Ko’rinmas Eranlar (Tariqatchilikka Nazar 11- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > O'liklar Tarix: 12 Aprel 2019 Email This Post Email This Post

Murid: Sen hozir uchlar, yettilar, qirqlar, qutblar va g’ovslarni ham qabul qilmayapsanmi? Avliyolarni eng ustun sifatlilariga avtod (ustunlar) deyiladi. Ularni ham ust tabaqasidagi valiylarga ravosiy (tog’lar) deyiladi. Har qanday bir falokat vaqtida qullar avtodlarga yuzlanadi, avtodlar esa ravosiylarga yuzlanadi. Ravosiyni Qutb boshqaradi.

Qutbdan keyingi tabaqadagi ikki kishiga imomayn deyiladi. Bulardan biriga imomi-yamin, yana biriga imomi-yasar deyiladi. Imomi-yamin qutbning hukmlariga, imomi-yasar esa qutbning haqiqatiga mazhardir. Qutb vafot etganda, uni o’rnini imomi-yasar egallaydi. Qutb va o’sha ikki imomlar birgalikda uchliklar hosil bo’ladi.

Qutb eng katta avliyodir. U, Eranlarni boshi va Allohning izni bilan koinotni o’z tasarrufiga olib boshqaruvchi shaxs hisoblanadi.

G’avs – qiyin ahvolga tushib qolinganda iltijo qilinadigan va yordam so’raladigan qutbdir. Qiyin ahvolga tushib qolgan so’filar: “Yetish Yo G’avs!, Madad Yo G’avs”, deb qutbga iltijo qiladilar. G’avs esa, undan yordam so’raganlarga yordam qo’lini uzatadi. Abdulqodir Geyloniy G’avs-i A’zam laqabi bilan mashhurdir.

Lekin, barcha bu iltijo va yordam tilaklari bir ko’rinishda g’avsdan so’ralayotgan bo’lsa-da, aslida Allohdan so’ralmoqda. Chunki, olamda yagona vakolat egasi yolg’iz Allohdir. Undan boshqa foil-i mutlaq yo’q. G’avs deb bilingan kishilar Alloh taoloning ilohiy ism va sifatlariga mazhar bo’lgan kishilardir.

Bulardan boshqa sanoqlarni boshqa rivoyatlarda sakkiz, yana bir rivoyatda qirq bo’lmish nujabo va soni o’z yoki uch yuzta bo’lgan nuqabo deyilgan va insonlarni ichki dunyolaridan xabardor bo’lgan shaxslar bor.

Umumiy olib qaralganda, rijalul-g’ayb va g’ayb eranlari deya tanilgan bu Haq do’stlarining maqomlari bo’sh qolmaydi. Ulardan biri o’lsa, o’rnini boshqa biri egallaydi va uni maqomiga yuksaladi.[1]

Bayindir: “Bular asmo va sifat-i ilohiyga mazhar bo’lgan kishilardir”, dedingiz. Ya’ni, “Allohning ismlari va Allohga xos bo’lgan xususiyatlar bularda ko’rinadi”, degan bo’lyapsiz, ularni har tomonlama Allohga o’xshatyapsiz. Sizni bu din deb ta’riflayotgan diningiz Allohni dinidan umuman boshqa bir din! Siz o’zingizni musulmonman deb tanitib nega insonlarni aldayapsiz?!

Sizni yo’lingiz, to’g’ri yo’lni ustiga o’tirib olgan shaytonlarni valiy qilib olishdan boshqa narsa emas. Aloqador oyat shunday:

فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ الضَّلَالَةُ ۗ إِنَّهُمُ اتَّخَذُوا الشَّيَاطِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ اللَّـهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Alloh bir qism insonlarni hidoyatga muvofiq qildi, bir qismi esa zalolatga munosib bo’ldi. Adashganlar, Alloh bilan o’zlarini orasidagi avliyolarga osilib oladilar, ammo o’zlarini to’g’ri yo’lda deb biladilar.” (A’rof 7/30)

Demak, o’zini to’g’ri yo’lda deb bilmaydigan hech kim yo’q. Eng asosiysi esa, Alloh uni to’g’ri yo’lda deb hisoblashidir.

Siz aytgan yo’l shaytonni yo’lidir. Ana o’sha siz aytgan ism va atamalar ham valiy qilib olingan shaytonlar uchun to’qib chiqarilgan nomlar va atamalardir. Alloh taolo shunday buyuradi:

اتَّبِعُوا مَا أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

“Rabbingizdan sizlarga nima nozil qilingan bo’lsa, ana o’shanga ergashinglar. Alloh bilan o’rtangizga qo’yib olgan avliyolarga ergashmanglar. Bilimingizdan naqadar oz foydalanyapsizlar.” (A’rof 7/3)

Murid: biz aslo Allohga shirk keltirmaymiz. Ammo, dunyoni jismoniy tartibini ushlab turish uchun qaysidir insonlarni qandaydir vazifalarga ega qilinishini iroda qilganidek, olamdagi ma’naviy tartibni muhofaza qilib ushlab turish, yaxshiliklarni ta’minlash, yomonliklarni daf etish uchun ham Alloh O’zi sevgan qullarini mana shunday vazifalar bilan vazifalantirib qo’yadi. Bular katta-katta nabiylarni o’rniga kelgan kishilardir.[2]

Bayindir: bu so’zlar aynan Makka mushriklari Ka’bani tavof qilayotganda aytgan so’zlari bilan bir xil ma’no ifoda qilmoqda:

Buyur Allohim, buyur; Seni hech qanday sheriging yo’q. Bir dona sheriging borki, uni ham bo’lsa, uning barcha vakolatlarini egasi Sensan.[3] 

Ular bu vakolatlarni farishtalarga nisbat berishar edi. Farishtalarni Allohni qizlari deb bilishgani uchun, bu ishimiz bilan Allohga shirk keltirmadik deb o’ylashar edi.

Murid: Biz Allohga aslo shirk keltirmaymiz! Bizni Allohga bo’lgan ishonchimiz mukammaldir.

Bayindir: Allohni borligiga ishonmagan inson yo’q. Shu bois, har bir mushrik asl maqsadini Allohga ulashish ekanini, vositachilarga uni Allohga yetishtirsin deb qul va xizmatkor bo’lib oladilar va natijada shirkka tushib qoladilar. Aloqador oyat shunday:

أَلَا لِلَّـهِ الدِّينُ الْخَالِصُ ۚ وَالَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِهِ أَوْلِيَاءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَا إِلَى اللَّـهِ زُلْفَىٰ إِنَّ اللَّـهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِي مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ اللَّـهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ كَاذِبٌ كَفَّارٌ

“Bilingki, Allohning dini xolis dindir. Allohdan avval avliyolarga osilib olganlar aytadilarki: “Bu avliyolarga qullik qilishimizni sababi, bizlarni Allohga yana-da ko’proq yaqinlashtirishlari uchundir.” Ular ixtilofga tushgan har xususida Allohni O’zi ularni orasida hukm qiladi. O’zini haqdan to’sib olaveradigan bir yolg’onchini Alloh aslo O’z yo’liga qabul qilmaydi.” (Zumar 39/3)

Mana shu sababli hech bir mushrik o’zini mushrik ekanini qabul qilib tan olmaydi. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۗ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الظَّالِمُونَ   وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوا أَيْنَ شُرَكَاؤُكُمُ الَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ   ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّا أَن قَالُوا وَاللَّـهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ   انظُرْ كَيْفَ كَذَبُوا عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ ۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا يَفْتَرُونَ    

“Allohga nisbatan yolg’on to’qib chiqargan kishidan yoki oyatlarga nisbatan yolg’on gapirgandan ham haqsizroq kimsa bormi? U zolimlar maqsadlariga erisha olmasligi aniq. Ularni barchasini to’plagan kunimiz, ularga shunday deymiz: “Xayol qurib Menga sherik qilganlaringiz qani qayerda?  

Ularni muammoga solib qo’ygan narsa, ularni bu dunyodagi mana shu so’zlari bo’ladi: “Allohga qasam ichamizki, biz aslo mushrik emasmiz.”

Qaragin, o’zlariga qarshi qanday qilib yolg’on gapirishgan ekan. Sherik deb to’qib chiqargan narsalari ham yo’q bo’lib ketadi.” (An’om 6/21-24)

Endi esa, siz buyuk avliyolar beriladi deb ta’riflagan maqomiy atama va ismlarni, to’g’ri yo’lni ustiga o’tirib oladigan shaytonlarga berilgan ismlar ekanini ko’rib chiqamiz.

  • Qutb

Qutb sizga ko’ra eng katta avliyodir. Eranlarning boshi, Allohni izni bilan koinotni tasarruf qila oladigan shaxsdir. Koinot borliqlar degan ma’noni ifodalaydi. Tasarruf esa, biron narsadan o’zi xohlagandek foydalana olish kuchiga ega degani.[4] Unday vakolat va kuch faqatgina Allohda bor. Alloh taolo shunday buyuradi:

وَقُلِ الْحَمْدُ لِلَّـهِ الَّذِي لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُ شَرِيكٌ فِي الْمُلْكِ وَلَمْ يَكُن لَّهُ وَلِيٌّ مِّنَ الذُّلِّ ۖوَكَبِّرْهُ تَكْبِيرًا

“Ey Muhammad! Aytginki: “Har ishni chiroyli ado eta olish yolg’iz Allohga xosdir. U O’ziga farzand qilmagan. Hokimiyatdan foydalanishda Uni aslo sherigi yo’qdir. Ehtiyoji sababli birovni do’st ham qilib olgan emas! Uning buyukligini yaxshi angla.” (Isro 17/111)

  • G’avs

Sizlarga ko’ra G’avs – qiyin ahvolga tushib qolgan va yordam so’ragan qullarga yordam beradigan kishidir. Qiyin ahvolga tushib qolgan so’filar ‘Yetish yo G’avs deb duo qiladilar. G’avs esa, yordam so’raganlarga yordam qo’lini uzatadi. Abdulqodir Geyloniy G’avs-i A’zam laqabi bilan mashhurdir.

Endi mana shu oyatni yaxshilab o’qib o’rganaylik:

أَمَّن يُجِيبُ الْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ السُّوءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَاءَ الْأَرْضِ ۗ أَإِلَـٰهٌ مَّعَ اللَّـهِ ۚ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

“Muammoga tushib qolgan biri yordam so’raganida, unga ijobat qilib muammolarini ketkazgan, sizlarni yer yuzining hokimlari qilgan kim? Alloh bilan birga yana boshqa iloh bormi?! Bilimingizdan qanchalik oz foydalanmoqdasizlar?” (Naml 27/62)

  • Nujabo
  • Nuqabo

Sizlarga ko’ra, bular ham insonlarni ichki dunyolaridan xabardor bo’lgan shaxsiyatlardir. Insonlarni ichki dunyolarini Rasululloh bilmaydi-ku, bular qayerdan bilsin! Alloh taolo shunday buyuradi:

“Munofiqlarni ko’rganingda shakl-shamoyillari seni ajablantirib qo’yadi. So’zlaganlarida so’zlariga quloq solib qolasan. Ular suyab qo’yilgan o’tinlarga o’xshaydi. Har bir hayqiriqni o’zlarini ziyoniga deb o’ylaydilar. Asl dushman ulardir, ulardan ehtiyot bo’l. Alloh ularni jazosini bersin, qanday qilib yolg’onga o’girilib ketishmoqda?” (Munofiqun 63/4)

Agar Nabiyimiz munofiqlarni ich dunyolaridan xabari bo’lganda, bunday bir oyat nozil bo’larmidi?

Murid: Uchlar, yettilar, qirqlar, qutblar va g’avslar shunchaki oddiy insonlar emas! Ular buyuk nabiylarni o’rniga kelgan kishilardir.

Bayindir: Shunday ham deylik-chi, qaysi payg’ambarga olamdagi ma’naviy va ruhoniy tartibni boshqarib turishi va muhofaza qilishi, yaxshiliklarni ta’minoti va yomonliklarni daf etish vakolati va vazifasi yuklatilgan?

Insonlarga chek-chegarasi bilan vakolat bergan Alloh, Muhammad alayhissalomga shunday buyurgan:

 قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا  قُلْ إِنِّي لَن يُجِيرَنِي مِنَ اللَّـهِ أَحَدٌ وَلَنْ أَجِدَ مِن دُونِهِ مُلْتَحَدًا   إِلَّا بَلَاغًا مِّنَ اللَّـهِ وَرِسَالَاتِهِ ۚ وَمَن يَعْصِ اللَّـهَ وَرَسُولَهُ فَإِنَّ لَهُ نَارَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا   

“Ey Muhammad! Aytginki: “Men sizlarga na bir zarar bera oladigan va na yetishtira oladigan kuchga ega emasman. Aytginki: “Meni Allohni azobidan hech kim qutqarib qololmaydi. Undan boshqa sig’inadigan panoh ham topolmayman. Menga aloqador bo’lgan narsa, Allohdan kelgan narsani tablig’ qilishdan iboratdir…” (Jin 72/21-23)

Olamdagi ma’naviy va ruhoniy boshqaruvga egalik qilib turish, uni muhofaza qilib turish, yaxshiliklarni ta’minlash va yomonliklarni daf etib turish, faqat va faqat Allohga xosdir. Bu xususida boshqa birovni vakolatli deb bilish shirk bo’ladi.

Agar Muhammad alayhissalomni kuchi yetganida, kofirlarni imonga majbur olib kirish uchun qo’lidan kelgan hamma ishni qilardi. Buyuk Rabbimiz bu haqda shunday buyuradi:

وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ اسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِيَ نَفَقًا فِي الْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِي السَّمَاءِ فَتَأْتِيَهُم بِآيَةٍ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّـهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى الْهُدَىٰ ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ الْجَاهِلِينَ

“Yuz o’girishlari agar senga og’ir kelsa, yerda kanal ochishga yoki osmonda narvon topishga kuching yetsa, birorta mo’jiza keltirasan. Tanlovni Alloh qilsaydi,  bularning hammasini albatta to’g’ri yo’lda to’plar edi. Diqqat-e’tiborli bo’lki, johillardan bo’lib qolma!” (An’om 6/35)

 

[1]

[2]

[3]

[4]

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
161 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ko’rinmas Eranlar (Tariqatchilikka Nazar 11- bo’lim) 12.04.2019 161
2 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 229
3 25.06.2018 212
4 O’lib bo’lgan kishiga imon talqin qilinadimi? 25.06.2018 93
5 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 199
6 Olamdan o’tgan yaqinlarimizni qanday eslaymiz? 08.06.2018 114
7 O’liklar Qur’onni eshitishmaydi 08.06.2018 188
8 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 204