Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi
Musulmonlar > E'lonlar > Savol-javoblar Tarix: 15 Mart 2019 Email This Post Email This Post

Maqolamizni boshida avvalo safar, safarga chiqishdagi diniy tavsiya, taklif va buyruqlar va bu haqdagi oyat va hadislarni bir oraga jamlab, keyin bu haqda xulosa bildirishga harakat qilamiz.

1-SAFAR

Safar – ma’lum bir ish yoki ziyorat maqsadida bir joydan boshqa bir joyga borishdir. Dinimiz Islomda bir farqli maqsadlar bilan turli safarlarga chiqishga buyuradi. Ular quyidagicha:

1_ Bilim va tadqiqot olib borish maqsadida safar qilish: 

Alloh taolo shunday buyuradi:

قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانظُرُوا كَيْفَ بَدَأَ الْخَلْقَ ثُمَّ اللَّهُ يُنشِئُ النَّشْأَةَ الْآخِرَةَ إِإِنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
“Aytginki: “Yer yuzida sayr qilib, Alloh yaratish ishini qanday boshlaganini kuzatinglar! Alloh kelgusida bu yaratish ishini yana qaytadan takrorlaydi. Alloh har narsaga bir o’lchov qo’ygan” (Ankabut 29/20)

2_ Madaniy tushunchaga ega bo’lish maqsadida safar qilish:

Alloh taolo shunday buyuradi:

أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَكِن تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ
“Ular yer yuzida sayr qilmaydilarmi? Agar ular sayr qilsa, ularni tushunib yetadigan qalblari yoki eshitadigan quloqlari bo’lar edi. Aslida, ko’zlar ko’r bo’lmaydi, lekin ko’kslardagi qalblar ko’r bo’ladi.” (Haj 22/46)

3_ Dinlar tarixini o’rganish maqsadida sayr qilish:

وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِي كُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولاً أَنِ اعْبُدُواْ اللّهَ وَاجْتَنِبُواْ الطَّاغُوتَ فَمِنْهُم مَّنْ هَدَدَى اللّهُ وَمِنْهُم مَّنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ الضَّلالَةُ فَسِيرُواْ فِي الأَرْضِ فَانظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُكَذِّبِينَ
“Shubhasizki, Biz har bir ummatga elchi yuborganmiz. U elchilar ularga: “Allohga ibodat qilinglar, tog’utdan uzoq turinglar”, dedi. Keyin ularning ba’zisi Allohning hidoyatiga erishdi, ba’zisi zalolatga loyiq/munosib bo’ldi. Yer yuzida sayr qilib, rostni yolg’on deyuvchilarni oqibati qanday bo’lganini kuzatinglar.” (Nahl 16/36)

4_ Ibodat qilish maqsadida sayr qilish:

Alloh taolo shunday buyuradi:

اِنَّ اَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذي بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِلْعَالَمينَ فيهِ اٰيَاتٌ بَيِّنَاتٌ مَققَامُ اِبْرٰهيمَ وَمَنْ دَخَلَهُ كَانَ اٰمِنًا وَلِلّٰهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ اِلَيْهِ سَبيلًا وَمَنْ كَفَرَ فَاِنَّ اللّٰهَ غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمينَ
“Insonlar uchun barpo qilingan ilk ibodatxona Bakkadagi (ya’ni Makkadagi) ekani aniq. Barakatli bo’lishi uchun va bu olamlar uchun yo’nalish/tarafni belgilab beruvchi (qibla) bo’lishi uchun qurilgan. U yerda ochiq oyatlar – Ibrohim (ibodat uchun) turgan yerlar bor. U yerga kirgan kishi ishonchdadir. Bir yo’lini topib u yerga borib o’sha ibodatxonani haj qilishlari – Allohni insonlar ustidagi haqqidir. Kim buni ko’rmaganga olsa, bilsinki, Allohni hech kimga ehtiyoji yo’qdir.” (Oli Imron 3/96/97)

Yuqorida oyatlarda aytib o’tilgan safarlarni amalga oshiruvchilarni jinsiyati (erkak-ayol) ajratilmagan. Demak, o’sha safarlarni amalga oshirish uchun inson bo’lishining o’zi kifoya.

2- MAHRAM SHARTI

Yuqorida bayon qilinganidek, Qur’oni Karimda bir qancha joylarga turli maqsadlar bilan sayr qilishga tavsiya va taklif qilinadi va hatto buyurilgan o’rinlari ham bor. lekin, bularning birortasida ham bu safarni amalga oshirish uchun erkak kishi bo’lishi shart qilinmagan. Qur’oni Karimning birorta ham oyatida o’sha safarlarning birini amalga oshirishlari uchun ayollarni yonida mahram erkak kishi bo’lishi buyurilmagan. Ammo, bu haqda Payg’ambar alayhissalomning farqli buyruqlari bor. Masalan, bir hadisda Payg’ambar alayhissalom ayollarni bir kech-kunduzlik safarga mahramsiz chiqishdan qaytargan bo’lsa, boshqa bir hadisda ikki kecha-kunduzlik safarga mahramsiz chiqishdan qaytarganligi aytiladi. Ba’zi hadislarda uch kecha-kunduzlik safarga mahramsiz chiqishdan qaytargan bo’lsa, yana bir hadisda mahramsiz mutlaqo (ya’ni, vaqt va zamonga aloqasiz) safarga chiqishdan qaytargani rivoyat qilinadi.
Shu bilan bir qatorda, Payg’ambar alayhissalomning ba’zi hadislarida ayollar yolg’iz holatda safarga chiqa oladigan vaqtlar kelishi haqida bashorat berganligi ham o’rtaga qo’yiladi. Kelgusida aloqador bo’lgan hadislar va sahobalarning bu haqdagi tatbiqlari ko’rib chiqiladi va undan keyin bir xulosaga kelinadi:

a- Bir kecha-kunduzlik safarga mahram shart qilingan hadis:

Abu Hurayra (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) rivoyat qiladiki, Payg’ambar alayhissalom shunday degan:

“Alloh va oxirat kuniga ishonadigan ayolni bir kecha-kunduzlik safarga mahramsiz chiqishi halol emas.”
(Buxoriy Taqsirus-solat 4, Muslim Haj 419,422, Muvatto Istehson 37, Abu Dovud Manosik 2,)

b- Ikki kecha-kunduzlik safarga mahram shart qilingan hadis:

Abu Said al-Xudriydan (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymi) rivoyat qilinadiki, Payg’ambar alayhissalom shunday degan:

“Ayol kishi ikki kunlik safarga yonida eri yoki mahrami bo’lmasdan chiqmasin.”
(Buxoriy Sovm 67, Muslim Haj 74)

c- Uch kecha-kunduzlik safarga mahram shart qilingan hadis:

Abu Said al-Xudriydan (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymi) rivoyat qilinadiki, Payg’ambar alayhissalom shunday degan:

“Alloh va oxirat kuniga ishonadigan bir ayolni uch kunlik va undan ko’p muddatli safarga, yonida dadasi yoki o’g’li yoki eri yoki o’g’il bola aka-ukasi yoki o’ziga mahram bo’ladigan bir qarindoshi bo’lmasdan chiqmasin.”
(Doramiy Isti’zon 46, Muslim Haj 422, 424, Buxoriy Taqsisrus-solat 4, Makka 6, Soyd 36, Sovm 67, Termiziy 15, Ibn Moja Manosik 7, Muvatto Iste’zon 37.)

d- Har qanday safarga mahram shart qilingan hadislar:

Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) rivoyat qiladiki, men Payg’ambar alayhissalom xutba o’qiyotganida:

“Ayol kishi mahramsiz safarga chiqmasin”, deganini eshitdim.
Buxoriy Hajjun-Niso, Muslim Haj bobi. Bu hadis yana Tobaroniy Mu’jamul-Kabirda keltirgan, Bayhaqiy ham Sha’bul-imon nomli kitobida keltirgan.

e- Payg’ambar alayhissalomning bashorati:

Adiy bin Hatim (Alloh undan rozi bo’lishini so’raymiz) shunday deydi:

Men Rasulullohni yonida edim, bir odam keldi va faqirlikdan dard to’kdi. Keyin yana bir odam kelib yo’ldagi mashaqqatlardan dard to’kdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom menga qarab: “Ey Adiy! Sen Hira shahrini ko’rganmisan?”, dedi. Men: yo’q, ko’rmadim, lekin eshitganim bor dedim. Shunda Payg’ambar alayhissalom menga qarab:
“Agar umring uzun bo’lsa, tuyasini mingan bir ayol Hira shahridan yo’lga chiqib Makkaga kelib Ka’bani tavof qilganini albatta ko’rgan bo’lar eding. U ayol bu yo’lchilikda Allohdan boshqa hech kimdan qo’rqmaydi.”
(Hira – hozirgi Iroq davlatining Najf va Kufa shahri yaqinidagi bir shahar. Turkiya Diyonat Vaqfi Islom Ensiklopediyasi 18, 122-s.)
Adiy shunday deydi: Ichimda o’zimga o’zim “Shaharlarga o’t qo’yayotgan Tay qabilasining qaroqchilari qayoqqa ketadi?” dedim. Rasululloh so’zini shunday davom etdi:
“Agar umring bo’lsa, Kisroni xazinalari fath qilinganini ham ko’rasan.” Kisro bin Hurmuzmi? deb gapini bo’ldim. Payg’ambar alayhissalom: “Ha, Hurmuz bin Kisro”, deb javob berdi va so’zini davom etdi:
“Agar umring uzaysa, albatta ko’rasan: inson hovuchi to’la oltin yoki kumushni olib uni qabul qiladigan odam izlab topa olmaydi. Sizlardan biringiz bir kuni albatta Alloh bilan muloqot qiladi. Alloh bilan uni o’rtasida tarjimon bo’lmaydi. Alloh unga: “Men senga haqni yetkazadigan bir payg’ambar yubormaganmanmi?”, deydi. U: “Ha, yuborgansan”, deb javob beradi.
Alloh unga: “Men senga mol-davlat bermaganmanmi?”, deydi. U: “Ha, menga mol-davlat berding, menga in’om qilding”, – deb javob beradi. Keyin u o’ng tarafga qaraydi va jahannamdan boshqa hech narsa ko’rmaydi, so’ng chap tarafiga qaraydi va jahannamdan boshqa hech narsa ko’rmaydi.”
Adiy shunday deydi: Payg’ambar alayhissalom shunday deganini eshitdim:
“Yarimta xurmo berib bo’lsa ham jahannamdan saqlaninglar. Yarimta xurmo ham topa olmaganlar, hech bo’lmasa chiroyli so’z bilan jahannamdan saqlansinlar.”
Adiy yana shunday deydi:
“Men tuyasiga minib Allohdan boshqa hech kimdan qo’rqmasdan Hira shahridan chiqib kelib Baytullohni tavof qilgan ayolni ko’rdim. Kisro bin Hurmuzni xazinalarini fath qilganlar orasida men ham bor edim. Agar sizlarni umringiz yetsa, Payg’ambar alayhissalomni shu so’zi ham amalga oshganini ko’rasiz: Bir inson hovuchi to’la oltin yoki kumushni olib uni qabul qiladigan odam izlab topa olmaydi.”
(Buxoriy Manoqib 25, Termiziy Tafsirul-Qur’on 48 2-bob.)

f- Sahobalarni tatbiqoti

Umar roziyallohu anhudan Payg’ambar alayhissalom ayollarni Hajga borishlariga ruxsat berilganini, Usmon bin Affon va Abdurahmon bin Avf Roziyallohu anhumlarni ayollarga mas’ul qilib yuborgani rivoyat qilinadi.
(Buxoriy Kitobul-Haj, Ayollarni Haji bobida)
Umar, Usmon, Abdurahmon va Payg’ambar alayhissalomning ayollari (Alloh ulardan rozi bo’lishini so’raymiz) bu ish to’g’risida bir qarorga kelganida, hech bir sahoba bu ishga qarshi chiqmagan.
(Buxoriy Kitobul-Haj, bobu Hajjun-Niso)

Xulosa
Qur’oni Karimda ayollarni mahramsiz safarga chiqishlarini harom ekaniga oid hech qanday dalil va bunga hatto ishorat ham yo’qligi, Bu haqdagi hadislar farqli ekani va ularning barchasi rivoyat jihatidan sahih ekani, Payg’ambar alayhissalomni ayollar mahramsiz safarga chiqa oladigan davrlar kelishi haqida bashorat berganligi va bu bashoratni eshitgan sahobaning shaxsan o’zi bu bashoratni amalga oshganiga guvohlik berishi va sahobalarning tatbiqoti shunga qat’iy dalolat qiladiki:
Ayollarning safarga mahramsiz chiqishining harom ekani bir sababga bog’langan harom bo’lib, ana o’sha sabab o’rtadan olib tashlanganida harom ham yo’q bo’ladi. Modomiki haromga sabab bo’lib turgan narsa mavjud bo’lar ekan, haromligi ham mavjud holda qolaveradi. Bu yerdagi sabab – himoyasiz holda ayollar uchun sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yo’ldagi xavf-xatardir.

 

Anas Olimo’g’li 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
166 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 43
2 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 151
3 Homiladorlik vaqtida jinsiy aloqa 11.05.2019 212
4 Ramazon oyida ayoli bilan jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 03.05.2019 3 463
5 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 163
6 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 142
7 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 111
8 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 289
9 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 106
10 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 166
11 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 208
12 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 496
13 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 145
14 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 180
15 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 182
16 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 149
17 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 221
18 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 180
19 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 118
20 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 227
21 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 368
22 Assalomu alaykum… 03.02.2019 170
23       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 120
24 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 122
25 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 141
26 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 110
27 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 129
28 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 254
29 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 159
30 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 1 313
31 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 192
32 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 70
33 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 91
34 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 553
35 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 189