Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan?
Musulmonlar > Qur'ondan javoblar > Savol-javoblar > Tadqiqotlar Tarix: 10 Yanvar 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan?

Javob: Nasx kalimasi uch yerda fe’l va bir yerda ism o’laroq jami 4 marta keltirilgan. Ikkita oyatda sulosiy fe’l  bo’lib keltirilgan bu kalima, bir oyatda “bir narsani o’rtadan olib tashlab, o’rniga uning aynan o’zi bilan bir xil yoki undan ham yaxshi kelishi” degan ma’noda, va yana bir oyatda “bir narsani o’rtadan olib tashlab, o’rnini boshqa narsa egallashi” degan ma’noda keltirilgan. O’rnaklari quyidagicha:

  • Baqara surasining 106- oyatida, oyatni nasx etilishidan yoki unuttirilishidan keyin uni o’rniga u bilan bir xil bo’lgan oyatni yo bo’lmasa undan ham yaxshiroq oyatni keltirilishi haqida (مَا نَنْسَخْ مِنْ آيَةٍ أَوْ نُنْسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِنْهَا أَوْ مِثْلِهَا),
  • Haj surasining 52- oyatida esa, shaytonlar rasul va nabiylarga qilgan vasvasalari va Alloh bu vasvasalarni o’rtadan olib tashlagani haqida (أَلْقَى الشَّيْطَانُ فِي أُمْنِيَّتِهِ فَيَنْسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ ثُمَّ يُحْكِمُ اللَّهُ آيَاتِهِ) bayon qiladi.
  • Fe’l o’laroq keltirilgan uchinchi o’rni Josiya surasining 20- oyatida o’rin olgan. Bu oyatdagi nasx o’zagidan turagan fe’l “insonlarni qilgan ishlarini ro’yxatga olib yozib qo’yilishi” (إِنَّا كُنَّا نَسْتَنْسِخُ مَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ) ma’nosida keltirilgan. Insonlar amalga oshirgan yaxshi-yomon ishlarni yozib qo’yilishini aynan bu nasx fe’li bilan ifoda etilishini sababi, bu yozuvlar doimo o’zgartirilib turishidir. Ya’ni, yozib qo’yilganlar doimo o’zgarib turadi, nasx etiladi va shunday qilib istixson amalga oshiriladi.

Fe’l bo’lib emas, balki ism bo’lib kelgan 4- o’rni A’rof surasining 154- oyatida keltirilgan. Oyatda Muso alayhissalom – buzoq haykalini muqaddaslashtirib shirkka tushgan qavmiga bo’lgan g’azabi bosilganidan keyin – vahiylarni tayyor yozilgan holdagi lavhalarda olgani   (وَلَمَّا سَكَتَ عَنْ مُوسَى الْغَضَبُ أَخَذَ الْأَلْوَاحَ) bildirilmoqda. Undan keyin esa وَفِي نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ = O’sha lavhalarning bir nusxasida shu narsa bor edi: 

“Hidoyat va ikrom Rabbidan qo’rqqanlarning haqidir.” deb buyurilmoqda. Oyat matnida keltirilgan “nusxa” kalimasidan iroda qilingan narsa agar Muso alayhissalom olgan lavhalar(dan bir qismi) bo’lsa, bunday holatda bularga nusxa kalimasini ishlatilishi boshqa payg’ambarlarda bo’lgani kabi Muso alayhissalomga berilgan kitoblar undan avvalgi nabilarga berilgan kitoblarning bir nusxasi sababli bo’lishi ham mumkin. Shu bilan bir qatorda, oyatda keltirilgan nusxadan murod, Muso alayhissalomga berilgan lavhalardan ko’paytirilgan bir nusxasi bo’lishi ham mumkin.

 

Dr. Fotih O’rum.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
202 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 180
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 108
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 152
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 302
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 223
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 202
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 288
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 219
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 263
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 230
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 317
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 250
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 245
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 250
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 237
16 Isro va Meroj 19.11.2018 447
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 589
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 336
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 936
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 003
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 389
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 308
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 738
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 391
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 290
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 693
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 3 423
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 372
29 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 419
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 545
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 232
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 251