Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?  
Musulmonlar > Fatvolar > Savol-javoblar > Zakot Tarix: 09 Yanvar 2019 Email This Post Email This Post

Savol: Tijorat mollari uchun ham zakot berish kerak deyilmoqda. Tijorat mollaridan ham zakot berilishi haqida biron bir dalil bormi?

Javob: Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَنْفِقُوا مِنْ طَيِّبَاتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّا أَخْرَجْنَا لَكُمْ مِنَ الْأَرْضِ وَلَا تَيَمَّمُوا الْخَبِيثَ مِنْهُ تُنْفِقُونَ وَلَسْتُمْ بِآخِذِيهِ إِلَّا أَنْ تُغْمِضُوا فِيهِ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ

“Ey mo’minlar! Qo’lga kiritgan narsalaringizning yaxshilaridan va sizlar uchun yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan yaxshilikka sarflanglar. O’zingiz faqat ko’zingizni yumgan holdagina oladigan darajadagi yomon narsalardan sarflashga urinmanglar. Bilinglarki, Alloh boydir, Uning barcha qilgan ishlari chiroylidir.” (Baqara 2/267)

Oyatdagi “qo’lga kiritgan narsalaringizdan (مَا كَسَبْتُمْ)” ifodasidan tijorat maqsadida ushlab turilgan mollar ham zakot beriladigan mollar qatoriga kirishi ochiqcha ma’lum bo’lmoqda. Payg’ambar alayhissalomdan keltirilgan bir rivoyat quyidagicha:

Samura b. Jundubdan rivoyat qilinishicha, u shunday dedi: Shubhasiz Rasululloh (sav) sotish uchun tayyorlab qo’ygan narsalarimizdan zakot berishga buyurar edi.” (Abu Dovud, Zakot 3).

Aloqador oyat va hadisni birgalikda o’qiydigan bo’lsak, tijorat mollari ham zakotga tobe ekani bilinmoqda.

Zakotni hisobi olinayotgan vaqtda tijorat mollarini o’sha vaqtdagi sotilish narxlarini emas, qo’lida mol hisobida turgan holatini hisoblaydi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
172 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Faqir kim? 11.06.2019 50
2 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 172
3 Miskin kim? 25.06.2018 302
4 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 86
5 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 114