Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar Tarix: 30 Mart 2019 Email This Post Email This Post

RUHONILAR HAYOTI

Murid: Men hali ham qanoat qilganimcha yo’q. Meni bilishimcha besh xil hayot bor.

  • Birinchisi bizni hayotimiz.
  • Ikkinchisi Hz. Hizr va Ilyosning hayoti. Bular bir vaqtni o’zida ko’plab makonlarda paydo bo’la oladilar. Agar xohlasalar bizlardek yeb-ichaveradilar.
  • Uchinchisi Hz Idris va Isoning hayoti. Bu xuddi farishtalarning hayoti kabi nuroniy hayotdir.
  • To’rtinchisi shahidlarning hayoti.
  • Beshinchisi qabrdagilarning hayoti.

Shahidlar hayotlarini Alloh yo’lida fido qilganliklari uchun, Alloh ularga barzax olamida dunyo hayotiga o’xshagan, lekin mashaqqat va zahmatsiz bir hayot berib qo’yadi. Ular o’zlarini o’lgan deb bilmaydilar, aksincha, hana ham yaxshiroq bir joyda ekanini his qiladilar va juda ham baxtli bo’ladilar. Shuningdek, shahidlarning afzali bo’lmish Hamza ham shunday bir hayotda yashamoqda. Undan yordam so’raganlarni himoya qilib turishi va dunyoga aloqador bo’lgan ishlarini ko’rib-bilib turishi mumkin.[1]

Bayindir: Alloh yo’lida o’ldirilganlarni tirik ekani to’g’ri, Lekin, Alloh taolo ularni tirikligini sizlar farqiga bormaysiz va tushunib yetmaysizlar degani holda Hamzani qanday tirik yurganini anglab yetganingizni iddao qilishingiz og’ir gunohga qo’l urganingizga ishora qiladi.

Hz. Hamza undan yordam so’raganlarga aslo yordam bera olmasligi haqida hali ham shubhangiz bo’lsa yuqoridagi oyatlarni yana bir marta o’qib tushunib chiqing. Agar o’sha oyatlarga ishonsangiz, siz aytgan narsa sodir bo’lishini aqlingizdan chiqarib yuborishingiz kerak! O’sha oyatlardan biri shunday:

“To qiyomat kunigacha unga javob qaytara olmaydigan birini Alloh bilan o’zini orasiga qo’yib yordamga chaqirgandan ham adashganroq      kim bor? Holbuki, ular bularning duo/iltijolarini farqiga ham bormaydilar.” (Ahqof 45/5)

Murid: Bizni yashab turgan hayotimiz aniq, shahidlarni hayoti ham ma’lum bo’ldi. Endi qolgan uch xil hayot haqida nima deysan?

Bayindir: Aslida savolni men berishim kerak! Hizr, Ilyos, Idris va Iso (ularga salom bo’lsin) hayotda ekani va hozirda yashayotganini da’vo qilayotgan siz-ku!

Murid: Bularni aytgan zot bunday bir hayot borligini, kashf egalari bo’lgan avliyolar mutavotir darajasiga yetib borgan natijalarga asoslanib aytgan.

Bayindir: “Kashf egasi bo’lgan avliyo” degan so’z haqiqat va to’g’rilikdan mutlaqo uzoq bir atama va noto’g’ri bir ta’rifdir. G’ayb ilmiga aloqador bo’lgan bir mavzu, hech qanday ilmiy saviyasi bo’lmagan kashfga asosan qabul qilinmaydi.

Nomi aytib o’tilgan payg’ambarlardan faqatgina Iso alayhissalomni ahvolidan xabarimiz bor. Uni ham quyidagi oyatdan o’rganganmiz:

وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِي كُنتَ أَنتَ الرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

“Men ularni oralarida bo’lgan vaqtimda ularga shohid-guvoh edim. Meni jonimni olganingdan keyin ularni ko’rib-bilib guvoh bo’lib turuvchi Sen o’zing bo’lding. Sen har narsani to’g’risini biluvchisan. Agar ularni azoblasang, zotan ular Seni qullaring. Agar kechirsang, Sen har narsadan g’olib-ustun ekaning, har ishda to’g’ri hukm- to’g’ri qaror berishing rostdir.” (Moida 5/117)

Iso alayhissalom vafot etganda ummati bilan aloqasi kesilgani aniq. Shu sababli, u hanuz hayotda degan kishi yuqoridagi oyatlarga zid va qarshi chiqqan bo’ladi. Iso alayhissalomni vafot etgani haqidagi yana bir oyat quyidagicha:

إِذْ قَالَ اللَّـهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا…

“Bir kun Alloh Isoga shunday dedi: Ey Iso, seni joningni olaman va seni O’zimga yuksaltiraman, shunday qilib inkor qilganlardan seni qutqarib qolaman…” (Oli Imron 3/55)

Ko’rinib turganidek, Iso alayhissalom vafotidan keyingi ilk suhbati qayta tirilgan kuni qiyomatda sodir bo’ladi. Bundan boshqa yana Isoni hayoti haqida biron narsa bilaman deyishlik, g’ayb ilmidan xabarim bor deb da’vo qilish bilan bir xil bo’lib qoladi.

QABR HAYOTI

O’lim va Uyqu

Murid: Qabr hayoti haqida nima deysiz?

Bayindir: Alloh taolo o’lim bilan uyquni bir xil deb shunday buyuradi:

اللَّهُ يَتَوَفَّى الْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا فَيُمْسِكُ الَّتِي قَضَى عَلَيْهَا الْمَوْتَ وَيُرْسِلُ الْأُخْرَى إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

“Alloh – nafslarni uning o’limi asnosida (uyg’oq ammo ajali kelishi bilanoq) oladi, o’lmaganni (uyg’oqligida ajali kelmaganlarni) esa uyqu asnosida oladi. O’limiga hukm qilgan nafsni tutadi, boshqasini esa belgilangan ajaligacha qo’yib yuboradi. Bunda – tushungan bir jamiyat uchun ko’rsatmalar-oyatlar bordir.” (Zumar 39/42)

Bu oyatga ko’ra, o’lgan kishini ham uyquga ketgan kishini ham ruhini Alloh bir joyda ushlab turadi. Har ikkalasini ham ruhi badanidan ayrlgan bo’ladi. Yana bir oyat shunday:

وَهُوَ الَّذِي يَتَوَفَّاكُمْ بِاللَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُمْ بِالنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَى أَجَلٌ مُسَمًّى ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ

“Kunduzlari qilgan ishlaringizni bilib turib kechalari sizlarni vafot ettirayotgan Udir. So’ngra, belgilangan vaqt to’lganida kunduzi sizlarni turg’izmoqda. …” (An’om 6/60)

Qiyomatning so’zlik ma’nosi oyoqqa turish, tik turishdir. Olgandan keyin tirilish yotgan joyidan turishga, sur chalinishi esa o’rningizdan turinglar signali berilganiga o’xshaydi. Alloh taolo shunday buyuradi:

وَنُفِخَ فِي الصُّورِ فَإِذَا هُم مِّنَ الْأَجْدَاثِ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يَنسِلُونَ ﴿٥١﴾ قَالُوا يَا وَيْلَنَا مَن بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا ۜ ۗ هَـٰذَا مَا وَعَدَ الرَّحْمَـٰنُ وَصَدَقَ الْمُرْسَلُونَ ﴿٥٢

“Sur chalinadi. Ana o’sha vaqt qabrlaridan turib Rabbi tomon shoshadilar. “Holimizga voy! Bizni yotgan joyimizdan kim turg‘izdi?” deyishadi.” (Yasin 36/51-52)

Qur’onga ko’ra o’lim bir uyqu; qabr uxlash joyi; o’lgandan keyin qayta tirilish esa uyqudan turish kabidir. Qabr azobi esa, uyquda ko’rilgan yomon tush kabi bo’lishi aniqroq. Uxlagan kishi uyquda qancha qolgan muddatini bilmaydi. O’lgan kishi ham xuddi shunday. Bunga Qur’onda ikkita misol bor; biri o’lik, yana biri uyquga tolgan kishi haqida.

As′hobi Kahf g’orda 309 yil uxlab qolishgan.[2] Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

… وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَاهُمْ لِيَتَسَاءَلُوا بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَائِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ

“Shu shaklda ularni uyg’otdikki, bir-birini qanoatini o’rgansinlar. Ulardan biri: “Qancha qolib ketdingiz?”, deb so’raganida, “Bir kun, balki bir kundan ham oz”, deb javob berdilar…” (Kahf 18/19)

O’limga aloqador oyat quyidagicha:

أَوْ كَالَّذِي مَرَّ عَلَىٰ قَرْيَةٍ وَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحْيِي هَـٰذِهِ اللَّـهُ بَعْدَ مَوْتِهَا ۖ فَأَمَاتَهُ اللَّـهُ مِائَةَ عَامٍ ثُمَّ بَعَثَهُ ۖ قَالَ كَمْ لَبِثْتَ ۖ قَالَ لَبِثْتُ يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۖ قَالَ بَل لَّبِثْتَ مِائَةَ عَامٍ فَانظُرْ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَشَرَابِكَ لَمْ يَتَسَنَّهْ ۖ وَانظُرْ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَلِنَجْعَلَكَ آيَةً لِّلنَّاسِ ۖوَانظُرْ إِلَى الْعِظَامِ كَيْفَ نُنشِزُهَا ثُمَّ نَكْسُوهَا لَحْمًا ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُ قَالَ أَعْلَمُ أَنَّ اللَّـهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 

“Shu kishini hech ko’z o’ngingga keltirmadingmi? U tomlari yiqilgan va devorlariga ustiga qulagan bir qishloqdan o’tib borar ekan: “Alloh bu qishloq (aholisini)ni o’limidan keyin qaytadan qanday qilib tiriltirar ekan?”, degan edi. Alloh uni yuz yil muddatga o’ldirdi va so’ng tiriltirdi. “Qancha muddat (o’lim holatda) turib qolding?”, deb so’raldi. “Bir kun, yoki undan ham oz”, deb javob berdi u. Alloh aytdiki: “Yo’q, to’liq yuz yil qolding. Yemoq-ichmog’ingga qara, aslo aynimagan. Endi, eshagingga qara! Bu narsa – seni insonlarga ibrat qilish uchundir. Bu suyaklarni qaytadan qanday tiklashimizni, so’ng ularni go’sht bilan qanday qoplashimizni ko’r!” Bu narsalar unga ochiq-oydin ayon bo’lgach: “Endi bilyapman, Alloh har narsaga qonun-qoida/o’lchov qo’ygan ekan”, dedi.” (Baqara 2/259)

Yuz yil o’lim holatida qolgan va 309 yil uyquda qolgan kishilar, bir kun yoki undan ham vaqt o’tgan deb hisoblashmoqda. Bu oyatlar zamon degan bir alohida borliq yo’q ekanini bayon qolmoqda. Qabr hayoti haqida dars olmoqchi bo’lganlarga, mana shu oyatlarni chuqur tafakkur va tadabbur qilib o’qib chiqishlari tavsiya etiladi.

Uyquga ketgan ruh badanga qaytib kirishi kerakligi uchun, badan tirik bo’ladi. O’lganlarni ruhi qaytib kelmaganligi bois, uni badani endi o’lik bo’ladi. Qiyomatda qayta yaratilgan badanga kirgan ruh, o’zini uyqudan uyg’ongandek his qiladi va shunday deydi:

… قَالُوا يَا وَيْلَنَا مَن بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا

“… Uxlab yotgan joyimizdan bizni kim uyg’otdi?…” (Yasin 36/52)

Badan allaqachon chirib bitgan va yana qaytadan yaratilgan-u, lekin ruh bundan xabari bo’lmaganligi uchun, o’zini ozgina bir muddat uxlab qolgan deb his qilmoqda. U uchun vaqt degan narsa ta’sirini to’xtatgan edi.

Uyqu tiriklikning bir qismi emas, balki hayotni davom ettirish uchun kerak bo’lgan bir istirohatdir. Muhammad alayhissalom ham shu so’zlari bilan qaytadan tirilish bu dunyo hayotining davomi kabi bo’lishini bildirmoqda:

“Qul qaysi holatda o’lgan bo’lsa, aynan o’sha holatda tiriladi.”[3]

Vidolashuv Hajida bi kishi tuyasidan yiqilib tushib bo’yni sinadi. Shunda, Muhammad alayhissalom shunday deydi: “Uni suv va sidr bilan yuvinglar, ikki bo’lak mato bilan kafanlanglar, atir surkamanglar va boshini yopmanglar. Chunki, qiyomat kuni u talbiya[4] aytgan holda tiriltiriladi.”[5]

O’sha kishining o’limi, haj ibodatini ado etayotgan bir hojini ehromi bilan uxlab qolgan deb hisoblangan. Ehromli kishi atir sepmaydi, boshini yopmaydi va uyqudan uyg’onishi bilan ilk amalga oshiradigan ishi talbiya keltirish bo’ladi.

Murid: Qabr jannat bog’laridan bir bog’, yoki jahannam chuqurlaridan bir chuqur bo’lishini qanday izohlaymiz?

Bayindir: Bular bir tushga o’xshatiladi. Yaxshi tush ko’rayotgan kishi tushi tugab qolmasligini istaydi. Yomon tush ko’rayotib uyg’onib ketgan kishi esa: “Yaxshiyam uyg’onganim”, deydi. To’g’risini Alloh biladi.

[1]

[2]Kahf 18/25.

[3] Muslim, Jannat 19, 83-hadis (2878).

[4] Talbiya – Haj yoki Umra qilish uchun ehromga kirgan kishilarni o’qiydigan ushbu zikridir: “Labbayka Allohumma labbayk, labbayka la shariyka laka labayk. Innal-hamda van-ne’mata laka bal-mulk, la shariyka lak.”

[5] Buxoriy, Janoiz 20.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
135 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Islomiy Libos (Tariqatchilikka Nazar 25- bo’lim) 29.05.2019 121
2 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 60
3 E’tikof 25.05.2019 93
4 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 54
5 Robita (Tariqatchilikka Nazar 22- bo’lim) 16.05.2019 68
6 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 44
7 Qalbdagi Ilhom (Tariqatchilikka Nazar 20- bo’lim) 12.05.2019 112
8 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 77
9 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 149
10 Istidroj (Tariqatchilikka Nazar 17- bo’lim) 23.04.2019 72
11 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 122
12 Payg’ambarga merosxo’r bo’lish (Tariqatchilikka Nazar 15- bo’lim) 21.04.2019 89
13 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 94
14 G’aybni bilish (Tariqatchilikka Nazar 13- bo’lim) 16.04.2019 77
15 Rasululloh va uning vazifalari (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim ) 13.04.2019 103
16 Yaxshi va yomon ruhlar (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim) 13.04.2019 89
17 Ko’rinmas Eranlar (Tariqatchilikka Nazar 11- bo’lim) 12.04.2019 129
18 Shahidlar jangi (Tariqatchilikka Nazar 10- bo’lim) 12.04.2019 91
19 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 89
20 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 135
21 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 113
22 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 90
23 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 104
24 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 102
25 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 113
26 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 105
27 Муҳаммад алайҳиссаломнинг умматига қолдирган мероси 10.09.2018 160
28 Qur’onda farishta haqida 05.09.2018 338
29 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 394
30 Nikohda e’tibor berilishi kerak bo’lgan eng muhim jihatlar 25.08.2018 284
31 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 243
32 Xalqni adolatga va yaxshilikka tashviq qilguvchilar bor muddatcha, u xalq halokatga uchramaydi. 05.08.2018 144
33 Qabristonga savob uchun borib, gunoh bilan qaytkanlar (Ruhlardan madad so’rash) 04.08.2018 190
34 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 198
35 Musulmonni Musulmonga moli, joni va sharafi haromdir 22.07.2018 576
36 Firqalanmasdan birlashishlik va birodarlik rahmatdir 22.07.2018 219
37 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 189
38 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 179
39 Mo’min va musulmonning hikmatli ta’rifi 22.07.2018 259
40 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 412
41 Soxta dindorlik 09.07.2018 211
42 Soxta Iso-Masihlik 09.07.2018 246
43 Yillar so’ngra yolg’onlari fosh bo’lgan soxta mahdi 09.07.2018 214
44 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 233
45 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 176
46 Said Nursini ”Olamlarga rahmatman” degan soxta iddaosi (Diniy jamoa tashkil qilish) 09.07.2018 136
47 Islom niqobi ostida soxta jamoat-firqa tashkil qilish 09.07.2018 140
48 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 210
49 Tavhidning muhim 3 jihatlari 25.06.2018 180
50 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 231
51 Taqvoning tabaqalari 25.06.2018 121
52 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 225
53 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 176
54 Noto’g’ri shafoat ishonchi 13.06.2018 136
55 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 173
56 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 239
57 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 183
58 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 202
59 Hadislarni Qur’on oyatlari darajasiga chiqarilishi 12.06.2018 202
60 Qur’onga ko’ra nabiy bo’lmagan rosul 12.06.2018 136
61 Hikmat va nabiylikdagi harakat 12.06.2018 188
62 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 287
63 Ahli kitobga muvofiqlashib borayotgan Musulmonlar 12.06.2018 138
64 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 157
65 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 234
66 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 234
67 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 364
68 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 147
69 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 162
70 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 154
71 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 148
72 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 503
73 Alloh taolo qiyomat kuni, Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 170
74 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 236
75 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 181
76 Muhammad alayhissalomning shikoyati 08.06.2018 166
77 Salom-alik 08.06.2018 146