G’aybni bilish (Tariqatchilikka Nazar 13- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Imon > Kufr Tarix: 16 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

G’ayb – sezgi o’rganlaridan uzoq bo’lgan va insonni u haqda hech qanday ma’lumoti bo’lmagan narsaga aytiladi.[1]

Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan narsalarga g’aybi-mutlaq deyiladi. Insonlar orasida kimgadir bilingan va boshqalarda bilinmagan narsaga esa g’aybi-mutlaq deyilmaydi. Masalan, sizni ichingizdagina men bilmayman, lekin o’zingiz bilib turibsiz. O’sha narsa men uchun g’ayb, siz uchun g’ayb emas.

Tariqat pirlari g’aybni bilishlarini iddao qilishadi. Hatto, qiyomat qachon bo’lishini, ertaga nima voqea yuz berishi va qayerda yuz berishini bilishi haqida gapiradiganlar ham bor. Endi, bu haqda gapirib yuruvchilar nazdida Qur’on oyatlari qanchalik e’tiborsizlashib qolganiga bir misol beraylik. Alloh taolo shunday buyuradi:

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَن نُّؤْمِنَ بِهَـٰذَا الْقُرْآنِ وَلَا بِالَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ وَلَوْ تَرَىٰ إِذِ الظَّالِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ الْقَوْلَ يَقُولُ الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا لِلَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا لَوْلَا أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ

“Qiyomat vaqtiga aloqador bo’lgan ilm Allohga oiddir. Yomg’irni U yog’diradi va U bachadondagi narsani nima ekanini biladi. Ertaga nimani qo’lga kiritishini hech kim  bilmaydi. Qayerda o’lishini hech kim bilmaydi. Shubhasizki, Alloh biluvchi, har narsadan xabardor zotdir.” (Luqmon 34/31)

Mavzu haqida Ahmad b. Al-Muborak o’zining shayxi bo’lmish Abdulaziz ad-Dabbog’ga shunday savol beradi:

  • Ey Pirim, zohiriy ilm egalari deb bilinadigan hadis olimlari va boshqalari Qur’ondagi luqmon surasida kelgan g’aybga aloqador bo’lgan beshta narsani Payg’ambarimiz alayhissalom bilgan yoki bilmaganligi haqida farqli fikrlar aytishgan.

Piri shunday javob beradi:

  • G’ayb haqida bu besh narsa qanday qilib Rasululloh uchun bilinmagan narsa bo’lishi mumkin? Rasululloh o’z umati haqidagi tasarrufidan[2] to’liq foydalana olishi uchun, u kishi bu beshta narsani albatta bilishi kerak bo’ladi.[3]

Ularga ko’ra yuqoridagi oyatni hech qanday qadr-qiymati yo’q. Endi mana shu oyatlarga bir nazar solaylik:

يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ رَبِّي ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَا إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْأَلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِيٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ اللَّـهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

“Sendan qiyomatni vaqtini so’rashmoqda, qachon sodir bo’ladi deya! Aytginki: Uning ilmi yolg’iz Rabbimning huzuridadir. Vaqti kelganda uni o’rtaga chiqaradigan Udir. Qiyomat sodir bo’lishi osmonlar va yerga og’ir keladi. U sizlarga kutilmaganda-to’satdan keladi. Xuddi seni xabaring bordek, uni sendan so’rashmoqda. Uni ilmi faqatgina Alloh huzuridadir. Lekin, insonlarni ko’pchiligi buni bilmaydilar.” (A’rof 7/187)

يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا  فِيمَ أَنتَ مِن ذِكْرَاهَا  إِلَىٰ رَبِّكَ مُنتَهَاهَا   إِنَّمَا أَنتَ مُنذِرُ مَن يَخْشَاهَا  

“Sendan qiyomatni vaqtini so’rashmoqda, qachon sodir bo’ladi deya! Sen qayerda-yu, uni bilish qayerda! Uning ilmini intihosi Rabbingga xos. Sen faqatgina u kundan qo’rqqanlarni ogohlantirasan, xolos.” (Naziat 79/42-45)

Abdulaziz Dabbog’ kabi o’zini Qur’ondan ham ustun tutib adashgan kishilarni so’zlarini bu yerda gapirishni xohlamas edim. Lekin, mig afsuski, musulmonlarni imon-e’tiqodlariga bu va bu kabi insonlarni so’zlari dog’ tushirmoqda.

Pir: Avliyolar insonlarni ichidagi narsalarni bilishi haqdir va bu narsa bo’lib kelgan, bu narsaga kashfi zamoir, kashfi ma fil qulub deyiladi. Ko’plab tasavvuf kitoblarida avliyo kalimasining ta’rif va atamasini oshiqlab bergan bo’limlarda bu haqda ko’plab misollar bor. Hatto G’arb olimlari ham bunga o’xshagan g’ayri oddiy yo’llar bilan insonni ichini bilib olish va g’ayb ilmidan xabardor bo’lish degan narsani fan tomonlama tasdiqlab bo’lishgan.

Ichini bilish, telepatiya, ma’lum bo’lish kabi nomlar bilan ham xalqimiz bundan xabardor. Men o’z ustozimda bu narsaga ko’plab misollarni uchratdim, bunga shohid bo’ldim.

Bizga An’om surasini 50- oyatini dalil qilib keltirishga urinyapsan!  Seni o’zing fatvo bo’limida mas’ul shaxs bo’lib ishlaysan.[4] Hayron qoldim! To’g’risi senga ichim og’ridi, hamda seni aybladim! Islomiy ilmlar shu qadar orqada qolib ketdimi deb afsuslandim!

Bu narsa shariatga zid emas. Mashhur o’sha Qurbi Navofil hadisida Payg’ambarimiz Alloh taoloni: “O’sha ibodatgo’y va zohid qulimni sevgan vaqtimda, uni ko’radigan ko’zi, eshitadigan qulog’i, gapiradigan tili, yuradigan oyog’i bo’laman; men bilan ko’radi, men bilan eshitadi, men bilan gapiradi, men bilan ushlaydi, men bilan yuradi”, deganini bildirmoqda-ku axir! Ana o’sha narsa g’aybdan xabardor bo’lishdir![5]

Bayindir: Islomiy ilmlar shunchalik ham orqada qolib ketadimi deb afsuslanishingiz to’g’ri. Islomiy ilmlar yo’q bo’lib, o’rnini xurofotlar egallab olganini menga siz o’zingiz menga misol qilib ko’rsatib berdingiz.

Shayxingiz Mehmed Zohid Qo’tqu, Ahli Sunnat Aqoidi nomli kitobida, insonni kofir bo’lishiga sabab bo’ladigan so’z va harakatlarni sanab o’tarkan quyidagilarni ham qo’shib o’tgan:

“G’aybni bilaman degan” kishini tasdiqlagan, men o’g’irlangan ,mollarni bilaman” degan kishini tasdiqlagan, “menga jinlar xabar beradi” degan va bu so’zni tasdiq qilgan kishilar (kofir bo’ladilar). Zero, g’aybni inson ham jin ham bilmaydi. G’aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi.”[6]

Demak, shayxingizga ko’ra, “Avliyolar insonlarni ichidagi narsalarni bilishi haqdir va bu narsa sodir bo’lib turadi” degan kishi kofir bo’lar ekan.

(Kashf masalasi quyida alohida bir bo’limda keltiriladi)

Pir: Sen g’ayb kalimasining ma’nosini va g’aybni turlarini bilmasdan gapiryapsan! G’aybi-Mutlaqni faqatgina Alloh biladi, agar U bildirmasa payg’ambarlar ham avliyolar ham bilmaydi. Lekin, Alloh taolo bildirib qo’ysa, hamma narsa bilinadi, hamma narsa gapiriladi. Bir insonning qalbidagi, zehnidagi, niyati, ichinda saqlagan siri g’aybi-mutlaq emas, u narsa bilinadi, uni o’qib olsa bo’ladi.[7]

Bayindir: Allohdan boshqa hech bilmaydigan narsalar g’aybi-mutlaqdir. Allohdan boshqasi ham biladigan narsalarga g’aybi-mutlaq deyilmaydi. Masalan, sizni xayolingizga kelayotgan narsalarni siz bilasiz, lekin men bilmayman.

Munofiqlar o’zlarini qalbidagi narsalarni o’zlari bilib turganliklari sababli, u ham g’aybi-mutlaq deyilmaydi. Ammo, Qur’on bizga Muhammad alayhissalom munofiqlarni qalbidagi narsalarni bilmasligi haqida shu xabarni bermoqda:

وَمِمَّنْ حَوْلَكُم مِّنَ الْأَعْرَابِ مُنَافِقُونَ ۖ وَمِنْ أَهْلِ الْمَدِينَةِ ۖ مَرَدُوا عَلَى النِّفَاقِ لَا تَعْلَمُهُمْ ۖ نَحْنُ نَعْلَمُهُمْ ۚ سَنُعَذِّبُهُم مَّرَّتَيْنِ ثُمَّ يُرَدُّونَ إِلَىٰ عَذَابٍ عَظِيمٍ

“Atrofingizdagi cho’l arablaridan va Madina xalqidan munofiqlikda ustasi farang kishilar bor. sen ularni bilmaysan, Biz bilamiz. Biz ularni ikki marotaba azobga uchratamiz. Keyingi marta buyuk bir azobga qaytariladilar.” (Tavba 9/101)

Pir: Bir masalada izlanish olib borilayotganda, mavzuga aloqador barcha ma’lumotlar ko’rib chiqilmasa to’g’ri natijaga ulashib bo’lmaydi. Bita oyatni dalil qilib olib, boshqa oyatlarga murojaat qilmaslik kamchilikdir, xatodir, ma’naviy jihatdan ham tahlikadir. An’om surasining 50- oyatida shunday deyilgan:

قُل لَّا أَقُولُ لَكُمْ عِندِي خَزَائِنُ اللَّـهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ

“(Ey Muhammad) Aytginki: Sizlarga “Allohning xazinalari yonimdadir demayapman. G’aybni ham bilmayman. Sizlarga “men bir malakman” ham demayapman. Menga nima vahiy qilinsa, men o’shanga ergashaman. Aytginki, ko’radigan bilan ko’r teng bo’ladimi? Hech ham tushunmaysizlarmi?” (An’om 6/50)

Bu oyat shunday, ammo, Yusuf surasining 96- oyatida Yaqub alayhissalomni shunday degani bildiriladi:

“Sizlar bilmagan narsalarni men – Alloh tarafidan (bildirilgani uchun) – bilaman…”[8]

Bayindir: Siz ozingizni gapingizni o’zingiz inkor qilyapsiz.

“Bir insonning qalbidagi, zehnidagi, niyati, ichinda saqlagan siri g’aybi-mutlaq emas, u narsa bilinadi, uni o’qib olsa bo’ladi”, degan gapingiz rost bo’lsa, Yaqub alayhissalom sevimli farzandi bo’lmish Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlamoqchi bo’lgan o’g’illarini ichidagi narsani nega bilib olmagan, nega o’qib olmagan?

Bunga ham mayli deylik, Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlaganidan keyin yog’lagan hollarida kelgan o’g’illarini qalblarini o’qib olib yaqin joydagi quduqni ichida yotgan Yusufni nega qutqarmadi?

Agar bir oz bo’lsa-da samimiy bo’lsangiz, Yusuf surasining 96- oyati sizni gapingizga dalil bo’lmaganini bilib olasiz!

Yusuf payg’ambar yoshligida ko’rgan bir tushini otasi Yaqub alayhissalomga aytib berganida, Yaqub uni kelajakda payg’ambar bo’lishini tushinib yetgan edi. Shu sababli ham bu narsa bir kun o’rtaga chiqishiga ishonar edi. Oyatlar shunday:

 إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَا أَبَتِ إِنِّي رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِي سَاجِدِينَ  قَالَ يَا بُنَيَّ لَا تَقْصُصْ رُؤْيَاكَ عَلَىٰ إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُوا لَكَ كَيْدًا ۖ إِنَّ الشَّيْطَانَ لِلْإِنسَانِ عَدُوٌّ مُّبِينٌ  وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ الْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلَىٰ آلِ يَعْقُوبَ كَمَا أَتَمَّهَا عَلَىٰ أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْحَاقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 

“Bir kun Yusuf otasiga shunday dedi: “Otajon, tushimda o’n bitta sayyora, quyosh va oyni ko’rdim. Ular menga sajda qilayotganini ko’rdim.”

Aytdiki: “Bolajonim! Tushingizni akalaringizga aytib bermang; sizga biron-bir xiyla qilishlari mumkin. Chunki, shayton insonning ochiq-oydin dushmanidir.”

Demak, shunday bo’ladi; Rabbingiz sizni tanlab oladi va hodisalarning ta’vili-yechimini sizga o’rgatadi, sizga va Yaqub oilasiga qilgan yaxshiliklarini to’liq qilib berar ekan. Mana shu shaklda, otalaringiz Ibrohimga va Is’hoqqa nisbatan bo’lgan yaxshiligini ham to’liq qilib bergan edi. Aniqki, Rabbingiz biluvchidir, to’g’ri qaror beruvchidir.” (Yusuf 12/4-6)

Aksariyat tafsir kitoblarda 11 sayyora Yusufning akalari; quyosh va oy esa ota-onasi deb ta’vil qilingan.[9] Bir kuni ular Yusufni Qarshisida hurmat bilan bosh egar edi; Yaqub alayhissalom o’sha kunni kutar edi:

فَلَمَّا أَن جَاءَ الْبَشِيرُ أَلْقَاهُ عَلَىٰ وَجْهِهِ فَارْتَدَّ بَصِيرًا ۖ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ مِنَ اللَّـهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ

“Xushxabarchi kelib ko’ylakni Yaqubni yuziga tashlaganida, u yana ko’ra boshlagach: “Sizlarga, men sizlar bilmagan narsani Alloh tarafidan (bildirilishim sababli) bilaman, deb aytmaganmidim, dedi.” (Yunus 12/96)

G’aybni bilish mumkin deb keltirgan oyatingiz, ayna  mana shu holatni o’rtaga chiqarmoqda.

Sizni gaplaringiz muridlarni ancha sarosimaga solib qo’ymoqda.[10] Madina-i Munavvarada hojilar bilan suhbat qilib, g’aybni Allohdan boshqa hech kim bilmasligi haqida suhbat qildim. Muridlaringizdan bir ayol xonim menga shunday dediki: “Siz shunday deyapsiz, ammo men aniq bilamanki, meni shayxim men kechasi yotog’imda chap va o’nga necha marta burilganimni ham bilib turadi.”

Pir: (Oldinga otilib) Alloh bildirsa bilmaydimi? Allohni bunga kuchi yetmaydimi?   

Bayindir: Allohni kuchi yetmaydigan nima ham bo’lishi mumkin? Ammo, Allohni kuchi bilan dalil keltirilmaydi. Agar Alloh xohlasa Muhammad alayhisaslomni jahannamga, shaytonni esa jannatga kirgizishi mumkin emasmi? Allohni bunga kuchi yetmaydimi?

Pir: Albatta yetadi.

Bayindir: Allohni kuchi yetadi deb-la kim endi aytishi mumkin shayton ham jannatga kirishi mumkin deb?

Barcha g’aybni bilgan Rabbimiz shunday buyuradi:

        “… Alloh sizlarga g’aybni bildirmaydi…” (Oli Imron 3/179)

Alloh shunday degandan keyin, bizni vazifamiz endi Allohni bu so’zlariga qat’iy ishonishdan boshqa narsa bo’lmasligi kerak.

Pir: Ammo, Alloh taolo shunday buyurmoqda-ku:

“U barcha g’aybni biladi, g’aybini hech kimga zohir qilmaydi. Faqatgina, O’zi rozi bo’lgan elchi bundan mustasno.” (Jin 72/26,27)

Bayindir: U oyatlar elchilarga vahiyni kelish shakliga aloqador oyatlardir. Buni to’g’ri tushunish uchun oyatlarni birgalikda va to’liq o’qish kerak.

عَالِمُ الْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِ أَحَدًا  إِلَّا مَنِ ارْتَضَىٰ مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُ يَسْلُكُ مِن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ رَصَدًا   لِّيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُوا رِسَالَاتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَيْءٍ عَدَدًا

“Alloh barcha g’aybni biladi, g’aybini O’zi xohlagan elchidan boshqa hech kimga zohir qilmaydi. Uni ham oldiga va hamda orqasiga qo’riqchi qo’yib qo’yadiki, u elchi farishtalar Rabbining so’zlarini to’liq yetkazib berganini bilib olsin; ulardagi barcha narsani olsin va har narsani bir-ma bir qamrab olsin.” (Jin 72/26-28)

Allohni elchilariga shayton ham kelishi va vasvasa qilishi va ba’zi narsalarni buzishga urinishi ham mumkin. Alloh taolo shunday buyuradi:

“(Ey Muhammad!) Biz sendan ilgari yuborgan qaysiki rasul va qaysiki nabiy biron bir orzuda bo’lsa, shayton uni orzusiga bir vasvasa solib keldi. Lekin, Alloh shayton solgan vasvasani yo’q qilib, O’zining oyatlarini mustahkamladi. Alloh biluvchi, hikmat bilan ish qiluvchi zotdir.” (Haj 22/52)

An’om surasini nozil bo’lishi haqida Anas b. Molik orqali keltirilgan hadis bor. Rasululloh shunday degan ekan:

An’om surasidan boshqa hech qaysi sura bir-butun bo’lib nozil bo’lmadi. Shaytonlar bu sura uchun to’planganchalik boshqa suralar uchun to’planishmagan edi. Bu sura menga Jabroil bilan birgalikda yana ellik mingta farishta ila nozil qilindi. Ular uni qamrab olishgan edi, bir to’y dabdabasi kabi olib kelishdi.[11]

Elchi unga kelganni farishta ekaniga va aytgan so’ziga shayton aralashmaganiga ishonch hosil qilishi kerak. Vahiy kelishi asnosida elchini atrofini farishtalar o’rab olishini sababi ham aynan shudir.

Vahiyni kelishi haqida bayon qilib beradigan oyatlarni g’aybni bilish mumkin degan gapga dalil qilib olish mumkin emas.

 

[1] Mufradot G’YB moddasi, 616- sahifa.

[2] Tasarrufga ega deb iddao qilish shirkning bir turidir. Bu haqda Ko’rinmas Eranlar mavzusiga murojaat qiling.

[3] Abdulaziz a-Dabbog’, al-Ibriz, (Jalol Yildirim Tarjimasi) Istanbul 1979, 1- j, 521-522- sahifa.

[4] Bu tortishuv bo’lib o’tgan vaqtlarda men Istanbul Muftiligi Fatvo bo’lim boshlig’i edim. Muftilikda 1976- yildan boshlab 1997- yilgacha ishladim. menga bu ne’matni nasib etgan Rabbim Allohga hamd bo’lsin.

[5] Asat Jo’shan, (Xalil Najoto’g’li), Avliyo Karomati Haqdir maqolasi, 1992, Avgust, 108.

[6] Mehmet Zohid Qo’tqu, Ahli Sunnat Aqoidi, Kufrni Ijob Etuvchi So’zlar va Holatlar, Siha Nashriyoti, Ist, 1992, 134- sahifa.

[7] Asat Jo’shan (Xalil Najoto’g’li), Islom Jurnali, 1992, Avgust, 108.

[8] Yuqoridagi yozuvni davomi.

[9] Muhammad b. Jarir at-Tobariy, Bayrut 1412/1992, 7-j, 149- sahifa.

[10] Bundan keyingi iddaolar Mahmut Ustausmono’g’li (Mahmut Afandi) va jamoasi bilan ko’rishganimizda o’rtaga chiqqan.

[11] Elmalili Hamdi Yazir, Haq Din Qur’on tili, Ist, 1936, 2-j, 1861, 1862.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
49 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 10
2 G’aybni bilish (Tariqatchilikka Nazar 13- bo’lim) 16.04.2019 49
3 O’lim vaqtida farishtalarni insonga ko’rinishi va savol-javobi 12.04.2019 43
4 Imon keltirishimiz farz bo’lgan Ilohiy Kitoblar 25.06.2018 178
5 Odam va Shayton qilgan gunohidan so’ng o’zini tutishlari 25.06.2018 41
6 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 137
7 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 185
8 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 145
9 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 157
10 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 126
11 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 199
12 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 201
13 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 328
14 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 142
15 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 133
16 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 139
17 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 116
18 Allohni avfi bilan aldanish 10.06.2018 127
19 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 133
20 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 131
21 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 184