Yel tahoratni buzadimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar > Tahorat Tarix: 09 Fevral 2019 Email This Post Email This Post

 Savol: Yel tahoratni buzadimi?

Javob: Ha, albatta buzadi. Moida surasi 6- oyatdagi Allohni ko’rsatmasiga ko’ra, hojatdan kelgan kishi albatta namoz uchun tahorat olishi shart. Tahorat olmasdan namozga turish Allohni amriga itoatsizlik hisoblanadi. Yel kelishi ham tahoratxonaga aloqador ishlardan hisoblanib, u kishi ham namoz uchun albatta tahorat olishi kerak. Tahoratni buzuvchi narsalar haqida mazhablar orasida ixtiloflar bor. lekin, biz ixtilofi bo’lmagan, kitob va sunnatdan dalili bo’lgan qismlarini aytib o’tamiz. Moida surasining 6- oyatidagi “g’oit” kalimasi hojatini chiqaradigan a’zodan kinoyadir. Demak, o’sha a’zolarning birontasidan nimaiki chiqsa tahorat buziladi.

Oldi va orqa tomondan chiqqan har qanday narsa tahoratni buzadi. Orqadan kelgan narsa xoh og’iri bo’lsin xoh yel, oldidan kelgani xoh bavl bo’lsin xoh maziy yoki vadiy bo’lsin bu narsalardan qaysi biri old yoki orqa tomondan chiqadigan bo’lsa, har holatda tahorat buziladi. Uyquga tolgan kishi orqadan yel kelganini, yoki oldidan bavl yoki vadiy kelganini farqiga bormaydigan darajada qattiq uxlab qolgan bo’lsa ham turganidan keyin tahorat olishi kerak. Aslida, uyquni o’zi tahoratni buzmaydi.

Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan ikki hadisga ko’ra, Ibn Tamiymni amakisi Rasulullohga o’zini namozdagi xavotiridan shikoyat qiladi, shunda Rasululloh alayhissalom unga: “Toki (yelni) ovozini eshitmaguningcha yoki hidi kelmagunicha namozingdan ayrilma” – deb buyurgan ekan. Bu hodisa boshqa bir hadisda ham aynan mana shu hukmni ifodalagan holda keltirilgan.

Namozda ovoz chiqarib yuborgan kishini tahorati buziladi deb keltirilgan hadis juda ham zaif hisoblanadi. Hazrati Aliga (Unga Allohni roziligini so’raymiz) nisbat berilib keltirilgan “og’zini to’ldirib qusish tahoratni buzadi” degan gap esa yolg’on hadis. U hazrati Aliga qilingan iftirodir.

Old tomondan shahvat va ehtirossiz oqib chiqqan har qanday suyuqlik tahoratni buzadi. Shahvat bilan chiqqani esa g’uslni buzadi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
989 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 264
2 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 514
3 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 503
4 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 989
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 614
6 Junub holatda yeb-ichish, yotib uxlash va shu kabi ishlar qilish mumkinmi? 04.09.2018 876
7 Junub inson boshqalarni ham nopok qiladimi? 10.06.2018 924
8 Tahoratsiz holda bola emizish mumkinmi? 10.06.2018 933
9 Qur’onga ko’ra tahoratni nimalar buzadi? 10.06.2018 904
10 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 024