Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak?
Musulmonlar > Fatvolar > Odob-axloq > Savol-javoblar Tarix: 20 Mart 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Bir kishining xato-kamchiligi bizga yetib kelsa, haqiatda u shunday ekanmi deb surishtirish olib borishimiz va bunga aniqlik kiritishimiz kerakmi?

Javob: Agar sizga bildirilgan boshqa bir insonning xato-kamchiligi ommaga ta’sir qiladigan darajadagi yomon ish bo’lib, uni zudlik bilan tuzatish talab qilinadigan bir ish bo’lsa, quyidagi oyatga ko’ra harakat qilishimiz kerak:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا أَن تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَىٰ مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ

“Ey mo’minlar! Agar bir fosiq sizlarga bir xabar olib kelsa, uni to’g’ri ekanini surishtiringlar. Aks holda, bir jamiyatga nisbatan yomonlik qilib qo’yib, so’ngra qilgan ishingizdan pushaymon bo’lib qolasizlar.” (Hujurot 49/6)

Ammo, xato va kamchiligi faqatgina o’sha shaxsning o’ziga zarar yetkazadigan bir ish bo’lib, boshqa yon-atrofdagi insonlarga ziyoni tegmaydigan bo’lsa, bunday holatda quyidagi oyatga ko’ra harakat qilishimiz kerak bo’ladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِّنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ ۖوَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًا ۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ۚ وَاتَّقُوا اللَّـهَ ۚ إِنَّ اللَّـهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ 

“Ey mo’minlar! Gumonning ko’pidan juda uzoq turinglar. Chunki, gumonning bir qismi gunohdir. Bir-biringizni yashirin qilgan ishlaringizni surishtirmanglar. Biringiz boshqangizni g’iybat qilmasin. Sizlardan birortangiz o’lgan birodaringizning jasadini yeyishni yoqtiradimi? Ha, uni darhol yomon ko’rdingiz! Shunday ekan, Allohning azobidan qo’rqib, bu jirkanch ishdan o’zingizni saqlang. Alloh tavbalarni qabul qiladi, ikromi mo’l-ko’ldir.” (Hujurot 49/12)

Abu Hurayra (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) sahobadan rivoyat qilinishicha, Rasululloh alayhissalom shunday buyurdi:

“Gumondan saqlaninglar. Chunki, gumon so’zlarning eng yolg’onidir. Boshqalarni gapini poylamanglar, ayblarini qidirmanglar, bir-biringizga nisbatan katta ketib maqtanmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, gina saqlamanglar, yuz o’girmanglar. Ey Allohning qullari! Allohni buyurganidek aka-uka bo’linglar.” (Buxoriy, Nikoh 45, Faroiz 2, Odob 57, 88. Muslim, Birr 28, (25633). Abu Dovud, Odob 37, 48. Muvatto, Husnul-Xulq 15. Ahmad b. Hanbal, 2/287, 342, 465, 470, 492, 517, 539.)

Muoviya (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) shunday dedi: Men Rasululloh shunday deganini eshitdim:

“Musulmonlarni ayblarini, birovlar bilmaydigan yashirin ishlarini ta’qib qilishni boshlasang, ularni axloqlini buzasan, yoki ularni bunga majbur qilib qo’ygan bo’lasan.” (Abu Dovud, Odob 37)

Abdulloh b. Mas’udni (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) yoniga bir kuni bir odam olib kelinib: “Soqolidan sharob tomib turadigan falonchi kishi mana shu bo’ladi”, deyilganida, bunga javoban uni olib kelgan kishiga shunday javob bergani bildirilmoqda:

“Biz ayb va kamchilik izlashdan man etildik. O’zi biron bir ayb yoki biron bir xato ish sodir qilsa, shunda biz ham unga kerakli muomala qilamiz.” (Abu Dovud, Odob 37)

 

Sulaymoniya Vaqfi, Fatvo Bo’limi.  

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
156 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Tavba qaysi holatlarda va qachon qabul qilinadi? 08.07.2019 67
2 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 34
3 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 56
4 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 44
5 Faqir kim? 11.06.2019 97
6 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 62
7 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 138
8 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 121
9 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 101
10 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 353
11 Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa 11.05.2019 355
12 Ramazon oyida ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 03.05.2019 4 423
13 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 238
14 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 217
15 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 156
16 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 510
17 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 163
18 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 246
19 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 379
20 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 2 349
21 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 209
22 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 234
23 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 233
24 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 203
25 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 335
26 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 238
27 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 165
28 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 346
29 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 607
30 Assalomu alaykum… 03.02.2019 239
31       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 154
32 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 165
33 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 192
34 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 171
35 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 165
36 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 399
37 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 232
38 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 1 886
39 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 242
40 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 99
41 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 127
42 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 730
43 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 258