni) yolg’onchiga chiqarishdi.” (Shuaro 26/160)

Nuh qavmiga Nuh, Od qavmiga Hud, Lut qavmiga esa Lut alayhissalom elchi qilib yuborilgan. Oyatlarda aytib o’tilgan boshqa elchilar, Nuh, Od va Lut alayhissalomga yuborilgan kitoblarni boshqalarga yetkazish bilan vazifalangan elchilardan boshqasi bo’lishi mumkin emas.

Muhammad alayhissalom so’ngi nabiydir, nabiylik u bilan yakun topdi, unga voris bo’lganlar u olib kelgan kitobga o’zlari amal qilishlari va boshqalarga ham uni tablig’ qilib yetkazishlari kerak bo’ladi. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 وَإِذَ أَخَذَ اللّهُ مِيثَاقَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ لَتُبَيِّنُنَّهُ لِلنَّاسِ وَلاَ تَكْتُمُونَهُ فَنَبَذُوهُ وَرَاء ظُهُورِهِمْ وَاشْتَرَوْاْ بِهِ ثَمَناً قَلِيلاً فَبِئْسَ مَا يَشْتَرُونَ

“Alloh, kitob berilganlardan qat’iy so’z oldi: uni insonlarga kesinlikla bayon qilasizlar, aslo yashirmaysizlar. Ammo ular Kitobni orqalariga tashladilar va evaziga ozgina (o’tginchi, qiymatsiz, arzon) bir matoh oldilar. Olgan narsalari qanday yomon narsa.” (Oli Imron 3/187)

Qur’onni tablig’ qilish va undagi hikmatlarga ulashgan holda muammolarga yechim topish vazifasini suiiste’mol qilganlarni boshiga tushadigan holatni quyidagi oyat bayon qilib beradi:

إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ ۖ فَمَنْ حَجَّ الْبَيْتَ أَوِ اعْتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا ۚ وَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَإِنَّ اللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلْنَا مِنَ الْبَيِّنَاتِ وَالْهُدَىٰ مِنْ بَعْدِ مَا بَيَّنَّاهُ لِلنَّاسِ فِي الْكِتَابِ ۙ أُولَٰئِكَ يَلْعَنُهُمُ اللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ اللَّاعِنُونَ

“Safo bilan Marvo Allohga qullik qilishning ramziy alomatlaridandir. Kimki haj yoki umra niyati bilan Ka’bani tavof qilsa, u kishini safo va Marvo orasida sa’y qilishida gunoh yo’q. Kimki o’z ixtiyori bilan biron-bir yaxshilik qilsa, bilsinki, har narsani bilib tuguvchi va qilingan yaxshilikni mukofotini beruvchi Allohdir. Nozil qilgan ochiq oyatlarimizni va to’g’ri yo’lni bu kitobda insonlarga ochiqlab berganimizdan keyin, uni yashirib-berkitadiganlar bor-u, aynan ularni Alloh ham la’natlaydi boshqa la’natlovchilar ham la’natlaydi.” (Baqara 2/159, 160)

إِنَّ الَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ الْكِتَابِ وَيَشْتَرُونَ بِهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ۙ أُولَٰئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ إِلَّا النَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

“Alloh nozil qilgan kitobdan biron narsani yashirib, uni o’tkinchi narsaga[148] sotadiganlar – qorinlarini faqat o’tga to’ldiradiganlardir. Qiyomat kuni Alloh ular bilan gaplashmaydi va ularni oqlamaydi. Ularni nasibalari og’riqli azob-qiynoqdir.” (Baqara 2/174)

Muhammad alayhissalom ham shunday degan:

“Mendan agar bitta oyat olgan bo’lsangiz ham, uni tablig’ qilinglar (boshqalarga yetkazinglar).” (Buxoriy, Anbiyo 50)

Qur’onni tablig’ qilish har bir musulmonni vazifasidir. Kim qancha oyat bilsa, uni boshqalarga ham yetkazishi, tushuntirib berishi kerak. O’zi bilgan oyatlarni yonidagi kishilar tushunadigan o’z ona tilida tushuntirib berish kerak. Oyatlardan to’g’ri hukm chiqara olish uchun esa, bilimli insonlardan tashkil topgan bir ilm hay’ati bo’lishi kerak. Insonlarni orasidagi muammolarni Qur’on bilan ochiqlab beradigan bir hay’atni tashkil topishiga o’z hissasini qo’shish ham har bir musulmonni vazifasidir.

Endi sizga kelsak, siz Allohning bir qancha oyatlarini berkitishga va dinda bo’lmagan narsalarni dindan deb xalq orasida tarqatishga juda katta sa’y-harakat qilyapsiz va bunga bor kuchingiz bilan urinyapsiz. Insonlarni o’zingizga ishontira olish uchun esa, Allohdan vahiy olganingizni iddao qilyapsiz.

Karomat ko’rsatayotganingizga imo-ishora qilgan holda, o’zingizni xalq orasida muqaddaslashtirib olyapsiz. Ham Allohni dinini tahrif qilyapsiz, hamda uni valiysiman deb aytyapsiz. Allohni valiy qullari nabiylarni vorislaridir; nabiylarda yuz bergan narsalar valiylarda ham yuz beradi, deb xalqni anchagina yo’ldan chiqarib yuboryapsiz! Sizdan iltimos, tavba qilib bu yo’ldan qayting, Allohni kitobida keltirgan dinida xolis bo’ling va Allohni diniga qayting.

 

[1]

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
59 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 5
2 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 32
3 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 70
4 Payg’ambarga merosxo’r bo’lish (Tariqatchilikka Nazar 15- bo’lim) 21.04.2019 59
5 Yaxshi va yomon ruhlar (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim) 13.04.2019 53
6 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 89
7 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 78
8 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 57
9 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 61
10 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 58
11 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 83
12 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 173