Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Shirk Tarix: 30 Mart 2019 Email This Post Email This Post

FAVQULODDA KUCH MANBAI

Murid: Qiyin ahvolga tushib qolhan kishi Hamza roziyallohu anhuni yordamga chaqirishidan asl maqsadi, Alloh Hamzaga yordam yuborishi va Hamza ham u yordam orqali qolganlarga yordam qo’lini uzatishidir. Bunday bir e’tiqodda Allohdan boshqani iloh qilib olishga, ya’ni shirkka nima aloqasi bor?

Bayindir: Keling, siz aytgan gap haqida bir oz to’ztalib o’tsak:

  • Hamza roziyallohu anhuni yordamga chaqirgan kishi bir joyda shunday degan: “Buyuk va muqaddas ruhlardan istimdod (yordam so’rash) mumkin.” Endi Alloh bu haqda nima deganiga bir nazar solaylik. Alloh taolo bu iddaoni quyidagicha rad etmoqda:

 قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَاتِ الْبَرِّ وَالْبَحْرِ تَدْعُونَهُ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً لَّئِنْ أَنجَانَا مِنْ هَـٰذِهِ لَنَكُونَنَّ ممِنَ الشَّاكِرِينَ ﴿٦٣﴾ قُلِ اللَّـهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ ﴿٦٤

“Ey Muhammad! Aytginki: “Agar bizni mana shu narsadan qutqarib qolsa, biz albatta o’z vazifasini ado etuvchilardan/shukr qiluvchilardan bo’lamiz”, deb yalinib yolvorib duo qilayotgan paytingizda, quruqlik va dengizning qorong’iliklaridan sizlarni qutqarib qolgan kim edi? Ey Muhammad! Aytginki: “Sizlarni undan va har turli qiyinchiliklardan Alloh saqlab qolmoqda. Shunday bo’lsa-da, keyinchalik sizlar yana Allohga sherik nisbat qilyapsizlar.” (An’om 6/63,64)

Ya’ni, muammo va qiyinchilikka tushib qolgan insonlar yolg’iz Allohga duo qiladilar. Muammolari hal bo’lganidan keyin esa, Allohdan boshqa birini yordami bilan qutulib qolganini aytishadi.

  • Hamzaga bu kuchni Alloh berishini xayolga keltirish nimani o’zgartiradi? Chunki, buni hech qanday dalili yo’qdir. Hamzani bunday holatda yordamga chaqirilganidan hatto xabari ham bo’lmaydi. Bu oyatlarni yaxshilab tafakkur qilaylik:

قُلْ أَرَأَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ ۖ ائْتُونِي بِكِتَابٍ مِّن قَبْلِ هَـٰذَا أَوْ أَثَارَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ ﴿٤﴾ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُو مِن دُونِ اللَّـهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَن دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ ﴿٥﴾وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاءً وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ ﴿٦

Aytginki: “Alloh bilan orangizga qo’yib chaqirayotganlaringizni nima ekanini ko’rdingizmi? Menga ko’rsating-chi, ular yerda nimani yaratibdilar? Yoki osmonlarda hissalari bormi? Agar rostgo’y boʻlsalaringiz, menga bundan oldingi kitobni yoki ilmiy asarni keltiring.”

 Alloh bilan o’zini orasiga qo’yib, qiyomat kunigicha javob qaytara olmaydiganlarga duo qiladiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, ular (yordamga chaqirilayotganlar) ularning (duo qilayotganlarni) duosidan g’ofildirlar.

Insonlar bir joyga yig’ilgan kun, yordamga chaqirilganlar ularga dushman bo’ladilar va qilingan qullikni qabul qilmaydilar.” (Ahqof 46/4-6)

Har bir mushrik duo va iltijo qilayotgan xayoliy ilohidagi ma’naviy kuchni Alloh taolo tarafidan berilganiga ishonadi. Bu narsa asossiz bir iddaodir. Bu oyatlarni bir oz tafakkur qilaylik:

قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ أَمَّن يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْأَبْصَارَ وَمَن يُخْرِجُ الْحَيَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَيِّ وَمَن يُدَبِّرُ الْأَمْرَ ۚ فَسَيَقُولُونَ اللَّـهُ ۚ فَقُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ ﴿٣١﴾ فَذَٰلِكُمُ اللَّـهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ ۖ فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ ۖ فَأَنَّىٰ تُصْرَفُونَ ﴿٣٢﴾

“Agar sen: “Sizlarga ko’kdan va yerdan rizq beradigan kim? Eshitish va ko’zlarning egasi kim? Yoki o’likdan tirikni chiqargan, tirikdan esa o’likni chiqargan kim? Barcha ishlarni chora-tadbirini qilayotgan kim?” – desang, ular: “Allohdir”, deyishadi. “Shunday ekan, taqvo qilmaysizlarmi?”, deb ayt. Sizlarni haqiqiy Rabbingiz bo’lmish Alloh mana shudir. Haqiqatdan boshqasi zalolat bo’lmay yana nima bo’lishi mumkin?! Qayoqqa og’ib ketyapsizlar?” (Yunus 10/31,32)

Makka mushriklari  Ka’bani tavof qilayotganda shunday der edi:

Labbayka la shariyka laka illa sharikun huva laka tamlikuhu va ma malaka – Buyur Allohim! Seni aslo sheriging yo’qdir. Faqatgina bitta sheriging bor; uni ham va uning barcha vakolatlarini ha egasi Sensan. 

Buni bizga naql qilib bergan Ibn Abbos aytadiki:

Ular: Labbayka la shariyka lak – Buyur Allohim! Seni aslo sheriging yo’qdir, degan joyga kelganida Muhammad alayhissalom: “Hayf sizga, shu yerda to’xtating, shu yerda to’xtating”, der edi.[1]

Ko’rilganidek, Makka mushriklari ham duo va iltijo qilayotgan butlarini Allohni qizlari deb bilishar edi va ularga Alloh taolo tarafidan maxsus ma’naviy imkoniyatlar berilganini iddao qilishar edi. Lekin, bu iddaolari hech narsani o’zgartirmas edi. Oyatda shunday buyurilgan:

“Allohdan avval – Alloh u haqda biron bir dalil-hujjat tushirmagan narsaga bo’yin egadilar. Bu haqda ularni o’zlarida ham biron bir ma’lumot yo’q. Bu kabi xatoga qo’l urganlarni aslo yordamchilari bo’lmaydi.” (Haj 22/75)

Murid: Bu zot o’sha duodan keyin Hz. Hamza xonada paydo bo’lgan demoqda va shu narsani eslamoqda:

Eski bir do’stimni ayoli bemor edi. Surishtirmagan joyi qolmadi. Ichida Badr jangida qatnashgan sahobalarni nomi yozilgan bir duo majmuasini berib kelay deb ularga bordim. Borishimdan hech kimni xabari yo’q edi.

Men zinapoyadan yuqoriga ko’tarilayotganimda kelinimiz trans[2] holatida emish. Jinlar unga domla kelyapti, uni ham yengamiz, der emish. Eshikni ochdim. Do’stlarim meni ko’rishi bilan taajjublanib qolishdi.

Bu duo majmuasini kelinimiz o’zi bilan birga olib yursin, albatta foydasi bo’ladi, jinlar ham yoniga yaqinlasha olmaydilar, dedim va chiqib mehmonxonasida o’tirdim.

Keyin do’stim o’sha duoni ayolining ustiga qo’ydi. Trans holatidagi kelinimiz: “Qanday bo’lar ekan, Hamza keldi deb qochib qochyapsizlarmi?”, deb hayqirishni boshladi.

Endi mana shu narsalar yolg’onmi?

Bayindir: O’qilgan shuncha oyatga qaramasdan bu iddaolarni oqlashga harakat qilishingiz, yaxshi natijaga erishtirmaydi.

[1] Muslim, Haj 22, 1185.

[2] Bu so’z Fransuzchadan olingan bo’lib,  O’zidan ketib qolish, xushini yo’qotish, o’zini bilmay qolish, uyg’otmoqchi bo’lganlarni sezmasdan qatib uxlab qolish, hech narsa sezmay uxlash kabi ma’nolarni bildiradi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
113 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 54
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 44
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 94
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 89
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 113
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 90
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 104
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 102
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 113
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 105
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 233
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 175
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 210
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 227
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 225
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 176
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 173
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 239
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 183
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 202
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 157
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 234
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 234
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 364
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 147
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 162
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 154
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 167
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 178
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 149
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 172
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 148
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 160
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 165
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 227
36 Kufr va shirk 09.06.2018 248