G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim )
Musulmonlar > E'tiqod > Imon > Shirk > Tavhid Tarix: 30 Mart 2019 Email This Post Email This Post

G’AYRI ODDIY YO’LLAR ORQALI YORDAM

Murid: Sen Allohdan boshqa birovdan yordam so’rash shirk deyapsan. Axir, insonlar bir-biridan yordam so’ramaydimi? Bu ham Allohdan boshqasidan yordam so’rash emasmi?

Bayindir: Siz Allohdan xato topishga urinmoqchimisiz? Allohdan boshqasidan yordam so’rash shirk degan men emasman, oyatlardir. Bir insondan yordam so’rash shirk emas. Tirik insonlar bir-biridan o’zaro yordam sifatida so’rayotgan narsalarini hech qachon o’lgan insonni ruhidan so’ramaydi. Hech qachon aqlli bir inson o’lgan kishini ruhidan “menga shuni ko’tarishib yubor, yoki shu yukni yelkamga olishib yubor deb yordam so’ramaydi. Chunki, bu va bu kabi yordamlar aslo o’liklar ruhidan so’ralmaydi. Oyatlar shirk deb atagan yordamlar, g’ayri oddiy yo’llar orqali so’ralgan yordamdir.

Bunga bir misol, bir domla Istanbulda mingan avtomobilini qattiq va davomli yoqqan yomg’irdan hosil bo’lgan sel oqimi oqizib ketayotganini, bundan qutulib qolishni imkoni qolmaganda Yo Pirim Hamza! deb hurmatli sahobani yordamga chaqirganini, shu bois Hamza kelib u va uning yonidagi do’stlarini birgalikda qutqarib qolganini iddao qilmoqda.[1] Agar o’sha domla o’sha vaqt yon-atrofdagi insonlarni yoki qutqaruvchi guruhni yordamga chaqirganda adashmagan bo’lar edi. Har narsani ko’rib kuzatib turuvchi Allohni yordamga chaqirganda edi, to’g’ri ish qilgan bo’lar edi. Ammo, Istanbuldan minglarcha kilometr uzoqda bir qabr da yotgan, bo’lib o’tayotgan voqealardan xabari ham bo’lmagan Hamzani yordamga chaqirishi – uni yordamini eshitganiga, u yerga kelib uni qutqarib qolishga kuch va qudrati yetishiga ishonaman degani bo’ladi. Aks holda, shunday bir og’ir vaziyatda Hamza xayoliga kelarmidi? Shunday ekan, o’sha domla faqat Allohga xos bo’lgan Hayot, Ilm, Same’, Basir, Iroda va Qudrat kabi ilohiy sifatlar Hamzada ham mujassam ekaniga ishonadi.

Hayot – tiriklik degani. O’sha domla Hamzani tirik deb bilmaganida uni yordamga chaqirmagan bo’lar edi.

Murid: Hazrati Hamza shahiddir, shahidlar esa o’lmaydilar.

Bayindir: To’g’ri, Alloh yo’lida o’ldirilganlar haqiqatda o’lgan hisoblanmaydilar. Oyatda shunday deyilgan:

وَلَا تَقُولُوا لِمَن يُقْتَلُ فِي سَبِيلِ اللَّـهِ أَمْوَاتٌ ۚ بَلْ أَحْيَاءٌ وَلَـٰكِن لَّا تَشْعُرُونَ 

“Alloh yo’lida o’ldirilganlarga o’liklar demanglar, ular tirikdirlar, ammo sizlar anglamaysiz.    (Baqara 2/154)

Bu biz bilgan tiriklik emas albatta. Agar shunday bo’lsa edi, Hamzani shahid bo’lgani uchun Rasululloh bunchalik g’amgin bo’larmidi? Agar chaqirsa keladigan bo’lsa, ba’zan-ba’zan chaqirib turar va u bilan hasratlashib turar edi.

Abdulloh b. Mas’ud aytadiki: “Biz Rasululloh Hamza uchun yig’laganidek boshqa narsaga yig’laganini ko’rmadik. Uni qiblaga qaratib qo’ydi, janozasini ustida turdi va baland ovozda yig’ladi.”[2]

Hamzani shahid qilgan Vahshiy yillar so’ngra musulmon bo’lganida, Rasulullohga bir muddat ko’rinmay turishini buyurgan.[3]

(Shahidlar mavzusiga yana alohida qaytamiz)  

Muhammad alayhissalom vafot etganda Abu Bakr (Alloh undan rozi bo’lsin) juda muhim bir masalada suhbat olib borgan edi. Abdulloh b. Abbosni rivoyat qilishicha, Abu Bakr shunday degan ekan:

Bilinglarki, sizlardan kimki Muhammadga qullik qilayotgan bo’lsa, bilsinki Muhammad o’ldi. Kimki Allohga qullik qilayotgan bo’lsa, bilsinki Alloh tirikdir, U o’lmaydi.

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ ۚ أَفَإِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَىٰ أَعْقَابِكُمْ ۚ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللَّـهَ شَيْئًا ۗ وَسَيَجْزِي اللَّـهُ الشَّاكِرِينَ 

“Muhammad faqatgina bir elchidir. Undan avval ham elchilar keldi, ketdi. Agar u o’lsa yoki oldirilsa orqa o’girib ketdasizlarmi? Orqa o’girib ketgan kishi Allohga aslo hech qanday zarar bera olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlaydi. (Oli Imron 3/144)

Abdulloh b. Abbos aytadiki: “Abu Bakr bu oyatni o’qiganida, Alloh bunday bir oyat nozil qilganini go’yoki hech bilmas edi. Shundan keyin kim bilan gaplashsam u mana shu oyatni o’qir edi.” Sa’iyd b. Musayyab ham menga Umar (Alloh undan rozi bo’lsin) shunday deganini bildirdi:

“Vallohi, Abu Bakr o’sha oyatni o’qiganini eshitganimda men shunday ahvolga tushib qoldimki, hatto o’zimni yo’qotib hushimdan ketdim. Oyoqda tura olmaydigan bo’lib qoldim. Oyatni o’qiganini eshitib yerga yiqildim. Nabiy alayhissalom haqiqatda o’lgan edi.”[4]

Quyidagi ikkala oyat ham Muhammad alayhissalom haqida:

وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍ مِّن قَبْلِكَ الْخُلْدَ ۖ أَفَإِن مِّتَّ فَهُمُ الْخَالِدُونَ

“Sendan avval o’tgan insonlardan hech birini o’limsiz qilmadik. Sen o’lsanggu, ular o’limsizlashib qoladilarmi?” (Anbiyo 21/30)

إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ

“Sen o’lasan, ular ham o’ladi.” (Zumar 39/30)

Yana bir oyatda Alloh taolo shunday buyuradi:

وَاللَّـهُ يَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ ﴿١٩﴾ وَالَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ لَا يَخْلُقُونَ شَيْئًا وَهُمْ يُخْلَقُونَ ﴿٢٠﴾ أَمْوَاتٌ غَيْرُ أَحْيَاءٍ ۖ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ ﴿٢١

“Alloh nimani yashirganingizni ham nimani oshkor qilganingizni ham biladi. Alloh bilan o’zlari o’rtasiga qo’yib yordamga chaqirayotganlari hech narsa yarata olmaydilar. Zotan, ularni o’zlari yaratilgan ahvoldadir. Ular o’likdir, tirik emaslar. Qachon tirilishini ham bilmaydilar.” (Nahl 16/19-21)

Din yordamiga insonlardan foydalangan kishilar, asosan Nabiyimiz Muhammad alayhissalomni ekspluatatsiya[5] qilib oladilar. Buncha oyatga qaramasdan Uni biz kabi hozir tirik va yashab turibdi va biz u bilan ko’rishdik deb ham iddao qiladilar, hatto uni bir nazoratchi inspektor kabi atrof-muhitni nazorat qilib aylanib yuradi deb ham aytishadi.

Ko’zlarini hirs qoplagan bu insonlarga bir narsa tushuntirish juda qiyin, lekin, aqlini ishlatib tafakkur qiladiganlar uchun H. Umarni mana shu so’zlarini ularga taqdim qilib o’tamiz:

Rasulullohni umri uzun bo’lib, biz undan avval o’lishimizni xohlar edim. Muhammad alayhissalom haqiqatda o’ldi, ammo Alloh sizlarga bir nur (Qur’on) berdi, sizlar u bilan haq yo’lni topib olasiz. Alloh Muhammadni ham o’sha Qur’on bilan to’g’ri yo’lga solgan.[6]   

Muhammad alayhissalom vidolashuv xutbasida shunday degan:

Men sizlarga shunday bir narsa qoldirib ketyapmanki, agar uni mahkam ushlasangiz aslo adashmaysiz, u Allohning kitobidir![7]

Haq va haqiqat aynan mana shu narsadir:

فَمَاذَا بَعْدَ الْحَقِّ إِلَّا الضَّلَالُ

“… Haqdan boshqasi gumrohlik bo’lmay nima ekan?…” (Yunus 10/32)

Yuqorida aytib o’tilgan domla Hamzada bor deb bilgan xususiyatlardan biri ilm sifatidir. Ilm – bilish, qamrash degani. Insonda ham ilm sifati bor, lekin, u o’rgana olgan, qamray olgan narsalarnigina bilish bilan chegaralangan.

Alloh Hamzadan rozi bo’lsin, Agar uni tirik deb faraz qilsak ham, u hech bo’lmaganda Istanbul shahrini, voqea sodir bo’lgan Istanbul-Anqara yo’lining Tuzla degan mahallasini yaxshi bilishi kerak bo’ladi. O’sha yordamga chaqirgan kishi Hamzani ilmini Allohni ilmi bilan bir xil deb bilmaydi, lekin, uni shunchalik uzoq masofadan yordamga chaqirganiga qaraganda, faqatgina Allohga xos bo’lgan chek-chegarasiz bilish sifatiga Hamzani ham sherik qilib qo’ygan bo’ladi.

Uchinchi sifat Sami’dir. Sami’ – Eshitish kuchidir. Alloh taolo insonlarga albatta eshitish kuchi bergan, lekin Hamza kabi qabrda yotgan kishilarga biz hech narsa eshittira olmaymiz. Alloh taolo shunday buyuradi:

وَمَا يَسْتَوِي الْأَحْيَاءُ وَلَا الْأَمْوَاتُ ۚ إِنَّ اللَّـهَ يُسْمِعُ مَن يَشَاءُ ۖ وَمَا أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِي الْقُبُورِ

“Tiriklar bilan o’liklar teng bo’lmaydi. Alloh O’zi tanlaganiga eshittiradi. Sen qabrdagilarga eshittira olmaysan.” (Fatir 35/22)

Alloh har narsani eshitadi. Eng maxfiy so’zlar, harakatlar, ichki munojot qilib yolvorishlar va har narsa Unga eshitiladi. Hozir o’sha inson Istanbulda turib Ey Sayidimiz Hamza! degan vaqtda Hamza uni eshitadi deb bilishiga qaraganda, Hamzani Allohga xos bo’lgan chek-chegarasiz va hech qanday vositasiz har qanday masofadan eshita olish sifatiga sherik qilib qo’ygan bo’ladi. Chunki, bunday bir eshita olish qobiliyati va bunday bir kuch Allohdan boshqa birovda bor degan mavzuni ochishga aslo o’rin yo’q.

To’rtinchi sifat Basordir. Basor – Ko’rish kuchi insonlarda ham bor, lekin ularda bu sifat ham chegaralab qo’yilgan. Biron bir vositasiz to’g’ridan to’g’ri chek-chegarasiz holda ko’ra olish yolg’iz Allohga xos.

Minglab kilometr uzoqlikdagi bir qabrda yotgan kishini yordamga chaqirgan inson, qabrdagi kishi uni ko’rib turganiga ham ishongan bo’lib qoladi. Agar bunday bo’lmasa, qabrdagi kishi uni ahvolidan qanday xabar topadi? Bunday uzoqlikdan ko’ra olish faqatgina Allohga xos bo’lganligi sababli, o’sha yordamga chaqirgan kishi Allohga xos bo’lgan chek-chegarasiz ko’ra olish sifatiga Hamzani ham sherik qilib qo’ygan bo’ladi.

Beshinchi sifat iroda, oltinchisi qudrat sifati. Iroda – xohlash, istash degani, qudrat esa, biron bir narsaga kuchi yetib unga o’z ta’sirini o’tkaza olish degani. Insonlarda iroda ham qudrat ham chegaralab qo’yilgan. Inson o’lganidan keyin, unga tirikligida berilgan kuch va iroda va boshqa xususiyatlaridan asar ham qolmaydi. Agar yordamga chaqirgan inson Hamzani unga yordam berish irodasi va qudratiga ega deb bilmaganda edi, Hamzani qabrda yotgan joyidan yordamga chaqirmagan bo’lardi. Bu va yuqorida aytib o’tilgan holatlar g’ayri oddiy yo’llar bilan yordam talab qilish va yordam berish deb ataladi. Bunday holatlarda yordam bera oladigan kuch va irodaga ega bo’lgan zot faqatgina Alloh taolodir. Shunday ekan, demak o’sha kishi Hamzani bu ikkala sifatda ham Allohga sherik qilgan bo’ladi. Alloh taolo shunday buyuradi:

إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَادْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا لَكُمْ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ ﴿١٩٤﴾ أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَا ۖ أَمْ لَهُمْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ادْعُوا شُرَكَاءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ﴿١٩٥﴾إِنَّ وَلِيِّيَ اللَّـهُ الَّذِي نَزَّلَ الْكِتَابَ ۖ وَهُوَ يَتَوَلَّى الصَّالِحِينَ ﴿١٩٦﴾وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَكُمْ وَلَا أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ ﴿١٩٧﴾

“Alloh bilan o’rtangizga qo’yib chaqirayotganlaringiz sizlar kabi qullardir. Agar rostgo’y-samimiy bo’lsangiz, qani ularni chaqiring-chi, ular ham sizlarga javob qaytarsin! Ularni oyoqlari bormiki yursinlar! Qo’llari bormiki ushlasinlar! Ko’zlari bormiki ko’rsinlar! Quloqlari bormiki eshitsinlar! Ey Muhammad ! Aytginki: “Sheriklaringizni chaqirib menga tuzoq qurib ko’ringlar, meni ko’zimni ham ochtirmanglar.” Meni valiyim mana shu kitobni nozil qilgan Allohdir. U yaxshilarga valiylik qiladi. Alloh bilan o’rtangizga qo’yib yordamga chaqirayotganlaringiz sizlarga yordam berish uyoqda tursin, ular o’zlariga ham yordam bera olmaydilar.” (A’rof 7/194-197)

وَاتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّـهِ آلِهَةً لِّيَكُونُوا لَهُمْ عِزًّا ﴿٨١﴾ كَلَّا ۚ سَيَكْفُرُونَ بِعِبَادَتِهِمْ وَيَكُونُونَ عَلَيْهِمْ ضِدًّا ﴿٨٢﴾

“O’zlariga dastak bo’lishi uchun Allohdan oldin bir qancha ilohlarga osildilar. Yo’, ular bularni qilgan qulliklarini tan olishmaydi, ularga qarshi chiqadi.” (Maryam 19/81-82)

Shirk mana shudir. Ya’ni, Allohga yaqin deb bilingan kimsalarni, faqatgina Allohga xos bo’lgan ba’zi bir xususiyat va sifatlarga ega deb bilib ulardan yordam istashdir.

Murid: Agar Alloh xohlasa Hamzaga bu xususiyatlarni berolmaydimi?

Bayindir: Allohni kuchi bilan dalil keltirilmaydi. shuncha oyat bo’la turib, Hamzada g’ayri oddiy buncha kuch va xususiyatlar bor deb kim iddao qila oladi? Bilingki, Allohning elchilari ham bizlar ham hammamiz Allohni qullarimiz. Bizni egamiz-xo’jayinimiz Allohdir. Hech bir qulni o’z xo’jayiniga nisbatan vakolati bo’lmaydi. Na payg’ambarlar va na boshqa insonlarni Allohga hech qanday vakolati yo’q. Alloh hech kimga vakolat bermaganini bildirib o’tgan bir mavzuda, ba’zi bir kishilarni bu haqda vakolatga ega deb bilish kechirib bo’lmas bir gunoh bo’ladi.

Murid: Ammo bu zot boshqa bir yerda Hamzani yordamga kelganini ko’rgan ekan. Bu haqda u shunday degan:

“Jin deb bilishim mumkin bo’lgan bir borliq meni qo’limdan ushladi va meni olib ketmoqchi bo’ldi. Juda qattiq qiynaldim. Birdan yordam so’rash maqsadida “Ey Hamza”, dedim. O’sha hurmatli sahoba meni da’vatimni ijobat qildi va uyni ichida paydo bo’ldi. Jin uni ko’rishi bilanoq qo’rqqanidan orqaga chekildi va devorni ichiga singiz ko’zdan g’oyib bo’ldi.”[8]

Bayindir: Bu narsa aniq shirkdir. Alloh taolo bu haqda shunday buyuradi:

أَلَا إِنَّ لِلَّـهِ مَن فِي السَّمَاوَاتِ وَمَن فِي الْأَرْضِ ۗ وَمَا يَتَّبِعُ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللَّـهِ شُرَكَاءَ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

“Bilinglarki, osmonlar va yerda kim bo’lsa barchasi Allohnikidir. Alloh bilan oralariga qo’yib olganlaridan yordam so’raganlar, sheriklariga emas, balki faqatgina gumonga ergashadilar. Ular faqatgina gumon-taxminga asoslanib gapiradilar.” (Yunus 10/66)

قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِ فَلَا يَمْلِكُونَ كَشْفَ الضُّرِّ عَنكُمْ وَلَا تَحْوِيلًا ﴿٥٦﴾ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُ ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا ﴿٥٧﴾

“Aytginki: “Allohga yaqin deb bilganlaringizni yordamga chaqirib ko’ringlar; ular na sizdan zararni ketkaza olishga va na boshqa tomonga burib yuborishga ega bo’lmaydilar. Ular Allohni qo’yib duo qilayotganlarni o’zlari Allohga (Allohni roziligiga) yana ham yaqin bo’lishga urinadi, Rabbining rahmatini umid qiladi va Uni azobidan qo’rqadi. Chunki, Rabbingni azobi undan saqlanilishi kerak bo’lgan azobdir.” (Isro 17/56-57)

[1] Fathulloh Gulan, Kichik Dunyoyim-2, Zamon Gazetasi, 28 – noyabr 1996.

[2] Safiyyur Rohman al-Muborakfuriy, ar-Rahiqul maxtum, Bayrut 1408/1988, 255, 256- sahifa.

[3] Buxoriy, Mag’oziy 23.

[4] Buxoriy, Mag’oziy 28.

[5] Birovni nomidan, mansabidan, qilgan ishidan foydalanish, suiiste’mol qilish degan ma’nolarni bildiradi.

[6] Buxoriy, Ahkom 1.

[7] Muslim, Haj, 19- bob, 147- hadis (1218).

[8] Kichik Dunoyim-2, Zamon Gazetasi, 28- noyabr 1996.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
58 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 5
2 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 33
3 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 71
4 Payg’ambarga merosxo’r bo’lish (Tariqatchilikka Nazar 15- bo’lim) 21.04.2019 59
5 Yaxshi va yomon ruhlar (Tariqatchilikka Nazar 12- bo’lim) 13.04.2019 53
6 Ruhonilar hayoti, uyqu va o’lim (Tariqatchilikka Nazar 8- bo’lim) 30.03.2019 90
7 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 78
8 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 58
9 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 61
10 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 58
11 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 83
12 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 173