Afv bilan Mag’firatni farqi
Musulmonlar > Dunyo imtihoni > Odob-axloq > Tadqiqotlar Tarix: 08 Yanvar 2019 Email This Post Email This Post

Qur’oni Karimda gunohkorlarni gunohidan o’tish va ularni kechirish degan ma’nolardagi ikki xil farqli kalima qo’llaniladi. Ulardan biri  عفو – afv, ikkinchisi مغفرة – mag’firat kalimalaridir. Biz, Allohdan – Uni o’zi bizlarga o’rgatganidek – bizni afv etishini va bizlarni mag’firat qilishini so’raymiz.[1] Alloh taolo O’zini afv etuvchi va mag’firat qiluvchi ekanini bildiradi.[2] Ba’zi oyatlarda Alloh taolo Muhammad alayhissalomni,[3] ba’zi oyatlarda esa Musulmonlarni afv va صفح – safh qilishga buyuradi.[4] Yana bir boshqa oyatda esa, ham afv etishi ham safh etishi va mag’firat qilishga tashviq qiladi.[5] Quyida bu kalimalarning ma’nolari va o’rtadagi farqlari ko’rsatib o’tiladi.

عفو ­­– afv kalimasi so’zliklarda “o’chirib tashlamoq”, “artib tashlamoq” degan ma’nolarda keladi. Istiloh, ya’ni atama ta’birida esa qilgan gunohidan kechmasdan, faqatgina jazosidan kechish deb ishlatiladi.

صفح – Sofh kalimasi so’zliklarda “yuzni chiroyli tarafini ko’rsat,oq”, “yangidan bir chiroyli sahifa ochmoq” degan ma’nolarda keladi. Istilohda esa, gunohidan ham jazosidan ham kechib yuborish degan ma’noda ishlatiladi.

مغفرة – Mag’firat kalimasi so’zliklarda “yopmoq”, to’smoq”, ”yashirmoq” degan ma’nolarda keladi. Istilohda esa, gunohini ham jazosini ham kechirib yuborish va gunohkorni himoya qilib qolmoq, saqlab qolmoq va qutqarib qolmoq degani ma’noni ifodalaydi. Mag’firat bilan bir o’zakdan turagan  (مغفر) kalimasi dubulg’a degan ma’noni bildiradi. Chunki, dubulg’a jangda boshni qilich va o’qdan himoya qilib saqlab qolish uchun boshga kiyadigan temir yoki po’latdan yasalgan bosh kiyimdir.

Demak, safha kalimasining ma’nosi afvning ma’nosidan ko’ra keng qamrov ifodalaydi, mag’firat kalimasining ma’nosi esa safhaning ma’nosidan kengroq hisoblanadi. Afvning ichida safha ma’nosi yo’q, lekin safhaning ichida afv ma’nosi ham bor. Mag’firatning ichida esa, afvning ham safhaning ham ma’nolari bor.

Misol qilib keltiradigan bo’lsak, bir hukmdor bayram kunlarida mahkumlarni afv qiladi va ular jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilib qo’yib yuboriladi. Lekin, ular haqidagi davlat arxividagi “sudlangan” degan ro’yxati o’chirib yuborilmaydi. Bu esa, ular keyinchalik biron bir tashkilot yoki korxonaga ishga kirish uchun qilgan murojaatlariga rad javob berilishiga va o’z mutaxassisligi va o’z sohasida qaytadan ishlay olmasligiga sabab bo’ladi. Agar hukmdor ularni afv bilan birga safha (ya’ni, ular uchun yangi bir hayot – tarix sahifasi ochgan bo’lsa edi) ham qilgan bo’lganida edi, ular jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinar, davlat arxividagi sudlangan-sobiq jinoyatchi o’chirib yuborilgan va yana o’z xalqi va jamiyati ichida jinoyat qilmagandek yangi sahifa va yangi hayot boshlar edi. Agar hukmdor ularni mag’firat qilsa, demak, ularni gunohidan ham, jazosidan ham kechgan va ularni himoya qilib olgan va o’z sohasiga aloqador ishlarni davlatni turli tashkilotlarida davom ettirishga ruxsat ham berilishiga yo’l ochgan bo’ladi.

Alloh taolo insonlarni afv etishi – ularni gunohiga jazo bermasligini, ularni mag’firat qilishi esa – ulardan gunohni ham jazoni ham kechib yuborishini va ularni jahannamdan qutqarib qolib abadiy va mangu baxt-saodat yurti bo’lgan jannat bilan musharraf qilishini bildiradi.

 

    Anas Olimo’g’li   

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Mufradoti Alfozil Qur’on
  • Lisanul Arab
  • Assihoh
  • Maqoyis
  • Al-Qomus

[1] Baqara 2/286.

[2] Niso 4/43, 99. Haj 22/60. Mujodala 58/2.

[3] Moida 5/13. Hijr 15/85. Zuxruf 43/89.

[4] Baqara 2/109. Nur 24/22.

[5] Tag’obun 64/14.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
369 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 319
2 Alloh Belgilab Qo’ygan Chegaralarni Buzilishi va Buni Ro’zadagi Misoli 30.06.2019 194
3 Tafsilotlari Bilan Ro’za Ibodati 11.05.2019 217
4 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 402
5 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
6 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 290
7 Afv bilan Mag’firatni farqi 08.01.2019 369
8 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 299
9 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 359
10 Islom jang-u jadal dinimi, yoki tinchlik dinimi? 29.12.2018 311
11 Qur’on va Musulmonlarning ahvoli 25.12.2018 414
12 Qur’onni tushunishdagi usul va qoidaning ahamiyati 22.12.2018 337
13  Qur’onda barcha narsaning tili   19.12.2018 307
14 Kitob va Sunnatda foiz (kredit) 11.12.2018 343
15 Ayollarni guvohligi 29.11.2018 316
16 Isro va Meroj 19.11.2018 546
17 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 679
18 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 408
19 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 1 081
20 Islomda Halol va Harom 16.10.2018 1 174
21 Ruh va uning xususiyati 10.10.2018 504
22 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 391
23 Iso alayhissalom dunyoga qaytib keladimi? 10.09.2018 827
24 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 499
25 Ajalning qisqarishi 18.08.2018 376
26 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 809
27 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 4 002
28 Kitob va Sunnatga ko’ra Haj va qurbonlik 03.08.2018 455
29 Kitob va Hikmat (Qur’on va Hikmat) tushunchasi 30.07.2018 522
30 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 756
31 Hikmat va Sunnat tushunchalarini buzilishi va yo’qqa chiqarilishi 12.06.2018 318
32 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 339