Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish.
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar Tarix: 12 Fevral 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Agar o’g’lim tuzalib ketsa Alloh uchun bitta qo’y so’yaman deb nazr qilgan edim. O’g’lim tuzalganidan keyin menga qo’y so’yib ehson qilishim vojib bo’ladimi? Agar vojib bo’lsa men u qo’yning go’shtidan o’zim va oilam ham yeb iste’mol qilishimiz mumkinmi?

Javob: Nazr – shariat unga vojib qilmagan bir ishni shaxsan uning o’ziga vojib amalga aylantirib qo’yadigan narsadir. Tushunmasdan va bilmasdan turli ishlarga nazr qilib olish yaxshi ish emas. chunki, din unga vojib qilmagan narsalarni nazr orqali o’ziga vojib qilib oladi.

Yuqorida siz aytgan nazr – ulamolarimiz nazri muallaq deb aytgan nazr bo’lib, u biron bir savob ishga amalga oshirishni boshqa qandaydir sabab va voqelikka bog’lasb shartlab qo’yish bo’ladi. lekin uni niyati xolis Alloh uchun bo’lmaydi. Chunki, uni o’sha nazr qilgan savobli ishi amalga oshishi  uchun Allohga qandaydir bir shart qo’ygan bo’ladi, ya’ni o’sha savobli ishni o’zidan kelib chiqib hech qanday badalsiz qilmoqchi emasligi o’rtaga chiqadi. Aksincha, uni maqsadi nazr niyat qilish evaziga o’ziga bir qancha manfaatlarni jalb qilib Allohdan talab qilish hisoblanadi. Bu ish baxil kishilarni odati hisoblanadi. Sababi, ular hech narsani bekorga berib yuborishmaydi, hech bo’lmasa orqasidan maqtash evaziga berishadi. Hazrati Umarning o’g’li Abdullohdan (Alloh ulardan rozi bo’lishini tilaymiz) kelgan rivoyatga ko’ra, Rasululloh mualaq nazr qilishdan qaytargan ekanlar va nazr baxil kishilar qiladigan ishlardan biridir degan ma’noda tanqid qilgan ekan.[1]

Biron bir ishga bog’liq qilib nazr qilgan kishi nazrini ado qilishi vojib bo’ladi. Chunki, Alloh taolo Haj surasining 29- oyatida nazriga vafo qilishga buyurgan.

Savolda aytilgan nazr qo’yining go’shtini oilaviy iste’mol qilish yoki qilmaslikka kelsak, u narsa nazr qiluvchini niyatiga ko’ra bo’ladi. Agar nazr qilgan kishi nazr qilayotganida qo’y so’yib oilamga yediraman va chorasiz kishilarga ham ulashaman deb niyat qilgan bo’lsa, o’zi va oilasiga ham berishi mumkin. Agar niyatni mutloq qilgan bo’lsa, uni faqatgina faqir-u bechoralarga tarqatib yuboriladi. Undan na o’zi va na oilasiga taqsim qilib bo’lmaydi. Nazrda niyat e’tiborga olinadi.

 

Jamol Najm  

[1] Muslim 1639 (4). Buxoriy 6608 va 6693. Ibn Moja 2122. Nasoiy, Kubro kitobida 4744 va 4745. Tahoviy, Osor kitobida 837 va 838. Bayhaqiy Sunan kitobida 10/77 va Sha’b kitobida 4350. Abu Dovud 3287. Ibn Hibbon 4375.  Va 4377. Imom Ahmad 5275, 5592 va 5594 raqamli hadislar.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
264 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Bilgan-eshitgan narsamni boshqalarga xato qilib aytib bersam nima bo’ladi? 14.09.2019 109
2 Soxta va yolg’on hadislar haqida ma’lumot beruvchi kitoblar 11.08.2019 148
3 Chillali kishilar kechasi tashqariga chiqmasinmi? 02.08.2019 255
4 Bilmasdan fatvo beraversa nima qilgan bo’ladi? 18.07.2019 157
5 Tavba qaysi holatlarda va qachon qabul qilinadi? 08.07.2019 313
6 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 122
7 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 146
8 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 144
9 Faqir kim? 11.06.2019 184
10 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 169
11 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 357
12 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 198
13 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 164
14 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 607
15 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 757
16 Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi? 03.05.2019 4 792
17 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 356
18 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 329
19 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 240
20 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 919
21 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 268
22 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 375
23 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 728
24 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 7 935
25 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 352
26 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 376
27 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 360
28 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 308
29 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 585
30 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 330
31 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 264
32 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 556
33 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 1 155
34 Assalomu alaykum… 03.02.2019 371
35       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 226
36 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 289
37 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 279
38 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 298
39 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 250
40 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 592
41 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 331
42 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 2 800
43 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 368
44 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 150
45 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 193
46 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 194
47 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 353