Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim)
Musulmonlar > E'tiqod > Maqolalar > Shirk > Tavhid Tarix: 28 Mart 2019 Email This Post Email This Post

SHAYX HIMMATI

Himmat – yordam, ko’mak, lutf va yaxshi muomalada bo’lish degan ma’nolarni o’z ichiga oladi. Tariqatda esa, shayxining ma’naviy yordami deyiladi. Muridlar shayxlarini ma’naviy yordamlariga ishonadilar.

Pir: xohlasangiz ishoning, xohlasangiz ishonmang, shayximni himmati bilan ishlarim joyida, hammasi o’z o’rnida davom etmoqda. Men bu narsani ko’rib yashayapman.

Bayindir: Shayximni himmati deyishdan maqsadingiz uni ma’naviy yordami, shunday emasmi?

Pir: Ha, to’g’ri. Masalan, men hajga borgan vaqtimda shayxim Turkiyada edi, ammo uni himmati bilan Arafot tog’idan shunday osongina tushib oldimki, shaytonga tosh otib bo’lib mehmonxonaga borganimda soat sakkiz edi.

Bayindir: Nima uchun Allohni yordami bilan deyishni o’rniga shayximni himmati deyapsan?

Pir: Shayxim Allohni nazdida hurmatli bo’lganligi uchun, Alloh shayximni muridlariga yordam beradi.

Bayindir: Mayli, ammo mehmonxonaga sen bilan birga yoki sendan ham oldin borganlarga kim himmat qildi?

Bu haqda yuqorida ko’p oyatlar o’qidim, hech bo’lmasa mana shu oyat haqida oz bo’lsa-da tafakkur qilaylik:

قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِهِ فَلَا يَمْلِكُونَ كَشْفَ الضُّرِّ عَنكُمْ وَلَا تَحْوِيلًا ﴿٥٦﴾ أُولَـٰئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَىٰ رَبِّهِمُ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُ ۚ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا ﴿٥٧﴾

“Aytginki: “Allohga yaqin deb bilganlaringizni yordamga chaqirib ko’ringlar; ular na sizdan zararni ketkaza olishga va na boshqa tomonga burib yuborishga ega bo’lmaydilar. Ular Allohni qo’yib duo qilayotganlarni o’zlari Allohga yana ham yaqin bo’lishga urinadi, Rabbining rahmatini umid qilib, uni azobidan qo’rqadi. Chunki, Rabbingni azobi undan saqlanilishi kerak bo’lgan azobdir.” (Isro 17/56-57)

Sizlar hatto shayxingiz sizlarni oxiratda ham shafoat qilib qutqarib qolishiga ishonasiz!

Pir: Albatta ishonamiz.

Bayindir: agar shayxingiz sizlarni dunyoda ham oxiratda ham shafoat qilib qutqarib qolishiga ishonsangiz, demak, endi sizlar uchun shayxingiz hamma narsadan muhim hisoblanadi. Endi Allohga yalinib-yolvorib duo qilishga ham ehtiyoj sezmaysizlar.

Aynan mana shu narsa shirkdir. Agar bu yo’ldan tavba qilib qaytmasangiz, bilingki, oxiringiz voy bo’ladi.

 

FALONCHINI HURMATIDAN DEB DUO QILISH

Pir: Axir biz ulug’ zotlarni hurmatidan deb duo qilmaymizmi? “Yo Rabbi! Hazrati Muhammad haqi, aziz-avliyolar, shahidlar va solih qullar haqi hurmati duomni qabul qil”, deb duo qilmaymizmi?

Bayindir: Duo qilyapsiz, ammo noto’g’ri bir shaklda duo qilyapsiz. Hanafiy olimlaridan Abu al-Izz  shunday deydi:

“Bir inson o’z duosini qabul bo’lishi uchun Allohdan boshqasini sababchi qilishi va boshqa birini vasila qilishi joiz emas… ‘Falon kishi seni solih qullaringdan biri bo’lgani uchun duomni qabul qil’, demoqchi bo’lishadi. Uni duosini qabul bo’lishi bilan boshqa birini solih qul bo’lishini nima aloqasi bo’lishi mumkin? Bu narsa duoda haddan oshishdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

ادْعُوا رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ

“Rabbingizga ich-ichingizdan yolvorgan holda maxfiy duo qilinglar. U haddan oshganlarni sevmaydi.” (A’rof 7/55)

Bu kabi duolar asta sekinlik bilan diniy kitoblar ichiga olib kirilgan duolardir. Muhammad alayhissalomdan, sahobalardan, tobein va mujtahid imomlarning birortasiga nisbat berilgan bunday bir duo yo’qdir. Bu va bu kabi duolar faqat ba’zi bir johillar va ba’zi tariqatchilarning tilsimlaridan o’rin olishi mumkin.[1]

[1] Ali b. Muhammad b. Abu al-Izz ad-Damashqiy, Aqiyda at-Tahoviyyani sharhi, Bayrut, 1408/1988, 1- j, 295-297- sahifa.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
129 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Allohni Ko’rinishi (Tajalli) (Tariqatchilikka Nazar 24- bo’lim) 29.05.2019 87
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 70
3 Farosat va Sezgi (Tariqatchilikka nazar 19- bo’lim) 08.05.2019 104
4 Mo’jiza va Karomat (Tariqatchlikka Nazar 16- bo’lim) 22.04.2019 151
5 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 129
6 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 133
7 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 238